Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
Faqat... 
— Mavlono, minora ustida biz faqat ikkimiz turibmiz. Mening sizdan yashiradigan sirim 
yo‘q. Hirot taxtida ikki og‘a-ini birga podshohlik qilishlarini bilursiz. 
— Ha, asli o‘zi taxt Badiuzzamon mirzoniki edi-yu, lekin Xadicha begimning 
tarafdorlari Muzaffar mirzoni ikkinchi podshoh qilib ko‘tardilar. Tarixda hargiz misli 
ko‘rilmagan hodisa. 
Xondamirning bu hodisadan norozi ekanligi sezilib turardi. Bobur bosiq tovush bilan 
so‘zida davom etdi: 
— Har ikki podshohlaringiz ham mehmondo‘stlikda, suhbatdorlikda, orasta bazm 
o‘tkazishda benazirlar. Ammo jangu jadalga xohishlari yo‘qmi, har qalay, Murg‘ob 
bo‘yida uchrashganimizda g‘alati bir hodisa bo‘ldi. Xonning bir pora qo‘shini Xurosonning 
Chechektu navohisini* bosgani to‘g‘risida xabar keldi. Xonning o‘zi Amudaryodan narida 
edi. Xondan ko‘ra biz turgan joy Chechektuga yaqinroq edi. Men taklif qildimki, 
Chechektuni besh-olti yuz kishilik yog‘iy bosgan bo‘lsa, darhol otlanib ularning o‘zlarini 
bosmoq kerak. Toki xon qo‘shini Xurosonga osonlikcha kelolmaydigan bo‘lsin. 
Badiuzzamon mirzo inilari Muzaffar mirzoni Chechektuga yubormoqchi bo‘ldilar. 
Ma’lumingizkim, har ikkovlarining o‘z eshik og‘alari, o‘z mulozimlari, o‘z cheriklariyu 
alohida sarkardalari bor. Muzaffar mirzo jang ko‘rmagan yigit. Chechektuga borishga 
jur’at qilmadi. «Hazrat og‘am borsalar, biz boshqa chegaralar himoyasida bo‘lurmiz», 
dedi. Badiuzzamon mirzo: «Men jangda nobud bo‘lsam, bu taxtni yolg‘iz o‘zi 
egallaydimi?» deb o‘yladi nazarimda, Chechektuga borgisi kelmadi. Ko‘p sansalor 
bo‘lgandan so‘ng men aytdimkim: «Ijozat bergaysizlar, men yigitlarim bilan borib
Chechektuni yog‘iydan ozod qilishga urinib ko‘ray». Og‘a-ini bir-birlariga qaradilaru el-
ulusdan nomus qildilar. «Siz mehmonsiz» deb, meni bu niyatimdan qaytardilar. 
Qo‘ymasdan Hirotga boshlab keldilar. Chechektu yog‘iy ilkida qoldi. 
Xondamir kuyunib «uh» tortdi: 
— Bu hammasi — Xurosondan tole yuz o‘girayotganining nishonasi! Amirzodam, 
boshimiz ustida qanday balolar to‘planayotganini bizning podshohlarimizdan ko‘ra siz 
yaxshi bilursiz. Chunki barchasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmishsiz. Biz bu haqda mavlono 
Behzod bilan ham ko‘p gaplashdik. Hirotning barcha jonkuyar fozil kishilari umid ko‘zini 
sizga tikkanlar. Xatar qanchalik kuchli ekanligiga shoyad podshohlarimizni ishontir-
sangiz. Barcha yaxshi kuchlar birlashsa-yu, shoyad falokatning oldini olishga muyassar 
bo‘lsalar. 
Bobur minoradan pastga tikilib: 
— Bilmadim, mavlono, — dedi. — Bugun-erta podshohlar bilan yana shu haqda 
gaplashmoqchimen. 
— Ilohim, kushoyishi koringizni bersinu muzokarangiz biz istagandek tugasin
amirzodam! 
Bobur tashakkur aytib, minora zinapoyasiga tomon yo‘naldi. Pastga tushayotib, Hirot 
qal’asining ichida— baland tepalik ustida turgan ulkan arkka noxush nazar tashladi. 
_______________ 
* N a d i m — qurdosh-suhbatdosh. 
* R u b ’ i m a s k u n — dunyoning inson obod qilgan qismi. 
* U n s i ya — «Do‘stlik uyi» demakdir. 
* N a v o h i — kichik o‘lka, tuman.
3 
Kuz iliq kelgani uchunmi, Hirot tojdorlari hali ham qal’a tashqarisidagi bog‘larda 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin