4.TARAFLARNING MAJBURIYATLARI 4.1. Bank quyidagilarga majbur: - Ilovaning talab darajasida ishlashini ta’minlab berish, Ilovaning ishidagi uzilishlar uchinchi
shaxslar/texnik va profilaktik ishlari tufayli yuzaga keladigan holatlar bundan istisno;
- shaxsga doir ma’lumotlarning butligini va yaxlitligini ta’minlab berish, shaxsga doir
ma’lumotlarning qonunga xilof tarzda qayta ishlanishining oldini olishni ta’minlab beruvchi
shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni qabul
qilish;
-Mijozni Bankdagi yangiliklar, Mijoz Ilova orqali to‘lovlarni amalga oshira oladigan tovar va
xizmat/ishlarning yetkazib beruvchisi sifatidagi Bank Hamkorlari haqida, shuningdek, Ilovada
joriy etiladigan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish.
4.2. Mijoz: - ushbu Oferta talablarini bajarishi shart;
- Ilovaga kirish imkonini beruvchi qurilmaning axborot xavfsizligini mustaqil ravishda
ta’minlashi zarur;
- ushbu Shartnoma imzolanganidan so‘ng mijoz autentifikatsiya ma’lumotlarining butligi uchun,
ularning uchinchi shaxslarga uzatilishi va mana shu ma’lumotlardan foydalangan holda Bank
tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
- Ilovadan foydalanish orqali u yuridik layoqatga egaligini, shuningdek, Ilovadan biror-bir
firibgarlik yoki qonunga xilof maqsadlarda foydalanish maqsadlari yo‘qligini tasdiqlaydi va
kafolatlaydi;
- Mijoz tomonidan Bankka taqdim etilgan o‘zi haqidagi ma’lumotlar shubhasiz to‘g‘ri, aniq,
ishonchli, haqqoniyligini va Mijozning xohishiga mos kelishini kafolatlaydi. Shuningdek Mijoz
tomonidan Bankka noto‘g‘ri, yolg‘on, to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar berilishining salbiy
oqibatlarini yaxshi tushunadi;
- Mijoz mazkur hujjatni o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib imzolaydi, uchinchi shaxslarning
manfaatlaridan kelib chiqib harakatlarni amalga oshirmaydi va soxta banklar va shaxslar bilan
hamkorlik qilmaydi;
- Bank tomonidan oldindan yozma rozilik olmasdan turib, Shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va
majburiyatlarini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas. Bunday harakatlar bo‘yicha har
qanday urinishlar kuchga ega bo‘lmaydi va Ilova orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar Mijoz
tomonidan ixtiyoriy tarza bajarilgan deb hisoblanadi.
4.3. Bank ushbu Ofertaga bir taraflama tartibda o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega, bu haqda u
Mijozni mazkur o‘zgarishlarni
www.tbcbank.uz
saytida, Ilova interfeysida, axborot xabarlarida
chop etish yo‘li bilan yoki sms-xabarnomalar orqali xabardor qilishi zarur.