tepachalar;
b
- orqa tom ond an
ko'rinishi:
I
- k o 'st chuqurchasi;
2 - ko'stlar oralig'id agi qirra; 3 -
g ' a d i r - b u d u r
y u z a ;
4 , 5 -
lab sim on qirra;
6
- taqim osti
m aydonchasi;
7 - o ' s i q l a r ora
lig'idagi chuqurcha.
www.ziyouz.com kutubxonasi
do‘mboqning pastigacha boradi va g'adir-budur joyiga aylanadi. Bu joyga
do'mboq katta muskuli payining bir qismi yopishadi.
Son suyagining pastki yo'g'onlashgan (distal) uchi orqaga qarab bu-
rilgan ikkita muskul yopishadigan o'siq bilan tugaydi. Ikkala o'siqning
oldingi tomonida bo'g'im yuzalar bilan o'zaro tutashib turadi va tizza
qopqog'i joylashadi. Ichkari va tashqari o'siqlarning orqasi va oralig'ida
chuqurcha joylashgan. Har bir o'siqning bo'g'im yuzalari yon tomoni
teparog'ida bittadan g'adir-budur tepacha ko'rinib turadi.
T i z z a q o p q o g ' i — to'rt boshli son muskuli payining orasida
joylashgan eng katta sesamasimon suyak. Tizza qopqog'ining oldingi
yuzasi g'adir-budur bo'lsa, orqa —
silliq bo'g'im yuzasi son suyagi
bilan bo'g'im hosil qiladi.
B o l d i r s u y a k l a r i (41 -rasm) ikkita naysimon
suyakdan, ya’ni medial (ichki) tomonda joylashgan katta
boldir suyagi va lateral (tashqi) tomonda joylashgan ki
chik boldir suyagidan tashkil topgan.
Katta boldir suyagi (41-rasm, a) kichik boldir suya
giga nisbatan katta bo'lib, yuqori uchi (epifizi)da ikkita
(medial va lateral) do'nglar bor, ikkala do'ngning yuqori-
sida son suyagi bilan bo'g'im tuzish uchun botiqroq
yuza joylashgan. Ana shu b o 'g 'im yuzalari ikkita
do'mboqdan tuzilgan tepacha vositasida bir-biridan aj
ralib turadi. Lateral do'ngning pastki va orqa tomonida
kichik boldir suyagining yuqori uchi birlashadigan yassi
bo'g'im yuzasi bor.
Katta boldir suyagining tanasi uch qirrali bo'lib, ol-
dinda teri ostidan o'tkir qirra ko'rinib turadi. Kichik boldir
suyagi tomonda lateral qirraga suyaklararo boylam (parda)
yopishadi. Medial tomonda esa to'mtoq qirra bor. Katta
boldir suyagining pastki uchi (epifiz) to'rtburchak shaklida
bo'lib, medial tomonidan pastga qarab maxsus o'siq—
ichki to'piq chiqadi. Katta boldir suyagining lateral to
monida kichik boldir suyagi joylashadigan o'ymani ko'rish
mumkin.
Kichik boldir suyagi (41-rasm, b) juda ingichka va
ikkinchisi yo'g'on bo'lib, yuqori (proksimal) uchi (epifiz)
— suyak boshi bo'lib, uning medial yuzasida katta boldir
suyagining lateral do'ngi bilan bo'g'im hosil qiladigan
yuzasi bor. Suyak tanasi o'z o'qi atrofida bir oz buralgan,
uch qirrali bo'lib, ulardan birining medial yuzasida oraliq
parda yopishadigan oraliq qirrani ko'rish mumkin. Kichik
boldir suyagining pastki (distal) uchi (epifiz) yo'g'onla-
shib, tashqi to'piqni tashkil qiladi.
6
a
4 1-rasm. Boldir
suyaklari.
a -
k atta b o ld ir
suyagi;
b -
kichik
boldir suyagi;
I -
d o ' m b o q c h a ,
te p a lik ;
2 , 1 0 -
lateral va medial
do'nglar;
3 -
suyak
g'adir-buduri;
4 -
katta boldir suyagi
tanasi; 5 - kichik
b o ld ir
s u y a g i
tanasi;
6 -
oldingi
q irra;
7 - ich k i
to'piq;
8 -
tashqi
to'piq; 9 - k ic h ik
boldir
suyagi
boshchasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
O y o q p a n j a s i s k e l e t i (42-rasm) kaft oldi qismi, oyoq kafti
va oyoq barmoqlaridan tuzilgan.
Kaft oldi qismi yettita kalta g'ovak suyaklardan tashkil topgan bo'lib,
kaft usti suyaklari singari ikki qator joylashgan: 1) orqa yoki proksimal
qator ikkita (oshiq va tovon) suyakdan iborat; 2) oldingi, qayiqsimon
suyak, distal qator uchta ponasimon va kubsimon suyaklardan tuzilgan.
Odam gavdasining vertikal holatga o'tishi oyoq panjasining skelet
tuzilishida ham o'z izini qoldiradi. Natijada oyoq panjasi tayanch vazifa
sini bajarishga va gavda og'irligini ko'tarib yurishga
moslashadi. Shuning uchun odamda tovon suyagi
ancha yo'g'onlashgan, orqadan oldinga (bo'yiga)
uzunlashgan va mustahkam bo'ladi. Oshiq suyak
esa tovon suyagining ustida joylashgan bo'lib,
yuqorida boldir suyaklari bilan, old tomonda
qayiqsimon suyak bilan bo'g'im hosil qilib birla
shadi. Binobarin, oshiq suyakning tuzilishi va uning
bo'g'im yuzalari ana shunga moslashgan. Qolgan
suyaklar ham gavda og'irligini ko'tarib yurishda
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun oyoq pan
jasi suyaklari asta-sekin kattalashgan va oyoq
gumbazi hosil qilib o'zaro qo'shilib joylashgan.
O y o q k a f t i beshta oyoq kafti suyaklari-
dan tashkil topgan. Bu suyaklarning tuzilishi qo'l
kafti suyaklariga o'xshagan, bularda ham proksi
mal uch yoki asos, tana va distal uch yoki boshcha
bo'ladi. Oyoq kafti suyaklari katta-kichik bo'lib,
biri boshqasiga qaraganda kaltaroq va yo'g'onroq
bo'lsa, ikkinchisi hammasidan uzun va hokazo.
Oyoq kafti suyaklari bir-biridan uzunasiga oraliq
bo'shliq bilan ajralib turadi.
Oyoq barm oqlari falanga suyaklari q o 'l
barmoqlari falanga suyaklari singari tuzilgan. Bosh
barmoq ikkita, II—V barmoqlar uchtadan falanga
7 - p 0 n a sim o n su yak lar;
suyaklaridan iborat bo'lib, timoq falanga suyaklari-
s - o y o q kafti suyaklari; 9,
ning distal uchlari g'adir-budur yuza bo'lib tugaydi.
I0- 11 ~
falangalar.
O Y O Q S U Y A K L A R IN IN G B IR L A S H IS H I
Chanoq suyaklarining birlashishi (43-rasm). Chanoqni hosil qilishda
ikki yonboshdan chanoq suyaklari, orqa tomondan dumg'aza va dum
suyaklari qatnashadi. Chanoq suyaklari old tomonda qovuq yarim bo'g'imini
(simfiz), orqa tomonda dumg'aza-chanoq bo'g'imini hosil qilib, qo'shila
di va turli boylamlar bilan mustahkamlanadi.
42-rasm . O yoq panjasi
skeleti.
I -
tovon suyagi; 2 - oshiq
suyak;
3 -
kubsimon suyak;
4 -
aaviasim on suvak:
5. 6
www.ziyouz.com kutubxonasi
43-rasm . Chanoq suyaklarining birlashishi.
/ - y o n b o s
b e l
b o y la m i;
2 - u m u rtq a
pog'onasining oldingi uzun boylami;
3
- yonbosh-
dumg'aza boylami;
4 -
bel umurtqasi; 5 - katta
quymich teshik;
6
- dumg'aza o'siq boylami; 7 -
dumg'aza do'mboq boylami;
8 -
kichik quymich
te sh ik ; 9 - d u m g ' a z a d u m s im o n -s u y a k la r
birlashishi;
/ О -tep a lik ;
1 1 -
oldingi pastki
o'tkir o'siq;
1 2 -o ld in g i yuqorigi o'tkir
o'siq;
13 -
yonbosh suyagi.
1.
Dumg‘aza-chanoq bo‘g‘imi -
ikkala suyakning quloqsimon
yuzalari b irlashishidan hosil
bo'lgan yassi bo'g'im. Bo'g'im
xaltasi kalta va tarang tortilgan
bo'lib, bo'g'im bo'shlig'i juda tor
oraliqdan iborat, old va orqa
tomonda bir necha boylamlar bilan
mustahkamlangan. Shuning uchun
bo'g'im erkin harakat qila olmaydi.
Yonbosh suyagi qirrasining
orqa qismidan boshlangan boy
lam tolalari beshinchi bel umurt
qasining ko'ndalang o 's ig 'ig a
mustahkam tortilib birlashadi.
Quyidagi ikkita pishiq boylam
lar chanoq suyagi bilan dumg'a
za suyagi o'rtasid a tortilgan.
Bulardan biri dumg'aza suyagi
chetidan boshlanib, quym ich
d o 'n g ig a yopishadi va katta
quymich kemtigini shu nomli
teshikka aylantiradi. Ikkinchi
boylam du m g'aza suyagidan
boshlanib, chanoq suyagidagi
quymich qirrasiga yopishadi va
kichik quymich kemtigini teshikka aylantiradi.
2.
Old tomondan ikki qov suyaklarining yassi yuzalari bir-biri bilan
qo'shilib, yarim (chala) bo'g'im hosil qiladi. Bo'g'im yuzalari orasida
tog'ay diski va tor bo'g'im bo'shlig'i bo'ladi. Qov suyaklarini uning
ustidan qov boylami, past tomondan qov ravog'ining boylami birlashtirib
turadi. Homilador ayollarda yuqorida bayon etilgan qov suyaklari bo'g'im i,
dumg'aza-yonbosh bo'g'im i va dumg'aza-dum birlashmalari cho'zilib,
chanoq bo'shlig'ini kattalashtiradi va chaqaloqning tug'ilish jarayoniga
normal sharoit yaratadi.
Katta chanoq bilan kichik chanoqni ajratib turadigan chegara chiziq
ikki tomondagi yonbosh suyagining ravoqsimon chizig'i bilan qov suya
gi ustki qirg'og'ining o'zaro birlashishidan hosil bo'ladi.
Katta chanoq ikki yon tomondan pastki ikkita bel umurtqasining tanasi
bilan o'ralgan bo'lib, old tomoni suyakdan xoli, ochiq, faqat qorin devori
muskullarining pastki qismidan iborat. Katta chanoq bo'shlig'i qorin bo'shli-
g'ining davomi bo'lib, unda ichaklar joylashgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kichik chanoqning orqa devorini dumg'aza va dum suyaklari, ikki
yon devorini chanoq suyagining quymich kosasi sohasi hamda shu atrof-
dagi boylamlar tashkil qiladi.
Kichik chanoqning pastki chiqish teshigi quymich va qov suyaklari
ning butoqlari, quymich suyagining do‘mbog‘i, dumg‘aza-do‘mboq boy
lami va dumsimon suyaklar bilan chegaralangan.
Balog'atga yetgan qizlar chanog'i erkaklar chanog'iga nisbatan kalta-
ligi, bo'shlig'ining keng bo‘lishi bilan farq qiladi. Yonbosh suyak qanotlari
ayollarda tashqariga yotiqroq, erkaklarda tik holatda bo'ladi. Ayollar
chanog'ining kirish qismi ko'ndalang-oval shaklida, chiqish teshigi esa
erkaklamikiga nisbatan ancha keng. Ayollarning qov ravog'i (90— 100°)
ham erkaklarnikidan (70—75°) birmuncha kattaroq bo'ladi (44-rasm).
Chanoqning shakli va katta-kichikligi
ko'proq tug'ruq jarayonida ahamiyatga ega
bo'lganligidan uni tegishli o'lchovlar bilan
aniqlanadi. Jumladan: 1) o'tkir o'siq masofa-
si — ikki yonbosh suyagi oldining ustki o'tkir
o'siqlari oralig'i ayollarda 25—27 sm; 2) ustki
qirralar oralig'i — ikki yonbosh suyagi ustki
qirralari oralig'i 28—29 sm; 3) katta ko'stlar
oralig'i — ikki son suyagining katta ko'stlari
oralig'i 30—32 sm. Bu o'lchovlar erkaklar
da 2— 3 sm kam bo'ladi.
Kichik chanoqning kirish o'lchovini bilish
uchun uni uch tomonlama o'lchanadi. Oxirgi
bel umurtqasi bilan dumg'aza suyagi orali-
g'idan simfizning ustki chetiga qadar masofa
anatomik konyugataga yoki to'g'ri diametri
11
sm ga teng.
ch an og'i.
Ko'ndalang diametri kichik chanoqni katta chanoqdan chegaralab tu
radigan chiziqning eng uzoq nuqtalari orasidagi masofa o'rtacha 13 sm.
Kichik chanoqning chiqish teshigi quyidagi o'lchovlarda o'lchanadi:
1) ko'ndalang diametri - quymich suyagining ikkita do'mboqlari ora
sidagi masofa 11 sm;
2) to'g'ri diametri — simfizning pasti bilan dumsimon suyak uchi
oralig'i bo'lib, 9,5 — 10 sm ga teng. Bu diametr ayollarning tug'ish
jarayonida 14 — 15 sm gacha kattalashadi.
Chanoq-son bo‘g ‘imi
Chanoq-son bo'g'im i (45-rasm) chanoq suyagidagi quymich kosasi
bilan son suyagining boshi birlashishidan paydo bo'ladi. Quymich ko-
sasining qirg'og'ida chuqurchani kattalashtirishga moslashgan fibroz tog'ay
44-rasm . C hanoqlam ing jin siy
tafovuti.
A
- ayollar chanog'i;
В -
erkaklar
www.ziyouz.com kutubxonasi
45-rasm . C hanoq-son b o'g'im i.
I
- q o v
s u y a g i;
2 - q o v - s o n
boylami; 3 - yop g'ich kanal;
4
-
yopg'ich fibroz parda; 5 - quymich
do'm bog'i;
6 -
kichik ko'st; 7 - son
suyagi;
8 -
b o'g'im kapsulasining
yopishgan chizig'i; 9 - katta ko'st;
1 0 -
yonbosh-son
boylami;
I I -
oldingi pastki o'tkir o'siq.
46-rasm . T izza b o 'g'im i.
1
- orqadagi kesishgan boylam;
2 - oldingi kesishgan boylam; 3 -
ko'ndalang boylam;
4
- menisk;
5 - t i z z a qop qog'i boylam i; 6 -
t i z z a q o p q o g ' i ;
7 - b o ld ir
s u y a k la ri o ra liq p ard asi;
8 -
kichik boldir; 9 - k ic h ik boldir
suyagi boshi boylam i; / 0 - s o n
ikki b o sh li m u sk u lin in g payi;
/ / - m e n i s k ;
12 -
kichik boldir
yonlam a boylam i.
labi bor. Bo‘g ‘im xaltasi erkin joylashgan
bo'lib, son suyagi boshining harakat qili-
shiga xalaqit bermaydi. Chanoq-son b o 'g 'i
mi quyidagi boylam lar bilan mustah-
kamlanadi: 1) yonbosh-son boylam i—
bo'g'imning eng baquvvat va katta boylami.
U bo'g'imning old tomonida yonbosh su
yagining pastki o 's ig 'id a n boshlanib,
ko'stlararo chiziqqa kelib yopishadi va
odamning tik turishida muhim rol o'ynay
di; 2) quymich-son boylami orqa tomon
dan, quymich suyagining bo'g'im iga yaqin
joylashib, bo'g'im xaltasiga chatishib kat
ta ko'stga borib yopishadi; 3) qov-son
boylami medial (ichkari) tomondan, qov
suyagining ustki shoxidan boshlanib, ki
chik ko'stga yopishadi. Chanoq-son b o 'g 'i
mi garchand yong'oqsimon bo'g'im lar tur
kumiga kirsa ham, yuqorida keltirilgan
uchta boylam bo'g'imining bemalol erkin
harakat qilishiga imkon bermaydi. Bular
dan tashqari, bo'g'im ichidagi boylam quy
mich chuqurchasidan boshlanib, son suya
gining boshidagi chuqurchaga kelib yopi
shadi va son suyagining mustahkam ushla-
nib turishiga yordam beradi. Chanoq-son
b o 'g 'im i atrofidagi muskullar b o 'g 'im
harakatida boylamlaming unchalik tarang-
lanmasligiga imkon beradi. Bo'g'im yon
g'oqsimon shaklda bo'lib, frontal o'qida ta
naga yaqinlashishi va uzoqlashishi, tik o'qi
bo'ylab tashqari hamda ichkariga aylanishi
va doira shaklida harakat qilishi mumkin.
Tizza bo‘g‘imi
Tizza bo'g'imi (46-rasm) uchta suyak
(son suyagi, katta boldir suyagi va tizza
qopqog'i suyagi) orasida hosil bo'ladi, ya’ni
son suyagining ichki va tashqi do'nglari-
dan bo'rtib chiqqan bo'g'im yuzalari katta
boldir suyagi ichki va tashqi do'nglarining
botiqroq bo'g'im yuzalari bilan birlashadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Old tomonda esa tizza qopqog'ining orqa bo‘g ‘im yuzasi son suyagining
do'ng oraliq bo'g'im yuzasiga tegib turadi. Tizza bo'g'imini hosil qilish
da ishtirok etgan son va katta boldir suyaklari bo'g'im yuzalarining o'zaro
mos bo'lmagan qismini yarim oy shaklidagi tog'ay plastinka (menisk)lar
to'ldiradi. Menisklarning tashqi chetlari qalin bo'lib, bo'g'im xaltasiga
yopishib tursa, ichki chetlari yupqa va erkin bo'ladi. O 'ng va chap to
mondagi menisklar old tomondan ko'ndalang boylam bilan tutashsa, tizza
bo'g'im i xaltaning ichida va tashqarisida joylashgan boylamlar bilan mus-
tahkamlanadi.
Tizza bo'g'im i ichida ko'ndalang boylamdan tashqari, old va orqada
kesishgan boylamlar bo'ladi. Bo'g'im tashqarisida esa suyaklarning ikki
yonboshida joylashgan yonlama boylamlar bilan suyaklar o'zaro mustah-
kamlanadi. Old tomondan sonning to'rt boshli muskul payi tizza qopqog'iga
yopishib, uning xususiy boylami sifatida davom etadi va katta boldir
suyagining do'ngiga yopishadi.
Bo'g'im xaltasining ichki (sinovial) qavati bir necha burmalarni hosil
qiladi. Shulardan kattasi tizza qopqog'i sinovial xaltasi bo'lib, to'rt boshli
muskulning payi bilan son suyagi distal qismining old yuzasi o'rtasida
joylashgan. Tizza bo'g'im i g'altaksimon bo'g'im bo'lib, bunda bukilish
va yozilish, ichkari va tashqariga chegaralangan burilish ro'y beradi.
B O L D IR SU Y A K L A R IN IN G B IR L A S H IS H I
Katta va kichik boldir suyaklarining tepa uchlari o'zaro yassi bo'g'im
hosil qilib birlashadi. Shuning uchun bu bo'g 'im harakatsiz bo'g'im
turkumiga kiradi. Katta va kichik boldir suyaklarining pastki uchlari
birikishidan harakatsiz bo'g'im vujudga keladi va boylamlar bilan mus-
tahkamlanadi.
Suyak tanalarining bir-biriga qaragan chetlari o'zaro fibroz parda bilan
tutashgan bo'lib, faqat tepa qismidagi teshikchalardan qon tomirlar o'tadi.
Suyaklararo parda boldir suyaklarini bir tekis ushlab turishga xizmat qiladi.
O s h i q - b o l d i r b o ' g ' i m i (47-rasm). Ikki boldir suyagining pastki
uchlaridagi bo'g'im yuzalari oyoq panjasi oshiq suyagining ustki yuzasi
ga, boldir suyaklaridagi to'piqlarning yuzalari esa oshiqning ikki yon
yuzasiga to'g'ri keladi. B o'g'im xaltasi birmuncha bo'sh tortilganligidan
turli harakatlarga xalaqit bermaydi. Oshiq-boldir bo'g'im i boldir suyakla
rini oshiq, qayiqsimon, tovon suyaklari bilan tutashtirib turuvchi har
tomonga yo'nalgan boylamlar bilan mustahkamlangan. B o'g'im shakl
jihatidan g'altaksimon bo'g'im lar turkumiga kiradi va faqat bir o'q (ko'nda
lang o'q) atrofida bukilish va yozilish harakati bo'ladi. Oyoq panjasi
pastga bukilib turganda uni ikki yon tomonga bir oz harakatlantirish
mumkin.
O y o q p a n j a s i s u y a k l a r i n i n g o ' z a r o b i r i k i s h i . Oyoq
panjasi suyaklari tuzilishi jihatdan har xil bo'lganidan xilma-xil, murak-
www.ziyouz.com kutubxonasi
47-rasm . O shiq-boldir b o 'g 'im i.
/ - b o ' g ' i m b o 'sh lig 'i; 2 - m e d ia l tom on
dagi boylam ;
3, 4, 11, 12 -
oyoq tovon oldi
suyaklarini o'zaro birlashtiruvchi b oylam
lar;
5, 7 -
kaft-falangalar oraliq boylamlari;
6 -
falangalar oraliq boylami;
8 -
kaft suyaklari
oraliq boylami; 9 -to v o n -k a ft boylami;
1 0 -
ayrisimon boylam;
13
- tovon-kichik boldir
boylami:
14 -
oshiq-kichik boldir boylami;
15
- boldir suyaklari oraliq
boylami.
kab bo'g'imlar hosil qilib o'zaro turli
boylamlar bilan birlashgan. Bular
orasida Shopar bo'g'im i jarrohlikda
katta ahamiyatga ega bo'lishi bilan
ajralib turadi. Bu b o 'g'im tovon
kubsimon suyak bo'g'imi bilan oshiq
va qayiqsimon suyaklar o'rtasidagi
bo'g'imlardan tashkil topgan. Shopar bo'g'im i ayrisimon boylam bilan
mustahkamlanadi va Shopar bo'g'im i kaliti deb ataladi. Bu bo'g'im bir
o'qli bo'lib, bir oz ichkariga va tashqariga buriladi.
K a f t
u s t i
v a
k a f t
s u y a k l a r i
o ' r t a s i d a g i b o ' g ' i m l a r (48-rasm). Bu
bo'g'imlar ponasimon, kubsimon suyaklar va kaft
suyaklarining o'zaro qo'shilishidan hosil bo'lib,
yarim bo'g'im lar turkumiga kirganligidan hara
kati juda cheklangan. Bu bo'g'im kaft usti to
mondan hamda ikki yon tomondan boylamlar
bilan mustahkam birlashib turadi. Bulardan kaft
usti-kaft suyaklari oralig'idagi medial boylam
Lisfrank bo'g'im i kaliti hisoblanib, jarrohlikda
uning katta ahamiyati bor.
Kaft suyaklari bilan barm oq suyaklari
o'rtasidagi b o 'g 'im la r va barmoq suyaklari
oyoqda ham qo'ldagi shu xildagi bo'g'imlarga
o'xshash tuzilgan. Kaft suyaklari o'rtasidagi
bo'g'imlarda bukilish-yozilish harakatlaridan ta
shqari bir oz uzoqlashish-yaqinlashish harakat
lari ham bo'ladi. Barmoq suyaklari o'rtasidagi
bo'g'imlarda esa faqat bukilish va yozilish hara
kati mavjud.
Oyoq panjasi yurishga moslashganligi bilan
uzun boylami;
10 -
kaft oraliq
qo'l panjasidan tubdan farq qiladi. Qo'l panjasi
boylam lari.
odamda mehnat quroliga aylangan, oyoq panjasi
48-rasm . O yoq kafti
boylam lari.
1, 4, 6 -
k a ft
u s t i- k a f t
boylam lari; 2,
3, 5, 8, 9 -
muskul paylari; 7 -k a ftn in g
www.ziyouz.com kutubxonasi
esa gavda og'irligini ko'tarib turish va yurishga moslashgan. Bu hoi
oyoq panjasining faqat shakliga emas, undagi suyaklarning tuzilishi va
joylanish tartibiga ham ta’sir etgan. Jumladan, oyoq kaftida gumbaz vujudga
keladi va kuchli kaft boylami tovon suyagidan boshlanib, kaft va barmoq
suyaklariga tarqalib, yopishib mustahkamlanadi. Agar bu boylam bo'sha-
shib, panjaning gumbaz holati yo'qolsa, yalpoq panja (yassi oyoqlik)
vujudga keladi, bunda yurish qiyinlashadi, ya’ni qadam tashlaganda gav
da og'irligini yengillatish—amortizatorlik vazifasi bir qadar yo'qoladi.
Dostları ilə paylaş: |