14
3)
Huquq normalari, zarur hollarda, davlatning
majburlov kuchi orqali, ahloq
normalari esa jamoatchilik fikri orqali amalga oshiriladi;
4) Ahloq normalari ijtimoiy munosabatlaring kengroq doirasini (do‘stlik, o‘rtoqlik
va hatto sevgini ham) tartibga soladi. Huquq esa ijtimoiy munosabatlarning torroq
doirasini qamrab oladi;
5) Huquqda xulq – atvorni baholash mezoni “qonuniy – noqonuniy”, ahloqda esa
“halol – nohaloldan” iborat;
6) Jamiyatdagi yozilmagan xulq – atvor qoidalarining majmuidan iborat bo‘lgan
ahloq normalaridan farqli ravishda huquq normalari huquqiy manbalarda – qonun,
qaror, farmon va boshqalarda yozib qo‘yiladi, ya'ni
huquq normalari yozma
shaklda bo‘ladi.
Huquq bilan ahloq o‘zaro mustahkam bog‘liq bo‘lib, bir – birini to‘ldirib
turadi.
18. Gipoteza nima?
Gipoteza yunon tilidan olingan bo‘lib, “faraz qilish”, “fikr yuritish” ma'nosini
anglatadi. Huquqshunoslik fanida gipoteza huquqiy normaning bir qismini tashkil
etib, ma'lum bir shart – sharoit yoki hodisa yuz bergan taqdirda huquqiy normani
qo‘llash lozimligini ko‘zda tutadi. Gipoteza qaysi ijtimoiy munosabatlar turiga
nisbatan qanday norma qo‘llanilishini belgilab beradi. Pensiya haqidagi qonunlarga
ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida erkaklarga umumiy mehnat staji 25 yil
bo‘lgandan boshlab 60 yoshdan, ayollarga esa 20 yillik staj bilan 54
yoshdan
boshlab ijtimoiy ta'minot bo‘limlari tomonidan pensiya to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: