HARAKAT A’ZOLARI SISTEMASI
Odam yer yuzida harakat qilish qobiliyatiga ega. Harakat apparati o'z
navbatida faol harakatchan qism — muskullar va passiv (faoliyatsiz)
qism — suyaklarga (boylamlari bilan) bo'linadi. Lekin muskullar, suyaklar
va ularni birlashtirib turgan boylamlaming vazifalari bir-biriga bog'liq
bo'lib, bitta embrional qavat — mezodermadan rivojlanadi. Qisqasi, harakat
apparati: suyak; suyaklami birlashtiruvchi boylamlar va muskul sistemasidan
tashkil topgan.
Harakat sistemasi organizmning ko'p qismini yoki gavdaning umu
miy og'irligiga nisbatan 72,45% ini tashkil etadi. Shu jumladan, muskul
lar gavdaning 2/5, suyaklar esa 1/5— 1/7 qismidan tashkil topgan.
Muskullar deyarli hamma suyaklar ustini qoplab turadi va gavdaning
tashqi ko'rinishi (qomat)ning shakllanishida asosiy vazifani bajaradi.
S U Y A K L A R H A Q ID A T A ’L IM O T
Organizmning harakatini ta’minlaydigan harakat a’zolari muskullar
(yordamchi qismlar bilan), skelet va ulami biriktirib turgan boylamlardan
iborat.
Skelet organizmda tayanch ahamiyatiga ega bo'lgan zich to'qimalar
(tuzilmalar yig'indisi)dan iborat. Skelet bir qancha alohida suyaklardan
vujudga kelgan bo'lib, biriktiruvchi to'qimalar, boylamlar va tog'aylar
vositasida o'zaro birlashib turadi hamda passiv harakat apparatini hosil
qiladi. Skelet bo'lmasa, yer yuzidagi bironta jonzod o'zini tik tutib
turolmaydi va qomat shakllanmaydi. Skelet organizmda, asosan, quyidagi
vazifalarni bajaradi: tayanch, suyanchiq, harakat va organizmni himoya
qilish vazifalari.
1. Tayanch vazifasi yumshoq to'qim a va a’zolar skeletning ayrim
qismiga birikib turishi natijasida vujudga keladi.
2. Harakat vazifasi skeletni tashkil qilib turgan suyaklarning har xil
richag hosil qilib, bo'g'im orqali birlashishi va nerv sistemasi yordamida
muskullar qisqarishi bilan namoyon bo'ladi.
3. Himoya qilish vazifasi skeletning alohida qismlaridan vujudga kelgan
bo'shliqlar orqali bajariladi. Masalan, umurtqalar yig'ilib, orqa miyaning
joylanib turishiga moslangan kanal, bosh miya uchun kalla suyaklaridan
www.ziyouz.com kutubxonasi
hosil bo'lgan kallaning miya bo'shlig'i, yurak va o'pkalarning saqlanishiga
moslangan ko'krak qafasi, jinsiy a’zolami tashqi ta’sirdan saqlab turadigan
chanoq bo'shlig'i shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, suyaklarda orga
nizmning biologik muhofazasini bajaradigan va to'qimalarga kislorod el-
tuvchi qon tanachalarini vujudga keltiradigan ko'mik bo'ladi. Odam skele-
tining deyarli hammasi (kalla suyagining tepa bo'lagi va yuz qismining
ba’zi suyaklari, o'mrov suyaklarining ko'p qismidan mustasno) embri
onning o'rta varag'i — mezodermadan uch davrni o'tib takomillashadi:
1) biriktiruvchi to'qima (parda) davri, 2) to-
g'aylanish va 3) suyaklanish davrlari.
Odam skeleti 200 dan ortiq ayrim suyak
lardan tuzilgan bo'lib, ularning aksariyati juft
suyaklardir. Suyaklar, asosan, suyak to'qima-
laridan tuzilgan (17-rasm).
Suyaklar qattiq va elastik bo'lib, asosan,
ikki xil moddadan iborat. Ularning 1/3 qismi
organik moddalar (ossein, muguz modda)
bo'lsa, 2/3 qismi anorganik moddalardir (aso
san, kalsiy tuzlari, ayniqsa fosfor kislotali ohak
10 — 51,04% ni tashkil etadi). Suyaklar elastik-
11 ligini ossein moddasi ta’minlaydigan bo'lsa,
ularning qattiq (pishiq) ligi mineral tuzlar hiso
biga vujudga keladi. Suyaklar tarkibidagi orga
nik va anorganik moddalar munosabati kerak
li mustahkamlikni namoyon qiladi va bu holat
yoshga qarab o'zgarib boradi. Yosh organizm
suyaklari tarkibida ossein ko'pligi tufayli
bukiluvchi bo'lib, m o'rt bo'lm aydi. Yosh
ulg'ayib borgan sayin suyaklar tarkibida mineral
tuzlar ko'payadi. Shuning uchun odam kek-
saygan sari, suyaklari elastiklik xususiyatini
yo'qotib, asta-sekin mo'rtlashadi, tez sinadi-
gan bo'lib qoladi.
Suyaklar tarkibida organik va anorganik
moddalardan tashqari, A, D va S vitaminlari
ham bo'ladi. Yosh bolalar suyagi tarkibida
kalsiy tuzlari va D vitamini yetishmasligidan
raxit kasalligi kelib chiqadi, suyaklar mus-
tahkamligi kamayib har tomonga qiyshayadi.
Agar suyakda A vitamini yetishmasa, suyak
lar haddan tashqari yo'g'onlashib, ichidagi
bo'shliqlari, har xil kanalchalari kattalashadi.
-
22
-
17-rasm. Skelet.
/ - b o s h sk eleti; 2 - umurtqa
pog'onasi;
3
-o 'm r o v ;
4 -
kurak;
5 -
qovurg'alar;
6
-y elk a
suyagi; 7 - bilak suyagi; 8 - tir-
sa k
s u y a g i;
9 - k a ft
u s ti
suyaklari; / О - k a f t suyaklari;
/ / - b a r m o q suyaklari;
12, 14,
15 -
chanoq
suyaklari;
13 -
dum g'aza suyagi;
1 6 -
son su
yagi;
1 7 -
tizza qopqog'i;
1 8 -
katta boldir suyagi; / 9 - k ic h ik
boldir suyagi;
20 -
oyoq kafti
usti suyaklari; 2 / - o y o q kafti
suyaklari; 22 - barmoq suyaklari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ossein bilan anorganik modda-
ning q o ‘shilishi natijasida normal
suyak muhim fizik xossaga ega
bo'ladi, ya’ni elastik va qattiq (pi-
shiq) bo'ladi. Normal suyak dub da-
raxtidan pishiq, granitdan qattiq
bo'lib, mis bilan temirga barobar
keladi (18-rasm).
Suyaklarning ichki tuzilishini
ularni arralab qaragandagina ko'rish
mumkin. Ular ikki xil moddadan,
zich (qattiq ) va g 'o v a k modda
(ko'mik)dan iborat. Zich modda yax
lit massaga o'xshab ko'rinadi, g'ovak
modda esa ingichka xoanalar to'ri-
dan iborat bo'lib, bir-biri bilan chal-
kashib, har xil burchaklar hosil qila
di. U lar o ra sid a m ayda katak
(bo'shliq) lar vujudga keladi. Qattiq
moddalar suyaklarning tashqi qis
mida, g'ovak moddalar esa ichki qismida joylashgan. Serbar suyaklarda
g'ovak moddalar juda kam bo'lib, zich moddalaming ikki plastinkasi
orasida yupqa ko'mik holatida uchraydi. Kalla suyagining qopqoq qismi-
dagi g'ovak moddalar ikki qavat nomi bilan yuritiladi, ana shu suyaklar
ning ichki qattiq plastinkasi shishasimon plastinka deyiladi. Chunki u
tashqi plastinkadan yupqa bo'lib, organik moddasi kam va mo'rt. Ser
bar suyaklarning ba’zi joylarida umuman g'ovak moddalar bo'lmasligi
mumkin, unda zich moddaning tashqi va ichki plastinkalari bir-biriga
yopishib, bitta butun qavat hosil qiladi. Kalta suyaklar faqat g'ovak
moddalardan iborat bo'lib, tashqi qismi esa yupqa zich modda plastin
kasi bilan qoplangan. Uzun suyakning ikki uchi (epifizlari) kalta suyak-
larga o'xshash tuzilgan, diafizi (tanasi) esa uzunasiga joylashgan silindr
shaklli kovak bo'lib, devori qalin zich modda po'stidan iborat. Ana shu
kovak ilik kanali hisoblanib, bu kanal uzun suyakning ikkala uchidagi
g'ovaklarga tutashib ketadi.
Suyaklarning mikroskopik tuzilishiga kelganda, ularning asosi Govers
plastinkalaridan tuzilgan bir qancha Govers kanalchalaridan iborat
ekanligi aniqlanadi. Govers kanalchalari suyaklarning bo'yiga qarab
joylashgan va o'zaro bir necha zich suyak plastinka — zich modda
bilan o'ralgan. Govers plastinkachalari orasidagi bo'shliqlarni oraliq
moddalar to'ldirib turadi.
Suyaklarning sirtqi yuzasi suyak ust pardasi -periost bilan qoplangan
(suyaklarning bo'g'im yuzalari, paylar va boylamlar yopishgan joylarda
18-rasm. Suyaklar tuzilishi sxem asi.
1 - suyak hujayralari; 2 - oraliq moddalar;
3 - G overs kanallari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
periost bo'lmaydi). Periost yupqa, pushti rangli birikti
ruvchi to'qimadan iborat bo'lib, suyaklarning alohida te-
shikchalaridan o'tib boradigan tolachalar vositasida suyaklar
ustiga mustahkam yopishib turadi (19-rasm).
Periost ikki qavatdan, ya’ni tashqi qavat — tolali fib-
roz to'qimadan, ichki qavat— nerv va qon tomirlarga boy
bo'lgan suyak hosil qiladigan qismdan iborat. Qon tomir
lari suyaklarga alohida oziq teshiklar orqali boradi. Peri-
ostning ichki qavati suyaklami eniga o'stiradi. Suyaklar
ning bo'g'im hosil qiladigan sathi bo'g'im tog'aylari bi
lan qoplangan (bo'g'imlar haqidagi bobga qarang).
Suyak kovaklari va ilik kanallari hamma vaqt ko'mik
bilan to'la bo'ladi. Ko'pincha naysimon suyaklarda ilik
markaziy bo'shliq qismida joylashganligi uchun ilik
bo'shlig'i yoki kanali deb ataladi. Ko'mik organizmda
qon yaratadi va biologik himoya vazifasini bajaradi.
S U Y A K L A R N IN G R IV O JL A N IS H I
Odam embrionida suyak to'qimasi, boshqa hamma to'qimalarga nis
batan kechroq yoki ona qornidagi hayotning ikkinchi oyi o'rtalarida
mezenximadan vujudga kelgan yosh biriktiruvchi to'qima (osteoblast)
hujayralaridan paydo bo'ladi.
Hamma suyaklar bir xilda rivojlanmaydi, ba’zi suyaklarda bevosita
biriktiruvchi to'qima (parda) davridan (tog'aylanish davrisiz) suyaklanish
boshlanadi, bunday suyaklanishga b i r l a m c h i s u y a k l a n i s h y o k i
b i r i k t i r u v c h i t o ' q i m a s u y a k l a r i deb ataladi. Ularga kallaning
miya qismidagi qoplovchi suyaklar, barcha yuz suyaklari va o'mrov suyak
tanasi kiradi; boshqa suyaklar esa parda davridan log'ayga o'tib, keyin
suyaklanish boshlanadi, bunga i k k i l a m c h i s u y a k l a n i s h deb
ataladi. Umuman suyaklanish jarayoni quyidagi to'rt: 1) endesmal, 2)
perixondral, 3) periostal va 4) enxondral turlarga bo'linadi.
1. Endesmal suyaklanish (ichidan) biriktiruvchi to'qimadan boshlanib,
birlamchi suyaklanish vujudga keladi. Embrion yosh biriktiruvchi
to'qimasining ma’lum bir nuqtasi (keyingi suyak nuqtasiga yaqin joydan)
zo'r berib osteoblastlar ko'payib, suyakning asosiy moddasini hosil qilib,
o'zi suyak hujayralariga aylanadi. Natijada suyaklanish nuqtasi (yadrosi)
vujudga keladi. Bu nuqta har tomonga qarab o'sadi va hosil bo'lgan
suyak hujayralari radius shaklida joylashadi.
2. Perixondral suyaklanish (peri — atrof, xondral — tog'ay) mezenxima
to'qimalaridan (kelgusida) hosil bo'ladigan suyaklar shaklida vujudga
keladi. Keyinchalik bular yaxlit gialin tog'ayiga aylanib, ustini tog'ay ust
pardasi (perixondral) qoplaydi. Perixondralning ichki qavatidagi hujayra
lar zo'r berib ko'payishi natijasida osteoblastlar (suyak moddalari) ni
19-rasm. Yelka
suyagi, suyak
usti pardasi
bilan.
1 -
s u y a k
; 2 -
suyak usti par
dasi;
3 -
ilik
bo‘shlig‘i.
www.ziyouz.com kutubxonasi
hosil qiladi. Bu moddalar asta-sekin tog'ay moddalarini egallaydi va
suyakning zich (kompakt) moddasini hosil qiladi.
3. Suyaklarning rivojlanishida tog'aydan iborat suyak modeli suyakla-
nib bo'lgandan keyin tog'ay pardasi suyak ust pardasiga aylanadi. Key
inchalik suyaklar, asosan, suyakning ichki pardasi hisobiga eniga o'sgani
tufayli periostal suyaklanish (peri — atrof, ust, ostal—suyaklanish) deb
ataladi. Shunday qilib, perixondral va periostal suyaklanish davrlari bir-
biri bilan bog'langan bo'lib, birin-ketin boshlanadi. Periostal suyak eniga
o'sadi, ya’ni yo'g'on tortadi (kengayadi).
4. Enxondral (ichida) suyaklanishda suyak perixondrium ishtirokida,
osteoblastlar yordamida vujudga keladi. Bunday tog'ay markazida suyak
orolchasi (yadrosi yoki nuqtasi) paydo bo'lib, periferiyaga qarab o'sadi
va suyakning g'ovak qismini vujudga keltiradi.
Bu xildagi suyaklanishda tog'aylar to'g'ridan-to'g'ri suyak moddasi-
ga aylanmaydi, balki ular yemirilgandan keyin suyak moddalari vujudga
keladi. Shuning uchun bu xildagi suyaklanish ikkilamchi suyaklanish deb
ataladi, kalla tubi (asosi)ning suyaklari, tana va qo'l-oyoq suyaklari
ikkilamchi suyaklanishdan paydo bo'ladi. Suyaklanish jarayoni suyaklar
ning bajaradigan vazifalariga qarab, ularning o'rta qismlaridan boshlanadi
va suyakning tanasi (diafizi) paydo bo'ladi. Asosiy og'irlik hamma vaqt
suyaklar tanasiga tushadi. Suyaklar uchlari, muskul va boylamlarning
yopishgan joylari ikki yoshdan suyaklana boshlaydi.
Suyaklanish jarayonining oxirida suyak tanasi bilan uchi oralig'i —
bo'yin qismi tog'ay to'qimasi bilan suyak uchini qoplab turgan yupqa
parda — bo'g'im pardasi va tog'aylari qoladi. Suyaklar uchlari va bo'yin
qismi tog'aylari asta-sekin yemirilib, odam 22— 25 yoshga borganida
suyakka aylanadi. Natijada suyaklar bo'yiga qarab o'sadi va oxirida tana
bilan uch qismi birlashib, bir butun suyakni vujudga keltiradi.
Suyaklar tasnifi
Odam skeleti quyidagi bo'laklarga ajratilgan tana suyaklari (umurt-
qalar, qovurg'alar va to'sh suyagi), kalla suyagi (miya va yuz qismlari
dan iborat), yelka kamari (kurak va o'mrov suyaklari), qo'l suyaklari
(yelka, bilak va panja suyaklari), chanoq suyaklari (yonbosh, qovuq va
quymich suyaklari) va son, boldir hamda oyoq panjasi suyaklaridan iborat.
Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko'ra quyidagicha
bo'linadi.
1.
N a y s i m o n s u y a k l a r : a) uzun suyaklar — yelka, bilak, son
va boldir suyaklari, ya’ni qo'l-oyoq suyaklari; g'ovak va zich moddalar-
dan tuzilgan, ilik kanali bo'ladi, richag harakatiga ega va tayanch, muho
faza vazifalarini bajaradi; b) kalta naysimon suyaklar — kaft va panja
suyaklari; qisqa harakat qilish richaglariga ega.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2. G o v a k s u y a k l a r : a) uzun g ‘ovak suyaklar — qovurg'a va
to‘sh suyaklari; ular, asosan, g ‘ovak moddadan tuzilgan bo‘lib, yupqa
zich modda plastinkasi bilan qoplangan va tayanch hamda himoya vazi
fasini bajaradi; b) kalta g'ovak suyaklari — umurtqa va kaft usti suyak
lari; d) sesamasimon suyaklar — tizza qopqog'i, no'xatsimon suyak va
barmoq suyaklarining sesamasimon suyaklari; g'ovak moddasidan tuzil
gan, muskul paylarining orasida, deyarli bo'g'im atrofida joylashgan va
ularni hosil qilishda qatnashadi, harakatni osonlashtiradi.
3. Y a s s i s u y a k l a r : a) kallaning yassi (qopqoq) suyaklari — himoya
vazifasini bajaradi; b) yassi kamar suyaklar — kurak hamda chanoq
suyaklari. Ular tayanch va muhofaza vazifalarini bajaradi.
4. A r a l a s h s u y a k l a r — kalla suyagining asosiy qismini tashkil
etgan va bir qancha suyaklar birikishidan vujudga kelgan suyaklar.
SU Y A K L A R N IN G O 'Z A R O B IR L A S H IS H I
Til osti suyagidan boshqa hamma suyaklar o'zaro turlicha birlashadi.
Jumladan, uzluksiz (harakatsiz) birlashish va harakatchan birlashish.
Uzluksiz birlashishda suyaklar o'zaro biriktiruvchi to'qima pardalar
yoki tog'aylar bilan birlashib, harakatsiz yoki kam harakatli birlashishlar-
ni vujudga keltiradi. Bu xildagi birlashishlar uch xil bo'ladi.
1. Suyaklarning tolali biriktiruvchi to'qimasi turlicha bo'lib, suyaklar
orasida keng parda (suyaklararo parda) holida yoki
tutam (boylam)
holatda joylashadi. Bundan tashqari, bosh suyaklarining ko'pchiligi yupqa
biriktiruvchi to'qima parda yordamida chok hosil qilib birlashadi.
2. Suyaklar o'zaro tog'aylar yordamida birlashadi. Bunda suyaklar bir
tomondan bir oz harakatchan bo'lib, ikkinchi tomondan suyak oralig'ida-
gi tog'ay amortizator vazifasini bajaradi.
3. Suyaklar oralig'idagi yupqa parda suyaklanib ketadi. Natijada bir
nechta suyak birlashib, butun bitta suyakni hosil qiladi. Jumladan, dumg'aza
umurtqalari yosh bolalarda tog'ay parda bilan birlashsa, katta odamlarda
o'zaro suyaklanib bitta dumg'aza suyagini vujudga keltiradi. Yoki kalla
skeletining tepa suyaklari yosh bolalarda parda bilan birlashsa, katta odam
larda suyaklararo parda suyaklanib ketadi. Odatda, suyaklarning yarim
bo'g'im birlashishlari ham uchrab turadi. Bu xildagi birlashishlarda
suyakning oraliq tog'aylarida bir oz bo'shliq bo'ladi. Qovuq suyaklarining
o'zaro birlashishi bunga misol bo'la oladi.
Bo'g'im va suyaklarning bir-biriga yaqinlashmasdan o'rtada bo'shliq
qoldirib birlashishiga b o ' g ' i m deyiladi. Bo'g'im hosil bo'lishi uchun
quyidagi shartlar lozim:
1.
Bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyaklarning bir-biriga mos
bo'g'im yuzalari bo'lishi shart. Agar suyaklarning bo'g'im yuzalari shakl
jihatidan moslashmagan bo'lsa, bo'g'im harakatiga xalaqit beradi. Lekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
gavdada bo‘g ‘im yuzalari o'zaro moslashmagan hollar ham uchraydi,
bunday hollarda ulami tog'aylardan tuzilgan turli shakldagi plastinkalar
moslashtirib turadi.
2. Suyaklarning bo'g'im hosil qiluvchi yuzalari tog'ay plastinkasi
bilan qoplangan bo'ladi. Bu bo'g'imlami bo'g'im xaltasi o'rab turadi.
3. Bo'g'im lar to'qima tolalaridan tuzilgan boylamlar bilan mustah-
kamlangan bo'ladi.
4. Bo'g'im xaltasi ichida, o'zaro birlashuvchi suyaklar oralig'ida bo'g'im
bo'shlig'i va ularda tiniq — sinovial suyuqlik bo'ladi. Bu suyuqlik
suyaklarning bo'g'im yuzalarini namlab turadi va ishqalanishdan saqlaydi.
Bo'g'imlar harakati suyaklardagi bo'g'im yuzalarining shakliga bog'liq.
Odatda, bir suyakning bo'g'im hosil qiluvchi uchi sharsimon bo'lsa, ikkin
chi suyakning uchi shunga yarasha botiq yoki suyakning uchi silindr shak
lida bo'lsa, ikkinchisida shunga moslangan kemtik bo'ladi va hokazo.
5. Bo'g'im hosil qiluvchi suyak boshchalarining tolalari tog'ay to'qima
si bilan qoplangan bo'ladi. B o'g'im yuzalari mos kelmasa, unda yarim-
oysimon disklar bo'g 'im yuzalarining chetlarida tog'ay lablar bilan
moslashadi.
Demak, bo'g'im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak boshlarining shakliga
qarab, ularning harakatlari aniqlanadi. Odam organizmida bir o'qli, ikki
o'qli va ko'p o'qli bo'g'imlar bo'ladi. Masalan, ba’zi bo'g'imlar bir o'q
atrofida harakat qilsa, tirsak va barmoqlar bo'g'imi faqat bukilib-yoziladi.
Bunday bo'g'imlarni tashkil qilgan suyaklar uchi
g'altak yoki silindr shaklida bo'ladi (20-rasm).
Ikki o'qli bo'g'imlarda (bilak suyagi bilan kaft
suyaklari o'rtasidagi bo'g'im ) suyaklardan bittasi
ning uchi tuxumsimon yoki egarsimon bo'lib, ikki
tomonlama harakat qiladi. Ko'p o'qli bo'g'imlarda
(yelka bo'g'im i) suyak uchi sharsimon bo'lib, har
tomonlama harakatlanadi.
Organizmdagi bo'g'imlarning to'rt xil harakati
tafovut qilinadi:
1. Frontal (ko'ndalang) o'q atrofida faqat bukish
va yozish mumkin.
2. Sagittal (oldindan orqaga ketgan) o'q atrofi
da tanaga yaqinlashish yoki tanadan uzoqlashish
harakati vujudga keladi.
3. Doira hosil qilib aylanish.
4. Bo'g'im o'z o'qi atrofida burilish harakatini qiladi. . . . . . .
, ■
r- .
?
.
. ,
,
. . .
. . . . . .
/ - bo g nn kapsulasi; 2 -
Bulardan tashqari, kam harakath yassi bo g lmlar
s u y a k ia r n in g b o ' g ' i m
(qov suyaklarining birlashishi, umurtqa tanalari-
yuzalari;
J - b o ' g ' i m
ning o'zaro birlashishi) ham uchraydi.
b o 'sh lig 'i.
20-rasm . B o 'g 'im n in g
tuzilishi sxem asi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ikkita suyakning birlashishidan vujudga kelgan bo‘g ‘imlar oddiy
bo‘g ‘imlar, uchta va undan ko‘p suyaklar ishtirokida hosil bo'lgan bo'g'im
lar murakkab bo'g'im lar deb ataladi. Ikkita bo'g'im (pastki jag' b o 'g 'i
mi) hamkorligida bitta harakatchan bo'g'im vujudga kelsa, bunday bo'g'im
lar kombinatsiyalangan bo'g'im lar deyiladi.
T A N A SK E L E T I
Odamning tana skeleti umurtqa pog'onasi, o'n ikki juft qovurg'a va
to'sh suyagidan iborat.
Umurtqa pog'onasi bir-birining ustida joylashgan alohida umurtqalar
yig'indisidan tashkil topgan bo'lib, bular bo'yin umurtqalari
(yettita),
ko'krak umurtqalari (o'n ikkita), bel umurtqalari (beshta), dumg'aza umurt
qalari (beshta — o'zaro birlashib, bitta dumg'aza suyagini hosil qiladi)
va dum umurtqalariga (to'rtta yoki beshta — birlashib dum suyagini
hosil qiladi) ajratiladi.
Umurtqa pog'onasining o'rtacha uzunligi erkaklarda 73—75 sm, ayol-
larda 69—71 sm gacha. Shundan bo'yin qismi 13— 14 sm, ko'krak bo'limi
27—30 sm, bel qismi 17— 18 sm va dumg'aza qismi 12— 15 sm.
Odamning umurtqa pog'onasi organizmning tayanchi bo'libgina qol-
may, balki umurtqa kanalida joylashgan orqa miyani muhofaza qilib
turadi va tana hamda kallaning harakatida faol qatnashadi.
Har qaysi umurtqada tayanch vazifasini bajaradigan tana va ravoq bo'ladi,
umurtqa ravog'i tanaga ikkita oyoqchasi orqali birlashib, umurt-qa teshigini
hosil qiladi, barcha umurtqa teshiklari birga qo'shilib, umurtqa kanalini
tashkil etadi, orqa miya ana shu kanalda joylashib, tashqi muhit ta’siridan
saqlanadi. Umurtqa ravog'ining o'rta qismida orqa tomonda bitta o'tkir
qirrali o'siq, ikkala yon qismida bittadan ko'ndalang o'siq joylashgan.
Umurtqa tanasi bilan bo'g'im o ’siqlarining o'rta qismida yuqorigi va pastki
o'ymalar bo'ladi. Umurtqa pog'onasida yuqoridagi umurtqaning pastki o'yma-
si umurtqaning yuqori o'ymasi bilan birlashib, har tarafda bittadan umur
tqa oraliq teshigini hosil qiladi. Bu teshiklar orqali orqa miya nervlari va
qon tomirlari o'tadi. Odam umurtqalari orasida bel va dumg'aza umurtqa-
larining hajmi katta bo'lib, bosh, tana va qo'l og'irligi ana shular vositasida
chanoq orqali oyoqqa tarqaladi. Dum umurtqalari, aksincha, odamda o'sishdan
to'xtab yo'qolib borayotgan qoldiq umurtqa hisoblanadi. Ularning tanasi
kichkina bo'lib, ravoqlari bo'lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |