Huquq normasi umumiy xulq atvor qoidasi sifatida: 1. hayotiy
munosabatlardagi
tipik,
takrorlanib
turadigan
narsalarni
umumiylashtirish zarurati natijasida shakllanadi;
2. shaxsi aniqlanmagan va ko‘p marta qo‘llashga mo‘ljallangan bo‘ladi;
3. hamisha qandaydir umumiy belgilarga ega bo‘lgan shaxslar (harbiy
xizmatchilar, shifokorlar, va h.k)ga qaratilgan bo‘ladi;
4. Huquq normasi davlat bilan uzviy aloqadordir.
Huquq normasi: davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi;
davlat tomonidan normativ hujjatlarda aks ettiradi;
davlat tomonidan muhofaza qilinadi, zarur bo‘lgan hollarda davlatning
majburlov kuchi bilan ta'minlanadi;
jamiyat va davlat nuqtai – nazaridan eng muhim bo‘lgan ijtimoiy
munosabatlarni mustahkamlaydi.
Huquq normasining asosiy vazifasi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish.
16. Axloq nima? Axloq – kishilarning bir–birlariga, oilasiga, Vatanga, jamiyatga bo‘lgan
munosabatlarida namoyon bo‘ladigan hatti – harakatlar yig‘indisi bo‘lib,
kishilarning jamiyatdagi xulqini normativ tartibga soluvchi usullardan biridir.
Ahloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri.Shu sababli butun ijtimoiy ong singari
uning ham tuzilishi bir xil emas. Jamiyat aksariyat qismining asrlar davomida
shakllangan ahloqiy tushunchalari alohida ijtimoiy guruhlarning, shaxslarning
ahloqiga mos tushmasligi mumkin. Lekin har holda, jamiyatdagi hukmron ahloq
jamiyat a'zolari ko‘pchiligining xulq-atvorini belgilab beradi. Ahloqning alohida
xususiyati shundan iboratki, ahloq normalariga amal qilish jamoatchilik fikri orqali
ta'minlanadi.
Jamiyatdagi yozilmagan hulq-atvor qoidalarining majmuidan iborat bo‘lgan
ahloqdan farqli ravishda huquq – ma'lum yuridik shakllar, ya'ni manbalarda,
jumladan, qonun, farmon, qarorda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy xulq – atvor
qoidalarining qat'iy ifodalangan tizimi. Huquq normalari asosan yozma shaklda
bo‘ladi.
Umuman olganda, ahloq ham, huquq ham butun jamiyatning, demakki, aholi
aksariyat qismining qarashlari va tushunchalarini aks ettirishi kerak. Ularning
ijtimoiy hayotning aynan bir xil sohalarni qamrab olishini hisobga olganda, ular
o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lmasligi kerak. Agar bunday ziddiyat bo‘lsa, u huquqiy
normalarni o‘zgartirish orqali, ya'ni ahloq foydasiga hal qilinishi zarur.