Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
lekin osmonda bulut bor. Yulduzlar onda-sonda ko‘rinib qoladi. So‘x soyi osmonni 
boshiga ko‘tarib shag‘irlaydi. Tunda tog‘larning qorasi kunduzgidan haybatliroq ko‘rinadi. 
Bobur qop-qora tog‘larga tikilib turganda yana ko‘chki bosgan buloq esiga tushdi. 
Tog‘larning bu tomonida hamma yo‘llari bekilgan buloq endi tog‘larning naryog‘idan ko‘z 
ochib chiqa olarmikin? Ulug‘tog‘dan narida bahaybat Pomir. Undan narida Himolay va 
Hindikush... 
Buloq bu tog‘larning hammasidan o‘tib borib, nar-yoqlarda qaytadan ko‘z ochishi uchun 
qanchalik katta kuch-qudrat kerak! 
________________ 
* O‘ r o n — parol.
TAQDIR TAQOZOSI
Ikkinchi qism 
HIROT 
DOVULDAN OLDINGI OSUDALIK 
1 
Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv beradigan Hiriyrud daryosi va Injil anhorining 
qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan. Qal’a tashqarisidagi mashhur Bog‘i Jahonoro, 
Bog‘i Muxtor, Bog‘i Zubayda, Bog‘i Chamanlardagi uzumzor va anorzorlar yoz bo‘yi 
ko‘tarib turgan mevalaridan ayrilib, yakkam-dukkam qovjiroq barglar bilan so‘ppayib 
qolganlar. 
Biroq bu janubiy shaharda kuzning xazonrezlik odatiga bo‘ysunmaydigan daraxtlar ham 
ko‘p. Hirotga Qandahor tomonidan kelishda yo‘l bo‘yidagi xiyobon va sayrgohlarda 
o‘sgan minglarcha sarvlar, sanobar* daraxtlari kuzda ham bahordagidek yashnab 
turibdi. «Husayn Boyqaro hovuzi» deb atalgan ulkan toshhovuz bo‘yida kumushrang jajji 
yaproqlari qush tilini eslatadigan baland va go‘zal lisonittayr daraxtlari bor — bular ham 
xazon nimaligini bilmaydi. 
Lisonittayrning barglari yara-chaqaga doriligini eshitgan Tohir hovuzdan beriroqda otdan 
tushdi-yu, jilovini yoshgina navkariga tutqizdi. So‘ng o‘zi hovuzning xilvatroq tomoniga 
o‘ta boshladi. U dorivor barglardan yulib olib ketmoqchi bo‘lib tepadagi shoxlarga tikilib 
borayotganda qarshidan kimdir: 
— Menga qarang, bek yigit! — deb qoldi. 
Tohir daraxtning yo‘g‘on tanasi ortidan chiqib kelayotgan mullanamo kishini ko‘rdi. 
Nimasidir Fazliddin tog‘asini eslatib, yuragini hapriqtirdi. Ammo soqolining uzunligi-yu, 
yuzining keksanamo ko‘rinishi Tohirni shubhaga soldi. U odob bilan: 
— Labbay, — deb salom berdi. 
Tohirning yuzidagi xanjar iziga tikilib turgan haligi kishi endi uning ovozini ham tanidi-
yu: 
— Tohir! Jiyanim! — deb qichqirib yubordi. 
Tohir ham endi tog‘oyisini tanib, quchoq ochganicha unga qarab otildi. Hovuzning 
shishaday tiniq suvida ularning akslari bir-biriga qo‘shilib ketdi. 
— Vatanimning hidini olib kelgan jiyanim! Xudoga shukr, eson-omon ekansen! 
Mavlono Fazliddin jiyanini quchog‘idan qo‘ydi-yu, ko‘zidan yuziga oqib tushgan quvonch 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin