Q O 'L N IN G E R K IN B O 'L IM ID A G I S U Y A K L A R
Y e l k a s u y a g i (32-rasm, A), rosmana uzun suyaklar turkumidan
bo'lib, unda tana — diafiz, ikkita uch — epifizlar va ular o'rtasida
joylashgan metafiz farqlanadi.
Yelka suyagining yuqori uchi — boshchasi suyakning qolgan qismla-
ridan anatomik bo'yincha orqali ajralib turadi, ana shu bo'yinchaning
pastki tomonida ikkita do'mboqcha (lateral tomonda kattaroq, old tomon
da kichkina) bo'ladi. Har qaysi do'mboqchadan pastga qarab bittadan
g'adir-budur qirra ketgan. Ana shu do'mboqchalar va g'adir-budur qirra-
www.ziyouz.com kutubxonasi
lar orasida egatcha bo‘lib, undan
yelka ikki boshli muskulining payi
o'tadi. Do'mboqchalar va qirralarga
muskullar kelib birlashadi. Yelka
suyagi do‘mboqchalarining pastki
qismi xipcharoq bo'lib, xirurgik
bo'yin deb ataladi, yelka suyagi
ko'proq ana shu joyidan sinadi va
suyak tanasi (diafiz)ni epifizga
qo'shib turadi. Yelka suyagi tanasi
ning yuqori qismi silindr shaklida
bo'lib, pastki qismi uch chekkali.
Yelka suyagining pastki kengay-
gan uchi ikki tomonda g'adir-budur
tepacha hosil qilib tugaydi, bular
medial va lateral tepachalardir.
Medial tepacha o'siqroq bo'lib, orqa
yuzasida tirsak nervi o'tadigan egat
cha ko'rinadi. Ikkala tepacha orasi
da bilak suyaklari bilan birlashadi-
gan bo'g'im yuzasi bo'lib, u ikki
bo'lakka ajralgan: medial tomonda
ko'ndalang joylashgan va tirsak su
yagi bilan birlashadigan g'altagi
bo'lsa, lateral tomonda bilak suyagi
bilan birlashish uchun yarim sharga o'xshash bo'g'im yuzali boshcha
bo'ladi. Q'altak tepasining oldingi tomonidagi toj chuqurchasiga tirsak
suyagining toj o'sig'i, toj tepasining oldingi tomonidagi toj chuqurchasi
ga tirsak suyagining toj o'sig'i kirib turadi. Toj chuqurchasining lateral
tomonida bilak suyagining boshi o'rnashishi uchun chuqurcha bor. Q'altak
tepasining orqa tomonida tirsak suyagining tirsak o'sig'i kirib turadigan
chuqurcha joylashgan.
B i l a k s u y a k l a r i (32-rasm, D) naysimon ikkita uzun suyaklar-
dan iborat bo'lib, medial tomonda tirsak suyagi, lateral tomonda esa
bilak suyagi joylashgan.
T i r s a k s u y a g i (32-rasm, В) yuqori, yo'g'on uchida yelka suya
gining g'altagi bilan qo'shiladigan kattagina bo'g'im yuzasi bo'lib, bu
yuza old tomondan toj o'sig'i va orqa tomondan tirsak o 'sig 'i bilan
chegaralanib turadi.
Toj o'sig'ining lateral tomonida bilak suyagining boshchasi bilan
bo'g'im tuzilishi uchun botiq yuzacha joylashgan. Toj o'sig'ining pasti-
da, old tomonda yelka muskuli yopishishidan paydo bo'lgan g'adir-budur
32-rasm.
A
.Y elka su yagi.
/ - b o s h c h a s i ; 2 - kichik do'm boqcha;
3
- g 'ad ir - budur qirra;
4 -
anatom ik
b o 'y in ; 5 - x i r u r g i k b o 'y in : 6 - toj
ch u q u rch a; 7 - m ed ia l tep a ch a ;
8 -
g'altak; 9 - b o 'g 'im yuzasi;
10 -
lateral
tepacha; / / - k a t t a do'm boqcha.
B.
Tirsak suyagi.
/ - t i r s a k ; 2 - b o ' g ' i m yuzasi;
3 -
toj
o 'sig 'i;
4 -
botiq yuza; 5 - tirsak g'adir -
buduri; 6 - suyak tanasi; 7 - tirsak
boshi; S - b ig iz s im o n o'siq .
D.
Bilak suyagi.
/ - suyak boshchasi; 2 - bo'yin;
3
- bilak
g'adir - buduri;
4
- suyak tanasi; 5 - botiq
b o 'g 'im yuzasi; 6 - b ig iz s im o n o'siq .
www.ziyouz.com kutubxonasi
joy tirsak g'adir-buduri deb ataladi. Tirsak suyagining pastki, distal uchi
yumaloq tirsak boshi bilan tugaydi, uning medial chekkasidan bigizsimon
o ‘siq chiqib turadi. Uning yonida bilak suyagining botiq bo‘g ‘im yuzasi
bilan birlashadigan doira bo‘g ‘im yuzasi bor.
Bilak suyagining proksimal uchi, aksincha, dumaloq boshcha bo'lib,
tepa tomondan yelka suyagining boshchasi botiq bo'g'im yuzasi orqali
ana shu chuqurchaga joylashadi. Bilak suyagining gir aylangan bo'g'im
yuzasi tirsak suyagining bo'g'im yuzasi bilan bo'g'im hosil qiladi. Bi
lak suyagining boshchasi boshqa bo'laklardan ingichka bo'yin bilan
ajralgan. Bilak suyagining pastki uchi yo'g'onlashgan bo'lib, tashqi
tomonida bigizsimon o'siq ko'rinib turadi. Ichki tomondagi botiq
bo'g'im yuzasi esa tirsak suyagining doira bo'g'im yuzasi bilan qo'shi
ladi. Bilak suyagi pastki uchining pastki tomoni uchburchak shaklidagi
botiq bo'g'im yuzasi vositasida kaft suyaklari bilan bo'g'im hosil qilib
qo'shiladi.
Q o ' l p a n j a s i s k e l e t i (33-rasm) kaft
usti, kaft va barmoq (falanga) suyaklariga ajrati
ladi.
Kaft usti suyaklari turli shakldagi 8 ta mayda
suyaklardan iborat bo'lib, to'rttadan ikki qator
joylashgan. Bulardan birinchi yoki proksimal qatori
(b osh barm oq to m o n id an h is o b la n g a n d a )
qayiqsimon suyak, yarim oysimon suyak, uch qir
rali suyak va no'xatsimon suyaklardan tashkil
topgan. Ana shu suyaklarning birinchi uchtasi
o'zaro birlashib, ellips shaklidagi qavariq bo'g'im
yuzasini hosil qiladi va bilak suyagining bo'g'im
yuzasi bilan birlashib turadi.
Kaft usti suyaklarining ikkinchi distal qatori
trapetsiya shaklidagi suyak, trapetsiyasimon suyak,
boshchali suyak va ilmoqli suyaklardan tashkil
topgan.
Kaft usti suyaklarining ikkinchi distal qatori
trapetsiya shaklidagi suyak, trapetsiyasimon suyak,
boshchali suyak va ilmoqli suyaklardan tashkil
topgan.
Kaft usti suyaklarining nomlari shakllariga mos;
ularning har birida bir-biri bilan qo'shiladigan mos
bo'g'im yuzalari va ba’zilarida kaft yuzalariga
turtib chiqqan g'adir-budur do'mboqlari bo'ladi.
Kaft suyaklari beshta kalta naysimon suyak-
dan tuzilgan bo'lib, bosh barmoq tomonidan
33-rasm. Q o ‘1 panjasi
skeleti.
1 - no'xatsimon suyak; 2 -
uch qirrali suyak;
3 -
yarim
o y s im o n
s u y a k ;
4 -
q a y iq sim o n su y a k ;
5 -
ilmoqli suyak; 6 - boshchali
suyak; 7 - trapetsiyasimon
suyak;
8
- trapetsiyasimon
k ic h ik su y a k ; 9 - k a f t
suyaklari;
10 -
proksim al
fa la n g a la r ;
/ / - o ' r t a
falangalar;
12 -
distal
(tirnoq) falangalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
sanalganda I, II va hokazo kaft suyaklari nomi bilan ataladi. Har bir kaft
suyagining tubi, tanasi va dumaloq boshchasi tafovut qilinadi.
Kaft suyaklari uchidagi bo‘g ‘im yuzasi yassi bo‘lib, kaft ustki suyak
larining ikkinchi qatorida joylashgan suyaklari bilan qo‘shilsa, yonbosh
yuzalari o'zaro bir-biri bilan bo‘g ‘im hosil qilib birlashadi. Kaft suyakla
rining boshchasidagi sharsimon bo'g'im yuzalari birinchi barmoq falanga
suyaklari bilan bo'g'im hosil qiladi.
Barmoq suyaklari kaft suyaklariga o'xshash katta naysimon suyaklar
dan tuzilgan bo'lib, barmoqlarda ketma-ket joylashgan.
Bosh barmoqdan boshqa hamma barmoqning uchtadan falanga suyak
lari bo'lib, faqat bosh barmoq ikkita falanga suyagidan tuzilgan. Bosh
barmoqda birinchi va uchinchi falanga suyaklari bo'lib, o'rta falanga
suyagi bo'lmaydi. Qolgan barmoqlarda proksimal o'rta va distal falanga
suyaklari bo'ladi.
O'mrov suyagining to'mtoq uchi chanoq suyagi dastasi bilan qo'shilib,
o'mrov bo'g'imini, ikkinchi yassi uchi kurak suyagining yelka o'sig'iga
qo'shilib, yelka o'sig 'i—o'mrov bo'g'imini hosil qiladi. O'mrov suyagi
ning chanoq suyagi dastasi bilan bo'g'im hosil qiladigan uchi orasida
bo'shliq va tog'ay disk borligi tufayli bu bo'g'im deyarli har tomonga
erkin harakat qila oladi (34-rasm). Kurak suyagi tana skeletiga bevosita
birlashmasdan muskullar orasida joylashadi.
Y e l k a b o ' g ' i m i (35-rasm) yelka suyagining boshi bilan kurak
suyagining bo'g'im chuquri qo'shilishidan hosil bo'ladi. Bu bo'g'im at
rofida boylamlar kam bo'lib, kapsulasi (xaltasi) yupqa bo'lganligidan
Q O 'L S U Y A K L A R I VA Y E L K A K A M A R I
S U Y A K L A R IN IN G B IR L A S H IS H I
34-rasm . T o ‘sh -o ‘mrov b o 'g 'im i.
]
- to'sh-o'mrov boylami; 2 - o'mrov
oraliq boylami;
3 -
tog'ay diski;
4 -
o'm rov qovurg'a oraliq boylami; 5 -
to'sh-qovurg'a bo'g'im i; 6 - t o ‘sh-
qovurg'a boylami.
35-rasm . Y elka b o 'g 'im i.
I -
tumshuqsimon o'siq-yelka boylami; 2 -
kurak;
3 -
bo'g'im kapsulasi;
4 -
ikki boshli
muskul nayi; 5 - do'mboqlar oraliq payi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘g ‘imni mustahkamlaydi. B o‘g ‘imni uning atrofida joylashgan muskul
lar, ayniqsa, bo'g'im xaltasi ichidan o'tgan ikki boshli yelka muskuli
uzun boshining payi mustahkamlab turadi. Yelka bo'g'im i sharsimon
bo'g'im lar turkumiga kiradi. Shu sababli erkin va har tomonga harakat
qiladi. Frontal o'q bo'ylab yelkani oldinga va
orqaga, sagittal o'q orqali tanadan uzoqlashtirib-
yaqinlashtirish, vertikal o'q atrofida yelkani ich-
kariga va tashqariga burish mumkin. Bulardan
tashqari, yelka bo'g'imi atrofida aylanma hara
kat ham bo'ladi.
T i r s a k b o ' g ' i m i (36-rasm) yelka su
yagining pastki uchi bilan bilak va tirsak suyakla
rining yuqori uchlari qo'shilishidan hosil bo'ladi.
Tirsak bo'g'imi tarkibida yelka-bilak (ayri-
simon b o 'g 'im ), yelka-tirsak (g'altaksim on
b o'g'im ) va bilak bilan tirsak (silindrsimon
bo'g'im ) suyaklarining yuqori uchlari bo'g'im i
tafovut qilinadi. Bu uchta bo'g'im bitta kapsu-
laga o'ralib, paylar bilan tutashib turganligi uchun
tirsak bo'g'im i deb ataladi. Yelka-tirsak b o 'g 'i
mi g'altaksim on shaklda bo'lganidan tirsak
bo'g'im ida harakat, asosan, bitta ko'ndalang o'q
atrofida bukilish va yozilish, yelka-bilak
bo'g'im ida esa vintsimon harakat sodir bo'ladi.
Bilak- tirsak bo'g'im i silindr shaklida bo'lib, faqat
tashqi tomonga buriladi.
Bilak suyaklarining o'zaro birlashuvi (37-rasm) ular
yuqori va pastki uchlarining bo'g'im hosil qilib qo'shi
lishidan tashqari, tanalarining bir-biriga qaragan qirra
lari o'rtasida fibroz to'qimadan tuzil-
36-rasm . Tirsak b o'g'im i.
I
- b o 'g 'im kapsulasi; 2,6 -
y o n la m a b o y la m la r;
3 -
q iy sh iq b oylam ;
4
- i k k i
boshli muskul payi; 5 - bilak
suyagining chambarak
boylam i.
37-rasm . Bilak
suyaklarining
o'zaro birlashuvi.
I -
tirsak suyagi;
2,4 -
m ed ia l va lateral
bigizsim on o'siqlari;
3 -
su yak lar o raliq
t o g 'a y i d is k i; 5 -
s u y a k la r
o r a liq
p a r d a s i;
6
- b ila k
suyagi; 7 - pardadagi
te sh ik ;
8
- m u sk u l
payi; 9 - b ila k suya
gining
chambarak
boylami.
gan parda tortilgan. Tirsak bilak
suyaklari bo'g'im i ulardagi kemtik
bilan boshchalari o'rtasida vujudga ke
ladi. Bilak suyaklarining yuqori uch
lari bo'g'imi tirsak bo'g'imi tarkibiga
kirsa, pastki uchlari bo'g'im i bilak-
kaft usti suyaklari bo'g'imlari bilan
birgalikda bo'g'im kapsulasiga o'ral-
gan. Bilak suyaklarining o'zaro bir
lashuvi kombinatsiyalashgan bo'g'im
turkumiga kiradi va bilak suyagini ay-
lanib, tirsak suyagining ustiga min-
www.ziyouz.com kutubxonasi
gashadi, natijada bilak ichkariga va tashqariga buriladi yoki qo'l kafti old
va orqa tomonga aylanadi.
B i l a k - k a f t b o ' g ' i m i (38-rasm) kaft usti suyaklarining yuqori
bo'g'im i yuzasi bilan bilak suyagining pastki uchi oralig'ida vujudga
keladi. Bu bo'g'im ni hosil qilishda no'xatsim on suyak bilan tirsak
suyagi qatnashmaydi. Bilak-kaft bo'g'im i tuxumsimon shaklda bo'lib,
ikki yonboshdan va old orqa tomondan
boylamlar bilan mustahkamlangan. Bu
b o 'g 'im atrofida bukish, yozish, tanadan
uzoqlashtirish va yaqinlashtirish hamda
aylanma harakatlar bo'ladi. Kaft ustki su
yaklarining o'zaro birlashuvi, asosan, bi
rinchi qatorda joylashgan suyaklar bilan
ikkinchi qatorda joylashgan suyaklar ora
lig'ida vujudga keladi. B o'g'im bo'shlig'i
«S»
shaklida bo'lib, odatda bilak-kaft
b o 'g 'im i bilan birg alikd a (kombinat-
siyalangan) harakat qiladi.
K a f t u s t i v a k a f t b o ' g ' i m i
ikkinchi qatorda joylashgan kaft usti su
yaklari bilan kaft suyaklari oralig'ida vu
judga keladi. Bosh barmoqning kaft suyagi
bilan katta ko'p burchakli suyak o'rtasidagi
bo'g'im mustaqil bo'lib, egarsimon shakl
da bo'lganidan frontal o'qi atrofida buki-
lishi va yozilishi, sagittal yoki uzoqlashi-
shi mumkin. Bulardan tashqari, bosh
barmoq qolgan to'rtta barmoqqa ko'nda
lang bukilishi mumkin. Bu barmoqlar hara
kati juda chegaralangan bo'lib, asosan,
bukilib-yozilish imkoniyatiga ega.
Kaft suyaklari bilan barmoq suyaklari o'rtasidagi bo'g'im beshta kaft
suyaklarining distal uchi bilan birinchi qatordagi beshta barmoq suyaklari
falangalarining ustki uchlari o'rtasida hosil bo'ladi. Bu bo'g'im lar ellips
shaklida bo'lib, frontal o'qi atrofida bukilishi va yozilishi, sagittal o'qida
barmoqlar bir-biriga yaqinlashishi va uzoqlashishi mumkin.
Barmoq suyaklari (falangalar) o'rtasidagi bo'g'im lar g'altak shaklida
gi bo'g'imlar bo'lib, frontal o'q atrofida barmoqlar faqat bukilishi va
yozilishi mumkin.
O Y O Q SK E L E T I
Oyoq suyaklari qo'l suyaklari singari ikki qismga bo'linadi. Birinchisi
— oyoq kamari bo'lib, ikki tomonda bittadan chanoq suyakdan tuzilgan.
Ikkinchisi uch qismdan iborat: 1) proksimal qismi — son suyagidan; 2)
38-rasm . Bilak-kaft b o 'g 'im i.
/ - bilak suyagi; 2 - orqadagi bilak-
kaft boylam i;
3
- bilak tom ondagi
boylam i;
4
- qayiqsim on suyak; 5 -
ilm oqli suyak;
6
- boshchali suyak;
7 - tr a p e ts iy a s im o n s u y a k ;
8 -
trapetsiyasim on kichik suyak; 9 -
k a ft u s ti - k a ft b o y la m i;
1 0 -
n o 'x a t s im o n su y a k ; / / - t i r s a k
tom ondagi yonlama boylam;
12
- bi
gizsim on o'siq;
13
- tirsak su yagi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘rta qismi — boldir (katta va kichik boldir) suyaklari bilan tizza qopqog‘i
suyagidan; 3) distal qismi — oyoq panjasi skeletidan tashkil topgan.
Oyoq kamari suyaklari
C h a n o q s u y a g i (39-rasm) ikkita yalpoq chanoq yoki nomsiz
suyakdan iborat bo‘lib, odamning yurishida gavda og'irligini oyoqqa
o'tkazadi va chanoq bo‘shlig‘idagi a’zolami tashqi muhit ta’siridan saq-
lab turadi. Chanoq
suyagining bu xildagi vazifalari uning murakkab
0 ‘rta yoshdagi odam chanoq suyaklarida
uchta ayrim suyaklar, ya’ni yonbosh suyagi,
qov suyagi va quymich suyagi tafovut qila
di. Bu suyaklar \4— 16 yoshga kirguncha
alohida bo'lib, o'zaro tog'ay plastinkalari
vositasida qo'shilgan bo'lsa, keyinchalik su
yaklanib, bir butun chanoq suyagini hosil
qiladi. Chanoq suyagining tashqi yuzasida
(uchala suyakning o'zaro birlashgan joyi-
da) son suyagining boshi kirib turadigan
quymich kosasi bo'lib, uning atrofi baland
qirg'oq bilan o'ralgan, qirg'oqning pastki
qismi quymich o'ymasi bilan chegaralan
gan. Quymich kosasida son suyagining
boshchasi bo'g'im hosil qilib joylashgan.
Yonbosh suyagining pastki yo'g'onroq
qismi, tanasi quymich kosasining tuzilishi-
da qatnashadi. Yonbosh suyagining tanasi-
dan, yuqoridagi serbar plastinka «S» shak
lida keng bo'lib, unda muskullar yopisha-
digan uchta g'adir-budur ko'rinadi. Yon
bosh suyagining qirrasi oldingi tomonda
ustki hamda
pastki o'tkir o'siq bilan,
yonbosh suyagi qirrasining orqa tomoni yuqori va pastki o'siqlar bilan
tugaydi. Yonbosh suyagining orqa tomonida katta quymich o'ymasi va
uning pastida o'tkir o'siq joylashgan. Yonbosh suyagi qanotining ichki
yuzasi silliq va botiqroq bo'lib, yonbosh chuqurchasi deb ataladi. Ana
shu chuqurchaning orqa va pastki tomonida quloq suprasi shaklidagi
bo'g'im yuzasi dumg'aza suyagidagi shunga o'xshash o'ziga mos keladi
gan bo'g'im yuzasi bilan birlashib turadi.
Qov suyagining kalta va keng qismi, tanasi bo'lib, quymich kosasi
ning oldingi bo'lagini tashkil qiladi. Qovuq suyagining ikkita, ya’ni yuqori
va pastki butoqlari burchak hosil qilib, o'zaro birlashib turadi va ana shu
burchakning medial chekka yuzasida oval shaklidagi cho'zinchoq bo'g'im
yuzasi orqali ikki tomondagi qov suyaklariga birikkan bo'ladi.
tuzilganidan dalolat beradi.
39-rasm . C hanoq suyagi.
1 - y o n b o sh s u y a k q a n o li; 2 -
yonbosh suyak qirrasi;
3 , 6 , 1 6 -
g 'a d ir -b u d u r c h iz iq la r ;
4,5
-
oldingi ustki va pastki o'tkir o'siq;
7 - quymich kosasi;
8 -
qov suyagi;
9 -y u p ilu v c h i tCbliik,
1 0 -
quymich
suyagi;
I I
- kichik quymich o'yma;
12 -
o'tkir o'siq;
13
- katta quymich
o'yma;
14,15
- orqadagi ustki va
pastki o'tkir o'siq.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Quymich suyagining qov suyagiga o'xshash quymich kosalarini hosil
qilishda qatnashadigan qismi, tanasi va undan pastga davom etgan yuqori
butog'i bor. Ana shu butoq burchak hosil qilib, pastki butoqqa o'tadi. Bu
esa qov suyagining pastki butog'i bilan qo'shiladi. Quymich suyagi ikkala
butog'ining o'zaro birlashgan joyi kengayib yo'g'onlashgan quymich
do'mbog'ini hosil qiladi. Quymich suyagi tanasining orqa tomonidagi
o'tkir uchli o'siq bilan quymich do'mbog'i orasida quymichning kichki
na o'ymasi joylashgan.
Quymich bilan qov suyaklarining butoqlari o'zaro bir-biri bilan qo'shilib,
tuxum shaklidagi kattagina yopg'ich teshikni hosil qiladi.
Oyoqning erkin boMimidagi suyaklar
Oyoq skeletining bu qismi son suyagi, tizza qopqog'i, boldir suyaklari
va oyoq panjasining skeletidan tashkil topgan.
S o n
s u y a g i naysim on su yaklar
orasida eng uzuni va kattasi bo'lib, uning
ham tanasi, pastki va yuqori tomon (epifiz)
lari bor. Son suyagining yuqori uchida (ichki
tom onga qarab joylashgan) sharsim on
boshchasi ko'rinib turadi. Boshcha marka-
zining pastrog'ida chuqurcha joylashgan. Son
suyagining boshchasi qolgan bo'lagi bilan
b o 'y ni (m etafiz) orqali birlashgan. Bu
suyakning bo'yni tanasiga 130° o'tmas bur
chak hosil qilib q o 'sh ilg an , ayollarda
chanoqlarining keng va katta bo'lishiga qarab
son suyagining bo'yni to'g'ri burchak hosil
qilib qo'shiladi (40-rasm).
Son suyagi bo'ynining tanaga o'tish che-
garasida muskul yopishishidan paydo bo'lgan
ikkita do'mboq, katta va kichik ko'stlar
(apofiz) joylashgan, ular oralig'ida (orqa to
mondan) qirra va oldingi tomonda g'adir-
budur chiziqlar bo'ladi.
Son suyagining tanasi oldinga qarab bir
oz bukilgan uch qirrali dumaloq shaklda
bo'lib, orqa tomonida bo'yiga qarab ikkita
labdan tashkil topgan g'adir-budur qirrasi
ko'rinadi. Uning ichkari tomondagi labi
yuqoridagi kichik do'mboqchagacha davom
etadi va do'mboqlar oraliq chiziqqa qo'shi
lib ketadi. Tashqi labsimon chiziq esa katta
40-rasm . Son suyagi.
a
- old tomondan ko'rinishi:
1 -
son suyagining boshi; 2 - bo'yni;
3,5
- katta va kichik ko'stlar;
4
-
ko'stlar oralig'id agi chiziq; 6 -
suyak tanasi;
7,8
- g'adir - budur
Dostları ilə paylaş: |