Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

Muallif. 



 
1. Jamiyat nima?
 
Jamiyat arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, “uyushgan, birlashgan” degan 
ma'nolarni bildiradi. 
 
Jamiyat – tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida vujudga kelgan ijtimoiy 
munosabatlar mahsuli. 
Jamiyat – kishilar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarning mahsuli bo‘lib, hayotning 
ma'lum bir tashkiliyligi, mohiyati jihatidan kishilar va ularning guruhlari 
o‘rtasidagi turli xil (iqtisodiy, oilaviy, ma'naviy, sinfiy, diniy va boshqa) 
munosabatlar va aloqalar yig‘indisidir. 
 
Jamiyat muayyan ehtiyoj va manfaatlarga ko‘ra birlashgan kishilarning 
ma'lum tarzda tashkil topgan majmuasidir. Jamiyat birlashishga moyil bo‘lgan 
birliklar, ya'ni guruhlar, sinflar, qatlamlardan iborat. Ammo ayrim hollarda, 
odatda, iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy manfaatlar asosida, “ajrashish 
kayfiyatlariga” mubtalo bo‘ladi. Davlat jamiyatning eng muhim tarkibiy 
elementidir. U jamiyatda asosan siyosiy funksiyalarni bajaradi. Jamiyat bilan 
davlat aslo bir narsa emas. “Jamiyat” tushunchasi “davlat” tushunchasidan kengdir. 
 
2. Fuqarolik jamiyati nima? 
 
Fuqarolik jamiyati – komil fuqarolardan, ya'ni uzviy bog‘liqlikda hamda 
ahloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega bo‘lgan 
odamlardan iborat jamiyat. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning kuchi bilan, balki 
uning a'zolari bo‘lmish fuqarolarning o‘zlari orqali saqlab turiladigan va qat'iy 
tartib qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat o‘zini – o‘zi yuksak darajada 
tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli ta'siri 
talab etilmaydi.
Fuqarolik jamiyatida davlat tashkilotlaridan ko‘ra jamoat tashkilotlarining 
faolligi balandroq turadi. Majburlov apparatiga kiruvchi tuzilmalar, shuningdek, 
vazirliklar, mahalliy hokimiyat idoralari davlat tashkilotlari tizimiga kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining 
“Bunyodkorlik yo‘lidan” asarida: “…bizning asosiy maqsadimiz – bir kishi yoki 
jamoat tashkilotlarining fikri davlat tuzilmalarining fikridan ustunroq bo‘ladigan 
fuqarolar jamiyati qurishdan iborat”, - degan edi.
Fuqarolik jamiyati o‘zini - o‘zi boshqaradi va huquqiy davlat siyosatiga
undagi huquqiy tizimga hal qiluvchi ta'sir o‘tkaza oladi.
Fuqarolik 
jamiyati 
ancha 
yuksak 
darajadagi 
ijtimoiy 
rivojlanish 
ko‘rsatkichidir. 
Fuqarolik jamiyati o‘z xususiyati, tabiati va asosiy sifatlari, xususan, erkinlik 
va 
adolatlilikka 
erishish, 
demokratiya 
va 
insoniy 
munosabatlarning 
mustahkamlanishiga yo‘nalganligi bilan huquqiy davlat prinsiplarining 
tasdiqlanishiga yordam beradi, unga moyil bo‘ladi. Buni quyidagi uchta omilda 
ko‘rsatish mumkin: 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin