14-rasm. Uchta embrion varaqlaridan
rivojlangan a'zolar.
1
-ekloderma; 11-endoderma, III-mezo-
derma; a - ichaklar va bezlar; b -
suyaklar va qon tomirlar; d - nervlar
va teri epiteliylari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
tuklar, teri bezlari, burun, o g ‘iz va orqa chiqiruv teshigi shilliq qavatining
epiteliy si, nerv sistemasi va sezgi a’zolarining epiteliy lari paydo bo'ladi.
2. Embrionning ichki varag'i — endodermadan ovqat hazm qilish sis
temasi shilliq qavatining epiteliysi va ularning bezlari, nafas a ’zolarining
talay qismi va qalqonsimon, buqoq bezlarining epiteliylari hosil bo'ladi.
3. Embrionning o 'rta varag'i — mezodermadan skelet muskullari,
seroz bo'shliqlarining mezoteliysi, jinsiy bezlar va buyrak kurtaklari
rivojlanadi. B ulardan tashqari, m ezoderm aning orqa segm entlaridan
biriktiruvchi to'qim a — mezenxima paydo bo'ladi. M ezenximadan esa
hamma biriktiruvchi to'qim alar, shu jumladan suyak va tog'ay to'qim ala
ri ham rivojlanadi. Embrion rivojlanishining dastlabki davrlarida mezen
xima kerak bo'lgan ovqat moddalarini yetkazib beradi, ya’ni trofik vazi
fani bajaradi. Keyinchalik undan qon, limfa, qon tomirlar, limfa tugunlari
va taloq vujudga keladi. Embrionning rivojlanishi haqida fikr yuritganda
uning o'sishi uchun kerak bo'lgan moddalami yetkazib beradigan tashqi
tuzilmalami ham nazarda tutish lozim. Jumladan, embrion o'zining ko'p
hujayrali shar davrida ichki tuguncha (embrioblast) va tashqi hujayra
qavati trofoblastga ajraladi, trofoblast embrion yordamida bachadonning
shilliq qavatiga asta-sekin o'tiradi, bunga payvandlanish (implantatsiya)
deb ataladi. Shu davrda embrion bilan ona tanasini bog‘lab turadigan va
embrionning normal o'sishi uchun kerakli moddalarni yetkazib berib tu
radigan yangi a’zo paydo b o 'la boshlaydi. Bunga yo'ldosh deyiladi.
Yo'ldosh rivojlanib kelayotgan bir paytda embrionning tashqi tomonida
bitta bo'rtm a paydo bo'ladi, chambarak singari buralib, asta-sekin tizim-
cha shaklini oladi. Shunday qilib, embrionni yo'ldosh bilan birlashtirib
turadigan kindik tizimchasi vujudga keladi.
Embrion taraqqiyotining boshlang'ich davrida sariq yo'l yoki sariq
tizimcha paydo bo'lib, u ichakdan embrionning tashqarisiga bo'rtib chiq
qan qismi (sariq xaltasi) bilan ichakni birlashtirib turadi. Mezoderma
hujayralarining moddasi (qorin poyasi) yo'l hosil qiladi va ichak mezo-
dermasining alohida o 'sig 'i — siydik xaltachasidan o'sib chiqqan allantois
(kolbasasimon) ana shu yo'ldan o'tib, bachadonning shilliq pardasiga
boradi. Allantois bilan birga o 'sib chiqqan kindik qon tomirlari ham
bachadonning shilliq qavatiga boradi. Shunday qilib, yo'ldoshda qon ay-
lanish vujudga keladi va ona bilan embrion o'rtasida moddalar almashinuvi
jarayoni boshlanadi.
O'sayotgan embrion ikkita parda bilan o'raladi. Ichki parda — amnion
pardaning ichi oqsil suyuqligi (qog'anoq suvi) bilan to'lgan bo'lib, unda
embrion qimirlab (suzib) turadi. Amnionni ust tomondan xorion (kiprik
parda) o'ragan bo'lib, uning kipriklari ko'pchilik sathda yo'qoladi. Xori-
onning qolgan kiprikli qismiga qon tomirlar qo'shiladi. Ana shu qismi
yo'ldosh hosil bo'lishida qatnashadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shunday qilib, odam embrionining takomillashishi 40 hafta (10 oy)
davom etadi. Bundan dastlabki 8 haftasi embrion (pusht) davri bo'lib,
bunda barcha a’zolarning kurtaklari paydo bo'ladi. Keyingi homiladorlik
32 hafta davom etadi. Bu vaqtda hamma a ’zolar takomillashib homila
kattalashadi.
A’ZOLAR VA ULAR SISTEMASI
A ’zolar organizmning ajralmas bir qismi bo'lib, m a’lum shaklga ega.
Ular tarkibida, uni tashkil qilgan asosiy to'qim alardan tashqari nerv, qon
tomirlar va biriktiruvchi to'qim alar ham bo'ladi. Masalan, muskullaming
asosi muskul to'qim asi hisoblanadi. A’zolar organizmda m a’lum vazifani
bajaradi
va gavdani tashqi muhitga moslashtiradi. Ular organizmning
evolutsion rivojlanish jarayonida mavjud m uhitga m oslashgan holda
saqlanishga, ko'payishga va hayot kechirishga moslashib, nasldan-naslga
o'tib boradi. A ’zolar organizmdan tashqari sharoitda hayot kechira olmaydi.
A’zolarning tuzilishi bilan funksiyalari doimo bir-biriga chambarchas
bog'liq. Shuning uchun a’zolaming tuzilishi, shakl o'zgarishi ularning
funksiyalari va aksincha, funksiyalarning o'zgarishi a’zolaming hajmi va
tuzilishiga ta’sir etadi. Bundan tashqari, a’zolaming tuzilishi, shakli va
vazni jinsga hamda yoshga qarab o'zgara boradi.
Organizmda bir xil vazifani bajaruvchi a’zolar o'zaro birlashib, a’zolar
sistemasini vujudga keltiradi.
A ’zolar sistemasi tuzilishi, vazifasi va shakllanishi bilan bir-biriga
o'xshash bir qancha a’zolami o 'z ichiga oladi.
Har xil tuzilish va shakllanishdagi turli a ’zolar yoki sistemalar birgalikda
bir xil vazifani bajaradi va a ’zolar apparatini hosil qiladi. Jumladan,
harakat a’zolari yoki harakat apparati suyaklardan (skelet), ularni birlash
tiruvchi boylamlar (bo 'g 'im va boylamlar) va skelet muskullaridan tuzilgan.
Bu harakat apparati yordamida organizm harakat va ishlash qobiliyatiga
ega bo'ladi. Bulardan tashqari, tayanch va mudofaa vazifalarini bajaradi.
Jumladan, kalla bo'shlig'i, ko'krak qafasi, umurtqa pog'onasining kanali
va chanoq bo'shlig'ida joylashgan a’zolar o 'z funksiyasini tashqi muhit
ta’siridan xoli bo'lgan holda bajaradi.
Shunday q ilib , organizm — a ’zo lar sistem asid an , a ’zolar esa
to'qimalardan, to'qim alar esa to'qim a elementlaridan iborat. Biroq butun
organizm ni bir y o 'la o 'rg a n ish birm uncha qiyinligi sababli, odam
anatomiyasini ham alohida bo'lim larga ajratgan holda o'rganiladi. Ular
quyidagilardan iborat:
1. Suyaklar haqidagi ilm (osteologiya) odam organizmi suyaklari
(skelet)ni o'rganadi.
2. B o'g'im lar (boylamlar) haqidagi ilm suyaklarning o'zaro birlashuvi
— bo'g'im lam i o'qitadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Muskullar haqidagi ilm (miologiya)da skelet muskullarining tuzilishi,
ularning shakli va organizmdagi mohiyati o'rganiladi.
4. Ichki a’zolar haqidagi ilm — ovqat hazm qilish a’zolari, nafas
a’zolari sistemasi va siydik hamda jinsiy a’zolar sistemasini o'rganadi.
5. Qon tomirlar sistemasi organizmda muhim vazifani bajaradi. Tomirlar
ichidagi suyuqlik (qon va limfa) to'qimalarning hayoti uchun zarur bo'lgan
barcha m oddalarni yetkazib beradi, chiqindi (organizm ga kerakmas)
moddalarni ma’lum a ’zolarga olib boradi. Qon tomirlar sistemasi yurak,
arteriyalar, venalar, lim fa tom irlari va kapillarlar singari murakkab
tuzilmalardan iborat.
6. Nerv sistemasi bosh miya, orqa miya va ulardan chiquvchi nervlar-
dan tashkil topgan. Bosh miya bilan orqa miya markaziy nerv sistemasini,
ulardan tarqaluvchi nervlar — periferik va vegetativ nerv sistemasi tashkil
etadi. Nerv sistemasi organizmdagi turli a’zolaming funksiyalarini idora
qiladi, organizmni o'rab turgan tashqi muhitdan ta’sirotlami qabul qilib,
ularga munosib javob qaytarish yo'li bilan organizmni tashqi muhit bilan
uzviy bogiaydi.
7. Sezgi a’zolari yoki analizatorlar eshitish va muvozanat saqlash
a’zosi, ko'rish, ichki va tashqi muhitdan keladigan turli ta’sir (hidlar,
maza bilish, harorat, turli og'riq va h.k.) larni qabul qilishdan iborat.
8. Ichki sekretsiya bezlari gormonlari — maxsus kimyoviy tuzilmalar
dan iborat suyuqlik ishlab chiqaradi va qon orqali organizmga tarqatib,
uning faoliyatini tartibga solib turadi.
ODAM GAVDASINING QISMLARI, O'LCHOVLARI,
YOSHGA VA JINSGA OID MASALALAR
Odam gavdasi bir qancha bo'laklardan iborat. Odam kallasi bo'yin
vositasida tanaga qo'shilib turadi. Odam gavdasi ko'krak qafasi, qorin va
chanoq bo'shliqlaridan, ikki qo'l va ikki oyoqdan iborat. Bulardan qo'llar
gavdaning yuqorisida joylashgan bo'lsa, oyoqlar tanaga pastdan birlashgan.
Ko'krak qafasi ichidagi a’zolarning turgan joylarini sirtdan turib aniqlash
uchun bir qancha bo'ylam a, tikka chiziqlardan foydalaniladi:
1) o 'rta chiziq — gavdaning qoq o'rtasidan o'tadi;
2) to'sh chizig'i — to'sh suyagining ikki cheti bo'ylab o'tadi;
3) to'shning yonbosh chizig'i — ko'krak bezi va to'sh chiziqlari
o'rtasidan o'tadi;
4) sut bezi chizig'i — shu bezning so'rg'ichi ustidan o'tadi;
5) oldingi qo'ltiq chizig'i — qo'ltiqning oldingi qirrasidan boshlanadi;
6) qo'ltiq o'rta chizig'i — qo'ltiqning o'rta qismidan boshlanadi;
7) qo'ltiq orqa chizig'i — qo'ltiqning orqa qirrasidan o'tadi;
8) kurak chizig'i — kurakning pastki burchagidan pastga o'tadi;
9) umurtqa pog'onasi chizig'i — umurtqa pog'onasining ikki yonbo-
shi bo'ylab o'tadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Odamning
qorin
sohasi
ham ikkita gorizontal chiziq vositasida
ustma-ust joylashgan uchta bo'lakka (qavatga) ajraladi,
chiziqlarning
biri ikkala tomondagi to'qqizinchi qovurg'alarning uchlarini birlashtiradi,
ikkinchisi esa yonbosh suyaklarining oldingi tomondagi ustki qirra o'siq-
larini b ir-birig a q o 'sh a d i. Bu ch iziq lar o ‘rtasidagi b o ‘lak lar (eng
yuqorisidagi) qorin usti, qorin o'rta va qorin pastki bo'lagi deb ataladi.
Qorinning uchala bo'lagi o 'z navbatida ikkita vertikal chiziq vositasida
yana uchtadan sohaga ajraladi. Ustki qavatning o'rta (markaziy) bo'lakchasi
to'sh osti va ikki tomondagi bo'laklari esa o'ng va chap qovurg'a osti
sohalari deb ataladi. O 'rta qavatdagi bo'laklar kindik sohasi, chap va
o 'ng qorin (bel) sohalari deyiladi. Nihoyat, uchinchi pastki bo'Iak o'rtada
— qov sohasi va ikkita chov (chap va o'ng) sohalariga bo'linadi. Odamning
qo'li yelka, tirsak, bilak va panjalarga bo'linsa, oyoq son, tizza, boldir
va oyoq panjasidan tuzilgan.
Odam gavdasining shakllari jinsga, yoshga, irqqa, naslga, tashqi muhitga
qarab aniqlanadi va organizm konstitutsiyasi turlarini bildiradi. Lekin
buning uchun organizm morfologiyasi hamda fiziologiyasi to'g'risidagi
dalillardan tashqari, gavda va uning alohida bo'laklari hajmlarini ham
e ’tiborga olish lozim. Bunda gavdaning tikka turgan holatdagi uzunligi
(bo'yi) asosiy rol o'ynaydi.
Deniker ma’lumotlariga qaraganda, erkak kishining o'ziga xos normal
bo'yi 135 sm dan 190 sm gacha; ba’zan bundan ham bo'ychan odamlar
uchraydi, ularning bo'yi, hatto 2,7 m gacha yetadi. Ammo yer sharining
hamma qit’alaridagi o'rta bo'yli odamlarning bo'yi o'rta hisobda 146—
175 sm bo'ladi.
Odam gavdasidagi alohida bo'laklarning uzunligi haqida to'xtalgan-
da, ularning bir-biriga munosabatini e ’tiborga olish zarur. Biroq k o 'p
vaqtlardan buyon rasso m lar, a n tro p o lo g lar odam gavdasi alohida
bo'laklarining o 'zaro munosabatini aniqlashda maxsus qoidalarga amal
qilib keldilar. Organizm alohida bo'laklarining katta-kichikligi odam
gavdasining umumiy uzunligiga nisbatan protsent hisobida aniqlanadi.
Gavda qismlarining ba’zi muhim o'lcham lari 29 yoshli, bo 'y i 170 sm
uzunlikdagi so g 'lo m erkakni o 'lch ab , quyidagi jadval tuzilgan. Bu
jadvalda keltirilgan m a’lum otlar faqat bitta odamga taalluqli b o'lsa ham
katta odam gavdasi alohida qism larining bir-biriga m unosabatlarini
yetarlicha ravshan k o 'rsata oladi.
Yuqorida keltirilgan odam gavdasining o'lcham lari bilan bir qatorda
uning og'irligi ham katta ahamiyatga ega bo'lib, o 'rta yoshdagi erkaklar-
da u 65 kg ga teng.
J i n s i y a l o m a t l a r . Odamni erkak va ayollarga ajratib turadigan
belgilari ikki xil bo'ladi, birinchidan, bu vazifani, asosan, jinsiy a’zolar,
bezlar o'tasa, qolgan alomatlar ikkilamchi jinsiy belgilar hisoblanadi.
Jumladan, ayollar b o 'y i erkaklar bo'yidan pastroq (Deniker m a’lumoti),
www.ziyouz.com kutubxonasi
29 yoshli erkak gavdasining qismlari
O'lchamlar
sm
protsent
Bo'yi
170,5
100
Boshining uzunligi
23,2
13,45
Tanasining uzunligi
52,3
30,6
Gavdaning yuqori qismi uzunligi
85,3
50
Gavdaning pastki qismi uzunligi
85,2
50
Oyoq uzunligi
88,3
51,75
Qo'l uzunligi
76,9
45,02
Yelkalar o'rtasidagi masofa
42,3
24,7
Yonbosh suyaklar qinalari o'rtasidagi masofa
29
16,95
Son suyaklari katta ko'stlari o'rtasidagi masofa
32,9
19,29
E s l a t m a : jadval N. К. Lisenkov, V. I. Bushkevich, M. G. Priveslaming «Odam
anatomiyasi» darsligidan olindi.
ular og'irligi o 'rtach a 55 kg. Ayollar tanasi erkaklar tanasiga qaraganda
uzunroq, q o 'l va oyoqlari esa kaltaroq, yelkalar uzunligi qisqaroq,
gavdasining pastki qismi (chanoq bo'lagi) kengroq, ya’ni kattaroq bo'ladi.
K o'krak qafasi erkaklarga nisbatan kalta va torroq, qorinlari kattaroq,
erkak m uskulining jami og'irligi gavda umumiy og'irligining 40% ini,
ayollarda 32% ini tashkil qiladi. Shuning uchun ayollar erkaklarga
qaraganda birm uncha kuchsizroq bo'ladi. Bundan tashqari, ayollar terisi
kam tukli b o 'lib , to'qim alari va sut bezlari juda yaxshi rivojlangan.
Erkaklar terisi esa sertuk (ayniqsa, yuzda), dag'alroq, sut bezlari qoldiq
sifatida bo'ladi.
Y o s h x u s u s i y a t l a r i .
Yangi tug'ilgan chaqaloq gavdasining
shakli va uning hajmi o'rta yashar odamning gavdasidan keskin farq
qiladi. Chaqaloq bo'yining uzunligi 50 sm, og'irligi 3250— 3500 g bo'lib,
kallasi bo'yining 1/4 bo'lagiga (kattalarda esa 1/7— 1/8 bo'lagiga) teng.
Chaqaloqning oyoqlari juda kalta, uzunligi deyarli qo'llari uzunligiga
teng, qomi ko'kragiga qaraganda ko'tarilgan, chanog'i tor bo'ladi. Bola-
ning tug'ilgandan keyingi o'sishi to 'rt davrga ajratib o'rganiladi.
1. Chaqaloqning tishlari chiqmagan, emish davri — 1 yoshgacha.
2. Sut tishlarining chiqqan davri (2— 7 yoshgacha), betaraf davri —
bu vaqtda o 'g 'il bolalar bilan qizlarning ikkilamchi tashqi belgilari unchalik
rivojlanmagan bo'ladi.
3. Biseksual bolalik davri — 8— 15 yoshgacha bo'lib, o 'g 'il bolalar
bilan qizlar gavdasining tashqi ko'rinishida ikkilamchi belgilar rivojlanib,
bir-biridan juda yaxshi farq qiladi.
4. Balog'atga yetish davri — (15— 20 yosh), bu davrda o 'g 'il bolalar
o'spirin bo'lib, qizlar balog'atga yetadi.
Shunday qilib, yuqorida ko'rsatilgandek, bolalar tug'ilgandan keyin
organizmdagi o 'sish jarayoni faqat embrion rivojlanishi davridagi mavjud
qism larning kattalashuvi hisobiga b o 'lad i. Umuman o 's is h jarayoni
www.ziyouz.com kutubxonasi
embrionda va tug'ilgan bolalarda bir tekis rivojlanmaydi. Jumladan, bo-
laning embrion davrida gavdasining yuqori qismi va kallasi yaxshi
takomillashgan bo'ladi. Chunki gavdasining bu bo'laklari yo'ldoshdan
keladigan toza qon bilan ko'proq ta’minlanadi (embrionning qon aylanish
sistemasiga qarang). Bola tug'ilgandan keyin oyoqlari tezroq rivojlanadi.
O 'g'il bolalar gavdasining bo'yiga qarab o'sishi 5—7 va 13— 16 yoshga,
qiz bolalarda 11— 14 yoshga to'g'ri keladi, organizmning umumiy o'sishi
esa 23—25 yoshgacha davom etadi. Odam gavdasining nisbati ham asta-
sekin o'zgara boradi. Yosh bolalarda gavdaning tepa hamda pastki, ya’ni
ikkita bo'lakka ajratib turadigan chiziqlari kindikdan o'tadigan bo'lsa,
organizm o'sgan sari bu chiziq pastki tomonga siljib boradi, katta odamlarda
qovuqning ustki qirrasiga to'g'ri keladi.
G A V D A Q O M A T I (K O N S T IT L T S IY A S I)
Agar har bir shaxs organizmining tuzilishi sinchiklab o'rganilsa, uning
anatomiyasida o'ziga xos alohida xususiyatlar borligini ko'ramiz. Bino
barin, har bir shaxsning morfologiyasi bilan fiziologiyasida ham ozmi-
ko'pmi farq borligi aniqlanadi. Ushbu xususiyatlar shifokorlarning kun
dalik ishlarida, turli qomatga ega bo'lgan odamlarning kasalligini aniq
lash jarayonida muhim rol o'ynaydi. Bu esa odam qomatini o'rganish
zaruratini tug'diradi.
Qomat tabiat va ma’lum bir jamiyat tuzumi ta’sirida odamga o'ziga
xos morfologik va fiziologik xususiyatlarga ega bo'lgan individual belgi
lar yig'indisidan vujudga keladi va organizmdagi hamma o'zgarishlarga
(betoblikka ham) bog'liq. Odam qomati o'z avlodidan (naslidan) orttirgan
asosiy xususiyatlarining yig'indisidan paydo bo'ladi. Qomatning rivojla-
nishida tashqi muhitning ta’siri juda muhim.
Odam bo'yining har turli bo'lishi
nasliga, ijtimoiy sharoitga, ishiga va
iqtisodiy ahvoliga bog'liq. Odam qoma
tini morfologik tuzilishiga qarab М. V.
Chernorutskiy 3 turga ajratgan (15-rasm).
1. Gipersteniklar (keng yelkali past
b o 'y lila r) — bunday odam larning
yelkalari keng, gavdalari vazmin, baquv-
vat va tiqmachoq semiz bo'ladi. Qo'l va
oyoqlari tanasiga nisbatan kalta, kalla,
ko'krak va qorin deyarli keng hajmda.
Ularning qorni ko'kragiga nisbatan kat
ta, tananing ko'ndalang o'lchami bo'yiga
nisbatan uzunroq bo'ladi.
2. A sten ik lar (uzun b o 'y li, tor
ko'kraklilar) — bo'ylari uzun, organiz
mi zaif taraqqiy etib, vazni yengil, qo'l
А
в
D
15-rasm. Gavda qomati.
A -asten ik ;
В
- norm ostenik;
D
-
giperstenik.
www.ziyouz.com kutubxonasi
va oyoqlari tanalariga qaraganda uzunroq, ko'kraklari qorin qismidan
katta, bo'yining uzunligi esa ko'ndalang uzunligidan ziyod bo'ladi.
3.
Normosteniklar (o'rta bo'ylilar) — yuqorida bayon etilgan giperste-
nik va asteniklaming oraliq shaklidagi odamlar o'rta bo'ylilar hisoblanadi.
Odam gavdasining tashqi tuzilishi ichki a’zolariga, qon tomirlari shakl-
lariga, tuzilishiga ham ta’sir qiladi. Jumladan, giperstenik odamning diaf-
ragmasi yuqori joylashgan bo'lib, yuragi, me’dasining hajmi katta va
ko'ndalangiga joylashgan, aortasi keng, o'pkasi qisqa va ingichka, ichagi
ko'proq gorizontal yo'nalishda taxlanib yotadi. Jigar, me’da osti bezi,
buyraklari va qora jigari (taloq)ning hajmi kattaroq.
Asteniklarda esa deyarli hamma a’zolari kichik bo'lib, pastroq joyla
shadi. Lekin bu turdagi odamning ko'kragiga nisbatan o'pkasining uzun
bo'lishi uni boshqa hamma a’zolardan ajratib turadi.
A n a to m iy a te rm in la ri
Odam organizmining barcha qismlarini, a’zolarining tuzilishini, shaklini
o'rganishda lotincha yoki yunoncha terminlar keng qo'llanadi. A’zolar
ning organizmda joylashib turgan о 'mini yoki ularning alohida qismlarini
a’zolarga nisbatan o'rganishdan ko'pincha anatomiyada mavjud bo'lgan
uchta: sagittal, frontal va gorizontal
sathdan (odam tikka turgan holatida)
foydalaniladi (16-rasm).
1. Sagittal sath odam tanasini
oldindan orqa tomonga qaratib boshi-
dan oxirigacha vertikal (tikka) kesilishi
natijasida hosil bo'ladi. Agar muz-
latilgan murdaning sagittal sathi qoq
o'rta qismidan teng ikkita — o'ng va
chap nimtalarga ajratilsa, o'rta cath
vujudga keladi.
2. Frontal (peshona) sath sagittal
sathga nisbatan to'g'ri burchak hosil
qilib yoki aniqrog'i odam peshonasi-
ga parallel holatda vertikal kesilganda
vujudga keladi.
3. Gorizontal sath fazoga (gori-
zontga) parallel yoki sagittal bilan
frontal sathlariga to 'g 'r i burchak
hosil qilib kesilganda hosil bo'ladi.
Odam organizmini o'rganishda va
uning alohida qismlarini, a ’zolarni
tekshirishda yuqorida ko'rsatilgan
uchta sathdan keng foydalaniladi.
/ - tikka (vertikal) o'q; 2 - k o ‘ndalang o'q;
3
- frontal (peshona) sath;
4
- frontal, gori
zontal va sagittal sathlar bo'ylab o'tkazilgan
o'qlar; 5 - frontal sathdagi chiziq; 6 - sagittal
o'q chiziq; 7 - sagittal sathdagi chiziq.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Organizmning tashqi muhit ta’siriga javob berib moslashishi shu orga
nizmning reaktivligi bo'lib, moddalar almashinuvi va ko‘payishlar hayotning
asosiy xususiyatidir.
Tirik organizm rivojlanib, takomillasha borgan sari o'zaro bog'liq
holda reaktivligi ham murakkablashib boradi.
Organizm tuzilishining yuqori pog'onaga ko'tarila borishi tashqi
muhitning har xil ta’sirlarga javob berish qobiliyati o'sib, moslashib
borishi bilan ifodalanadi.
Odamning reaktivligi uchun ikkinchi signal sistemasi va oliy nerv
faoliyatining mohiyati nihoyatda muhim. Binobarin, organizmning reak
tivligi, uni tashqi muhitning zararli ta’sirlaridan muhofaza qilish xususiyati
bo'lib, ular turlicha.
1. Individual reaktivlik organizmning harorat va kislorod miqdorining
ko'p-ozligi, yashash muhiti, ovqatlanish rejimi hamda yoshga, irsiyatga
bo'lgan munosabati bilan aniqlanadi.
2. Fiziologik reaktivlik — sog'lom organizm reaksiyasi; har xil odamda
turlicha bo'ladi, jumladan, ba’zi kasalliklar (gripp, difteriya va h.k.) ayrim
bolalarda og'ir, boshqalarida esa yengil o'tadi.
Muhofaza reaksiyalari normal fiziologik funksiyalar bilan chambar-
chas bog'liq. Masalan, ishlash davrida moddalar almashinuvi oshib, yurak
urishi, nafas olish tezlashadi.
3. Patologik reaktivlik kasallik davrida (kasallikda organizmning
zaiflashishi) yuzaga keladi. Jumladan, kasallikda harsillash, terlash va
organizm haroratining ko'tarilishi antitelolar ishlab chiqarishni oshirib,
organizmni holsizlantiradi.
Regeneratsiyaning — jarohatlangan yoki o'lgan to'qimalarning qayta
tiklanishi.
Regeneratsiyaning ikki: fiziologik va tiklanuvchi turi tafovut qilinadi.
Fiziologik regeneratsiya kundalik normal hayotda halok
bo'lgan
hujayralar o'rniga yangi hujayralar paydo bo'lishidir. Jumladan, epiteliyning
chuqur qavatida joylashgan hujayralar va ko'mikdagi o'lgan qon hujayra
lari o'mini yangi hujayralar to'ldiradi. Odamning qon hujayralari o 'rta
cha bir oy davomida yangilanadi.
Tiklanuvchi regeneratsiya jarohatlangan to'qimalarda, sog'lom qolgan
hujayralaming ko'payishi hisobiga yuz beradi. Bunda nuqsonga yaqin
sog'lom to'qimalarda kompensator gipertrofik jarayon (regeneratsion gi-
pertrofiya) rivojlanadi.
Ko'pchilik a’zolarda regeneratsiya markazi bo'ladi. Masalan, suyak
singanda suyak ust pardasi regeneratsiya markazi vazifasini o'taydi. Bunday
markaz qon uchun ko'mik hisoblanadi va h.k. Odatda, to'liq va chala
www.ziyouz.com kutubxonasi
regeneratsiya tafovut qilinadi. To'liq regeneratsiya — nuqson o'midagi
to'qima ham, tuzilishi ham funksiyasi jihatidan yo'qolgan to'qimaga
batamom o'xshash bo'ladi. Chala regeneratsiyada esa nuqson o'm i bi
riktiruvchi to'qimadan rivojlangan chandiq bilan qoplanadi.
Regeneratsiya muddati organizmning umumiy holatiga, neyro-gumo-
ral omilga, tashqi va ichki muhitga, yoshga va endokrin bezlar funksiyasiga
qarab davom etadi. Regeneratsiya yoshlarda tezroq, keksalarda, aksincha,
sekinroq bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|