Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
Bobur kutubxonadan chiqar ekan, ustma-ust zang chalayotgan soatga qarab turib, 
o‘zicha o‘ylandi: «Ajab! Alisherbekning o‘zlari vafot etgan bo‘lsalar ham ixtirolari tirik. 
Umri soniy shulmikin? Bu soat o‘z egasining ikkinchi umrini o‘lchab zang 
chalmoqdamikin?» 
Unsiyaning ich-tashida bu binoni qurgan va unda hayotining oxirgi kunigacha yashagan 
noyob insonning ruhi kezib yurganga o‘xshardi. Bobur Navoiyning qo‘li tekkan eshiklarni 
ehtiyot bilan ochar, marmar zinalarda uning ko‘zga ko‘rinmas izlarini bosib o‘tayotganini 
his qilib, mumkin qadar sekin qadam tashlar edi. 
Hovlida toshhovuz bo‘yidagi chinorlar tagida farrosh yigit xazon supurmoqda edi. Bobur 
ikki tomonida to‘q yashil shamshod daraxtlari qator turgan chiroyli yo‘lkaga burildi. Bu 
yerda uni Navoiyning shogirdi Xondamir va uning eng yaqin nadim*laridan Sohib Doro 
kutib turar edilar. Hassa tayangan keksa Sohib Doro Bobur bilan ko‘rishayotib: 
— Amirzodam, — dedi. — Hazrat Mirning vafotlaridan beri Unsiya ruhsiz tanadek edi. Siz 
kelganingizdan so‘ng bu tanada yangi jon, yangi ruh paydo bo‘ldi! 
Yoshi o‘ttizlarga borgan tiyrak ko‘zli Xondamir Boburga sinovchan nazar bilan kulimsirab 
tikildi: «Andijondan kelgan yigirma to‘rt yoshlik shahzoda bu mubolag‘ali gapga yarasha 
kamtarona javob toparmikin?» 
Qalbi ezgu va ma’yus tuyg‘ularga to‘lib turgan Bobur shoirona o‘xshatishlar qilib o‘tirgisi 
kelmay jo‘n javob berdi: 
— Mavlono, hazrat Alisherning makonlari mening o‘zimda yangi bir ruh paydo qildi. Bu 
yerda men san’atu ma’rifatning hali umrimda ko‘rmagan kamolotini ko‘rmoqdamen. 
Xondamir Boburning javobidan qanoatlangandek mamnun bosh irg‘adi. Sohib Doro ham: 
— Siz haqsiz, amirzodam, — dedi. — Hazrati Mir neki yaratgan bo‘lsalar, hammasida 
o‘zlarining oliy ruhlaridan bir nishona qoldirmishlar. Mana bu minoralarga bir nazar 
tashlang! 
Bobur uchi osmondagi oq bulutlarga tegay deb turgan baland koshinkor minoralarga 
tikildi. 
Odatda, yuksak minoralarning odam chiqib atrofga qaraydigan usti yopiq halqasi, ya’ni 
shiyponchasi eng tepasida bo‘ladi. Unsiya minoralarida esa tepadagi halqadan tashqari 
o‘rta belida ham maxsus halqalar bor edi. Sohib Doro buning sababini aytdi: 
— Hazrati Mir Hirot manzaralariga baland bir joydan qarab o‘ltirib hordiq chiqarar edilar. 
Keksaygan paytlarida minora tepasidagi halqaga chiqishlari mumkin bo‘lmay qoldi. 
Shundan so‘ng me’morga o‘zlari aytib, pastroqqa ham halqa qurdirdilar. 
— Iloj bo‘lsa, shu halqalardan biriga biz ham chiqsak, — dedi Bobur. 
— Bajonidil! 
Sohib Doro Boburni Xondamir bilan birga g‘arbiy minoraga tomon boshladi. Ammo 
minora ichidagi tik, aylanma zinalardan chiqolmasligini aytib, o‘zi pastda qoldi. 
Minoraning o‘rta halqasiga Boburni Xondamir boshlab chiqdi. 
Ular atrofga ko‘z yugurtirishdi. Uzoqda qorli Muxtor va Iskalja tog‘lari. Pastda kuz kirib, 
suvi jildirab qolgan Injil anhori. Uning chap sohilida mashhur Gavharshodbegim 
madrasasi savlat to‘kib turibdi. Navoiy qurdirgan Ixlosiya madrasasi Injilning o‘ng 
qirg‘og‘ida — Gavharshodbegim madrasasiga yuzma-yuz tushgan edi. Ixlosiyadan narida 
bemorlar davolanadigan, ayni vaqtda, mudarrislar yoshlarga tibbiyot ilmini o‘rgatadigan 
Shifoiya nomli shifoxona— madrasa. Undan narida ulkan gumbazli Xalosiya xonaqohi. 
Katta bir mahallaning o‘rnini oladigan joy Alisher Navoiy qurdirgan nodir obidalarga 
to‘lib, Hirotning salobatiga salobat qo‘shgan edi. 
Shaharning narigi yoqlarida ham moviy tog‘larga o‘xshab yuksalib turgan minora va 
gumbazlarning ko‘pligi Boburga birdan Samarqandni eslatdi-yu, yuragini dard aralash 
sog‘inch tuyg‘usi chulg‘adi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin