SIYDIK AJRATUV SISTEMASI
Umurtqali hayvonlarda va odamda modda almashinuvi chiqin-dilarining organizmdan
chiqarilishi asosan siydik ajratuv sistemasi orqali bajariladi. Bu sistemaga buyraklar, siydik
naylari, siydik pufagi, siydik chiqaruv nayi kiradi.Ajratuv sistemasining markaziy organi
buyraklardir. Siy-dik buyraklarda hosil bo’ladi. Siydikning tarkibida suv, tur-li xil tuzlar va modda
almashinuvi jarayonining oxirgi modda-lari bo’ladi. Ajratuv gchstemasining buyrakdan boshqa
hamma qismlari siydik chiqaruv yo’llarini hosil qiladi. Bundan tash-qari, buyraklar ichki muhit
faoliyatini saqlashda, suv-tuz al-mashinuvini boshqarishda, arteriyadagi bosimni bir me’yorda
ushlab turishda, ichki muhitning kislota-ishqoriy muvozanati boshqarilishida muhim ahamiyatga
ega. Gormonal funktciyasi erit-ropoetin, prostoglandin va renin ishlab chiqarish bilan ifoda-
lanadi. Buyraklar yana organizmda yog’, oqsil, uglerod va vitamin-lar almashinuvida ham
ishtirok etadi.So’nggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlarning ko’r-satishicha, yangi tug’ilgan
chaqaloqlarda ichak o’z faoliyatini ro’y-rost boshlab olguniga qadar buyrakda oqsilning
parchalani-shi kuzatiladi. Bu holat yosh organizmda buyrakning ovqatni hazm qilish protcessida
muhim o’rni borligini ko’rsatadi.Buyraklarning bu xilda ko’p qirrali faoliyat ko’rsatishi ular
strukturasining murakkab tuzilganligidan dalolat bera-radi. Ularning taraqqiyoti ham murakkab
jarayonlardan iborat.
BUYRAK
Taraqqiyoti. Buyrak taraqqiy etish jarayonida ketma-ket uch davr-ni: old buyrak (Pronephros),
birlamch.ch buyrak (mesonephros) va pirovardida, ikkilamchi-oxirgi buyrak (matanephros) hosil
bo’lish davrlarini boshdan kechiradi.Old buyrak va birlamchi buyrak, aslida mustaqil ajratuv
organ bo’lsa ham, buyrak taraqqiyoti uchun mansub bo’lmaydi va asta-sekin yo’qolib ketadi.
Buyrakning har bir yangi bosqichi kranial-kaudal tomonga yo’nalishda kaudal tomonga yaqinroq
joylasha boradi va natijada oxirgi - ikkilamchi buyrak kra-nial qismdan eng uzoqda, bel sohasida
bo’ladi.Old buyrak (pronephros). Pusht o’rta varag’ining oldingi 8-10-segment oyoqchalaridan
hosil bo’ladi. Segment oyoqchalari somitlardan ajralib egri-bugri naychalar - protonefridiylar-ga
aylanadi. Bularning uchi tananing ikkilamchi bo’shlig’iga- tcelomga ochiladi. Ikkilamchi-
somitlarga qaragan uchi esa kau-dal yo’nalishda o’suvchi mezonefral nayga ochiladi. Odam
embrio-nida bu buyrak siydik ajratish organi sifatida xizmat qil-maydi va tezda- qayta aks
taraqqiyotga uchraydi.Birlamchi buyrak (mesonep'hros) - embrional hayotda ancha uzoq vaqt
ishlaydi. U ko’p sonli (25 taga yaqin) segment oyoqchala-ridan hosil bo’ladi. Segment
oyoqchalari somitlardan ajralib chiqadi va birlamchi buyrak naychalari-metanefridiylarga
aylanadi. Metanefridiyning bir uchi mezonefral nay tomonga o’sadi va u bilan birlashadi.
Metanefridiyning ikkilamchi bo’shliqqa qaragan qismidan aorta tomonga yon o’simtalar chiqadi.
Bu o’simtalarga aortadan kapillyarlar to’rini shakllantiruvchi qon tomirlar keladi. Usimtalar
kapillyarlarni qoplaydi va birlamchi buyrak koptokchasini hosil qiladi.Old buyrak davrida hosil
bo’lgan mezonefral kanal kaudal yo’nalishda o’sib, kloakaga ochiladi.Odam embrionida doimiy
buyrak (metanephros) rivojlani-shi embrional hayotning ikkinchi oyidan boshlanib, tug’ilish-ga
yaqin nihoyasiga etadi. Aslida u o’z faoliyatini embrional hayotning ikkinchi yarmidan boshlaydi.
Ikkilamchi buyrak ikki manbadan: mezonefral naycha va nefrogen to’qimadan hosil bo’-ladi.
Nefrogen to’qima embrionning kaudal qismlarida joy-lashgan bo’lib, mezodermaning segment
oyoqchalarining bo’linma-gan qismidan iborat.Mezonefral nay (Vol’f nayi) devorining nefrogen
to’qima tomon, yuqoriga va orqaga o’suvchi bo’rtmasi siydik nayi, buyrak jomchasi, kosachalari
hamda y i g’ u v n a y l a-r i n i hosil qiladi.Nefron nefrogen to’qimadan hosil bo’ladi. Nefrogen
to’qima-ning differentciallashuvi uning barcha qismida barobar bosh-lanmaydi. Yig’uv nayining
berk uchi o’sib, nefrogen hujayralar-ning bir qator o’zgarishlari natijasida nefron hosil bo’ladi.
Bu o’zgarishlar nefrogen pufakcha va S-simon tanacha bosqichla-rini o’taydi. S-simon tanacha
bosqichida u yig’uv nayining berk uchi bilan birikadi. S-simon tanachaning proksimal uchi esa
SHumlyanskiy - Boumen kapsulasiga aylanadi. Bu tanachalarning qolgan qismlaridan nefronning
boshqa barcha bo’limlari rivoj-lanadi.
Dostları ilə paylaş: |