Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


 Huquq tizimi, huquq tarmoqlari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

 
32. Huquq tizimi, huquq tarmoqlari. 
Huquq - ichki yaxlitligi va o‘zaro muvofiqligi bilan ajralib turadigan 
muayyan tizim. Lekin, boshqa tizimlar kabi, huquq ham huquq tarmoqlaridan 
iborat kichik tizimlarga bo‘linadi. 
Davlatning yuridik normalari yig‘indisi uning huquqini tashkil etadi. 
Huquqiy normalar turli - tuman bo‘lib, ular o‘zaro mustahkam bog‘langan, 
muvofiqlashgan va yaxlit huquq tizimini tashkil etadi. 
Huquq tizimi turli-tuman, o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan yuridik 
normalar yig‘indisidir. Huquq tizimi katta tarkibiy qismlar bo‘lmish huquq 
tarmoqlariga bo‘linadi. Davlatdagi ijtimoiy munosabatlarning xilma - xilligi 
tarmoqlarga bo‘linishning asosini tashkil etadi. Huquq tarmog‘i jamiyat hayotining 
ma'lum sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi o‘zaro bog‘liq yuridik 
normalar yig‘indisidir. Huquqiy tartibga solish usuli, huquq tizimining tarmoqlarga 
bo‘lishning qo‘shimcha asosidir.
O‘zbekiston huquq tizimi huquqning quyidagi asosiy tarmoqlarini o‘z ichiga 
oladi: 
1. Konstitutsiyaviy huquq; 
2. Ma'muriy huquq; 


21 
3. Fuqarolik huquqi
4. Jinoyat huquqi; 
5. yer huquqi
6. Agrar huquq; 
7. Ijtimoiy ta'minot huquqi; 
8. Ekologik huquq; 
9. Moliyaviy huquq; 
10.Fuqarolik-protsessual huquqi;
11. Jinoyat-protsessual huquqi; 
12.Xo‘jalik-protsessual huquqi; 
13. Mehnat huquqi; 
14. Oila huquqi. 
Konstitutsiyaviy, ma'muriy, fuqarolik va jinoyat huquqi asosiy huquq 
tarmoqlari hisoblanadi
33. Nima uchun O‘zbekistonda Bola huquqlariga katta e'tibor 
qaratiladi? 
O‘zbekiston Respublikasi endigan 25 yoshni qarshiladi. Aholimizning 40% 
ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo‘lgan 
yoshlar.
Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining 
ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma'naviy 
rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko‘p bolali 
oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. 
Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi 
yaratilgan. Ta'kidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston 
qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi 
konvensiyasidir. 
Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me'yorlar va qonunlarga tayanadi. 
Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni muhofaza qilish 
bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat 
bo‘lib, mazkur yo‘nalishda YuNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin