IR S IY A T H A Q ID A T U S H U N C H A
Tirik m avjudotlarning o 'z la rig a o'x sh ash nasllarni bunyod etish
xususiyati irsiyat deyiladi. Avlodlardagi organizmning asosiy xossalari
va xususiyatlari (tashqi belgilar, xarakterlar, ya’ni oliy nerv faoliyatlari)
nasldan naslga o'tadi. Ammo tashqi muhit o'zgarishi bilan bu ko'rsat
kichlar ham o'zgarib, nasi o'zining qator xususiyatlarini o'zgartirishi
mumkin.
Irsiyat organizmning
filogenezi
(tarixiy rivojlanishi)da tashqi va
ichki muhit ta’siriga qarab shakllanadi va belgi, xususiyatlarni nasllarga
o'tkazadi.
Irsiy belgilaming nasldan naslga o'tish qonun-qoidalarini xromosoma
nazariyasi orqali tushuntirish mumkin. Jumladan, hujayralaming bo'linishida
yadrosining bo'linishi muhim ahamiyatga egadir. Yadro parda, bo'yal-
maydigan (axromatik) ip va bo'lakchalar ko'rinishida to 'r orasida jo y
lashgan bo'yaluvchi qism (xromatin), yadro shirasi (asosiy massa) va
yadrochalardan iborat. Hujayralar mitotik bo'linganda yadro xromatini
mitoz to'riga to'planadi. Xromatinli to 'r asta-sekin qalinlashib ayrim
bo'lakchalar (xromosomalar)ga bo'linadi. Yadrocha yo'qolib, o'rnida ikkita
tuzilma (sentriol) paydo bo'ladi. Bular yadroning ikki tomoniga (qutbga)
www.ziyouz.com kutubxonasi
ajraladi. Bu vaqtda yadro pardasi erib, axromatik modda hujayra protoplaz-
masi bilan qo'shilib, qattiqlashadi-da, iplar ko'rinishidagi sentriollar o'rtasida
joylashadi. Ayni vaqtda har bir xromosoma ikkiga bo'linib, juft-juft bo'lib
joylashadi. Keyinchalik xromosomalarga birikkan axromatinli iplar qisqarib,
bir-biridan ajralgan xromosomalaming yarim bo'lakchalarini qutblar tomon
tortadi. Q utblarda xrom osom alar qisqarib, ip koptogini hosil qilib,
shakllanayotgan yangi yadro xromatiniga aylanadi.
Ota-onalardan birida nasldan naslga o'tadigan patologik alomatlar (qo'l
yoki oyoq barm oqlarining bir-biriga yopishishi, barm oqlarning kalta
bo'lishi, eshituv nervining tug'm a atrofiyasi va b.q.) bo'lsa, unga dominant
tip deyiladi. Ana shunday genni tashuvchi ota yoki ona nikohlanganda
avlodda yuqorida keltirilgan nuqsonlar paydo bo'lishi mumkin. Shuning
uchun yaqin qarindoshlardan qiz olib, qiz bermagan m a’qul.
Nasldan naslga o'tadigan retsessiv kasallikka sababchi gen yashirin
bo'lishi ham mumkin. Bunday hollarda yuqori labi va tanglayi tirtiq bola
tug ‘ilishi ehtimoli bor. B a’zan (faqat erkaklarda) qonning yetarlicha
ivimasligi (gemofiliya) kuzatiladi. Bunday kasallikka x-xromosoma geni
sabab bo'ladi. U nasldan-naslga faqat ayollar orqali o'tadi. Gemofiliya
geni bo'lgan x-xromosomani tashuvchi ayoldan tug'ilgan o 'g 'il bolalar-
ning qariyb 50% ida qon ivimaslik kasalligi kuzatiladi. Bunday kasallik
qizlarda uchramaydi. Gemofiliyali erkak bilan gemofiliya geni bo'lgan
ayol (qarindoshlar) o'rtasidagi nikohdan tug'iladigan bolalar yashashga
layoqatsiz bo'ladi.
B a’zan qizil va yashil ranglami farq qila olmaydigan (daltonizm) bola
tug'iladi. Bu nuqson nasldan-naslga o'tishi mumkin. Bulardan tashqari,
tug'm a kar-soqov va ruhiy kasal bolalar ham tug'iladi.
Xromosoma kasalliklari xromosomalar sonining o'zgarishi natijasida
paydo bo'ladi. Gametalar yetilayotganda xromosomalardan bir jufti ajralib,
urug' hujayrasiga qo'shilishi yoki aksincha, xromosomalar yetishmasligi
natijasida rivojlanuvchi organizmning barcha hujayralari buzilgan xro
mosomalar
to'plam ini tutadi. X-xromosomaning zigotada bo'lm asligi
(O) homilani halokatga uchratadi. XXU, XO va XXX hollarda organizm
rivojlanishida turlicha o'zgarishlar bo'ladi. Xromosomalar kompleksining
buzilishi jinsiy xromosomalargagina emas, balki ularning har bir juftiga
ham bog'liq.
Ba’zida, bemorlar organizmining hujayralarida 46 o'rniga 47 xromosoma
bo'lganda
21-juft xromosomalar ajralmay qoladi. Bunday paytda Daun
kasalligi avj olib, bolaning kallasi kichik bo'lib qolishi va aqliy zaiflik kuzatiladi.
Xromosoma kasalliklarining kelib chiqish sabablarini o'rganish bilan ular
rivojlanishining oldi olinadi. Homila ona qomida surunkali ravishda alkogol
va narkotik moddalardan zaharlansa yoki ona zaxm bilan og'rigan bo'lsa, u
tug'm a kasallik (mayib-majruh, kar-soqov, yurak porogi va b.q.) bilan
tug'ilishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Odam gavdasi (organizm) hujayralar, to'qim alar, a’zolar va suyuq
tarkibiy qismlardan tuzilgan bir butun murakkab sistema bo'lib, tashqi
muhit bilan chambarchas bog'langan. Ana shunday organizmdagi nerv
sistemasi a’zolarning funksiyalarini, hatto suyuq sistema (gumoral sistema)
ishini ham boshqarib boradi. Binobarin, nerv sistemasi organizmning
hamma qismlariga, to'qim alarga tarqalgan tolalari bilan ularni o 'zaro
bog'lab, bir butunligini va organizmning tashqi muhit bilan aloqasini
ta’minlaydi. Demak, organizm hamma vaqt o'sib, o'zgarib, ko'payib tu
radigan, o'zini o 'rab olgan muhitga moslashgan va shu muhitsiz yashay
olmaydigan oliy tabaqadagi oqsil moddalarning murakkab birikmasidan
iborat. Organizm tashqi muhitsiz o'zicha mustaqil holda yashay olmaydi.
Organizm hayotida bosh miya va uning tarmoqlari muhim rol o'ynab,
mavjud sharoitga moslashish va fikr qilish qobiliyatiga ega bo'lgan
sistemadir.
HUJAYRANING TUZILISH I
Hujayra (1-rasm) odam, hayvon va o'sim liklar organizmining tuzili
shi negizi bo'lib, hujayra qobig'i, sitoplazma va yadrodan iborat. Hujayralar
tuzilishi va bajaradigan funksiyasi xilma-xil bo'lib, ulardan eng muhimi
— moddalar almashinuvi vazifasini bajarishidir. Hujayra bo'linish yo'li
bilan k o 'p a y a d i. O dam
o r g a n i z m i d a s h a k l
j i h a t i d a n k u b s i m o n ,
silin d rsim o n , d u m alo q
(sharsimon), uzunchoq va
boshqa turdagi hujayralar
b o 'lad i. H ujayralam ing 14~
hujayra qobig'i (pardasi)
unga shakl berib, boshqa
hujayralardan ajratib tu-
1-rasm. Hujayraning tuzilishi
sxemasi.
I - h u jayra q o b ig ' i;
2 -
g ia lo p la z m a ; 3 - h u ja y ra
ichidagi iplar; 4 - y o g ‘simon
tanachalar; 5, 6 - ergastoplaz-
ma va uning q o b ig 'i; 7 -
ribosomalar; 8 - yadro; 9 -
yadro qobig'idagi teshikchalar;
10
- yad ro q o b ig ' i;
I I -
yadrochalar; 12 - to'r parda;
13 - mitoxondriy; 14 - hujayra
markazi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
radi. Hujayra qobig'i uch qavat (tashqi va ichki oqsil qavat hamda o'rta
qavat - lipid) dan tashkil topgan. Yadro sitoplazmadan yadro pardasi
bilan ajralib turadi. Sitoplazma yarim tiniq kolloid suyuqlikdan iborat.
Sitoplazmadagi organoidlar (hujayra qismlari) ga mitoxondriylar yoki
xondrisomalar, hujayra
ichidagi endoplazmatik (donador va donasiz)
to 'r parda, hujayra markazi, ergastoplazma, ribosoma, lizosoma, Golji
to 'r apparati va vakuolalar kiradi. Bulardan tashqari, hujayrada turli hujayra
ichki kiritmalari (yog', pigment, glikogen) ham bo'lishi mumkin.
Donali endoplazmatik to 'r devorida ribosoma (polisoma)lar joylash
gan bo'lib, oqsil biosintezi amalga oshsa, donasiz to'rda uglevod va
yog'lar harakat qiladi.
Hujayra yadrosi — hujayra markazida shar yoki ellips shaklida joyla-
shib, sitoplazmadan yadro pardasi bilan ajralib turadi.
Yadro tarkibida yadro pardasining ichki yuzasiga yopishib joylashgan
yadro to'ri bo'lib, bo'yoqlar bilan yomon bo'yaladi. Shuning uchun ular
axromatin moddalar deb ataladi. Yadro to'rining oraliqlarida turli hajm
dagi zarrachalar bo'lib, yadro bo'yalganda tiniq ko'ringani uchun xroma-
tin donalari deyiladi. Yadro ichida bir-ikkita yadrochalar ham bo'ladi.
Hujayra sitoplazmasida uning doimiy qismlari — organoidlar bo'lib,
shular orqali hujayra o 'z vazifasini bajaradi. Bulardan tashqari, hujayra
sitoplazmasida maxsus va umumiy organoidlar ham bo'ladi.
Umumiy organoidlarga mitoxondriylar, hujayra ichi Golji apparati,
hujayra markazi kiradi.
Mitoxondriylar ko'pincha qo'shaloq, zich joylashgan, pardali tayoq-
chasimon shaklda, ba’zan alohida zarrachalar yoki zanjir shaklida b o 'la
di. Mitoxondriy pardasining ichki yuzasidagi to'siqlar (krista) mitoxond-
riylarni bo'shliq (matriks) larga ajratadi. Mitoxondriylarda, asosan, uch
xil jarayon bajariladi: elektronlar hosil bo'ladi, ATF sinlezlanadi va
oqsillarning qaytarilish reaksiyasi ro 'y beradi.
Hujayra ichi to 'r apparati, y a’ni G o l j i a p p a r a t i maxsus bo'yoq
bilan bo'yalgan preparatlarda nozik iplardan to'qilgan xaltachalarga yoki
to'rg a o'xshab ko'rinadi, xaltachadan naychalar boshlanib, pufakchalar
holida tugaydi. Golji apparatining turli shakldagi ko'rinishi organizmning
barcha hujayralarida uchraydi va u m oddalar almashinuvida, ayniqsa
hujayraning ajratish funksiyasida muhim rol o'ynaydi.
Hujayra markazi yoki s e n t r o s o m a ancha yirik sharsimon tanadan
iborat bo'lib, ko'pincha yadro yaqinida joylashadi. Hujayralaming bo'linib
ko'payishida asosiy rol o'ynaydi.
Maxsus o r g a n o i d l a r — hujayralaming o'ziga xos maxsus vazifa
lariga tegishli organoidlar. Ular nerv hujayrasida impulslami o'tkazish
uchun xizmat qiladigan neyrofibrillar bo'lsa, silliq muskul hujayralaridan
miofibrillar tayanch vazifasini bajaradi, epiteliy hujayrasidagi tonofibril-
www.ziyouz.com kutubxonasi
lar va ko‘ndalang-targ‘il muskul hujayradagi qisqaruvchanlik vazifasini
bajaradigan tolalar ham hujayralaming maxsus organoididir.
Hujayra ichida ikki xil kiritmalar bo‘ladi:
1)
trofik kiritmalar oqsil moddalar, yog‘, glikogen, vitaminlardan iborat
bo'lib, hujayralaming sitoplazma qismida to'planadi va ularni oziqlanti-
rish uchun xizmat qiladi; 2) ekskretor va pigment kiritmalar yoki tanadan
chiqib ketadigan kiritmalar.
H ujayralam ing m itoz
usulida bo'linishidan hosil bo'ladigan qiz
hujayralarda xromosomalar soni doimo bir xil turadi. Mitoz usulida bo'linish
qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiydir. Jumladan, odamning
somatik hujayralarida xromosomalar 46 ta bo'lsa, jinsiy hujayralarda ular
soni ikki baravar kam. Ammo ikki jinsiy hujayra bir-biri bilan qo'shilganda
odamning umumiy xromosom alar soni 46 ta bo'ladi. Shunday qilib,
urug'langan jinsiy hujayraning organizmning shakllanishi bilan tugaydi-
gan to'xtovsiz ko'payishi boshlanadi. Xromosomalar DNK (dezoksiribo-
nuklein kislota) va giston oqsilidan tuzilgan. Irsiy xususiyatlar DNK dan
hosil bo'lgan xromosoma bo'lakchalari (genlar) orqali o'tadi. Genlarda
qoliplardagi kabi informatsion RNK (ribonuklein kislota) sintez qilinadi.
RNK yadrodan hujayra sitoplazmasiga o'tib, oqsil sintezi uchun kerak
bo'lgan genlar strukturasining xususiyatlarini yetkazadi. Hujayralarda oqsilli
strukturaga ega bo'lgan fermentlar bo'ladi. Har bir gen informatsion
RNK orqali bitta ferment sintezini boshqaradi va shu ferment orqali
hujayra funksiyasiga ta’sir ko'rsatadi. Shunday qilib, hujayra funksiyasi,
oqsil sintezi va irsiy belgilarni o'tkazish DNK — RNK ferment sistemasi
ishtirokida bo'ladi. Hozircha qaysi gen qanday belgilarni o'tkazishi aniq
emas.
T o ' q i m a l a r — tarixan shakllangan hujayra va hujayrasiz modda
lar b o 'lib, tuzilishi, shakli, vazifasi va rivojlanishi jihatidan bir xil
sistemalardan iborat. To'qim alar nerv sistemasi vositasida tashqi va ichki
muhit bilan bog'langan holda faoliyat ko'rsatadi. Shunday qilib, evolutsion
taraqqiyot davomida organizm da tashqi va ichki muhitga moslangan
to'qim alar paydo bo'ladi. Bu xildagi to'qim alar organizmda moddalar
almashinuvi va uni muhofaza qilish vazifalarini bajarishga moslashadi.
Maxsus to'qim alar (muskul va nerv to'qim alari) ham mavjud. Muskul
to'qimalari organizmni harakatga keltirishga xizmat qilsa, nerv to'qim alari
ularni o 'z a ro funksional birlashtiradi, tashqi m uhit bilan aloqasini
ta’minlaydi.
Shunday qilib, odam organizmi to 'rt xil to'qim adan tashkil topgan: 1)
sirtqi (qoplovchi) yoki epiteliy to'qimasi; 2) ichki yoki biriktiruvchi to 'q im a ^ -
3) muskul to'qim asi; 4) nerv to'qim asi.
;
TO 'Q IM A LAR
www.ziyouz.com kutubxonasi
1.
E p i t e l i у t o ' q i m a s i , asosan, hujayralardan tuzilgan bo'lib,
teri ustida va ovqat hazm qilish a’zolari shilliq qavatining ustki qismida
joylash g an, em brionning tashqi (teri usti) qavati (ektoderm a) dan
rivojlangan. Ovqat hazm qilish, nafas va siydik-tanosil a’zolaridagi shilliq
qavatlar ustini qoplagan epiteliy esa embrionning ichki qavati (endoderma)
dan taraqqiy etadi. Embrionning o 'rta qavati (mezoderma) dan seroz
pardalar epiteliysi (mezoteliy) rivojlanadi, mezoteliy epiteliysidan plevra,
yurak xaltasi, qorin parda vujudga keladi. Mezenximadan esa qon va
limfa tomirlarining ichini qoplab turuvchi qavat, miya pardalari va sinovial
bo'shliq devorini ichidan qoplovchi qavat (endoteliy) taraqqiy etadi.
Epiteliy yassi, silindrik hamda kubik shaklli bo'lib, bir va bir necha
qavat bo'lib joylashadi (2-rasm). Nafas va tanosil a ’zolaridagi epiteliyning
vorsinka (kiprik)lari bo'ladi va ular tebranuvchi epiteliy deb ataladi.
Epiteliylar sharoitga
m oslashib o 'z g a ra d i.
Masalan, epidermisdan
soch, tirnoq vujudga
keladi, ohak moddasi
to'planib, tishning emal
qismiga, yog' moddasi
t o ' p l a n i b
y o g '
b e z la rig a a y l a ni s h i
mu mk i n .
B e z la r
turlicha tuzilishga ega
bo'lishiga qaramasdan,
organizm da sek reto r
v a z ifa s in i b a ja r a d i.
Ular sekret ishlab chi
qaradigan h u jay ra la r
y ig 'in d isid a n tashkil
topgan. Bezlar ishlab
chiqaradigan gorm on
(shira)lar organizmning hayotiy jarayonida muhim rol o'ynaydi. Shuning
uchun bezlar bajaradigan vazifalariga qarab joylashgan. C hunonchi,
bezlarning bir qismi (quloq oldi, jag ' osti va til osti bezlari) og'iz bo 'sh lig 'i
atrofida mustaqil joylashgan bo'lsa, boshqalari (hazm a ’zolari devoridagi
bezlar) a ’zolar tarkibida joylashgan. Bezlarning asosiy qismi epiteliydan
rivojlangan bo'lsa, qolgan qismi (epifiz hamda gipofizning orqa bo'lagi
va buyrak usti m ag'iz qismi) esa nerv to'qim asidan vujudga keladi.
Organizmdagi barcha bezlar shira ishlab chiqarishiga qarab uch guruh
(ekzokrin, endokrin va aralash bezlar) ga bo'linadi. Ekzokrin bezlar (tashqi
sekretsiya bezlari) ishlab chiqargan shira (sekret) larini chiqarish yo'llari
orqali turli bo'shliqlarga yoki tashqariga chiqaradi. Jum ladan, o g 'iz
-
и г ~ '
H1
2-rasm. Epiteliylarning tuzilish sxemasi.
A - bir qavatli silindrsimon epiteliy: В - bir qavatli kubsimon
epiteliy; D - bir qavatli yassi epiteliy; E - ko'p qatorli
epiteliy; F- ko'p qavatli epiteliy; G - ko'p qavatli yassi
epiteliy; H - a'zolar hajmi kengaygan vaqtdagi epiteliy;
W, - a'zolar hajmi toraygan vaqtdagi epiteliy.
www.ziyouz.com kutubxonasi
b o 'sh lig 'i atrofida joylashgan so'lak bezlari o 'z sekretini maxsus yo'llar
orqali og'iz bo'shlig'iga quyadi. Ter ishlab chiqaruvchi bezlar esa teri
yuzasiga chiqaradi. Hazm a ’zolari sistemasi devorida joylashgan bez sek-
retlari ana shu a ’zolar bo'shlig'iga quyiladi. Ekzokrin bezlar qaysi a ’zo
tarkibida joylashganiga qarab turlicha
funksiyani bajaradi. Jumladan,
ovqat hazm qilish a’zolari tarkibidagi bezlar ovqat mahsulotlarini parchalash
va ularning shimilib, hazm bo'lish jarayonini ta’minlash uchun kerak
bo'lgan sekret ishlab chiqaradi. Aksariyat ekzokrin bezlar k o 'p hujayrali
bo'lsa-da, ular joylashgan o'rni, tuzilishi va sekret ajratish usuli hamda
uning kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Bezlar ishlab chiqa
radigan sekretining tarkibiga qarab shilimshiq (nafas yo'llarida joylash
gan bezlar) ishlab chiqaradigan bezlar, seroz (tiniq) suyuqlik (quloq oldi
bezi) ishlab chiqaradigan bezlar, oqsil - shilimshiq ishlab chiqaradigan
bezlar (til va ja g ' osti bezlari), aralash bezlar va yog' bezlariga ajratiladi.
Nafas yo'llari va ichak epiteliysida joylashgan bezlar qadahsimon hujay-
ralardan tuzilgan bo'lib, shilimshiq ishlab chiqaradi. K o'p hujayrali bez
larning sekret ishlab chiqaradigan qismi va chiqarish yo'li bo'ladi. Bez-
ning sekret ishlab chiqaradigan qismi sekret ishlaydigan hujayralardan
tuzilgan.
Endokrin bez shiralari (gormonlar) chiqarish yo'llari bo'lm aganligi-
dan to 'g 'rid a n -to 'g 'ri qon va limfaga shimiladi, bunday bezlar ichki
sekretsiya bezlari deb ataladi. Ular gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez,
qalqonsimon bez oldi bezlari, ayrisimon bez, buyrak usti bezlari, m e’da
osti bezining Langergans orolchalari, jinsiy bezlar bo'lib, ular ajratgan
gormonlar qonga shimilib butun organizmga tarqalib, barcha a’zo hamda
to'qimalardagi moddalar almashinuvi jarayonlarini tartibga solishda faol
ishtirok etadi, organizmning o'sish va jinsiy takomillashuvini boshqaradi.
Aralash bezga m e’da osti bezi misol bo'la oladi. Bu bez ishlab chiqargan
asosiy shira maxsus yo 'l orqali o 'n ikki barmoq ichakka quyilsa (bezning
ekzogen qismi), Langergans orolchalaridan ajralgan gormon (bezning
endokrin qismi) qonga shimiladi.
Bezlar bir va k o'p hujayrali bo'ladi. Bir hujayrali bezlar naysimon
shaklda tuzilgan; sekret yig'ilganda kolba (qadah) shakliga o'xshab, tubi
kengayadi. Sekret tashqariga chiqarilgandan so'ng yana o'z shakliga qaytadi.
K o'p hujayrali bezlar chiqarish naylarining oxirgi qismi odatda shoxlangan
bo'lib, uning atrofida bez hujayralari joylashgan. Hujayralaming sekretlari
chiqarish nayining shoxchalariga ochilib, oxiri umumiy chiqarish yo'li orqali
bo'shliqqa quyiladi.
Bezlar sekret ishlab chiqarish xususiyatiga qarab merokrin, apokrin
va golokrin turlarga bo'linadi. Organizmda merokrin bezlar birmuncha
ko'proq bo'lib, ular o 'z sekretlarini hujayra sitoplazmasini yemirmasdan
ajratadi. A pokrin bezlar (sut va ter bezlari) esa, aksincha, hujayra
sitoplazmasining qisman yemirilishi hisobiga sekret ajratadi. Yemirilish
www.ziyouz.com kutubxonasi
k o 'p in c h a sek ret h u jay rasin in g u chid a sod ir b o 'lib , yangi sekret
to'plaguncha yana tiklanadi. G olokrin bezlar (y og ' bezlari) sekreti
hujayralaming yemirilishi hisobiga ajraladi.
2.
B i r i k t i r u v c h i t o ' q i m a l a r — organizmning ichki qismida
joylashgan bo'lib, tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo'lm aydi. Bu
xildagi to'qim alarga mezenxima kurtagidan rivoj topgan uch xil to'qim ani
kiritish mumkin:
1) qon va limfa to'qim alari organizmni himoya qilish va oziqlantirish
(trofik) vazifasini bajaradi. Qonning suyuq qismi — qon plazmasi va
shaklli elementlardan iborat. Qon plazmasidagi yog', uglevod, oqsil, mineral
tuzlar rangsiz va yopishqoq bo'ladi. Qonda, asosan, uch xil shaklli
elementlar bor:
a) eritrositlar — qizil qon tanachalari 1 mm1 qonda o'rtacha 45000—
5 000000 dona bo'ladi;
b) leykositlar — oq qon tanachalari 1 mm3 qonda o'rtacha 4000 —
10 000 dona bo'ladi;
d) trombositlar — qon plastinkalari, bir-biriga tez yopishadigan, rangsiz
va eritrositlarga nisbatan uch-to'rt marta kichik tuzilmalar.
2) limfa suyuqligi — qon singari plazma va shaklli elementlardan
iborat bo'lib, tarkibida eritrositlar bo'lmaganligidan rangsiz. Qon va limfa
holatidagi oraliq modda bilan birga organizmda moddalar almashinuvi
jarayonini ta’minlaydi.
3) retikula to'qim alari o'zaro birlashib, chalkashib tuzilgan to'rsim on
hujayralardan iborat bo'lib, ularning turlari orasida limfositlar joylashgan
va limfoid to'qim alarni hosil qiladi.
4) biriktiruvchi to'qimalar hujayralararo oraliq moddalari ko'proq bo'lishi
bilan farqlanadi. Bu xildagi to'qimalar tarkibida amorf (ma’lum tuzilishga
ega bo'lmagan) moddalar, kollagen hamda elastik tolalar bo'ladi (3-rasm).
Biriktiruvchi to'qim a quyidagi turlarga bo'linadi.
Yumshoq (shakllanmagan) biriktiruvchi
to'qim a — fibroblastlar (yapaloq, sershox
hujayralar) dan tashkil topgan bo'lib, boshqa
turdagi to'qim alarni bir-biriga bog'laydi,
a’zolar tarkibidagi bo'shliqlam i to'ldiradi.
Y o g '
t o ' q i m a s i (4-rasm) proto-
plazmasida yog' tomchilari bo'lgan shar
shaklidagi hujayralardan iborat bo'lib, orga
nizmda charvi sifatida (qorin bo'shlig'ida)
teri ostida, buyrak atrofida, ko'z kosasi va
boshqa joylarda uchraydi. Ular o'zaro bir
lashib, yog' parchasini hosil qiladi. Yog'
Dostları ilə paylaş: |