Siydik ajratuv sistemasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix09.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68110
1   2   3   4   5   6
Айириш сис.маьруза матни

BUYRAKNING TUZILISHI 
Buyrak juft a’zo bo’lib, qorin bo’shlig’ining orqa devorida umurtqa pog’onasining ikki yonida 
joylashadi. Uning shakli loviyasimon, botiq yuzasi buyrakning darvozasi hisoblanadi. Darvozaga 
buyrak arteriyalari kirib, buyrak venalari, siydik nayi va limfa tomirlari chiqadi. Bu erda siydik 
chiqaruv yo’l-lari-buyrak kosachalari, jomlari va siydik chiqaruv naylari Ham joylashadi. Buyrak 
biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsula bilan qoplangan. Buyrakni uzunasiga kesib ko’rilganda 
unda oddiy ko’z bilan ikki zonani - po’stloq va mag’iz modda-larni ko’rish mumkin (231-rasm). 
Po’stloq zona o’zining to’q qizg’ish rangi va donadorligi bilan ajralib turadi. Mag’iz zona och 
bo’yalib, bo’lakchalar 8-12 piramidalarga ajralgan bo’-ladi.Po’stloq va mag’iz modda chegarasi 
tekis bo’lmay, balki po’st-loq modda mag’iz moddaga ustunchalar shaklida (Bertnni ustun-
chalari), mag’iz modda esa po’stloq moddaga mag’iz nurlari (Fer-reyn nurlari) shaklida botib 
kiradi.Nefron- buyrakning struktur funktcional birligi. Nef-ron va siydik naylari orasida 
biriktiruvchi to’qimaning yupqa qatlamlari bo’lib, ularda qon tomirlar, nervlar yotadi. Amma 
biriktiruvchi to’qima buyrakning juda oz qismini tashkil eta-di. SHuning uchun bu a’zoni ko’proq 
epitelial organ deyish mum-kin.Nefronlarning umumiy soni buyrakda bir millionga etadi. 
Nefronlarning uzunligi har xil (18 mm dan 50 mm gacha) bo’la-dn. Hozirgi funktcional-
morfologik klassifikatciyaga binoan sut emizuvchilar va odamning nefronida quyidagi bo’limlar' 
tafovut etiladi: 
1. Tomirlar chigali va uni o’rab turuvchi kapsuladan iborat buyrak tanachasi (koptokchasi). 
2. Nefronning proksimal bo’limi. 
3. Nefron (Genli) qovuzlog’i. 
4. Nefronning distal bo’limi. 
Bir necha nefronlarning distal bo’limlari qo’shilib, bir-yig’uv nayiga, yig’uv naylari o’zaro 
birlashib yiriklashadi va buyrak kosachalariga ochiladi.Buyrakda ikki xil nefronlar farq qilnnadi. 
Birinchi xili deyarli po’stloq moddasida joylashadi - bularni po’stloq nef-ronlari deyiladi va ular 
nozik bo’limlarining qisqa bo’lishi bilan xarakterlanadi: ikkinchi xili - yukstamedullyar (miya 
moddasi yonidagi) nefronlardir. 


YUkstamedullyar nefronning buyrak tanachalari po’stloqning ichkari qismida - miya zonasi 
yaqinida joylashadi. YUkstamedul-lyar nefronlarning bo’limlari uzun bo’lib, buyrak 
so’rg’ichlariga borib etadi.Po’stloq va yukstamedullyar nefronlarning o’zaro nisbati 5:1 dan 
iborat, ya’ni odam buyragida 1 mln ga yaqin nefron bo’lsa, ularning 200 000 ga yaqini 
yukstamedullyar nefronlardir.Buyrak tanachasi kapillyarlar koptokchasi va SHum-lyanskiy - 
Boumen kapsulasining (parietal va vistceral) varaq-laridan iborat (232-rasm ga q). Kapillyarlar 
koptokchasi olib keluvchi (a. afferens) va olib ketuvchi (a. efferens) arteriolalar orasida 
joylashgan kapillyarlarning ajoyib to’ridan iborat. Kapillyarlar devori endoteliy hujayrasi va 
uning ostida yotuv-chi bazal membranadan tuzilgan. Hujayra tanasida ko’p miqdorda 
fenestralar va teshiklar (7 nm) bo’lishi bilan farqlanadi. SHuteshiklar orqali fil’tratciya vaqtida 
turli moddalar qondan kapsula bo’shlig’iga o’tadi.Qon kapillyarlarining bazal membranasi uch 
qavatliligi (o’rta - elektron zich, ichki va tashqi - elektron och) va uzluk-sizligi bilan 
xarakterlanadi. Bazal membrananing qalinligi o’zgaruvchan bo’lib, yosh ulg’ayishi bilan har xil 
patologik holat-larda qalinlashadi. Bazal membrananing tarkibiy qismlari endoteliy va kapsula 
vistceral varag’ining hujayralari tcito-plazmasida sintez qilinadi. Bazal membrana diametri 6-7 
nm li gemoglobin tanachalarini o’tkazib yuboradi. SHunga ko’ra bazal membranada - diametri 
10 nm dan kichik, ammo 6 nm dan katta-roq ko’p sonli kanalchalar bor desa bo’ladi. Bazal 
membrana manfiy zaryadga ega.Buyrakning SHumlyanskiy - Boumen kapsulasi vistceral, pa-
rietal varaqlardan va kapsula bo’shlig’idan iborat.Kapsulaning vistceral varag’i yassi epiteliy 
hujayralari - podotcitlar bilan qoplangan. Podotcitlar bir oz cho’zilgan no-to’g’ri shaklga ega. 
Hujayra tanasidan katta uzun o’simtalar tcitotrabekulalar (har bir hujayradan 2-3 tadan) chiqib, 
ular (tcitotrabekulalar) kapillyarlariga yaqinlashib, kichik o’simta - tcitopedikulalarga bo’linib 
ketadi.Bir podotcitdan yonma-yon o’tuvchi 2-3 ta kapillyarga o’simta-lar yo’naladi. 
TCitopedikulalar kapillyarning bazal membrana-siga tegib turuvchi va oxirgi bir oz 
yo’g’onlashgan ingichka tcilindr shaklidagi hosiladir. TCitopedikulalar orasidagi bo’sh-liqlar - 
tirqishlar bo’lib, ular nisbatan bir xil (30-50 nm) o’lchamlarga ega. Hujayralarning asosiy tarkibiy 
qismlari podotcit tanasida va yirik o’simtalari (tcitotrabekulalari) da joylashgan bo’ladi. YAdro 
hujayraning uzun o’qi bo’ylab bir oz cho’zilgan. YAdro qobig’ida teshiklar ko’p bo’lib, yuzasi 
notekis-dir. YUqorida keltirilgan 3 tuzilma: kapillyarlar to’rining en-doteliy hujayralari, 
SHumlyanskiy - Boumen kapsulasi ichki varag’ining podotcit hujayralar va ular orasida 
joylashgan uch qavatli bazal membrana fil’tratcion bar’er hosil qiladi (233-234-rasmlar). SHu 
bar’er orqali kapsula bo’shlig’iga qon plazmasining tarkibiy qismlari o’tib birlamchi siydikni ho-
sil qiladi. Fil’tratcion bar’er qon shaklli elementlarini va qon plazmasining yirik oqsillarini, immun 
tanachalarni, fibrinogen va boshqalarni o’tkazmaydi. Bu bar’er orqali kat-taligi 7 nm kichik 
bo’lgan moddalar o’tadi. Ba’zi buyrak kasal-liklarida (masalan, nefrit kasalligida) qon shaklli 
element-lari bemor siydigida uchrashi mumkin.SHumlyanskiy - Boumen kapsulasi vistceral 
varag’ining epi-teliy hujayralari har xil buyrak kasalliklarida turli mor-fologik o’zgarishlarga 
uchraydi. Bu o’zgarishlar asosan bir xil xarakterga ega. Masalan, o’simtalarning kalta bo’lishi va 
o’sim-talarning qo’shilishi o’tkir glomerulyar nefritda, lipoid va amiloid nefrozda, 
aminonukleozid, puromitcin keltirib chiqar-gan har xil eksperimental kasalliklarda yuzaga keladi. 


Buyrak tanachasining tomirli koptokcha kapillyarlari orasi-da yana bir xil-mezangial hujayralar 
uchraydi. Bu hujayra-ning asosiy qismi hujayra oraliq moddasini hosil qilsa, ba’zilari makrofaglik 
xususiyatga ega bo’ladi.SHumlyanskiy - Boumen kapsulasining parietal varaq hujay-ralari yassi 
epiteliydan iborat bo’lib, yadro joylashgan sohada hujayra tanasi qalinlashadi. SHumlyanskiy - 
Boumen kapsula-sining nefron proksimal bo’limiga o’tar joyida kapsula hujay-ralari bir oz 
balandlashadi.SHumlyanskiy - Boumen kapsulasining parietal varaq hujay-ralari orasidagi 
chegaralar qiyshiq yo’nalgandir. Bir hujayra tanasining ikkinchi hujayra tanasi ustiga yotishi 
cherepitcalar-ning joylashishini eslatadi.Qapsulaning tashqi qavati epiteliysi nefronning 
proksimal bo’lim epiteliysigacha davom etadi.Nefronning proksimal bo’limi uzun - egri-bugri va 
qisqa-to’g’ri naychadan iborat bo’lib, diametri 60 mkm gacha bo’ladi. Proksimal bo’limning 
SHumlyanskiy - Boumen kapsula-siga tutashgan qismida hujayra kubsimon, proksimal 
bo’limning egri-bugri qismida tcilindrsimon, to’g’ri qismida - pastroq tci-lindrsimon shaklga ega. 
Proksimal bo’limning hujayralari jiyakli hujatcralardir (235-rasm). Elektron mikroskop ostida 
jiyak mikrovorsinkalardan iborat. Jiyakli hoshiyada glyukoza-ning qayta so’rilishida ishtirok 
etuvchi ishqoriy fosfataza ko’p. Bu bo’limda birlamchi siydikdan qonga oqsil, glyukoza, elektro-
litlar va suv qayta so’riladi - reabsorbtciya bo’ladi. Bu bo’lim hujayralari tcitoplazmasida 
proteolitik fermentlarga boy bo’lgan lizosomalar ko’p bo’ladi. Pinotcitoz yo’li bilan birlam-chi 
siydikdan hujayra tcitoplazmasiga o’tgan oqsil moddalar lizosomal fermentlar ta’sirida 
aminokislotalargacha parchala-nadi. Aminokislotalar so’ngra qonga so’riladi. Proksimal bo’lim 
hujayralarining bazal plazmatik membranasi tekis bo’lmay, burmalar hosil qiladi. Bu burmalar 
orasida ko’p miq-dorda mitoxondriyalar yotadi. Bazal plazmatik membranalarning burmalari 
mitoxondriyalar bilan birga turli moddalarni hu-jayradan qonga va qondan hujayraga o’tishida 
muhim rol’ o’y-naydi.Proksimal bo’limda ko’p moddalarning qonga qayta so’rilishi natijasida 
birlamchi siydik tarkibi keskin o’zgaradi. Birlam-chi siydikda qand va oqsil umuman yo’qoladi. 
Buyrak kasallik-larida nefron proksimal bo’limining jarohatlanishi natija-sida oxirgi siydikda oqsil 
va qand uchrashi mumkin.Nefron (Genli) qovuzlog’i. Nefron qovuzlog’i in-gichka bo’limdan va 
yo’g’on qismlardan iborat. Po’stloq nefron-larda ingichka bo’lim faqat pastga tushuvchi qismdir. 
YUkstame-dullyar nefronlarda esa ingichka bo’lim qisman yuqoriga ham ko’tariladi. Ingichka 
bo’lim diametri 13-15 mkm bo’lib, devori yassi epiteliy hujayralaridan iborat. Hujayra 
tcitoplazmasi och, organellalari esa kam. Hujayralarning apikal qismi 1-2kalta mikrovorsinkalar 
tutadi. Bu naycha hujayralari orqali suv qayta so’riladi. Nefron qovuzlog’ining yo’g’on qismi 
(yuqori-ga ko’tariluvchi qismi) diametri 30 mkm bo’lgan naychadan iborat bo’lib, ^ujayralari 
distal bo’lim hujayralarini eslatadi.Nefronning distal bo’limi. Nefronning^ distal bo’limi ikki: 
to’g’ri qism va egri-bugri segmentlarga bo’linadi. To’g’ri qism hujayralari kubsimon bo’lib apikal 
yuzasida kalta, mikrovorsinkalarga o’xshash o’simtalar uchraydi. Hujayraning lateral yuzasida 
bir-biri bilan tutashuvchi ko’p sonli o’simta-lar mavjud. Bazal membranalar burmalar hosil qilib,- 
burma-lar orasida kristalari ko’p bo’lgan mitoxondriyalar yotadi.Distal kanalning to’g’ri qismida 
natriyning fakul’tativ reabsortciyasi bo’ladi va bu jarayon birlamchi siydik osmotik bo-simning 
pasayishiga olib keladi. Natriyning fakul’tativ reab-sorbtciyasi aktiv jarayon bo’lib, osmotik va 
elektroximik gradi-entga qarshi amalga oshiriladi.Distal kanalning egri-bugri qismi hujayralari 
past tcilindrsimondir. Ular membranasi va organellalarining^tuzi-lishi to’g’ri bo’lim 
hujayralarining tuzilishiga o’xshash bo’ladi. 


Nefronning distal nay hujayralarida mitoxondrnyalarning ko’p bo’lishi va ularda ATF-aza 
aktivligining yuqoriligi hamda mitoxondriyalarning hujayra bazal va lateral membranalaribilan 
bog’liqligi buyrakning kontcentratciyalashtirish kabi mu-rakkab faoliyatini amalga oshiruvchi 
omillardan hisoblanadi.yig’uv naylari. Yig’uv naylarini bir necha segment-larga bo’lish mumkin. 
Nayning 4 ta qismi mavjud bo’lib, shu-lardan bittasi buyrak po’stloq moddasida, qolgan uch 
qismi ma-g’iz qismida joylashadi. Bir segmentdan ikkinchi segmentga o’tishda-aytarli ahamiyatli 
o’zgarishlar bo’lmaydi, shuning uchun bu bo’lim shartli tabiatga ega. Yig’uv naylarida aniq ikki 
xil-bosh (oqish) va oraliq {qoramtir) hujayralar " farqlanadi (236-rasm).Bosh hujayralar 
kubsimon'"bulib; "tcitoplazmasida bir tekis tarqalgan kam sonli mitoxondriyalar, tcisternalar, 
vakuolalar va vezikulalardan iborat plastinkasimon kompleks, endoplaz-matik to’rning mayda 
profillari, erkin ribosomalar va poli-somalar uchraydi. 
YON 
yuza membranasida ko’p sonli kalta 
o’sim-talar bo’ladi. 
:

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin