2
Ushbu bilan Mijoz uning tomonidan ushbu Shartnomaga muvofiq bankka taqdim etilgan har
qanday shaxsiy ma’lumotlarni ushbu Shartnomaning shartlarini bajarish
maqsadlarida uchinchi
shaxslarga uzatilishiga rozilik bildiradi.
2.3.
Bank Mijozga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq
Mijozning shaxsga doir ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur
choralarni qabul qilishini kafolatlaydi. Mijozning o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlanishiga
roziligi muddatsiz hisoblanadi, ayni vaqtda shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun rozilik
Mijoz tomonidan ushbu Shartnomaning 7.3-bandiga muvofiq, istalgan
vaqtda chaqirib olinishi
ham mumkin.
2.4. Ushbu Ommaviy ofertani akseptlash orqali, Mijoz:
2.4.1. shartlar bilan tanishib chiqqani va quyidagilarga o‘z roziligini bildiradi, ya’ni:
- Arizada ko‘rsatilgan har qanday ahamiyatli o‘zgarishlar haqida Bankni zudlik bilan yozma
ravishda xabardor qiladi;
- Login, Parol yoki Tekshiruv kodini kiritish bilan bog‘liq barcha harakatlar hamda tasdiqlovchi
darchada bajariladigan barcha harakatlar shaxsan Mijoz tomonidan amalga oshiriladi;
- iste’mol krediti, shuningdek mikrozaym shartnomalarini va h.k.ni tuzish va bajarish
maqsadlarida Bank Mijozga va/yoki kreditlar obyektiga (zaruriyat bo‘lsa) va/yoki
kafil
bo‘luvchiga taalluqli barcha zarur axborotlarni (kredit hisoboti/kredit tarixi/ma’lumotlari va b.)
O‘zR Markaziy banki huzuridagi Kredit axboroti davlat reestri va/yoki “O‘zR kreditlar byurosi”
MChJ, Kredit axboroti tahliliy markazi va boshqa tashkilot hamda banklarga uzatish va/yoki olish
huquqiga ega;
- davlat soliq xizmati organlarining Ma’lumotlarga ishlov berish markazidan olingan shaxsiy
ma’lumotlardan foydalanishga haqli.
2.5. Ilovadan foydalanishni boshlashdan avval ushbu Ofertaning matni bilan to‘liq tanishib chiqish
talab etiladi. Oferta shartlariga to‘liq yoki uning biror qismiga qo‘shilmaslik holatlarida Ilovadan
foydalanishdan o‘zingizni cheklab turish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: