3-rasm. Biriktiruvchi to'qima.
to'qim a a’zolarning oraliq bo'shliqlarini,
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko'z kosasi, buyrak atrofini to'ldirib (ularni
silkinishdan saqlaydi), organizm haroratini
tartibga soladi. Qorin bo'shlig'idagi charvi
va teri osti yog' qavati zaxira oziq hisob
lanadi.
P i g m e n t l i t o ' q i m a protoplazma-
sida pigment zarrachalari bo'lgan turli shaklli
hujayralardan tashkil topgan bo'lib, sut bezi
so'rg 'ich i va uning atrofida, yorg'oq terisi-
da, ko'zning rangdor va tomirli pardalarida
uchraydi.
Fibroz to'qim a yoki zich biriktiruvchi
to'qim a — tolalari bir-biriga zich parallel
joylashgan tutamlardan tuzilgan bo'lib, ela-
stik xususiyatga ega emas. Organizmda tayanch vazifani bajaradi.
Elastik to'qim alar orasida yumshoq biriktiruvchi to'qim asi bo'lgan
bukiluvchan (elastik) tolalardan iborat bo'lib, boylamlar va qon tomirlar
devorida joylashgan.
T o g ' a y t o ' q i m a s i organizmda tayanch vazifasini bajaradi, hujay-
ralararo oraliq moddalari ko 'p bo'ladi. Bu to 'q im a elastik va gialin
tog'aylarga ajraladi. Gialin tog'ayning tashqi ko'rinishi xira shishaga
o'xshagan (shishasimon tog'ay nomi shundan olingan), hujayralari yakka-
yakka yoki to'p-to'p bo'lib joylashgan. Organizmning nafas yo'li tog'aylari,
b o 'g 'im tog'aylari, qovurg'alarning oldingi uchi tog'aylari gialin tog'ay-
dan tuzilgan. Skelet suyaklari, asosan, embrional o'sish davrida gialin
tog'ay holatida bo'lib, keyinchalik suyaklanadi.
Elastik yoki tolali tog'ay-
lar to 'q im a sin in g oraliq
moddasi kollagen modda-
dan iborat bo'lib, bo'g'im
ichidagi menisklar, umurt-
qalar tanasining oraliq to
g'aylari shular jum lasidan
dir. Elastik to g 'ay to'qi-
masidagi tolalar bukiluv
chan va c h o 'z ilu v c h a n
(elastik) tolalar bo'lganli-
gidan sariq rangda k o 'ri
nadi (5-rasm). Barcha tog'ay
to'qimalarining tashqi yuzasi
zich biriktiruvchi to'qim a
bilan O ralgan bo lib, to-
5-rasm. Elastik tog'ay to'qimasi.
4-rasm. Yog' to'qimasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
g'aylam i oziqlantirib turadi va o'sishiga yordam beradi.
S u y a k t o ' q i m a s i . Bu to'qim a tarkibida noorganik modda ko'p
bo'lganligi sababli qattiq bo'lib, shu jihatdan boshqa to'qim alardan farq
qiladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar suyak to'qim alarining oraliq modda-
lari betartib tarqalgan kollagen tutamlardan tuzilgan bo'lsa, o 'rta yashar
odamlarda suyak oraliq moddasiga ohak moddasi shimilib, uni borgan
sari qattiqlashtirib boradi. Suyak to'qimasi boshqa to'qimalar singari hujayra
va oraliq moddalardan tuzilgan (6-rasm).
Suyak oraliq moddalari, asosan, mineral (kalsiy va fosfor) tuzlardan iborat
bo'lib, ular suyaklar mustahkamligini ta’minlaydi. Rouber ma’lumotiga ko'ra.
suyaklar ohakdan 4— 5 marta qattiq, cho'yan va temirga yaqin turadi.
Suyakning oraliq kollagen tolalari ostein tolalar deb ataladi va ularning
joylashishiga qarab qo'pol tolali va yassi plastinkasimon tolali suyak
to'qim alari tafovut qilinadi.
Qo'pol tolali to'qim a, asosan, embrion va yangi tug'ilgan chaqaloq-
larning suyak to'qim alari bo'lib, tartibsiz, har tarafga joylashadi va orga
nizm rivojlanishi davomida asta-sekin tolalarga almashadi.
Katta yoshdagilarda qo'pol tolali suyak to'qim alari suyaklarning faqat
paylar yopishadigan qismlarida, kalla suyaklarining o'zaro birlashadigan
choklarida uchraydi. Yassi plastinkasimon suyak to'qim asida ossein tolalari
parallel yo'nalib joylashadi va suyaklarning qattiq bo'lishini ta’minlaydi.
Bunday tuzilishdagi suyaklar katta odamlarning deyarli barcha suyaklariga
tegishli xususiyatdir.
3.
M u s k u l t o ' q i m a s i tolalarining protoplazmasida nerv siste
masi ta’sirida qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan differensiallashgan maxsus
nishida ishtirok etsa, oste-
o k la s tla r riv o jla n is h d a n
to'xtagan suyak hujayrala-
rini kemiradi.
6
-rasm. Suyak to'qimasi.
/-suyak hujayralari; 2-oraliq moddalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
ingichka tolalar (miofibrillar) bo'lishi bilan organizmdagi boshqa to'qi-
malardan farq qiladi.
Organizmda tuzilishi va joylashishiga qarab ikki xil (silliq va ko'nda-
lang-targ'il) muskul to'qimalari tafovut qilinadi.
Silliq muskul to'qimasi — ichki
a ’z o la r (m e ’da, ich ak lar, siydik
yo'llari va bachadon kabi a'zolar)da,
qon va limfa tomirlarining devorida
jo y la s h g a n b o 'lib , b itta y ad ro li
duksimon hujayralardan tuzilgan (7-
rasm). Hujayralar odatda bir-biriga
juda yaqin joylashadi. Silliq muskul
to'qim alarini vegetativ nerv sistema
si innervatsiya qiladi, binobarin kam
energiya sarflab, g'ayriixtiyoriy se-
kin qisqaradi. Silliq muskul to'qim a
lari tarkibidagi elastik va kollagen to
lalar ularning hujayralarini o'zaro bir-
lashtiradi, ya'ni tayanch vazifasini ba
jaradi.
Ko'ndalang-targ'il muskullar (8-
rasm) skeletni qoplab joylashadi. Har
bir muskul tolasining yuzga yaqin
o'zagi va protoplazmasi bo'lib, yupqa
va tiniq parda bilan o 'ralgan. Bu
m u sk u llar ix tiy o riy ra v ish d a q isq a ra d i.
Shuning uchun ular (bundan yurak muskullari
mustasno) skelet muskullari yoki ixtiyoriy ra
vishda qisqaruvchi muskullar deb ham ataladi.
Har bir muskul tolasi bir necha millimetrdan
10— 12 sm gacha bo'lib, bir uchidan ikkinchi
uchiga tutamlar shaklida yo'naladi. Bu muskul
tolalarining qisqaruvchi moddasi mikroskop
ostida ko'rilganda ko'ndalang-targ'il bo'lib
ko'rinadi. Chunki muskul tolasi tarkibidagi
izotop va anizotop zarrachalar nurni turlicha
sindiradi. Natijada muskul tolalari ko'ndalang-
targ'il bo'lib ko'rinadi, uning nomi ham shun-
dan kelib chiqqan. Skelet muskullari silliq
muskul to'qim asiga nisbatan tez va k o 'p
energiya sarflab qisqaradi. Yurak muskul to'qi
masi (miokard) ko'ndalang-targ'il muskul to-
lalardan tuzilgan b o'lsa ham g'ayriixtiyoriy
7-rasm. Silliq muskul to'qimasi.
8
-rasm. Ko'ndalang-targ'il
muskul to'qimasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
qisqaradi. Miokard skelet muskuliga o ‘xshash tutamlardan iborat bo'lib,
uning tolalari turli tomonlarga burilib, muskul tolalari to'rini hosil qilib
joylashadi. Miokard muskul tolalarining yadrolari, odatda, tolaning o 'rta
sida bo'ladi.
4.
N e r v t o ' q i m a s i . Bu to'qim a neyron va yordamchi element -
neyrologiya yoki gliyadan tashkil topgan bo'lib, organizmga tashqi mu-
hitdan va organizmning o'zidagi a’zolar (ichki muhit)dan keladigan ta’-
sirotlar va sezgilarni o'tkazish vazifasini bajaradi. Neyron bir qancha
qisqa o'siqlar — dendrit va bitta uzun o'siq — akson yoki neyritga ega
bo'lgan nerv hujayrasidan hamda nerv uchlaridan iborat (9-rasm). Nerv
hujayralari ko'pincha yulduz shaklida, ba’zan noksimon, yumaloq va
boshqa shakllarda bo'ladi. Dendritlar sezgilarni, odatda, hujayra tanasiga
qarab yo'naltirsa, akson yoki neyritlar, aksincha,
hujayra tanasidan boshqa neyronlarga yoki. xizmat-
chi a ’zolarga olib boradi. Nerv hujayralari, odatda,
ularning markazida joylashgan yumaloq shaklli bitta
yadroga ega. Har bir yadroda 2— 3 yadrocha b o'la
di. Nerv hujayralari protoplazmasida umumiy orga-
noidlardan tashqari, ularga xos bo'lgan tigroid modda
va neyrofibrillar bo'lishi bilan ajralib turadi. Tigroid
modda — Nissel zarrachalari nerv hujayralarining
tanasi va kalta o'siq (dendrit)larida bo'ladi. Neyrit
lar esa bu moddadan mustasno.
Tigroid moddalar oqsil moddasini sintezlashda qat
nashadi. Binobarin tigroid m oddalar hamma vaqt
h u ja y ra la m in g fu n k sio n a l fa o liy a tig a b o g 'liq .
Jumladan, nerv kasalligi, davomli nerv qo'zg'alishi,
nerv tolalarining jarohatlanishi yoki organizm da
kislorod yetishmasligi tigroid moddalaming holatini
va ular miqdorini o'zgartiradi, ba’zan mutlaqo erish
jarayoni kuzatiladi.
Neyrofibrillar ingichka ipchalar ko'rinishida bo'lib,
nerv hujayralarining sitoplazmasida turli tomonga to 'r
hosil qilgan holda yo'nalib joylashadi. Neyrofibril
lar, asosan, qo'zg'alishlar (impulslar)ni o'tkazadi, ular
nerv hujayralarining holatiga qarab o'zgaruvchan
bo'ladi.
Neyrosekretor hujayralar nerv sistemasida uchraydi
va tarkibida sekretor donachalari b o 'lis h i bilan
farqlanadi. Bunday sekretsiya qilish xususiyati bo'lgan
h u jay ralar k o 'p ro q bosh m iyaning g ip o talam ik
sohasida uchraydi.
9-rasm. Neyronning
tuzilish sxemasi.
I - nerv hujayrasi
tanasi; 2-kalta darax-
tga o'xshash tolalar;
J ,4 -a k s o n tolalar,
(miyelin parda bilan
o'ralgan); 5-nerv oxiri;
6
-muskul to'qimasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Neyrogliya yordamchi to'qim a b o'lib, turli shakldagi (makrogliya
va mikrogliya) hujayralardan iborat (10-rasm). M akrogliya hujayralari
m iyada neyronlar o ralig 'id a bosh miya qorinchalari va orqa miya
kanalining devorlarida uchraydi. Nerv tolalarining pardalarida joylashadi
va retseptorlar (nerv tolalarining oxiri) gacha boradi. M akrogliya hujay
ralari nerv elementlarini atrofida biriktiruvchi to'aim adan airatib turish
(chegaralash), trofik (nerv hujayrada m oddalar almashinuvi) va sekre-
tor (sekret chiqarish) vazifalarini bajaradi.
Mikrogliya mayda, amyobasimon harakatlanuvchi hujayralar bo'lib,
halok bo'layotgan neyron, nerv tolasi va bakteriyalarni qamrash (fagositoz)
xususiyatiga ega.
Nerv tolalari glial parda bilan o'ralgan nerv o'sim talari (neyrit va
dendritlar) dan iborat. Nerv tolalari pardalarining tuzilishiga qarab miyelinsiz
va m iyelinli to la la rg a b o 'lin a d i. B unday to la la r m arkazid a nerv
hujayrasining o'sim tasi (o'q silindr) joylashgan.
Miyelinsiz nerv tolalari, asosan, vegetativ nerv sistemasining nerv
stvollarini hosil qiladi. Ular Shvann hujayralari (lemmositlar) qobig'ini
o'rab turadi. Lemmositlar pardasi juda yupqa bo'lganligidan va mikroskop
ostida hujayralar bir-biriga zich joylashganligidan hamda ular chegaralari
ko'rinmasligidan bir butun g'ilofga o'xshab ko'rinadi. Ba’zi bir miyelinsiz
nerv tolalari tarkibida bir necha o 'q silindr o'tgan bo'lishi mumkin. Shuning
uchun bunday tolalarga «kabel tipidagi» tolalar deyiladi.
Miyelinli nerv tolalari miyelinsiz nerv tolalaridan o 'q silindrning
birmuncha y o 'g 'o n bo'lishi bilan ajralib turadi. Ularni o'rab olgan Shvann
hujayralarining ichki qismi birmuncha y o 'g 'o n ro q bo'lib, uni miyelin
pardasi deb ataladi, tashqi parda Shvann hujayrasining sitoplazmasidan
tuzilgan yupqa pardadir. Miyelin pardasida yog'sim on modda ko'proq.
Tashqi parda Shvann kletchatkalarining yadro pardalaridan iborat bo'lib,
Shvann pardasi yoki nevrilemma deb ataladi.
A
В
D
10-rasm. Neyrofibrillar va tigroid moddalar.
A,В -nerv hujayralari: /-akson; 2-dendritlar; j-yadrocha; 4-xromatin; 5 -
tigroid moddalar; 6-neyrofibriIlar, D -m iyaning gliya hujayralari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
M iyelinli nerv tolalarining m iyelinli pardasi m a’lum m asofada
ingichkalashib, b o ‘g ‘iq (Ranvye b o ‘g ‘iqlari) vujudga keladi. Ranvye
bo‘g ‘iqlari, odatda, qo'shni Shvann hujayralarining chegarasi hisoblanadi.
Nerv tolalari bajaradigan vazifasiga qarab harakatlantiruvchi (effe
rent) va sezuvchi (afferent) tolalarga ajratiladi. Efferent tolalar sezgilarni
m arkaziy nerv sistem asidan a ’zolarga olib borganligi uchun ularni
m arkazdan uzoqlashtiruvchi tolalar deb ataladi. Sezuvchi tolalar esa
sezgilarni periferik (ichki va tashqi m uhit)dan retseptorlar orqali qabul
qilib, nervlar yordam ida m arkaziy nerv sistemasi (bosh m iya)ga olib
boradi. Binobarin, bunday tolalar m arkazga intiluvchi tolalar deb ata
ladi.
Nerv oxirlari retseptor, effektor va sinaps (neyronlarning o ‘zaro
qo‘shilishi)ga bo'linadi. Retseptorlar ichki va tashqi muhitdan sezgilarni
qabul qilib, sezuvchi nerv tolalariga o'tkazadi. Effektorlar esa harakatlan
tiruvchi nerv tolalarining oxiri bo'lib, ko'ndalang-targ'il va silliq mus-
kullarga, bezlarga tarqaladi. Turli impulslar effektorlar orqali muskul va
b e z la rg a — is h c h i a ’z o la r g a y o 'n a la d i . E f f e k to r la r , o d a td a ,
harakatlantiruvchi yoki nerv-muskul sinapsi (birlashmasi) deb ataladi.
Muskul tanasida o 'q silindr bir necha mayda oxirgi tolalarga tarmoqlanadi.
Nerv tolasining mayda tarmoqlari (postsinaptik) muskul to'qim asining
plazmolemmasiga botib kiradi. Muskul tolasining sarkolemmasi — post
sinaptik membrana bilan perisinaptik membrana (aksolemma) orasida
sinaps bo 'sh lig 'i vujudga keladi. Bu bo'shliqdan postsinaptik membrana
(sarkolemma) burmachalari yordamida turli tomonga tarqalib turadi. Nerv
tolalari orqali kelayotgan impulslar sinaptik pufakchalardagi mediatorlar-
ni sinaps bo'shlig'iga chiqarib, postsinaptik membranaga ta’sir etadi va
muskul to'qim alarni qo'zg'atadi.
Retseptorlar — sezuvchi nerv hujayralari dendrit tolalari oxiridagi
apparatdir. Odatda, sezuvchi (afferent) nerv hujayralarining presinaptik
bo'lagi bilan denaritlar (postsinaptik bo'lagi sifatida) o'zaro sinapslar
hosil qiladi.
Retseptorlar ikki yirik guruhga: tashqi muhitdan ta’sirni qabul qiluvchi
e k s te r o re ts e p to rla r va ich k i a ’z o la rd a n t a ’sirn i q ab u l q ilu v c h i
interoretseptorlarga b o 'linad i. Interoretseptorlar o 'z navbatida ichki
a’zolardan sezgilarni qabul qiluvchi visseroretseptorlar
va muskullar,
bo'g'im lar hamda boylamlardan sezgilarni qabul qiluvchi proprioretseptorlarga
bo'linadi. T a’sirotlarni qabul qilish xossalariga ko'ra mexanoretseptorlar,
xemoretseptorlar, termoretseptorlar tafovut qilinadi. Retseptorlar tuzilishiga
qarab turlicha bo'ladi. Agar o 'q silindming oxirgi tolalaridan tuzilib, kap-
sula bilan o'ralmagan bo'lsa, erkin joylashgan retseptor deyiladi. Retseptorlar
gliya hujayralari va biriktiruvchi to'qimadan hosil bo'lgan kapsula bilan
o'ralgan bo'lsa, kapsulali retseptorlar deyiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Skelet muskullarining retseptorlari murakkab tuzilgan b o ‘lib, odatda,
miyelinli nerv tolalari muskullariga yaqinlashib, miyelinli qavatini yo'qotadi
va bir qancha shoxchalarga bo'linib ketadi. Ular muskul tolalarining
sarkolemmasi sirtida savatcha hosil qilib tugallanadi. Bulardan tashqari,
muskul tolalarini spiralsimon o'rab turuvchi nerv oxirlari — retseptorlar
bo'ladi. Ular biriktiruvchi to'qim a kapsulasi bilan o'ralib turadi.
N e y r o n l a r a r o s i n a p s l a r . Ikki hujayra orasidagi sinapslar yor
damida qo'zg'alishlar bir neyrondan ikkinchi neyronga o'tish xususiyati-
ga ega bo'lib, refleks yoyini vujudga keltiradi. Neyronlararo sinapslar bir
neyron a k so n in in g nozik to lalarg a tarm o q lan g an tu g m achasim o n
kengaymalari bilan ikkinchi neyron dendritlari o'rtasida hosil bo'ladi. Bu
xil sinapslarga akseodendrit sinapsi deyiladi. Sinapslar qo'zg'alishni nerv
to la la r i o rq a li m a rk a z iy n erv s is te m a s ig a , u y e rd a n e f f e k to r
(harakatlantiruvchi) nerv tolalari yordamida ishchi a’zolarga o'tkazadi.
Neyronlararo sinapslar nerv-muskul sinapslari kabi sinaps parda (kapsula)
va uning bo'shlig'idan iborat. Sinaps kapsula bir aksonning eng oxirgi
tolachasi bilan boshqa neyron dendriti o'rtasida (sinaps orti) vujudga
keladi. Bu xildagi reflektor yordamida ta ’sirni faqat bir tomonga —
aksonlar orqali sinaps oldi kapsulasi, so'ngra sinaps orti kapsulasi orqali
ikkinchi neyron tanasi yoki dendrit tolalariga o'tkazadi.
Muhofaza funksiyalarida nerv sistemasi asosiy rol o'ynaydi. Endokrin,
gumoral omillar ham ko'pincha organizmning reflektor javobida faol
qatnashadi.
EM BRIONNING RIVOJLANISHI
Hamma ko'p hujayrali organizmlar — xoh u o'sim lik bo'lsin, xoh
hayvon bo'lsin — barcha jonzodlar hujayraning bo'linish qonuniga asosan
bitta hujayradan o 'sib yetiladi.
Darhaqiqat, hayvonning ham, odamning ham organizmi urg'ochi jinsiy
hujayra — tuxumning erkak jinsiy hujayrasi — spermatozoid bilan qo'shi-
lishi (otalanishi) natijasida hosil bo'lgan
yagona hujayradan boshlanadi, onaning
ham, otaning ham barcha jinsiy sifatlari
ana shu hujayrada bir xil joylashadi (11,
12-rasmlar).
Odam em brionining rivojlanishini,
asosan, uch davrga ajratish mumkin.
11-rasm. Urg'ochi jinsiy hujayra.
1
-jin s iy hujayra; 2 - follikula.
12-rasm. Erkak jinsiy hujayra (spermatozoid).
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. B o ' l i n i s h . Otalangan tuxum hujayrasi dastlab ikki, keyin to ‘rt,
sakkiz, o 'n olti hujayraga bo'linib, k o'p hujayrali (tut mevasiga o'xshash)
shar — blastom er (morula) hosil bo'ladi. Tuxum hujayrasi baravar
bo'linmaydi, shu sababli blastomerning bir pallasida tuxum sarig'i ko'proq
tushgan yirikroq
hujayralar to'planib, o'suvchi yoki vegetativ qutbni,
ikkinchi pallasida esa maydaroq
hujayralar to'planib, animal
qutbni
vujudga keltiradi. So'ngra blastomerlar o'zi ajratgan suyuqliklami o'rta-
ga (markazga) to'plashi natijasida chetga surila borib, bir qavatli pufak
hosil qiladi. Blastulaning markazida hosil bo'lgan bo'shliq tananing bir
lamchi bo'shlig 'i — blastosel deb ataladi.
2. G a s t r u l a t s i y a — keyinchalik blastula devorining m a’lum qis-
midagi hujayralar z o 'r berib ko'payishi natijasida shu qism asta-sekin
bo'shliqqa qarab qayriladi. O 'sish davrida blastula devorining ichga tomon
botayotgan qismi blastulaning ikkinchi devoriga tobora yaqinlasha boradi,
bo'shliq esa puchayib yo'qoladi. Shunday qilib, embrionning qo'sh qavatli
tovoq shaklli gastrula davri boshlanadi.
Gastrula davrida embrionda yangi bo'shliq — birlamchi ichak bo'shlig'i
vujudga keladi va u tashqariga ochiladi, uning boshlang'ich qismiga og'iz
deyiladi. Shu paytda embrion bir oz cho'zilib, tuxum (silindr) shaklidagi
gastrula hosil bo'ladi.
Gastrulaning (ikki qavat bo'ladi) tashqi qavati embrionning ektoder-
ma (tashqi) qavati, ichki qavati esa endoderma qavati deb ataladi (13-
rasm). Ektodermadan
e m b rio n n in g nerv
plastinkasi ham rivoj-
lanadi. Nerv plastin
kasi embrion orqa to-
monining o'rtasidan
u z u n a sig a a jra lib ,
nerv kurtagini hosil
qiladi. Bu paytda ek-
toderma nerv plastin-
kasining ikki chekka-
sidan uzun burma hosil qilib, ko'tarila boradi va ulanadi. Natijada nerv
plastinkasi ektodermaning ostida qoladi.
Taraqqiy otning keyingi davrida nerv plastinkalarining chetlari birlashib,
nerv naychasiga aylanadi, nerv naychasining devori hisobidan orqa miya
moddasi, naycha kanali hisobidan esa orqa miyaning markaziy kanali vu
judga keladi. Ektodermaning qolgan qismidan teri epiteliysi paydo bo'ladi.
Bu vaqtda embrionning ichki qavati birlamchi ichak bo'shlig'ining
devorini tashkil etadi va bir qancha qismdan iborat bo'ladi, ichki qavatining
qorin tomondagi ko'p qismini ichki varaq — endoderma, nerv plastinka-
sining ostki qismida joylashgan hujayralar tizmasini esa orqa tor kurtak
13-rasm. Embrion rivojlanishining boshlang'ich davri.
/-ektoderma; 2-mezoderma; j-endoderma; 4-nerv naychasi;
5-xorda; 6-ichak naychasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
deyiladi. Bu kurtakning ikkala tomonida, embrionning oldidan oxirigacha
endodermadan hosil bo'lgan birlamchi ichak hisobidan embrionning o 'rta
varag'i — mezoderma taraqqiy etadi (ektoderma va endodermaga nisba
tan keyinroq). Shu bilan embrionning gastrula davri tugab, to'qim alar
hamda a ’zolar shakllana boshlaydi (organogenez va gistogenez).
3.
O r g a n o g e n e z v a g i s t o g e n e z yuqorida aytilganidek, nerv
plastinkasi ektodermaning ostki qismiga cho'kib, nerv naychasiga ayla
nadi, keyinchalik bu naychada alohida segmentlar (nevrotomlar) hosil
bo'ladi, bulardan o'z navbatida nerv sistemasi taraqqiy etadi. Ayni vaqtda
mezoderma qavati qator joylashgan bir qancha alohida xaltachalar (seg
mentlar) ga ajraladi. Segmentlar o 'z navbatida o 'sa borib, embrionning
yonbosh devorlariga yaqinlashadi, natijada mezoderma xaltachalarining
bir qismi orqa tomonda, nerv naychasi bilan xordaning ikki yonida
joylashadi, ikkinchi qism i esa ventral (qorin) tom onda o 's ib , yon
tomonlardan ichak nayini o'rab olib, mezodermaning orqa (dorzal) qismi
keyinchalik tana segmentlari (somitlar) ni hosil qiladi.
___
Har qaysi somit o 'z navbatida sklerotom (bundan gavdaning tayanch
apparati — skelet va tog'aylar taraqqiy etadi), dermatom (bundan terining
biriktiruvchi to'qim asi taraqqiy etadi) va miotomga (bundan muskullar
taraqqiy etadi) ajraladi.
Mezodermaning ventral (oldingi) qismi splanxnotom (ich, ichdagi) deb
ataladi va ektoderma bilan endodermaning orasidan ventral tomonga suriladi.
Splanxnotomlar o 'sib bo'laklanishi
(segmentatsiyasi)ni yo'qotadi va ikki
varaqqa ajraladi.
1. Visseral varaq— ichak nayiga
yopishib turadi.
2. Pariyetal varaq — ektoderma
ning ichki (qorin) tom onga qaragan
sathiga (devoriga) yopishib turadi. Bu
ikki varaq bilan chegaralanib turgan
bo'shliq — gavda bo'shlig'idir.
Shunday qilib, embrionda xorda va
mezodermalar hosil bo'lganidan keyin,
ichak e n d o d e rm a si o rg a n iz m d a g i
hamma ichki a’zolarni vujudga kelti-
ruvchi ikkilamchi ichak naychasi (o'suv-
chi naycha) ni hosil qiladi. Demak,
organizmdagi barcha a’zolar embrion
ning yuqorida bayon qilingan uchta
varag'idan taraqqiy etadi (14-rasm).
1.
Embrionning tashqi varag'i —
ektoderm adan terin in g eng tashqi
qavati (epidermis) va unda o'sadigan
Dostları ilə paylaş: |