Fiziologiyasi. Uzunchoq miya yadrolarida nafas olish, yurak va tomir
qon harakatlarini bajaradigan nerv hujayralari joylashgan. Bulardan tashqari,
muskullar tonusini idora etib, odam muvozanatini ta’minlaydi. So'lak
ajratish, ovqatni yutish, ichaklardagi bezlardan ichak suyuqligini ajratish,
yo'talish, aksirish va qayt qilish, yosh oqishi kabi funksiyalar ham
rombsimon chuqurchada joylashgan yadrolarga bog'liq. Agar
bu
chuqurchada qon aylanishining buzilishi yoki qon tomirlari yorilib, qon
quyilishi sodir bo'lsa, nafas olish va qon aylanishi buziladi.
Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa o'tkazish yo'llaridan
iborat. Uzun tolalar bosh yoki orqa miyadan keladi va turlicha o'tkazish
yo'llarini hosil qiladi. Kalta tolalar esa uzunchoq miyaning ichida joylashgan
yadrolami bir-biri bilan bog'laydi.
ORTQI MIYA
Ortqi miya miya ko'prigi va miyachadan iborat. Ko'prik ko'nda
lang joylashgan tolalardan tuzilgan bo'lib, miya tubining orqa tomonida
joylashgan. Ko'prik old tomondan miya oyoqchalariga, orqa tomondan
uzunchoq miyaga qo'shilib turadi va qo'shni a’zolar bilan ko'ndalang
joylashgan egatchalar orqali chegaralanib turadi. Orqadagi ko'ndalang
egatdan VI, VII, VIII juft bosh miya nervlari chiqadi. Ko'prik pastki
yuzasining o'rtasida uzunasiga joylashgan egatdan asosiy arteriya o'tadi.
Ko'prikning pastki yuzasidan V juft nerv chiqadi. Ko'prikning uch
shoxli nerv chiqqan yeri bilan miyacha o'rtasidagi qismidan miyachaga
boradigan nerv tolalari miyachaning o'rta oyoqchalarini
hosil qiladi.
Ko'prikning orqa tomoni rombsimon chuqurchaning yuqori qismini hosil
qiladi. Ko'prikni ko'ndalangiga kesib qaralganda eshitish yo'lining nerv
tolalaridan hosil bo'lgan trapetsiyasimon tana kuzatiladi. Ko'prikning old
tomoni ko'proq oq moddadan iborat bo'lib, kulrang modda alohida
y ad ro c h a lar ta rz id a jo y lash g an . Bu y ad ro ch a larg a bosh mi ya
yarimsharlaridan kelgan po'stloq-ko'prik o'tkazish yo'lining tolalari keladi.
Yadrochalardan esa miyachaga boradigan ko'prik — miyacha o'tkazish
yo'lining nerv tolalari boshlanadi. Ko'prikning orqa qismida kulrang
moddadan tuzi’gan yadrochalar ko'proq bo'lib, ular uch shoxli (V juft)
nerv, uzoqlashtiruvchi nerv (VI juft), yuz nervi (VII juft) va dahliz-
chig'anoq nerv (VIII juft)larining yadrolaridir.
Ortqi miya oq moddalarida joylashgan afferent va efferent nervlar
orqali periferiyani bosh miya po'stloq qavati bilan bog'laydi — haqiqiy
ko'prik vazifasini bajaradi. Milk, chaynov muskullari faoliyatini ta’min
laydi. Burun va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida joylashgan retseptor
orqali sezgi impulslarini qabul qiladi va idora etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Miyacha (kichik miya) bosh miyaning katta bo'laklaridan biri bo'lib,
og'irligi 120— 150 g gacha. Miyacha bosh miya ensa qismining ostida,
bosh skeletining ichki yuzasidagi maxsus orqa chuqurchada joylashgan.
Miyachaning ostida miyacha ko'prigi bilan uzunchoq miya turadi. Miya-
chani ikki yon tomonidagi miyacha yarimsharlari o'rtasida joylashgan
miyacha chuvalchangi birlashtirib turadi. Odatda, ustki va pastki chuval-
changlar tafovut etiladi. Miyachaning yuzalari 2— 3 mm qalinlikdagi kul
rang modda (po'stloq) bilan qoplangan bo'lib, undagi yupqa pushtalar
chuqur egatlarni kitob varaqlari singari bir-biridan ajratib turadi. Yupqa
pushtalar yig'ilib, alohida bo'lakchalami hosil qiladi. Bu bo'lakchalar esa
chuvalchangdagi bo'lakchalarga mos keladi.
Miyacha bosh miyaning boshqa qismlari bilan uch juft oyoqchalar
orqali tutashib turadi.
1. Ustki oyoqchalar — miyachaning tishli yadrosini to'rt tepalik bilan
birlashtirib turuvchi nerv tolalaridan iborat.
2. O'rta oyoqchalar — eng yo'g'oni bo'lib, miyachani ko'prikka bir-
lashtiradigan nerv tolalaridan iborat.
3. Pastki oyoqchalar — miyachadan uzunchoq miyaga boruvchi nerv
tolalaridan iborat. Ana shu oyoqchalar vositasida miyacha miyaning bo
shqa qismlari bilan birlashib turadi.
Miyachani o'rtasidan ko'ndalangiga kesilganda, o'rta miyacha po'stloq
qavatining oq modda ichida archa daraxtiga o'xshab joylashganini ko'ra
miz. Shuning uchun unga hayot daraxti deb nom berilgan.
Oq moddaning markazida qator joylashgan kulrang modda yadrolarini
ko'rish mumkin. Ularning eng yirigi ikki chetdagi tishli yadrolar bo'lib,
uning ichkari tomonida uchburchak shaklidagi bir juft probkasimon yadroni,
bulardan yuqorida uchinchi juft sharsimon yadroni ko'ramiz. Sharsimon
yadrolar bir qancha mayda va yumaloq yadrochalardan to'plangan. Yad-
rochalarning o'rtasida cho'qqi (tom) yadrolari joylashgan (182-rasm).
Fiziologiyasi. Yadrolar odam
yurishini, tana muvozanatini tik
ravishda boshqarib turish uchun
xizmat qiladi. Miyacha shikastlan-
sa yoki ensaga qattiq modda tegsa,
odam muvozanati yo'qolib, tikka
tura olmaydi. Skelet muskullari tar-
tibsiz qisqarib, tebranma yoki poy-
ma-poy harakatlar qiladi. Bu vaqtda
muskullardan borgan impulslarni
to'g'ri tahlil qilish qobiliyati miya-
chada yo'qoladi. Bunday sharoitda
vegetativ funksiyalar (qon tomirlar
182-rasm. Miyacha yadrolari.
I -
cho'qqi (tom) yadro; 2 - sharsimon yadro;
3 -
po'kaksimon yadro;
4
- tishli yadro.
www.ziyouz.com kutubxonasi
tonusi, harorat va ovqatlanish jarayonlari) ham izdan chiqadi. L.A.Orbe-
lining tasdiqlashicha, «miyacha - skelet
muskulaturasini va vegetativ
a’zolar faoliyatini boshqarishda bosh miya po‘stlog‘ining yordamchisi-
dir». Miyacha faoliyati izdan chiqqanda odam ko'zini yumib tik tura
olmaydi, ko'rsatkich barmog'ini burniga to'g'ri tegizish qobiliyati yo'qoladi.
Odam nutqi buzilib, bo'lib-bo'lib so'zlaydi.
Rombsimon miya bo‘yni
Rivojlanish davrida rombsimon miya bilan o'rta miyani birlashtirib
turgan siqiq — bo'yin paydo bo'ladi. Bu bo'yin miyachaning ustki
oyoqchalari, miyachaning oldingi chodiri va qovuzloq uchburchagidan
iborat. Bo'yinning ikki tomonida joylashgan ushbu uchburchak eshitish
yo'li nerv tolalaridan tuzilgan. Xuddi shu bo'yin sohasida IV qorinchaning
oldingi cheti turadi. Miyachaning ustki oyoqchalari oralig'ida tortilgan
chodir esa miyachadan to'rt tepalikka qadar boradi.
To'rtinchi qorincha
To'rtinchi qorincha old tomondan miya ko'prigi va uzunchoq miya
ning rombsimon yuzasi bilan orqa tomondan miyacha oralig'ida hosil
bo'lgan bo'shliq, oldindan suv yo'li orqali III qorincha bilan, orqadan
esa orqa miyaning markaziy kanali bilan qo'shilib turadi. IV qorincha
ning tubini rombsimon chuqurcha, old tomondan miyachaning old chodi
ri, orqa tomondan miyachaning orqa chodiri hosil qiladi. Chodirning
ichki yuzasida qorinchaning tomir pardasi bor. Orqa chodirda joylashgan
uchta teshik orqali qorincha miyaning tomirli parda ostidagi bo'shliq
bilan qo'shiladi. Teshiklardan biri rombsimon chuqurchaning pastki bur
chagida, ikkitasi ikki yon burchaklarida joylashgan. Ana shu teshiklar
orqali qorinchalar ichidagi suyuqlik miya pardalari orasidagi suyuqlik
bilan qo'shilib aylanib yuradi.
Qorinchaning old chodiri orqa chodir bilan o'tkir cho'qqi hosil qilib,
miyacha ichiga botib kirib qo'shiladi.
Rombsimon chuqurcha to'rt burchakli romb shaklida bo'lib, miya
bo'yni ko'prik va uzunchoq miyalaming qo'shilishidan vujudga kelgan.
Rombsimon chuqurcha qoq o'rtasidan o'tgan egat orqali o'ng va chap
bo'laklarga bo'linadi. Egat old tomondan suv yo'liga, orqa tomondan
orqa miyaning markaziy kanaliga tutashib ketadi. Egatning ikki yonbo
shida kulrang moddadan hosil bo'lgan tepalikda yuz nervi bilan uzoq
lashtiruvchi nervning yadrolari joylashgan. Bundan tashqari, eshituv
maydoni, undan chiqqan eshituv nervi tolalarining ko'ndalang yo'nalishi,
VIII juft nervning yadrosi ko'rinadi. Rombsimon chuqurchaning pastki
qismida XII juft nerv yadrosining uchburchagi joylashgan. Shunday
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilib, rombsimon chuqurchada, yuqorida aytilganidek, bosh miyaning
V,VI,VII,VIII,IX,X,XI va XII juft nerv yadrolari joylashgan. Shuning
uchun rombsimon chuqurcha odam organizmidagi muhim vazifani baja
radi. Jumladan, yurak va qon tomir, nafas a’zolari, ovqat hazm qilish
sistemasi, siydik chiqarish va tanosil a’zolari faoliyatini avtomatik ra
vishda tartibga soladi va ulami bir butun sistemaga qo‘shadi.
0 ‘RTA MIYA
0 ‘rta miya miya oyoqchalari, to'rt tepalik plastinkasi, ulaming yelkalari
orasida joylashgan miya suv yo'lidan iborat (183-rasm).
To'rt tepalik yoki orqa miya tomi oldingi miya chodiri bilan shishsi-
mon tana orasida (qadoq tana orqasida) joylashgan. Bu plastinkada to'rt
tepalik bo'lib, ulaming ustki ikkita tepaligi ko'rish yo'lining po'stloq osti
markazi, pastki ikkita tepaligi esa eshituv yo'lining po'stloq osti markazi
hisoblanadi. Ustki ikkita tepalik oralig'ida shishsimon tana joylashgan.
Pastki ikkita tepalikdan chiqqan yelkalar oraliq miyaga qarashli ichki
tizzasimon tanada tutashsa, ustki tepaliklar-
ning yelkalari ko'rish do'mbog'ining yos-
tiqchasi orqali tashqi tizzasimon tanaga
boradi.
Miya oyoqchalari miya yarimsharlariga
va miya po'stlog'iga boradigan nerv tolala
ridan iborat bo'lib, miya ko'prigining old
tomonidan boshlanib, miya sharlarining
ichiga kirib tarqaladi. Oyoqchalar oralig'i
dagi chuqurcha tubi ilma-teshik modda bilan
qoplangan. Shu joydan ko'zni harakatlanti
ruvchi nerv (III juft) boshlanadi. To'rt tepa
lik ostida joylashgan miya suv yo'li (o'rta
miya pufagi bo'shlig'i qoldig'i) III qorin-
chani IV qorinchaga qo'shib turadi. Miya
oyoqchasi tarkibida joylashgan qoramtir
modda oyoqchani ikkiga ajratib turadi.
Qoramtir moddaning orqa tomoni oyoqcha
tomi, oldingi qismi oyoqchaning oldingi
qismi bo'lib, bunda dumaloq shaklli qizil yadro joylashgan. Oyoqchada
III va IV juft bosh miya nervlarining yadrolari va parasimpatik nerv
yadrosi joylashgan.
Fiziologiyasi. Muskullar tonusini tartibga solib, odam muvozanatini
saqlash va yurishda faol qatnashadi. O 'rta miya jarohatlanganda yoki
kasallikka duchor bo'lganda muskullar kuchli qisqarib, oyoq-qo'llar
bukilmaydi.
1
183-rasm. Oraliq va o'rta
miyalarning ust tomondan
ko'rinishi.
I
- qadoq tana; 2 - dumli yadro;
3 -
uchinchi qorincha;
4
- ko'ruv
do'mbog'i; 5 -to 'r t tepalik; 6 -
ortiqsimon bez; 7 - orqa bitishma.
www.ziyouz.com kutubxonasi
To'rt tepalikning ustki do'mboqchalari yadrosi ko'zning to 'r pardasi-
dan impulslarni qabul qilib, kerakli javob yuboradi, ya’ni yorug'likka
qarab, boshni burishda qatnashadi. Ko'zga nur yo'nalishiga qarab ko'z
qorachig'ining kengayishi yoki torayishini, ko'z gavharining holatini atrof-
muhitni aniq ko'rishga moslashtiradi (akkomodatsiya).
To'rt tepalikning pastki do‘mboqchalarida joylashgan yadrolar quloqni
tovushga nisbatan moslash, boshni tovush kelgan tomonga burishni idora
qiladi.
ORALIQ MIYA
Oraliq miya oxirgi miya bilan o'rta miya oralig'ida joylashgan bo'lib,
ko'rish do'mbog'i, do'mboq osti sohasi va qorinchadan iborat.
Ko'rish do'mbog'i tuxum shaklidagi kulrang moddadan tuzilgan te
palik bo'lib, ular ikki yarimshaming bag‘rida joylashgan. Tepalikni ko'rish
uchun miya yarimsharlarini o'rtadagi yoriqdan ikkiga ajratish lozim.
Tepalikning ichkari (medial) yuzalari III qorincha bo'shlig'iga qarasa,
oldingi uchi ingichkalashib tugaydi, orqa uchi esa yostiqsimon tepalikni
hosil qiladi. Tepalikni past tomondan tepalik egati chegaralaydi. Bu egat
yon qorinchalar orasidagi teshikdan miya suv yo'ligacha borgan. Ko'rish
tepaliklarining ichki yuzalari bir-biri bilan kulrang bitishma orqali
qo'shilgan. Tepalikning tashqi tomoni ichki kapsula bilan chegaralangan.
Ko'rish tepaligi oldingi, ichki va tashqi yadrolardan tashkil topgan. Bu
tepalikning vazifasi juda murakkab, bu yerda bosh miya po'stlog'iga
boradigan hamma sezgi yo'llari almashinadi, ya’ni sezgini olib keladigan
nerv tolasi (neyron) shu yerda tugab, oxirgi neyronga o'tkazib beradi
(orqa miya bilan miya po'stlog'i o'rtasidagi yo'lga qaralsin). Uning yostiq
qismi po'stlog'i osti ko'rish markazi hisoblanadi. Ko'rish tepaligining
oldingi yadrosi so'rg'ichsimon tanalar bilan birgalikda hid bilish sistemasini
hosil qiladi. Shunday qilib, ko'rish tepaligi sezuvchi yo'Ilaming po'stloq
osti markazi bo'lib xizmat qiladi.
T e p a l i k u s t i s o h a s i : Ortiqsimon tana miyaning ustki ortig'i-
dan iborat bo'lib, to'rt tepalikning ustki ikkita tepachasi o'rtasida osilib
joylashgan. Tanacha katakcha bitishmasi va III
qorinchaning orqa
bitishmasiga qo'shilgan. Shishsimon tana boshqa ichki sekretsiya bezlari
bilan birga tanosil a’zolarining bir me’yorda rivojlanishini ta’minlab turadi.
Tepalik orqasi ichki va tashqi tizzali tanalardan iborat. O 'ng va chap
tomondagi ichki tizzali tana to'rt tepalikning pastki tepachalari bilan
ularning oyoqchalari orqali qo'shiladi va ular bilan birga po'stloq osti
eshitish markazi vazifasini bajaradi.
O'ng va chap tomondagi tashqi tizzali tana ko'rish tepaligining yos-
tig'i ostida joylashgan bo'lib, ular to'rt tepalikning ustki ikkita do'm bo
g'iga ularning oyoqchalari orqali qo'shiladi va ular ko'rish do'mbog'i-
ning yostig'i bilan birga po'stloq osti ko'rish markazi vazifasini bajaradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
D o ' m b o q o s t i s o h a s i kulrang do'mboqcha, miyaning ostki
ortig'i, ko'rish nervi va uning kesishmasi bilan so'rg'ichsimon tepalardan
tuzilgan. Kulrang do'mboqcha gipofiz bezi, ko'rish nervi kesishmasi bilan
so'rg'ichsimon tanalar oralig'ida maxsus voronkasimon bo'shliqqa osilgan
holda, bosh suyagi oldidagi ponasimon suyakning shu nomli chuqurcha-
siga joylashgan. Kulrang do'mboqcha oliy vegetativ markaz bo'lib, mod
dalar almashinuvi va issiq-sovuqni tartibga solib turadi (ichki sekretsiya
bezlariga qaralsin).
So'rg'ichsimon tanalar bir-biridan egatcha bilan ajralib turadi, ular
tarkibidagi kulrang moddalar hid bilish vazifasini o'taydi.
Uchinchi qorincha ikkita ko'rish tepaligining oralig'ida joylashgan tor
bo'shliq bo'lib, do'mboqchalar qorinchaning ikki yonbosh devori ham
hisoblanadi. Qorinchaning oldingi devorini gumbaz ustunchalar bilan oldingi
bitishma hosil qilsa, orqa devorini orqa bitishma chegaralab turadi. Pastki
devori do'mboq osti sohasidan tuzilgan bo'lsa, ustki devori qon tomir
epiteliy plastinkasidan, uning ustida joylashgan miya gumbazi bilan qadoq
tanalardan tuzilgan. Uchinchi qorincha old tomonda qorinchalar oraliq
teshiklar orqali yon qorinchalarga qo'shilsa, orqa tomonda
miya suv
yo'li bilan IV qorinchaga davom etib tutashadi.
Fiziologiyasi. Ko'rish do'mbog'i po'stloq osti sezgi yadrosi bo'lib,
barcha sezgi impulslari, afferent nervlar ana shu yadroga keladi. Odam
organizmining barcha sohasidan sezgilar ko'rish do'mbog'iga kelib, analiz-
sintez qilinadi. Natijada ko'rish do'm bog'ida ba’zi sezgilar yumshab,
boshqalari esa kuchaytirilib, miya po'stlog'iga uzatiladi. Ko'rish do'mbog'i
kasallangan yoki jarohatlanganda organizmdan ko'rish do'mbog'iga kelgan
sezgilar zo'rayib, oshib miya po'stlog'iga boradi-da, odamning g'azabini
oshiradi.Odam arzimagan gapga kuladigan yoki sababsiz yig'laydigan
bo'ladi. Odamda mimika o'zgaradi, ichki a’zolarda og'riq kuchayadi. Bu
vaqtda yurak urishi, nafas tezlashib, qon bosimi ko'tariladi. Bosh og'rib,
uyqu buziladi, odam g'ayriixtiyoriy harakatlar qiladi.
Ko'rish tanasi o'zidan pastda joylashgan uzunchoq va orqa miya yad
rolari bilan miya yarimshari bag'rida joylashgan barcha po'stloq osti
harakatlanuvchi yadrolari bilan nervlar orqali bog'liqdir.
Po'stloq osti sohasi barcha vegetativ funksiyalarni tartibga soladigan
po'stloq osti yadrosi bo'lib, organizm ichki muhitining doimo bir xilda
bo'lishini idora etadi. Yog'lar, oqsillar, uglevodlar va suv-tuz almashinu
vi jarayoni, gavda haroratining bir xilda bo'lishini ta’minlaydi.
Po'stloq osti sohasi jarohatlanganda gavda harorati o'zgaradi. Jumla
dan, odam harorati sovuq xonada pasaysa, issiq xonada ko'tariladi.
Simpatik va parasimpatik nervlarning
po'stloq osti markazi ham
gipotalamusda joylashgan. Jumladan, gipotalamusning oldingi qismida
parasimpatik nerv sistemasining yadrosi joylashgan bo'lib, uni qitiqlaganda
www.ziyouz.com kutubxonasi
ichak peristaltikasi kuchayadi, shiraning chiqishi oshadi, yurak urishi
pasayadi.
Gipotalamusning orqa qismida simpatik nerv sistemasining yadrolari
bo'lgani uchun ulami qitiqlaganda yurak urishi tezlashadi, qon tomirlar
devori torayib, qon bosimi ko'tariladi. Gipotalamus qon haroratini, qon
tarkibini bir xilda saqlashda muhim rol o'ynaydi. Ovqatlanish va suyuqlik
shimilish jarayonlari ham gipotalamus tomonidan ta’minlanadi. Gipotalamus
kasalligida haddan tashqari ko'p suv ichish, ko'p ovqat iste’mol qilish
kuzatiladi, suv-tuz almashinuvi jarayoni buzilib, ko'p miqdorda siydik
ajraladi, bunga qand kasalligi deyiladi. Gipotalamus gipofiz faoliyatini
ham boshqaradi (ichki sekretsiya bezlariga qaralsin).
OXIRGI MIYA
Oxirgi miya plashch (yopg'ich), hid bilish miyasi, kulrang yadrolar va
yon qorinchalardan tuzilgan.
Plashch miya yarimsharlarini 2—4 mm qalinlikda qoplagan (eng keyin
rivojlangan) kulrang po'stloqdan iborat bo'lib, unda tashqi, ichki va ostki
yuzalar tafovut etiladi. Har qaysi plashch peshona, tepa, ensa, chakka va
chuqurlikda joylashgan orolcha bo'laklardan tashkil topgan. Orolchani
ko'rish uchun peshona, chakka va tepa bo'laklar oralig'ida joylashgan
yoriqni kengaytirish yoki orolchani qoplab turgan bo'laklami kesish lozim.
Plashchning tashqi yuzasida peshona bo'lakni tepa bo'lakdan ajratib turgan
markaziy egat bor. Bu egat pastda ko'ndalangiga joylashgan botiqqa
borib taqaladi.
Tepa bo'Iak bilan ensa bo'Iak oralig'ida ulami ajratib turuvchi yoriqni
ko'rish mumkin. Chakka bo'lakni boshqa bo'laklardan miyaning yon
tomonidagi egat ajratib turadi.
Peshona bo'lagini markaz oldi egati va uning oldida joylashgan oldin
gi markaziy pushta ajratadi. Markaz oldi egatidan ko'ndalangiga ketgan
ikki peshona egati uni ustki, o'rta va pastki peshona pushtalariga ajratib
turadi.
Tepa bo'Iak esa markaziy egat orqasida joylashgan markaz orqa egati
va unga ko'ndalang ketgan ustki, ostki egatlar vositasida orqa markaziy
pushta, ostki, ustki tepa pushtalarga bo'linadi. Ensa bo'lagi ko'ndalang
joylashgan egat va boshqa mayda egatlar bilan alohida pushtalarga ajralib
turadi.
Chakka bo'lagida parallel joylashgan ustki va ostki egatlar ularni
uchta (ustki, o'rta va ostki-chakka) pushtalarga ajratadi.
Yarimshaming ichki yuzasida (184,185-rasmlar) qadoq tana ustidagi
chuqur egat orqa tomonda qadoq tananing uchidan pastki dengiz osti
egati nomi bilan davom etadi. Bu egat ustida esa belbog' egat joylashgan.
Egatlar oralig'ida har xil shakl va hajmli pushta hamda bo'lakchalar
ko'rinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
184-rasm. Miya yarimsharining
tashqi yuzasi.
/
-
oldingi markaziy pushta;
2 -
markaz oldi egati;
3 -
peshona
pushtasi;
4, 6 -
peshona egatlari;
5, 7,
8, 10 -
peshona pushtalari;
9 - k o ‘ruv qismi; / / - y o n b o s h
egati;
12, 14,
/ 6 -ch a k k a push
talari;
13, 15 -
chakka egatlari;
/ 7 - m i y a c h a ;
18,
/ 9 - e n s a
pushtalari;
20, 21, 23 -
tepa
pushtalari; 22 - tepa egatlari;
24 -
markaziy orqa egat; 25 - marka
ziy orqa pushta; 26 -markaziy egat.
185-rasm. Miya yarimsharlarining
ichki yuzasi.
/ - markaziy egatning boshlanish qis
mi; 2 - tepa sohasi;
3 -
markaz yaqini-
dagi bo'Iak;
4 -
ensa bo'lagi; 5 - ensa
pushtalari; 6 - ensa-chakka oraliq egat;
7 - chakka bo'lagining bir qismi;
8 -
ortiqsim on bez; 9 -m iy a c h a ;
1 0 -
u zu n ch o q m iya; / / - t o ' r t i n c h i
qorincha;
12 -
ko'prik;
13
Dostları ilə paylaş: |