Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
166
vodiy yo‘llarini ham tuman to‘sib qo‘yganini ko‘rdi-yu, soy bo‘yiga keldi. 
Quyuq tuman dunyoni allanechuk tor va sovuq qilib qo‘ydi. So‘x soyining yuqori-pastlari 
ham ko‘zdan yo‘qoldi. Tezoqar tog‘ daryochasining qayoqdan kelib, qayoqqa ketayotgani 
endi faqat uning toshlarga urilib shovullashidan bilinar edi, xolos. 
Boburning hozirgi qarorgohi mana shu soyning yaqinida — keng bir sayhonlikda edi. 
Balandroq bir joyda uning qizil movut chodiri bor. Chodirning o‘ng yonida Qutlug‘ Nigor 
xonimning sakkiz burchakli oq o‘tovi turipti. Qolgan yigirma-o‘ttizta o‘tov va chodirlar 
ularning nari-berisiga o‘rnatilgan. Sovuq tuman ichida chodir va o‘tovlar go‘yo bir-
birlaridan uzoqlashib ketganday va hammasini mog‘or bosayotganday ko‘rinardi. 
Bobur yo‘lida uchragan odamlarning ta’zimlariga indamay bosh irg‘ab o‘tdi-yu, Mamadali 
kitobdorning o‘tovi tomonga burildi. Bu yerda Bobur doim o‘z ko‘chi bilan birga olib 
yuradigan kitoblari saqlanar edi. Besh-olti tuyaga yuk bo‘ladigan nodir kitoblar qalin 
charm qoplangan maxsus sandiq va qutilarga yog‘in-sochin o‘tmaydigan qilib joylangan 
edi. Keksayib qolgan bo‘lsa ham hamma safarlarda Bobur bilan birga yuradigan zaxil 
yuzli ellik besh yashar Mamadali kitobdor kitoblarni xuddi chaqalog‘ini avaylaydigan 
onaday avaylab-asrar edi. U Boburga ta’zim qilib: 
— Buyuring, amirzodam! — dedi. 
Bobur tarixiy kitoblardan bir-ikkitasining nomini aytdi. 
Mamadali kitobdor kitoblarga qo‘l urishdan oldin qo‘lini yaxshilab yuvadigan odati bor 
edi. 
— Siz muntazir bo‘lmang, qulingiz elturmen! 
Bobur o‘tovdan chiqib o‘z chodiriga kirdi. Oradan ancha vaqt o‘tganidan keyin Mamadali 
kitobdor aytilgan kitoblarni ipak matoga o‘ragan holda ikki qo‘llab ko‘tarib kirdi-yu, 
to‘rdagi miz ustiga sekin qo‘yib, orqasi bilan yurib chiqib ketdi. 
Bobur mashhur sarkardalar va shohlarning hayotlari haqidagi tarixiy kitoblarni varaqlar 
ekan, murakkab jumlalar, jimjimador o‘xshatishlar, afsona va rivoyatlar orasidan 
chinakam bo‘lgan va odamni ishontiradigan voqealarni izlardi. Lekin ko‘pchilik kitoblarda 
nuqul g‘alabalar dabdabali uslub bilan kuylanardi. 
Ehtimol, hozir Shayboniyxon haqida ham mana shunday dabdabali kitoblar 
yozilayotgandir. Bobur Binoiyning yana Shayboniyxon tomoniga o‘tib ketganidan, 
Muhammad Solih esa «Shayboniynoma» degan she’riy kitob yozayotganidan xabardor 
edi. Ular Shayboniyxonning Bobur bilan olishuvlarini qanday yozisharkin? Mana bu 
kitoblardagi kabi g‘olibni ko‘klarga ko‘tarib maqtashsa, Boburga bo‘lmagan ayblarni 
taqib, uni yomonlashsa, keyin odamlar haqiqatni qayerdan biladi? 
Bobur nuqul zafar tantanalarini kuylagan jangomalarni bir chetga surib qo‘ydi. So‘ng 
o‘rnidan turib, o‘zining «Vaqoi’» deb atalgan xotira daftarlarini sandiqdan oldi. 
Qiziq: so‘nggi marta daftarga Bobur o‘zining Samarqandni Shayboniyxondan qanday 
tortib olganini yozganu keyin unga qo‘l urmagan edi. Demak, keyingi mag‘lubiyat va 
sargardonliklarni uning o‘zi ham yozishni istamagan ekan! Ammo bular daftarga 
yozilmagani bi-lan Boburning xotirasida muttasil takrorlanib yuribdi-ku. «Isitmani 
yashirsang, ichga urar», deydilar. Bobur qilgan xatolarini daftaridan yashirgani bilan ular 
har kuni ne-cha qayta yangi-yangi tafsilotlari bilan xayolidan o‘tib, qalb yarasini 
tirnagani-tirnagan. Bundan ko‘ra hamma voqealarni rostgo‘ylik bilan mana bu daftarga 
yozsa, balki o‘shanda isitma tashiga chiqib, dili xiyol yengillashar? 
Bobur daftariga Saripulda qanday mag‘lub bo‘lganini, keyin qanday xo‘rliklar ko‘rganini 
yoza boshladi. 
U bu ishni go‘yo o‘zi uchun, o‘z vijdoni oldida hisob bergisi kelib qilardi. Shuning uchun 
boya o‘qigan kitoblaridagi jimjimador, balandparvoz uslub bu yozuvlarga mutlaqo 
yarashmasligini sezardi. Shu sezgi ta’sirida kitoblari orasida turgan Shomiyning 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin