Ommaviy oferta («tbc bank» atb mobil ilovasidan foydalanish to‘g‘risida) Toshkent sh



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix12.11.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#68753
1   2   3   4   5   6
Contract PublicOffer Addition 8b873e09-ed7f-464a-96e6-285a155530b1

3. SHARTNOMA PREDMETI
3.1. Ilova O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan emissiya qilingan plastik 
kartalarning Mijozlariga tovar, xizmatlar va ish uchun onlayn rejimida to‘lovlarni amalga oshirish, 
o‘z bank kartalarini boshqarish, bank kartalari orqali onlayn rejimida pul mablag‘larini qabul 
qilish/jo‘natish, Bank mahsulotlar (kreditlar)ini olish va ulardan foydalanish hamda funksional 
Ilovada nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi. 
3.2. Ilova Bankning Mijozlarga taqdim etilishi mumkin bo‘lgan kredit mahsulotlari xizmatlarini 
ham o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday xizmatlarni faollashtirish Mijoz tomonidan 
www.tbcbank.uz saytida joylashtirilgan, xizmatlar, ularni taqdim etish shartlari, foydalanish 
narxlari va boshqa axborotlar ko‘rsatib berilgan «TBC Bank» ATBning bank xizmatlari va 
mahsulotlari bo‘yicha Bosh (asosiy) shartlari (bundan buyon matnda – BSh) bilan to‘liq tanishib 
chiqilgandan so‘ng ixtiyoriy ravishda, mustaqil amalga oshiriladi. 
3.3. Mijoz tomonidan Bankka taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish quyidagi 
maqsadlarda amalga oshiriladi: 
3.3.1. Bank bilan Mijoz o‘rtasida tuzilgan bitim/shartnomalar hamda Bank hamkorlari bilan 
tuzilgan kelishuvlar doirasida qabul qilingan Bank majburiyatlarining talab darajasida bajarilishi, 
shuningdek Mijozning identifikatsiyasi/soddalashtirilgan identifikatsiyasini o‘tkazish, Mijozga 
Bank tomonidan taklif etiladigan barchaga ochiq bo‘lgan bank xizmatlaridan foydalanish 
imkoniyatini taqdim etish maqsadlarida;
3.3.2. Kommunikatsiyalar. Mijoz bilan aloqa o‘rnatish uchun, xususan Bankning bank 
xizmatlaridan foydalanishga oid xabarnomalari, so‘rov va axborotlarini jo‘natish, shuningdek, 
Mijozdan kelgan talab va arizalarni ko‘rib chiqish, shu jumladan bunday talab va arizalarni 
kontragentlar/Bank hamkorlariga bajarish maqsadida kelgusi uzatish; 



3.3.3. Bank xizmatlari sifatini yaxshilash, ulardan foydalanishni qulaylashtirish, yangi bank 
xizmatlarini ishlab chiqish, Mijozga Bank tomonidan xususiylashtirilgan bank xizmatlarini taklif 
qilish; 
3.3.4. Egasizlantirilgan ma’lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish;
3.3.5. Marketing aksiyalari, so‘rovnomalar, Mijozdan / uning uchun so‘rovlar o‘tkazish, xususan 
yangi bank xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha takliflarni keng yoyish;
3.3.6. Ilovadan foydalangan holda qonun hujjatlariga yoki shartnoma talablariga zid keluvchi 
harakatlarni amalga oshirilishiga yordam beruvchi xatti-harakatlarning oldini olish. 


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin