Nazorat uchun savollar
1. Suyaklar tuzilishi va tasnifi.
2. Suyaklarning asosiy vazifalari.
3. Suyaklar zich va g 'o v a k moddalarining tuzilishi.
4. Suyak k o'm igi ko'proq qaysi suyaklarda uchraydi?
5. N aysim on suyaklar tuzilishi.
6. Q 'ovak suyaklar tuzilishi.
7. Y assi suyaklar tuzilishi.
8. Aralash suyaklar. Tana suyaklari tuzilishi.
9. Q aysi suyaklar tana sk eletiga kiradi?
10. Umurtqa pog'onasi nechta umurtqadan tuzilgan? Ular qaysi qismlarga ajratiladi?
11. Umurtqaning tuzilishi.
12. B o'yin umurtqalari qaysi belgilari bilan ko'krak umurtqalaridan farq qiladi.
13. I va II b o'yin umurtqasining tuzilishi.
14. D u m g'aza su yagin ing tuzilishi.
15. Umurtqa pog'onasining fiziologik qiyshaymalari va ularning paydo bo'lish sabablari.
16. Q ovurg'aning tuzilishi.
17. T o'sh su yagin ing tuzilishi.
18. Ko'krak qafasining tuzilish i, vazifasi.
19. Q o'l skeleti qaysi suyaklardan tuzilgan?
20. Yelka kamari suyaklarining tuzilishi.
21. Q o'lnin g erkin turgan bo'lagi qaysi suyaklardan iborat?
22. Kurak va o'm rov suyagi haqida nimani bilasiz?
23. Yelka suyagining tuzilishi.
24. Tirsak su yagin ing tuzilishi.
25. Bilak suyagining tuzilishi.
26. Q o'l panjasi suyaklari qaysi qism larga bo'linadi?
27. Odamlardagi q o 'l suyaklaridan qaysi birini teri ostidan paypaslab aniqlash
m umkin?
28. Oyoq skeleti qaysi suyaklardan iborat?
29. O yoq kamari suyaklarining tuzilishi.
30. Chanoq suyaklari qaysi suyaklardan tashkil topgan va ularning tuzilishi.
31. Chanoqning jin sga oid farqlari.
32. O yoqning erkin bo 'la g ig a qaysi suyaklar kiradi?
33. Son su yagin ing tuzilishi.
34. T izza q op q og'i su yagin ing tuzilishi.
35. Boldir suyaklari.
36. Katta va kichik boldir suyaklarining tuzilishi.
37. O yoq panjasining sk eleti qaysi qism larga bo'linadi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
38. Suyaklarning o'zaro birlashish turlari.
39. B o 'g 'im nima? B o 'g 'im hosil b o 'lishi uchun qanday sharoit b o 'lish i kerak?
40. B o'g'im larn in g turlari. Bir o'q li b o'g'im larda qanday harakatlar bo'ladi?
41. Ikki va ko'p o'q li bo'g'im larga m isol keltiring. Ularda qaysi turdagi harakatlar
b o'lishi mumkin?
42. Umurtqalar o'zaro qanday birlashadi?
43. I va II umurtqalar qanday birlashgan?
44. I b o'yin umurtqasi bilan bosh-ensa su yagin ing birikishi.
45. Umurtqa p og'on asi kanalida qanday a’zo joylashgan?
46. Q ovurg'alarning umurtqa pog'on asi bilan birlashishi.
47. Q ovurg'alarning to'sh suyagi bilan q o'sh ilish i.
48. Ko'krak qafasi hosil bo'lish ida qaysi suyaklar qatnashadi?
49. Ko'krak qafasining jin sga oid tafovuti.
50. T o'sh su yagin ing o'm rov suyagi bilan o'zaro birikishi.
51. Kurak-o'm rov suyagi b o 'g 'im i haqida m a’lumot bering.
52. Y elka b o 'g 'im in in g tuzilishi.
53. Tirsak va bilak suyaklarining birikishi.
54. B ilak suyaklari bilan q o'l panjasining birikishi.
55. Q o'l panjasi suyaklarining o'zaro birikishi.
56. Chanoq suyaklarining dum g'aza suyagi bilan birikishi.
57. Chanoq b o 'sh lig 'i qaysi qism larga ajratilgan?
58. Chanoq son b o 'g 'im i qanday hosil bo'lgan?
59. T izza b o 'g 'im in in g tuzilishi, uning shakli.
60. Boldir suyaklarining o'zaro birikishi.
61. O yoq panjasi suyaklarining o'zaro birikishi.
BOSH SKELETI
Bosh skeleti yoki kalla suyaklari (49-rasm) bosh miya va u bilan
birga rivojlangan sezgi a’zolarining tayanchi bo'lib, uni tashqi muhit
ta’siridan saqlab turadi. Bundan tashqari, kalla suyagining yuz qismida
organizm hayotida katta ahamiyatga ega bo'lgan nafas sistemasining
boshlanish qismi — burun bo'shlig'i va ovqat hazm qilish sistemasining
boshlanishi — og'iz bo'shlig'i joylashgan. Kalla suyagi kallaning miya
bo'limi hamda yuz bo'limiga ajratiladi.
Miya bo'limi tepa tomondan kalla qopqog'i
bilan qoplangan bo'lib, ichida bosh miya joyla-
shib turadigan kalla bo'shlig'i bor. Kalla bo'shlig'i
umurtqa kanalining kengaygan uchi bo'lib, unda
bosh m iya va uning
49-rasm . B osh skeleti.
1
- peshona suyagi; 2 - tepa
suyagi;
3
- k o 'z kosasi;
4
-
chakka suyagi;
5 -
yonoq
suyagi;
6
- yuqori jag'; 7 -
tishlar;
8 -
pastki jag'; 9 -
burun b o'sh lig 'i;
10
- bu
run suyagi.
pardalari, qon tomirlar
joylashadi.
K alla
b o 's h l i g 'i
pastki tomondan har tur
li teshik va kanallar
bo'lgan kalla tubi bilan
chegaralanib turadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kalla qopqog‘ining zich moddadan tuzilgan tashqi va ichki yoki shi-
shasimon plastinkasi bo'lib, ular orasida yupqa g'ovak modda joylash
gan. Q'ovak moddadan vena kanallari o'tadi. Ichki plastinkada organik
moddalar kamligidan mo'rt, tez sinuvchan bo'ladi. Shishasimon plastinka
nomi ham ana shundan olingan.
Kalla suyagining miya bo'limi ensa suyagi, peshona suyagi, tepa
suyaklari, ponasimon yoki asosiy suyak, g'alvir suyak va chakka suyak
lardan tuzilgan. Tepa suyagi bilan chakka suyaklari bir juftdan bo'lib,
boshqasi toq.
Kalla suyagining yuz bo'limi yuqori jag', tanglay suyagi, yonoq suyagi,
burun suyagi, ko'z yoshi suyagi, pastki chig'anoq, dimog' suyagi, pastki
jag' va til osti suyaklaridan tuzilgan.
E n s a s u y a g i (50-rasm) qisman kalla qopqog'ining orqa va pastki
tomonini va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi hamda oldingi to
mondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyaklariga birlashgan. Ensa
suyagi katta teshik orqali umurtqa kanaliga qo'shilib turadi.
Ensa suyagi pal-
lasining tashqi tomo
ni q a v a riq , ichki
yuzasi botiq bo'lib,
j
я
egilgan serbar plas
tinka — palladan
iborat. Ensa suyagi
ning tashqi yuzasi
m a rk a zid a ta sh q i
ensa
d o ' mb o g ' i
bo'lib, uning ikkala
tomonida ko'ndalang
yo'nalgan g'adir-bu-
dur chiziq ko'rinadi.
Shu
c h iz iq d a n
yuqoriroqda parallel holda g'adir-budur chiziq, ensa do'mbog'idan past-
da esa ensaning tashqi qirrasi joylashgan. Ana shu qirradan ikki yonbosh-
ga ensa chiziqlari ketgan.
Pallaning ichki yuzasi o'rtasida ichki ensa do'm bog'i bo'lib, uning
tepa va ikki yonbosh tomonlarida egatchalar ko'rinadi.
Katta ensa teshigining ikki yonboshidagi bo'laklaming pastki yuzasida
joylashgan ellips shaklidagi bo'g'im do'mboqchalar orqali I bo'yin umurtq
asining yuqori bo'g'im yuzasiga qo'shiladi. Ensa suyagining bo'g'im
do'mboqchalari o'rtasida til osti nervi o'tadigan kanal joylashgan. Do'mboqcha
orqasida esa bo'yinturuq vena o'ymasi bo'ladi. Bu o'yma chakka suyagidagi
ana shunday o'yma bilan qo'shilib, bo'yinturuq teshigini hosil qiladi.
50-rasm . Ensa suyagi.
A:
/ - e n s a leshigi: 2 - a s o s i;
3, 4 -
yon qism lari; 5, 6, 7,
8 -
tepa va qirralar.
B:
/ - e n s a d o'm b og'i; 2, 5 - g'adir-budur chiziqlar;
3 -
b o 'g 'im yuzasi;
4 -
ensa teshigi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
P o n a s i m o n s u y a k (51-rasm) juda murakkab tuzilgan bo‘lib,
kalla suyak tanasiga birlashadi. Bu suyak tanasining kalla bo‘shlig‘iga
qaragan yuqori yuzasining o ‘rta qismida egarchaga o'xshash chuqurcha -
turk egarining tubi bo‘lib, unda
miya pastki ortig'i bezi — gipofiz
joylashadi. Egarchaning oldingi
tomonida ko‘ndalangiga do 'm
boqcha — egar qoshi va unda
ko'rish nervlarining kesishmasi
joylashgan egatcha bor. Ular ik
kala tomonda ko'z bo'shlig'iga
51-rasm . Ponasim on suyak.
ochiladigan ko'rish kanalchalari
I -
kichik qanotlar; 2 - katta qanotlar;
3 -
k o 'z
teshigiga tutashadi. Bu kanalcha-
kosasi yuzasi;
4
- chakka yuzasi; 5 - suyak
lardan kalla bo'shlig'ida ko'rish
kovagi; 6, 7,
8
-
qanotsim on o'siqlar.
nervlari o'tadi.
Turk egari orqa tomonda o'z suyanchig'i bilan chegaralanadi. Ponasi
mon suyak tanasining ikki yonboshida uyqu arteriyasi joylashadigan egatcha
bor. Qirraning ikkala tomonidagi suyak plastinkalari — ponasimon
chig'anoq bir juft suyak kovaklarini chegaralab turadi. O'ng tomondagi
bo'shliq chap tomondagi bo'shliqdan sagittal to'siq orqali ajralgan. Bu
bo'shliqlar (kovaklar) burun bo'shlig'iga ochilgan.
Ponasimon suyak tanasi orqali ensa suyagi bilan birlashadi. Suyak
tanasida bo'shliq bo'lib, u yupqa suyak devorcha bilan ajralgan. Bo'shliqlar
teshikchalar orqali burun bo'shlig'iga ochiladi. Kichik qanot bilan katta
qanot oralig'ida joylashgan yuqori ko'z yorig'i ko'z kosasini miya bo'shli
g'iga qo'shib turadi, undan uch shoxli nervning tarmog'i va boshqa
nervlar o'tadi. Kichik qanot miya bo'shlig'i tubini va ko'z kosasi yuqori
devorini tashkil qilishda qatnashadi. Tananing past tomonida ikkita qanot
simon o'siqlar joylashgan. Katta qanotning tanaga yaqin joyida yumaloq,
cho'zinchoq va o'tkir qirrali teshiklar joylashgan. Yumaloq va cho'zinchoq
teshiklardan uch shoxli nerv tarmoqlari, o'tkir qirrali teshikdan esa miya
pardasiga boruvchi arteriya o'tadi. Katta qanotning oldingi chakkasi yuqori-
ga tomon davom etib, peshona suyagi bilan birlashadi.
C h a k k a s u y a g i (52-rasm) bir juft bo'lib, murakkab tuzilgan.
Eshituv va muvozanat a’zolaridan tarkib topgan. Chakka suyagi to'rt
qismdan iborat: palla (tangasimon), nog‘ora, piramida (toshsimon) va
so'rg'ichsimon qism: ana shu qismlar yangi tug'ilgan chaqaloqlarda alo
hida bo'lib, bola bir yoshga to'lganda suyaklanib, birlashib bitta butun
chakka suyagini hosil qiladi. Chakka suyagining to'rttala qismi tashqi
eshituv yo'li atrofida joylashgan.
1.
Chakka suyagi (tangasimon) palla qismining ichki yuzasida miya
egatlarining izlari bor. Pallaning tashqi yuzasi silliq bo'lib, chakka
www.ziyouz.com kutubxonasi
52-rasm . Chakka suyagi (ichkaridan
ko'rin ishi).
I
- yoysim on lepa; 2 - nog'ora bo'shlig'i
(o'rla quloq) tomi;
3 -
toshsim on qism;
4
- sigm asim on egat; 5 - chig'anoqning
lashqi teshigi;
6 -
bigizsim on o'siq; 7 -
d a h liz n in g tash qi te s h ig i;
8 -
ich k i
eshituv teshigi; 9 -p ir a m id a egati;
1 0 -
yonoq o 'sig 'i.
chuqurining hosil bo'lishida qatnasha
di va undan chiqqan yonoq o'sig'i
yonoq suyagi bilan birlashadi. Past-
roqda pastki jag' bilan bo'g'im tuza-
digan chuqurcha joylashgan. Uning
oldidagi do'mboqcha pastki jag'ning
bo'g'im o'sig'ini chuqurchadan chiqib
ketishdan saqlab turadi.
2. Nog'ora qism chakka suyagining
tashqi eshituv yo'lini oldingi pastki
va qisman orqa tomondan chegaralab
turadi. Lateral tomondan so'rg'ichsi-
mon o'siq va medial tomondan pira-
mida qismlari bilan qo'shilib tursa,
pastki tomon bigizsimon o'siqning
ildizini o'raydi.
3. Piram ida toshsim on qismi
chakka suyagining boshqa qismlariga
nisbatan qattiqroq tuzilgan, shuning uchun uni toshsimon qism yoki shakliga
qarab piramida deb ataladi. Piramida bag'rida eshituv va muvozanat a’zolari
joylashgan, ular turli tashqi ta’sirlardan saqlab turadi. Piramidaning ol
dingi yuzasi (piramidaning uchi yaqini)da bosh miya uch shoxli nerv
tugunining chuqur izi bor. Oldingi yuzaning orqaroq bag'ridagi yarim
doira kanalning (ichki quloqning tuzilishiga qarang) turtib chiqishidan
vujudga kelgan tepa bor. Nihoyat, piramidaning oldingi yuzasi nog'ora
bo'shlig'ining tomi holida joylashgan. Piramidaning orqa yuzasida joy
lashgan ichki eshituv teshigi orqali bosh miyaning yuz va eshituv nervlari,
ichki eshituv qon tomirlari o'tadi.
Piramidaning pastki yuzasi kallaning tubiga qaragan bo'lib, uzun
bigizsimon o'siq bilan so'rg'ichsim on o 'siq orasidagi bigizsimon-
so'rg'ichsimon teshik orqali yuz nervi bo'shlig'idan tashqariga chiqadi.
Bigizsimon o'siqning medial tomonida bo'yinturuq chuqurcha bor. Bu
chuqurcha ensa suyagidagi ana shunday chuqurcha bilan qo'shilib,
bo'yinturuq teshikni hosil qiladi. Bundan tashqari, ichki uyqu arteriyasi-
ning kalla bo'shlig'iga o'tadigan tashqi teshigi ko'rinib turadi. Ichki te
shik esa piramida uchida joylashgan. Piramidaning oldingi chekkasi,
suyakning palla qismi bilan o'tkir burchak hosil qilib qo'shiladi, shu
yerda muskul nayi kanalining og'zi ko'rinib turadi, bu kanalning ikkinchi
teshigi o'rta quloq bo'shlig'iga ochiladi. Kanal to'siq orqali ikkita yarim
kanalga ajralgan, yuqoridagi kichikroq bo'lagidan quloq pardasini tarang
qiladigan muskul boshlanadi, pastki kattaroq bo'lagi eshituv naychasi-
ning suyak bo'lagini tashkil qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
4.
So‘rg‘ichsimon qismda so‘rg ‘ichsimon o'siq bo'lib, u tashqi eshi
tuv yo'li orqasida turadi. Bu o'siqqa to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon muskuli
yopishadi. So'rg'ichsimon o'siqning medial tomonida ikkita qorinchali
muskul yopishadigan chuqur o'yma bor. O'ymaga parallel ravishda (ich-
kari tomonida) ensa arteriyasining egati joylashgan. So'rg'ichsim on
o'siqning tashqi yuzasida tekis uchburchak shaklidagi bo'lakcha bor.
So'rg'ichsimon o'siqning ichki tuzilishi ko'pgina kataklardan tuzilgan
bo'lib, o'rta quloq bilan qo'shilgan. So'rg'ichsimon o'siqning miya yuzasida
sigmasimon egatcha bor.
T e p a s u y a k (53-rasm) bir juft bo'lib, kalla qopqog'ining o'rta
qismini tashkil qiladi. Odamda bosh miya takomillashib borgan sari tepa
suyak ham rivojlanib, kattalashib boradi. Bu suyak kalla qopqog'ining
bir talay qismini tashkil qilib,
bosh miyani mexanik ta’sirlar-
dan saqlaydi. Shuning uchun tepa
suyak boshqa kalla suyaklariga
nisbatan to'rt qirrali va to'rt bur-
chakli, sirti gumbazsimon bo'rtib
chiqqan plastinka shaklida tuzil
gan. Uning oldingi chekkasi pe
shona su y ag in in g p a lla s ig a
birlashadi, yuqori chekkasi ikkin
chi tomondagi tepa suyakning
xuddi shunday chekkasi bilan
o'rta chiziqda birlashadi. Pastki
yoki palla chekkasining oldingi
qismi ponasimon suyakning katta
qanoti bilan, o'rta qismi chakka
suyagi pallasi bilan yopilib tursa, orqa bo'lagi chakka suyagi pallasi bilan
tishlashib birlashadi. Orqa chekkasi ensa suyagi qirrasi bilan birlashadi.
Tepa suyakning yuqorida aytilgan oldingi, tepa va orqa chekkalari tishli
qirrani hosil qilsa, pastki (to'rtinchi) qirrasi tashqi tomondan qiyshiq
holda qirqilgan bo'lib ko'rinadi.
Tepa suyakning tashqi (qavariq) yuzasi muskul va fassiyalaming bir-
lashishiga moslashgan bo'lib, o'rtasida tepa suyak do'mbog'i bor.
Tepa suyakning ichki botiq yuzasida arteriya egatchalari, miya qiyiq-
larining izlari yaqqol ko'rinadi. Bulardan tashqari, tepa qirra bo'ylab
davom etgan va so'rg'ichsimon o'siq bilan birlashadigan burchak sohasi
da joylashgan egatchalar bor.
P e s h o n a s u y a g i (54-rasm) bitta bo'lib, kalla qopqog'ining ol
dingi qismini tashkil etadi. Peshona suyagining bu qismi sezgi a’zolari
(ko'rish va hid bilish a’zolari) bilan uzviy bog'langan.
53-rasm . Tepa suyagi.
/ - s u y a k d o'm bog'i; 2 - peshona chekkasi;
3,
4
- chakka chiziqlari; 5 - p on asim on suyak
burchagi; 6 - so'rg'ichsim on o'siq burchagi; 7
ensa suyak burchagi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
54-rasm . Peshona suyagi.
/ - p e s h o n a
d o ' m b o g ' i ,
2 -
chuqurcha:
3 -
ko'z kosasining lepa
tesh ig i;
4 -
k o 'z k o sa sin in g ust
chekkasi;
5
- yonoqsimon o'siq;
6 -
qosh usti ravog'i; 7 - suyak
pallasi.
Peshona suyagi vertikal joylashgan palla
qism va gorizontal bo'lakka ajratiladi. Go
rizontal bo'Iak esa bir juft ko'z kosasi qismi
va burun bo'lagidan tashkil topgan. Palla
ning ichki yuzasi o'rta chizig'ida egatcha
bo'lib, pastki tomonda toq peshona qirrasini
hosil qiladi. Bu qirra oldingi tomonda bosh
miyaning qattiq pardasi yopishib turadigan
ko'r teshik bilan tugaydi. Pallaning miya
yuzasida bulardan tashqari, arteriya egat-
chalari, miya qiyiqlarining izlarini ko'rish
mumkin.
Peshona suyagining ko'z kosasi qismi
gorizontal jo ylash gan bir ju ft yupqa
plastinkadan iborat. Peshona suyagi ko'z kosasi
o'rtasidagi g'alvir suyak joylashadigan o'yma
bilan ajralgan. Bu suyakning burun bo'lagida har xil shakldagi va doimo havo
saqlaydigan hamda burun bo'shlig'iga ochiladigan kovaklari bor.
Peshona suyagining pallasi boshqa suyaklar pallasi singari tashqi to
monga bo'rtib chiqqan plastinkadan iborat bo'lib, ikkita yuzasi bor. Bu
lardan biri tashqariga qaragan qavariq yuza va ikkinchisi ichkariga, miya-
ga qaragan botiq yuzadir. Peshona suyagining tashqi yuzasida bir juft
peshona d o'm bog'i ko'rinib turadi. D o'm boqlam ing qoq o'rtasida
chuqurcha bor. Peshona suyagining pallasi ko'z kosasi qismidan bir juft
ko'z kosasining ustidagi chekkasi bilan chegaralanib turadi. Undan
teparoqda qosh usti ravog'i joylashgan. Lateral tomonda yonoq suyagi
bilan birlashadigan o'siq bo'ladi.
Q'a 1 v i r s u y a k (55-rasm) yuz su
yaklari orasida markaziy o'rinda, ya’ni
burun bo'shlig'ining peshona suyagi
o'ymasida (tepasida) joylashgan. U go
rizontal joylashgan g'alvirsimon nafis pla
stinkasi bilan kalla suyagi tubini hosil
qilishda qatnashadi. Q'alvir suyak kalla-
da ko'z kosasining medial devorini hosil
qilishda ham ishtirok etadi. Q'alvirsimon
plastinkaning juda ko'p teshikchalari
55-rasm. G 'alvir suyak.
/ - perpendikular plastinka; 2, 7 - g'alvirsim on
plastinka; 3 - suyak kataklari;
4
- burunning
yuqori yo 'li; 5 - yuqori burun ch ig'an og'i;
6 -
o'tta burun ch ig'an og'i teshiklari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘lib, ular orqali burun bo'shlig'iga hid bilish nervi tolalari o'tadi
(g'alvirsimon plastinka nomi ham shundan olingan). Plastinkaning qoq
o'rtasida xo'roz tojiga o'xshash o'siq ko'rinib turadi. Bosh miyaning
qattiq pardasi shu tojga yopishadi.
Q'alvir suyakning perpendikular plastinkasi burun suyaklari, dimog'
suyagi hamda ponasimon suyak qirrasi bilan birlashadi va burun to'sig'i-
ning bir qismini hosil qiladi.
Q'alvir suyakda bir juft katta-kichik va har xil shakldagi g'alvir suyak
kataklari bor. Kataklar lateral tomonda yupqa plastinka (qog'ozsimon) yoki
ko'z kosasi plastinkasi bilan qoplangan bo'lib, ko'z kosasining medial devorini
hosil qiladi. Q'alvir suyakning oldinda turgan kataklari peshona suyagi ka
taklari bilan, orqadagi kataklari esa ponasimon suyak katagi bilan tutashgan.
Labirintning
medial
tomonlarida tepa va pastki
chig'anoqlar bor.
Ba’zida eng tepada joylashgan uchinchi burun chig'anog'i ham uchraydi.
Kallaning yuz bo‘limi suyaklari
Kallaning yuz bo'limi yuqori va pastki jag', tanglay, burun, pastki
burun chig'anog'i, dimog', ko'z yoshi suyagi, yonoq va til osti suyakla-
ridan tuzilgan bo'lib, sezgi (ko'rish va hid bilish) a’zolari joylashadigan
bo'shliqlar va nafas olish (burun bo'shlig'i) hamda ovqat hazm qilish
sistemalarining (og'iz bo'shlig'i) boshlanish qismlari joylashgan. Shu
ning uchun yuz suyaklari tuzilishida bir
qancha xususiyatlami kuzatish mumkin. Bu
xususiyatlarga har bir suyakni ta’riflagan-
da batafsil to'xtalib o'tamiz.
Y u q o r i j a g ' (56-rasm) bir juft
bo'lib, birmuncha murakkab tuzilgan va
ko'p vazifani bajaradi. Yuqori jag' ko'z
kosasi, burun va og'iz bo'shliqlarini hosil
qilishda ishtirok etadi va chaynov apparat-
lari ishida faol qatnashadi.
Yuqori jag ' tana va to'rtta o'siqdan
iborat:
a)
tananing ichida havo saqlanadigan
turli shakldagi kovak (Gaymor bo'shlig'i)
bo'lib, burun bo'shlig'iga ochilib turadi.
Dostları ilə paylaş: |