Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
ikkita yigit — uchtagina jangchi qolgan edi. «To‘rt kishi bularga bas kelolmaysen, qoch!» 
dedi ichki bir ovoz. 
Ammo shuncha xiyonatlar qilgan, doim qochib qutulib yurgan Ahmad Tanbal endi 
birinchi marta yuzma-yuz kelganda undan qo‘rqib qochishga oriyat yo‘l bermadi. Oriyat 
o‘limdan yomon deb, bejiz aytmagan ekanlar. Bobur darhol jilovini qo‘yib yuborib, 
kamoniga o‘q o‘rnatdi. Ahmad Tanbal qilichini sug‘urayotganda Bobur uning qisiq 
ko‘zlarini mo‘ljalga olib o‘q otdi. O‘q Tanbal boshiga kiygan zirhli dubulg‘aga qarsillab 
urildi, uni teshib o‘tolmagan bo‘lsa ham, Bobur xiyonatkor dushmanining boshiga musht 
tushirganday bo‘ldi. Bobur chapdastlik bilan yoyga yana o‘q o‘rnatib, uning bezraygan 
yuziga to‘g‘rilab otdi. Tanbal yuzini qalqoni bilan to‘sishga ulgurdi. Bobur otgan ikkinchi 
o‘q qalqon orqali Tanbalning yuziga urilgan tarsakidek ovoz chiqardi. Bu orada 
Tanbalning yonidagi kishilar Boburga ham yoydan o‘q yog‘dirdilar. Bir o‘q uning 
tizzasidan pastroq boldiriga qadaldi. Ahmad Tanbalning o‘zi otini «chu-chulab» qo‘lida 
qilichi bilan Boburga baqamti keldi. Bobur yarador oyog‘ining «jizillab» kuyib og‘riganini 
va Ahmad Tanbalning qo‘lidagi qilich allanechuk tanish ekanini bir vaqtda his qildi. Bu — 
Boburning nomidan Ahmad Tanbalga in’om qilingan egik bag‘dodiy qilich edi. Bu qilichni 
o‘pib, Boburga sadoqatli bo‘lish haqida qasamyod qilgan Ahmad Tanbal nahotki endi uni 
egasiga qarshi ko‘tarsa? Bobur buni o‘ylashga ham ulgurmasdan qilich uning boshidagi 
dubulg‘aga kelib tushdi. Boburning ko‘zlaridan go‘yo olovli uchqunlar sochilib ketdi, 
boshi birovning boshidek hissiz bo‘lib qoldi. Qilichning tig‘i dubulg‘a kiygizini kesib 
o‘tolmagan bo‘lsa ham bosh yaralangan edi. Boburning bo‘yniga dubulg‘a chetidan qon 
sirqib tushdi. Boldiridagi yaradan etigi issiq qonga to‘lmoqda edi. 
Ahmad Tanbal g‘olibona hayqirib qilichini yana ko‘tardi. U endi o‘tkir qilichini Boburning 
zirhli kiyimlari orasidan sal-pal ko‘rinib turgan bo‘yniga urmoqchi va boshini kesib 
tushirmoqchi edi. Shu payt ortdan Tohir yetib keldi-yu, Bobur mingan bo‘z otning jilovini 
siltab tortdi. Bedov ot o‘rnidan sakrab qo‘zg‘olar ekan. Ahmad Tanbal bo‘ynini mo‘ljallab 
urgan qilich Boburning yoy-o‘qlari solingan saqdog‘iga tegib, uni shart kesib tushdi. 
— Amirzodam! Jilovni oling! — qichqirdi Tohir. 
O‘zi esa Boburning otiga qamchi bosdi. 
Qamchi yeb o‘rganmagan uchqur bedov oldinga o‘qday otilib, egasini balo-qazodan olib 
chiqib ketdi. 
Yarador Bobur O‘shga qaytdi, ancha kungacha boshi g‘uvillab, oyog‘i cho‘loqlanib yurdi. 
Lekin uni yara og‘rig‘idan ham ortiq qiynagan dard— Qosimbekning taklifi bilan Tanbalga 
in’om etilgan bag‘dodiy qilichning aylanib kelib o‘z boshiga tushganligi edi. Qotilga kim 
qilich bersa o‘zi uning tig‘iga duchor bo‘larkanmi? Biroq dunyoda adolat bo‘lsa, shuncha 
qotilliklar, shuncha xiyonatlar qilgan Ahmad Tanbalga nega qasos qaytmaydi? 
Bobur shu o‘ylar bilan xotira yozishga berilib ketib, qorong‘i tusha boshlaganini ham 
sezmadi. Savdarlar oltin qandildagi shamlarni yoqdilar. Boburga kechki ovqat keltirdilar. 
U yolg‘iz o‘tirib ovqatlandi. Xotira yozganda unga o‘z hayoti avvalgidan iliqroq va 
ma’noliroq tuyulgan edi. Bekor o‘tirganda esa yana o‘sha og‘ir o‘ylar, sovuq 
pushaymonlar xayoliga bosib kela boshladi. Bobur ulardan tezroq qutilgisi kelib, yana 
qalamini qo‘liga oldi. 
Keyin yarim tungacha daftaridan bosh ko‘tarmay so‘nggi yilning voqealarini yozdi. 
* * * 
Atrofdagi o‘tovlar jim, hamma uyquda. 
Tun sukunatida otning dupuri, itlarning hurishi eshitildi. Qarorgohning chetiga qo‘yilgan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin