Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
164
ketgan ko‘zlarida aks etdi. 
Sen ham kuyganlardan ekansen, shoirliginga tan berdim! Agar shu shoirliging 
bo‘lmasa, seni rahmatlik otamning qasdiga itlarimga talatib yuborar edim! Xayr, shoir, 
omon bo‘l! 
Cho‘pon itlarini ergashtirganicha chag‘atda yoyilib yurgan qo‘ylariga qarab ketdi. 
Bobur shu kuni Osmon Yaylovdan Dahkatga qanday tushib kelganini bilmaydi. U 
mash’um o‘tmishidan osonlikcha qochib qutulolmasligini, yomon beklar Boburning 
nomidan qilgan zolimliklarni odamlar undan ko‘rishini o‘ylab, vujudini yangi bir 
bezovtalik chulg‘ab oldi. Yoshlikda beklarning ra’yiga qarab qilgan xatolari boyagi ikkita 
vahimali itning qiyofasiga kirib, hali ham ketidan quvib kelayotganga o‘xshardi. 
Dahkatda esa uni yana bir tahlikali xabar kutib turardi. Shayboniyxon qo‘shinlari 
O‘ratepaga yetib kelgan, shaharga bozor qilish uchun borgan dahkatlik kadxudoni xon 
kishilari tutib olib kaltaklashgan. 
— Bobur yashirinib yurgan joyini ko‘rsatasan! — deb talab qilishgan edi. Yuzlari qamchi 
izidan qontalash bo‘lib shishib ketgan ellik yoshlardagi kadxudo tojikchalab: 
— Men mehmonimni tutib beradigan ablah emas!— dedi Boburga — Yovlaringizni 
Oqtangi degan daraga boshlab borib, adashtirib, o‘zim tog‘ma-tog‘ qochib keldim! 
Oqtangi Dahkatdan o‘ttiz chaqirimcha g‘arbda edi. Xonning iskabtoparlari bugun 
bo‘lmasa, ertaga bu yerlarga yetib kelishi muqarrar. Shayboniyxon Boburning boshini 
kesib kelganlarga katta oltin va’da qilgan. 
Ichki hovlidan Qutlug‘ Nigor xonim chiqdi: 
— Boburjon, hammamiz najotni sizdan kutmoqdamiz! Darvishona yurishlarni endi bas 
qiling. Hamma sizni quvg‘indagi shoh deb bilur, boshqa gapga hech kim ishonmagay. 
Xon kishilari ham sizni taxtga da’vo qilishi mumkin bo‘lgan bir shahzoda deb izlab 
yururlar. Dahkatliklar ham shuncha vaqt bizga nonu tuz berdilar. Endi bu qishloqni xavf-
xatardan qutqarish ham sizning burchingizdir, jonim! 
Bobur agar yov bilan bu yerda to‘qnashsa, qishloq oyoqosti bo‘lishini o‘yladi. Bu yerda u 
bilan birga yurgan onasini, bek va navkarlarini yovdan omon saqlash uchun ham, o‘zi 
boyagi cho‘ponga o‘xshash qasoskorlarning tasodifiy qurboni bo‘lib ketmasligi uchun
dahkatlik kadxudoning tuzini oqlash uchun ham Bobur yana qaytadan qurol-yarog‘ 
taqishga va odamlariga boshchilik qilishga majbur ekanini, hozir shundan boshqa iloji 
yo‘qligini his qildi-yu, og‘ir «uh» tortdi: 
— Shohlik taqdirimdan yalang oyoq qochib qutulolmas ekanmen! Janob Sherimbek! Siz 
endi Qosimbekning o‘rnida amiral umarosiz! 
Boburni o‘n ikki yoshida Olatog‘ tomonlarga olib qochib ketib qutqarmoqchi bo‘lgan 
keksa Sherimbek tog‘oyi quvonib ta’zim qildi: 
— Inoyatingizdan sarafrozmen, amirzodam! — dedi.— Buyuring! 
— Odamlarimizning barchasiga amrimizni yetkazing. Ko‘ch-ko‘ronni yig‘ishtirsinlar! Shu 
bugun kechasi Dahkatdan jo‘nab ketgaymiz! 
— Muborak buyrug‘ingiz alhol ado etilur, amirzodam! 
Yana zirhli kiyimlar kiygan, qurol-yarog‘ taqqan Bobur o‘sha kecha tog‘dan-toqqa oshib 
kun chiqish tomonga — Isfaradan naridagi So‘xga qarab ketdi. 
4 
Tog‘dan tushib kelayotgan So‘x soyi toshlarga bosh urib shovullaydi. Bobur archazor 
so‘qmoqdan Oynatog‘ tomonga ko‘tarilib boradi. Tog‘larda ko‘p yurib har qancha 
chiniqqan bo‘lsa ham, tik so‘qmoq yo‘lda hansirab qoladi. Oynatoqqa yetguncha ikki-uch 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin