Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
Ne dayrdin eshigim ochilur, ne masjiddin. 
Necha eshikdin eshikka gado kabi yetayin? 
Kuyib-yonib yozgan bu satrlari qalbining taftini olar, dunyoda uning uchun hamma 
eshiklar bekilganda ham bir muqaddas qopqa — she’riyat qopqasi doim ochiq ekanini 
ich-ichidan sezib ko‘ngli ko‘tarilardi. U o‘z qalbida hali sarf etilmagan qudratli kuchlar 
borligini, opasi Xonzoda begim Bobur bilan vidolashgan paytida: «Sizning nodir 
iste’dodingiz bor, bu buyuk ne’matni hayf qilmang!» degan so‘zlari ko‘p esiga tushadi. 
Kecha mana shu Oqsuv bo‘yidagi bir qishloqda to‘y bo‘lgan, shunda yosh bir xonanda 
sehrli tovush bilan Boburning «Ko‘nglimdan o‘zga yori vafodor topmadim» deb 
boshlanadigan g‘azalini ashula qilib aytganini u o‘zi ko‘chadan o‘tayotib eshitgan edi. 
O‘sha daqiqalarda uning qalbidagi eng zo‘r kuch junbushga kelib, yuzaga chiqish uchun 
yo‘l axtargan edi. Bu ichki kuch unga Dahkatning kunchiqish tomonidan uch ming gaz 
balandlikdagi Osmon Yaylov tog‘ining uchidan otilib chiqib turgan mo‘’jizaviy buloqni 
eslatdi. Jilg‘alar bo‘yidan, tog‘ yon-bag‘rilarining tagidan ko‘z ochgan buloqlar ko‘p. Lekin 
shunday yuksak tog‘ning eng baland bir nuqtasidan yorib chiqqan bunday g‘alati 
chashmani Bobur birinchi marta shu yerda uchrat-di. 
Janubda mangu qorga burkangan ulug‘vor Piryax cho‘qqisi yaltirab turibdi. Ammo u 
cho‘qqi bilan Osmon Yaylov tog‘ning orasida behad chuqur jilg‘alar, katta-katta 
balandliklar bor. Bu buloqning suvi o‘sha cho‘qqidan tushib, yana Osmon Yaylovga chiqib 
kelguncha ikki oradagi chuqurliklardan ham teranroq joyga tushib, so‘ng yana yuksak 
toqqa ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. Buloq buncha kuchni qaerdan olganikin? Uni shunchalik 
baland joyga chiqishga, shunday toshlar orasidan ko‘z ochishga nima majbur qilgan 
ekan? Ehtimol, ilgari uning ko‘zi pastdagi tog‘ kamarlarida bo‘lgandir? Balki buloqning 
ustiga tog‘ ko‘chib tushib, avvalgi ko‘zini bekitib qo‘ygandir? 
Boburga birdan o‘z hayoti ham ko‘chki bosgan buloqqa o‘xshab ko‘rindi. Axsida qulagan 
jar ham shu buloqning ko‘ziga tushgan. Ko‘chmanchi sultonlarning Samarqanddagi 
g‘alabasi ham... Ichki bir kuch bilan qaynab chiqayotgan buloq ko‘chkining tuproqlarini 
yuvib, toshlar orasidan yo‘l topib o‘ta boshlaganda Movarounnahrdagi ijtimoiy zilzilalar 
zarbidan yangi-yangi jarlar qulaydi, qoyalar ko‘chadi-da, yana shu buloqning ko‘ziga 
tushadi. 
Buloq hamon tug‘ilgan zaminining boshqa joylariga bosh urib, yorug‘ dunyoga olib 
chiqadigan yangi yo‘llar izlaydi. 
Agar Osmon Yaylov bulog‘i toshlar orasidan yo‘l topib, mana shunday baland qoyani 
yorib chiqqan bo‘lsa, Bobur umidsizlanmasligi kerak. Ehtimol, uning tolei ham mana shu 
buloqqa o‘xshab, baland bir nuqtadan qayta ko‘z ochar. Balki bu baland nuqta 
she’riyatdadir? 
Bir kuni peshin kechroq Bobur Osmon Yaylov bulog‘i bo‘yida mana shu xayollarga g‘arq 
bo‘lib yolg‘iz o‘tirganda, katta-katta ikkita bo‘ribosar itni ergashtirib bir cho‘pon yigit 
kelib qoldi. Oyog‘ida choriq, boshida qizil xoshiyali oq qalpoq, beliga katta pichoq osib 
olgan, qo‘lida qizil irg‘ay tayoq. U tosh ustida o‘tirgan Boburga salom berdi-yu, itlarni 
orqaroqda qoldirib, o‘zi buloqdan kaftida suv olib ichdi. Keyin ho‘l qo‘llarini qalami 
yaktagining qo‘ltiqlariga arta turib, Boburga gap qotdi: 
— Ha, jo‘ra, poshshong ziqnalik qildimi, toqqa yalang oyoq chiqibsen? 
Cho‘ponning «sen-sen»lab gapirgani Boburning qulog‘ini tirnab o‘tganday bo‘ldi. Ammo 
o‘zini bosiq tutib: 
— Qaysi podshohim? — deb so‘radi. 
— Bobur degan bir podsho Dahkatda yurgan emish. Sen o‘shaning odamlaridanmisen? 
Bobur eski kiyimlarini kiyib chiqqan, o‘zi tog‘ oftobida kuyib qoraygan, ammo uning 
yuzida, qo‘llarida asilzodalarga xos bir nazokat borligi bilinib turardi. Cho‘pon uni 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin