U M U R T Q A L A R
Odam umurtqa pog'onasining ko'krak qismi (ko'krak umurtqalari —
12 dona) tuzilishiga ko'ra boshqa umurtqalardan ajralib turadi.
1.
K o ' k r a k u m u r t q a l a r i (21-rasm). Tanasi (tepadan pastga
qarab) hajm jihatidan kattalasha boradi. Ko'krak umurtqalarining ikki
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoniga va ko‘ndalang o ‘siqlariga 12
juft qovurg'aning boshchalari va
bo'ynidagi do'mboqchalar bo‘g ‘im
hosil qilib qo‘shilishi, ulami boshqa
umurtqalardan ajratib turadi. Aksari
yat q o vu rg 'alam ing boshchalari
yonma-yon joylashgan ikkita umurtqa
tanasining yonbosh oralig'iga o'mash-
gan. Shuning uchun ko'pchilik umurt-
qalaming ikkala tomonida (tepa va past-
da) yarimtadan chuqurchasi bo‘ladi.
Bundan birinchi umurtqa mustasno;
uning tanasining yuqori qirrasida bi
rinchi qovurg'a uchun bitta butun
qovurg‘a chuqurchasi, tanasining pas-
tida ikkinchi qovurg‘a uchun yarimta qovurg'a chuqurchasi bo‘ladi. O'ninchi
umurtqada esa (X qovurg'a uchun) bitta yarim chuqurcha va XI—XII umur-
tqada har birining ikki yonboshida (tegishli qovurg'alar uchun) bittadan to'la
chuqurcha joylashgan. Umurtqa tanasi bilan uning ravog'i o'rtasida umurtqa
teshigi bor.
Yuqori va pastda frontal holatda joylashgan bir juft bo'g'im o'simta-
lari bilan umurtqalar o'zaro birlashib turadi. Umurtqa tanasining ikki
yonboshida o'rnashgan ko'ndalang o'siqlarning old tomonidagi bo'g'im
yuzalariga qovurg'a do'mboqchalari joylashadi. Umurtqa ravog'ining o'rta
qismida o'tkir qirrali o'siq bo'ladi.
2.
B o ' y i n u m u r t q a l a r i 7 t a bo'lib, yuqoridan birinchi va ik
kinchi umurtqalar boshqa beshta umurtqadan tuzilishi jihatdan ancha farq
qiladi. Qolgan beshta umurtqa boshqa umurtqalar kabi tuzilgan. Bo'yin
umutqalarining tanasi kichkina ko'ndalang-oval shaklda bo'lib, umurtqa
teshigi katta, uchburchak shaklida tuzilgan. Ko'ndalang o'siqlarning old
tomoniga embrionning o'sishi davridagi qovurg'a qoldiqlari yopishib qol-
ganligi uchun uchlari ikkita do'mboqchaga bo'lingan.
VI umurtqaning oldingi o'simtasi oldida uyqu arteriyasi o'tganligi
uchun shu arteriya jarohatlanganda yuqorida aytilgan do'mboqchani bo-
sib qon to'xtatiladi. Ko'ndalang o'siqlarda paydo bo'lgan barcha teshik-
chalar yig'indisi umurtqa arteriyasi kanalini hosil qiladi. Bu kanaldan shu
nomdagi arteriya o'tadi.
II— V bo'yin umurtqalari tanasining orqa tomonida joylashgan o'tkir
qirrali o'siqlar kalta va uchi ayri (VI—VII umurtqalar bundan mustasno),
VII umurtqaning orqa o 'sig 'i boshqa bo'yin umurtqalariga nisbatan uzun
va yo'g'on bo'lib, tirik odamda teri ostida bilinib turadi. Shuning uchun
bu umurtqani turtib chiqqan umurtqa deyiladi.
21 -rasm. Ko'krak umurtqasi.
1 , 6 -
yuqori va pastki b o 'g 'im o'siqlari;
2,4
- q o v u r g 'a chuqurchalari;
3 -
umurtqa
tanasi; 5 - umurtqa kesim tasi; 7 - o'tk ir
qirrali o'siq; S - k o 'n d a la n g o'siq; 9 -
b o 'g 'im yuzasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
22-rasm . I b o'yin umurtqasi - allant.
1,5
- oldingi va orqadagi ravoqlar; 2 , 7 -
b o 'g 'im yuzalari,
3 -
ko'ndalang o'siq te
shigi;
4,
6 -k o 'n d a la n g o 'siq .
23-rasm . II b o'yin umurtqasi (o'qli
umurtqa).
/- u m u r t q a tanasi;
2,4,10
- b o 'g 'im yuza
lari; J - t i s h s i m o n o 's iq ; 5 - um urtqa
teshigi;
6
- qirrali o'siq ; 7 - pastki bo 'g 'im
o 'sig 'i;
8 -
ko'ndalang o'siq; 9 - k o 'n d a
lang o 'siq teshigi.
24-rasm . Bel umurtqasi.
/ - u m u r t q a tanasi; 2 , 7 - yuqori va pastki
kesimta;
3,6
- yuqori va pastki b o 'g 'im
o'siqlari;
4
- o ' t k i r qirrali o'siq; 5 -
ko'ndalang o'siq .
Birinchi bo'yin umurtqasi (22-
rasm) atlant tanasi takomil etishi
davrida ikkinchi umurtqaga o'tib,
tishsimon o'siq hosil qiladi. Natija
da uning
tanasi o'rnida oldingi
ravog'i vujudga kelib, umurtqa
teshigi esa kengaygan. Orqa ravo-
g'ida o'tkir qirrali o'siq qoldig'i —
kichkina do'mboq paydo bo'lgan.
Ikkinchi bo'yin umurtqasi (23-
rasm) o'qli tishsimon o'sig'i bo'li
shi bilan boshqa hamma umurtqa-
lardan ajralib turadi. Ikkinchi umurt
qa tishi birinchi umurtqa ravog'i
bilan birlashib turishi kallaning at-
rofga burilishiga imkon beradi.
3. Bel umurtqalari (24-rasm) 5
ta, umurtqalar orasida eng yirigi,
uning teshigi katta va uchburchak
shaklda, tanasi esa buyrak shakliga
o'xshash, ko'ndalang o'sig'i deyarli
frontal vaziyatda, uchi va o'tkir qir
rali o'siq to'ppa-to'g'ri orqaga qara-
gan bo'ladi.
4. Dumg'aza umurtqalari 5 ta
bo'lib, odam 17—25 yoshga bor-
ganda ular o'zaro qo'shilib, bitta bu
tun dumg'aza suyagini hosil qiladi.
Bu ham odam tik holatga о ‘tishi bi
lan tana og'irligining dum g'aza
umurtqalariga tushishi natijasida hosil
bo'lgan. Dumg'aza suyagi uchbur
chak shaklda, serbar qismi — tubi
va pastga, oldinga qaragan uchi
bo'ladi. Dumg'aza suyagi tubi bilan
beshinchi bel umurtqasi tanasiga bir
lashadi. Dumg'aza suyagining oldin
gi chanoq sathi tekis va yoysimon
bukilgan bo'lib, to'rtta oldingi te-
shiklar ko'rinib turadi (25-rasm).
D u m g 'azan in g orqa y uzasi
g'adir-budur bo'rtib chiqqan bo'lib,
www.ziyouz.com kutubxonasi
25-rasm . D um g'aza suyagi.
A -
old tomondan ko'rinishi;
В -
orqa tomondan ko'rinishi.
A: J -
dum g'aza tubi; 2 - b o ' g ' im o 'sig 'i;
3 -
yonbosh
qismi;
4
-k o 'n d a la n g chiziqlar; 5 -d u m g 'a z a tubi; old
tomondan ko'rinishi;
6 -
dum g'aza uchi.
В: I -
dum g'aza
tubi; 2 - b o ' g ' im o 'sig 'i;
3 -
quloqsim on yuza;
4 , 5 , 9 -
s u y a k q ir r a la r i; 6 , 7 - d u m g ' a z a s h o x la r i ;
8 -
dum g'aza teshiklarining orqa tomondan ko'rinishi.
dumg'azaning orqa to'rt
juft teshigi ko'rinib tu
radi. Dumg'aza kanali
pastki teshigining ikki
tomonidan o'siqchalari
— shoxlar chiqib tura
di. Nihoyat, umurtqalar-
ning ko'ndalang o'siq-
lar qoldig'i yig'indisidan
dumg'azaning orqa te-
shiklari, lateral tomoni
da juft lateral qirralari
ko'rinadi. O'siqlarning
qovurg'a qoldiqlari bi
lan o'zaro qo'shilib ke-
tishidan paydo bo'lgan
dumg'aza tubining yon
qismida quloqsimon yuza bo'lib, chanoq suyagining ana shunday yuzasi
bilan birga bo'g'im hosil qilib qo'shilib ketgan (chanoq suyaklarining
birlashuviga qarang). Ayollarning dumg'aza suyagi kengroq, kaltaroq
va kamroq bukilgan bo'lishi bilan erkaklar dumg'aza suyagidan ajralib
turadi.
5.
D u m u m u r t q a l a r i 4— 5 ta bo'lib, odamda qoldiq (rudimen-
tar) umurtqalar hisoblanadi. Bular balog'at yoshiga yetguncha suyakla
nib, dum suyagini vujudga keltiradi.
To'sh suyagi. Ko'krak umurtqalari qovurg'alar bilan birga ko'krak
qafasini hosil qiladi. To'sh suyagi uzunchoq yalpoq shaklida bo'lib, o'rta
yoshdagi odamda uchta ayrim qismdan iborat:
1) yuqori qismi — dasta;
2) o'rta qismi — tana;
3) past qismi — xanjarsimon o'siq deb ataladi. Bular o'zaro yupqa
tog'ay qatlam bilan qo'shilgan bo'lib, keksalik davrida suyaklanib, yaxlit
bitta to'sh suyagini hosil qiladi.
Dastaning ikki yonboshidagi juft o'ymalar o'mrov suyagining to'sh
suyagiga qaragan uchi va I qovurg'a tog'ayi bilan qo'shilish uchun xiz
mat qiladi. Dasta bilan tana oralig'ida II— VII qovurg'a tog'aylari uchun
o'yma bor.
Xanjarsimon o'siq to'sh suyagi tanasining pastki tomonida jo y
lashgan.
Ayollar to'sh suyagi erkaklar to'sh suyagiga nisbatan bir oz kaltaroq
bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Q o v u r g ‘ a l a r (26-rasm) 12 juft ingichka yoylardan iborat bo'lib,
orqa tomondan ko'krak umurtqalari tanasiga yopishib turadi. Har bir
qovurg'a ikki qismdan iborat; uning orqa qismi suyak va oldingi qismi
tog'aydan tuzilgan. Yuqoridagi I—VII qovurg'alar tog'ay qismlar vosita
sida bevosita to'sh suyagiga birikadi va
chin qovurg'alar deb ataladi. Keyingi VIII—
IX va X juft qovurg'alar o'zlarining oldin
gi tog'ay qismlari bilan to'sh suyagiga
yopishmasdan, o'zidan yuqorida joylash
gan qovurg'aning tog'ayiga tutashadi va
soxta qovurg'alar deb ataladi. Qolgan XI
va XII juft qovurg'a tog'aylari esa hech
qayerga yopishmasdan qorin muskullari ora
sida erkin joylashadi. Shu sababdan juda
harakatchandir. Ular yetim qovurg'alar deb
ataladi. Q ovurg'alarning oldingi, orqa
uchlari hamda oraliq qismi va tanasi bor.
Qovurg'aning orqa uchida yo'g'onlashgan
boshcha bo'lib, u bo'g'im yuzasi orqali
ko'krak umurtqalari tanasidagi qovurg'a chu-
qurchalari bilan qo'shilib ketgan. Qovurg'a tanasida tashqi va ichki yuza
lari, yuqori va pastki chekkalari; birinchi qovurg'ada, aksincha, yuqori va
pastki yuzalar, ichki va tashqi chekkalar bo'ladi. Ko'pchilik qovurg'alar
ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyida qovurg'a egatchasi (nerv
va tomirlar uchun) joylashgan. Qovurg'alar shakli va uzunligi ko'krak
qafasining tuzilishi va shakliga bog'liq. Qovurg'alar uzunligi I qovurg'a-
dan VII qovurg'agacha orta borib, VIII qovurg'adan oxirgi XII qovurg'a-
gacha qisqarib kamayadi.
Birinchi qovurg'a boshqa qovurg'alardan o'zining yuqori yuzasida o'mrov
osti arteriyasi va venasi uchun egatcha borligi bilan tafovut qiladi.
T A N A S U Y A K L A R IN IN G B IR L A S H IS H I.
U M U R T Q A L A R O R A S ID A G I B IR L A S H M A L A R
Umurtqa pog'onasining o'zaro birlashishida boylamlar, tog'aylar, suyak
va bo'g'imlar ishtirok etishi mumkin; jumladan, umurtqa tanalari o'zaro
fibroz tolali tog'ay disklar yordamida qo'shiladi, lekin bunday tog'ay I
va II umurtqalar o'rtasida bo'lmaydi (27-rasm).
Dumg'aza va dum umurtqalari yosh organizmda tog'aylar bilan bir
lashsa, keyinchalik umurtqa tanasi o'rtasidagi tog'aylar suyakka aylanib
ketadi. Shunday qilib, umurtqalar o'rtasidagi tog'aylar 23 ta diskdan
26-rasm. Q ovurg'a suyagi.
/ - q o v u r g ' a b o s h c h a s i; 2 -
b o 'g 'im y u z a s i; 5 - q o v u r g ' a
bo'yni;
4
- q o v u r g 'a egati; 5 -
qovurg'a tanasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
iborat. Tog'ay diskining tashqi qismi
zich joylashgan hamda bir oz cho'zi-
lish va qisqarish xususiyatiga ega
bo'lgan fibroz tolali halqadan iborat.
Tog'ay halqa o'rtasida o'zak modda
joylashgan. Bu embrion orqa torining
qoldig'i bo'lib, o'zining elastiklik xu
susiyati bilan umurtqalami ezilishdan
saqlaydi, tanaga tushadigan og'irlik-
ni kamaytiradi. Umurtqalar oraliq dis
ki har xil qalinlikda bo'lib, bel qism
umurtqalarida ayniqsa yaxshi rivoj
langan.
Umurtqa pog'onasi rivojlangan
boylamlarga boy, jumladan, bir-biriga
yaqin umurtqa ravoqlari o'rtasida sar-
g 'is h rangli boylam joylashgan.
Umurtqalarning qirrali yoki orqa
o'siqlari orasini o'siq boylam to'ldirib
turadi, ularning ko'ndalang o'siqlari
o'rtasida tortilgan boylamlar bo'ladi.
Umurtqalarning orqa o'tkir o'siq
lari orasidagi boylam lar o 'siq la r
27-rasm . Umurtqa o'rtasidagi bir-
lashmalar.
1 , 3 -
t o g 'a y d isk h a lq a s i; 2 - t o g ' a y
halqaning o'rtasidagi liqildoq;
4 -
oldinda-
gi uzun b oylam ; 5 - umurtqalar oraliq
teshigi; 6 - sarg'ish boylam; 7 - o'tkir o'siq
orasidagi boylam;
8
-o 'tk ir o'siq ustidagi
boylam;
9 -
orqadagi uzun boylam.
uchiga borib, bir-biri bilan tutashib, o'siq usti boylami nomini oladi. Bu
boylam bo'yin qismda yaxshi rivojlangan bo'lib, bo'yin (gardon) boylami
deb ataladi.
Umurtqalarning bo'g'im o'siqlari o'zaro bo'g'im hosil qilib tutashsa,
ular tanasining old tomonida oldingi uzun boylam, orqa tomonida orqa
uzun boylam joylashgan bo'ladi.
Birinchi, ikkinchi bo'yin umurtqalari boshqa umurtqalardan farqli
o'laroq, o'zaro bo'g'im lar hosil qilib tutashadi. Ikkinchi umurtqaning
tishsimon o 'sig 'i birinchi umurtqaning oldingi ravog'iga birikadi. Shu
bilan birinchi bo'yin umurtqasining turli tomonga (aylanma) harakat
qilishiga imkoniyat tug'iladi. Bosh skeleti ensa suyagining yon qismla-
rida joylashgan do'nglar yordamida birinchi bo'yin umurtqasining ustki
bo'g'im chuqurchasiga bo'g'im hosil qilib qo'shiladi. Bir xil tuzilishga
ega bo'lgan bu ikki bo'g'im birgalikda bir xil harakatni amalga oshir-
ganligi tufayli kombinatsiyalangan bo'g'im turkumiga kiradi. Bu bo'g'im
ikkinchi bo'yin umurtqasining tishsimon o 'sig 'i bilan ensa suyagining
nishabi o'rtasida tortilgan boylam, tishsim on o'siqning orqasidan
ko'ndalangiga tortilgan boylamlar va ularning tarmoqlari — qanotsi-
mon boylam bilan mustahkamlangan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Umurtqa pog'onasi umurtqalar
ning o'zaro ustma-ust qo'shilishi-
dan vujudga keladi va katta yosh
dagi odamlarda «S» shaklida bo'la
di. Umurtqa pog'onasining bo'yin
va bel qismi oldinga fiziologik qiy-
shaygan (lordoz) bo'lsa, ko'krak
va dum g'aza qismlari orqa tomon
ga fiziologik qiyshaygan (kifoz)
bo'ladi. Umurtqa pog'onasining bu
qiyshaymalari yangi tug'ilgan bo
lalarda sezilmaydi (28-rasm).
Umurtqa pog'onasi boshni ush-
lab turish va tananing tayanch va
zifasini bajarib, tikka turishni ta’
minlaydi. Umurtqa pog'onasi ka
nali yordamida orqa miya tashqi
ta’sirlardan saqlanadi. Umurtqa po-
g'onasida har taraflama harakat so
dir bo'ladi.
Q O V U R G 'A L A R N IN G U M U R T Q A L A R V A T O ‘SH SU Y A G I
B IL A N Q O ‘SH IL IS H I
Qovurg'alar orqa uchi va do'mboqlari ko'krak umurtqalariga ustma-
ust turgan tanalarining oralig'i va ko'ndalang o'siqlari bilan bo'g'im
hosil qilib birlashadi.
Qovurg'alaming oldingi uchlari qovurg'a tog'ayi bilan qoplangan bo'lib,
birinchi yetti jufti to'g'ridan-to'g'ri to'sh suyagi yonboshiga birlashsa,
keyingi 8,9,10-juft qovurg'alar tog'aylari bir-biriga tutashib, qovurg'a
ravog'ini hosil qilib, so'ngra to'sh suyagiga birlashadi, 11 va 12-juft
qovurg'a uchlari, qorin devori muskullari oralig'ida erkin qoladi.
K O ‘K R A K Q A F A SI
Orqa tomondan 12 ta ko'krak umurtqasi, ikki yon tomondan 12 juft
qovurg'alar va ularning oldingi uchlaridagi tog'aylar, old tomondan to'sh
suyagi o'zaro boylamlar bilan birlashib, ko'krak qafasini hosil qiladi.
Ko'krak qafasida tepa va pastki teshiklar bo'lib, tepa teshik kichikroq,
oldindan to'sh suyagi dastasi, ikki yondan I uzun qovurg'a va orqa
tomondan 1 ko'krak umurtqasi bilan chegaralanadi, bu teshik orqali ke
kirdak, qizilo'ngach, qon tomirlar va nervlar o'tadi. Pastki teshik yuqori
teshikka nisbatan kattaroq bo'lib, uni orqadan XII ko'krak umurtqasi,
ikki yondan XII juft qovurg'a va oldindan to'sh suyagining xanjarsimon
28-rasm . Ensa suyagi bilan I b o'yin
umurtqasi birlashuvi.
I
- k o 'n d a la n g b o y la m ; 2 - II b o 'y in
umurtqasi;
J -
tishsimon o'siq;
4
- qanolsimon
boylam; 5 - tishsimon nishab
boylam.
www.ziyouz.com kutubxonasi
o ‘sig‘i chegaralab turadi, bu teshik
qorin bo‘shlig‘idan diafragma orqali
ajralib turadi. Ko'krak qafasining haj
mi
va
sh ak li
y o sh , jin s
va
konstitutsiyaga qarab turlicha bo'ladi
(29-rasm).
Ko'krak qafasi chaqaloqlarda pira-
mida shaklida. Uning oldindan orqaga
qaragan hajmi ko'ndalang o'lchovga
nisbatan kattaroq bo'ladi. To'sh osti
burchagi keng, o'tmas burchak hosil
qilib joylashadi. Ayollarning ko'krak
qafasi esa erkaklamikiga qaraganda bir
muncha kaltaroq va pastki qismi torroq.
O'rta yoshdagi erkaklarning ko'krak
qafasi oval shaklda bo'lib, ko'ndalang
o'lchovi kattaroq. To'sh osti burchagi
esa to'g'ri burchak hosil qilib joylashgan.
Ko'krak qafasida yurak, o'pka va boshqa
a’zolar o'mashgan. Ko'krak qafasi
m uskullar yordam ida kengayib -
torayib nafas olishga yordam beradi.
Q O ‘L -O Y O Q S U Y A K L A R I
Odamning qo'l skeleti bilan oyoq skeletining tuzilishida bir qadar
o'xshashlik bo'lsa ham, vazifalari bir-biridan tubdan farq qiladi. Odam
oyoqlari yordamida bir joydan ikkinchi joyga yurib boradi va gavdasini
ko'tarib turadi. Qo'l esa mehnat quroli bo'lib, ushlash vazifasini bajaradi.
Qo'l-oyoq suyaklari joylashgan o'rniga qarab kamar va erkin turgan
bo'limlarga ajratiladi. Qo'l ham o 'z kamarlari vositasida tana skeletiga
qo'shilib turadi.
Q o ' l s k e l e t i yelka kamari-o'mrov va kurak suyaklaridan iborat.
Qo'l suyaklari yelka, bilak-tirsak hamda bilak suyaklari va qo'l panjasi
skeletidan iborat.
Yelka kamari suyaklari ikki to
mondan bittadan o'mrov va kurak su
yaklaridan tuzilgan (30-rasm).
O'mrov qo'lni tanaga birlashti
rib turadigan birdan-bir suyak bo'lib,
shakli lotincha «S» harfiga o'xshab
3
bukilgan, uzun. Bir uchi bilan to'sh
30-rasm . O 'm rov suyagi.
suyagiga, ikkinchi uchi bilan kurak-
1.2
-
suyak uchlari;
3 -
suyak g'adir-budiri.
29-rasm . Ko'krak qafasi.
I -
ko'krak qafasining yuqori teshigi; 2 -
qovu rg'a osti burchagi;
3 -
ko'krak
qafasining pastki teshigi;
4 -
qovurg'a
ravog'i; 5 - xanjarsimon o'siq; 6 - t o ' s h
suyagi; 7 - to'sh suyagi dastasi;
8,9,10,11,
12,13,14 -
chin qovurg'alar;
15, 16,1 7-
s o x t a q o v u r g 'a la r ;
1 8 ,1 9
- y e tim
qovurg'alar; 2 0 - ko'krak umurtqalari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
dagi yelka o'sig'iga birlashib, yelka
b o ‘g ‘im ining tanadan uzoqroqda
bo 'lish in i ta’minlaydi. Shu bilan
qo‘lning turli murakkab harakatlarni
osongina bajarishiga qulaylik tug'dira-
di. Ba’zida qo'l tanaga jips yopishadi,
deyarli harakatsiz osilib turadi.
Kurak suyagi (31-rasm) yalpoq,
uchburchak shaklida bo'lib, ko'krak
qafasining orqa tomonida II— VII
qovurg'alaming tashqi sohasida joy
lashgan. Kurakning uchta chekkasi
tafovut qilinadi: umurtqa pog'onasi-
ga qaragan medial chekkasi, qo'ltiqqa
qaragan lateral chekkasi va yuqori
kalta chekkasi. Yuqori chekkasidan
kurak o'ymasi ko'rinib turadi. Kurak
suyagining uchala chekkasi o'zaro
uchta burchak hosil qilib qo'shiladi;
shulardan biri pastga qaragan burchak,
3 1 -rasm. Kurak suyagi.
1,2,3
- kurak burchaklari;
4 -
baland
qirra: 5 - tum shuqsim on o'siq; 6 - yelka
o 'sig 'i; 7 - b o 'g 'im yuzasi;
8 -
qirra o s
t id a g i
c h u q u r c h a ;
9 ,
1 0
- k u rak
chekkalari;
/ / - q i r r a
yuqorisidagi
chuqurcha.
ikkinchisi yuqori tomondagi medial burchak va uchinchisi yuqori tomon
dagi lateral burchak.
Yuqori tomondagi lateral burchak yo'g'onroq bo'lib, undagi bo'g'im
yuzasi yelka suyagining boshchasi bilan bo'g'im hosil qilib birlashadi.
Kurak suyagining bo'g'im yuzasi ustida tumshuqsimon o'siq bo'rtib
turadi. Kurakning oldingi, qovurg'alarga qaragan yuzasi botiqroq bo'lib,
kurak osti chuqurini hosil qiladi, ana shu yuzadagi bir nechta g'adir-
budur chiziqdan kurak osti muskuli boshlanadi. Kurakning orqa yuzasi
baland qirra bilan ikkita teng bo'lmagan qismga bo'linib turadi. Bu
qismlarga shu nomli muskullar yopishgan bo'ladi. Kurakning baland qirrasi
lateral tomonga davom etib, baquvvat yelka o'sig'i bilan tugaydi. Ana
shu o'siq o'mrov bilan bo'g'im hosil qilib qo'shiladi.
Dostları ilə paylaş: |