Ommaviy oferta («tbc bank» atb mobil ilovasidan foydalanish to‘g‘risida) Toshkent sh



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix12.11.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#68753
1   2   3   4   5   6
Contract PublicOffer Addition 8b873e09-ed7f-464a-96e6-285a155530b1

7. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
7.1. Mijoz istalgan vaqtda Shartnomani bajarishdan voz kechishi mumkin, buning uchun Ilovani 
akkauntidan o‘chirib tashlaydi. 
7.2. Akkaunt o‘chirib tashlangan vaqtdan boshlab Shartnoma bekor qilingan hisoblanadi. Ushbu 
Shartnomaning bekor qilinishi Ilova doirasidagi kredit mahsulotlari bo‘yicha Shartnomaning 
tugatilganini anglatmaydi, agar bunday xizmatlar faollashtirilgan bo‘lsa. 
7.3.Mijoz o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlanishiga roziligini chaqirib olish huquqiga ega, bu 
haqda u Shartnomaning 10-bo‘limida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha elektron pochtaga xat 
jo‘natadi. 
8. NIZOLARNI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI
8.1. Mazkur Shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan har qanday kelishmovchilik muzokaralar yo‘li 
bilan yoki Mijozning murojaati asosida da’volarni ko‘rish tartibiga binoan hal qilinadi. 
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va unga bo‘lgan talablar O‘zbekiston Respublikasining 
amaldagi qonunchiligi bilan belgilab beriladi. 
8.2. Agar yuzaga kelgan kelishmovchilik muzokaralar yo‘li bilan hal qilinmasa, u holda Bank 
ro‘yxatdan o‘tgan manzil bo‘yicha tegishli sudda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun 
hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. 
8.3. Mijoz bilan da’volar bo‘yicha ishlash va Mijozga texnik yordam ko‘rsatish xizmatlari bevosita 
tegishli talablarni qabul qilish, ularni ishlash va kelib tushgan talablarga javoblarni yuborish orqali 
taqdim etiladi. Mijozlardan talablar elektron pochta orqali yoki shartnomaning 10-bo‘limida 
ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali qabul qilinadi. 

9. BOSHQA SHARTLAR 
9.1. Bank bilan Mijoz o‘rtasidagi ushbu Ommaviy ofertada bayon qilinmagan boshqa barcha 
masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
9.2. O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi va 
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq ushbu bilan Mijoz ixtiyoriy 
ravishda, o‘z xohishiga binoan va o‘z manfaatlari yo‘lida Bankka uchinchi shaxslarga bank sirini 
tashkil etgan va shaxsga doir ma’lumotlarga oid axborotlarni, shuningdek Bank o‘z 
majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo‘ladigan boshqa qonun bilan himoyalangan sirlarni 
taqdim etishiga rozilik beradi. 
9.3. Tomonlar hujjatlarni elektron shaklda, shu jumladan Ilova orqali to‘ldirilgan va tuziladigan 
hujjatlarni ham oddiy yozma shaklda tuzilgan hujjatlar sifatida tan olishga kelishib olganlar. 
9.4. Agar ushbu Ommaviy ofertaning biror-bir qoidasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
qonun hujjatlariga muvofiq ravishda noqonuniy deb topilsa va/yoki o‘z kuchini yo‘qotsa, 
Ommaviy ofertaning bunday qoidalari Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llanilmaydi va 
Ommaviy ofertada qayd etilgan dastlabki maqsadlarga maksimal darajada javob beradigan boshqa 
yangi qoidalar bilan almashtiriladi. Ommaviy ofertaning boshqa qoidalari o‘zining yuridik kuchini 
va haqiqiyligini to‘liq saqlab qoladi. 
9.5. Ushbu Ofertaning akseptlash orqali Mijoz Shartnomaning barcha shartlariga o‘z roziligini 
beradi va ularni bajarish majburiyatini zimmasiga oladi. 



9.6. "TBC Bank" ATB mahsulotining manba kodi quyidagi bepul (ochiq kodli) dasturiy ta'minot 
litsenziyalariga ega bo'lishi mumkin: 

JSON-CPP

Easylogging++

OpenCV

Tesseract 

Leptonica

ZXING

libPING

libJPEG 

Zlib

cURL

TensorFlow” 
10. BANK REKVIZITLARI 
Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani,
A.Temur shoxko‘chasi 118/1 
k/h: _______________________ 
Bank kodi: 01180 OKED 64190 
STIR: 207 318 613 
Tel: 78 777-27-27 
Tex. yordam tel.: _____________________ 
e-mail: ________________________ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin