69-rasm . Kalla tubining sirti.
,
°
,
.
. . , _
,
, . . . ,
.
, .. .
bor. Bulardan tashqa-
/ -
yuqori jag
; 2
- tanglay о sig
1
;
3 -
tanglay choki;
4 —
. 7 .
tanglay su yagin ing gorizontal plastinkasi; 5 - xoana;
6
-
r i’
Plramida tanasi
b l-
yonoq yoyi;
7, 8 -
qanotsim on o'siq;
9 -
ovalsim on teshik;
l&n ensa va ponasimon
1 0 -
orqadagi teshik;
11
- «yirtiq» teshik;
12 -
tashqi uyqu
suyaklarning tanalari
teshigi;
13 -
b ig izsim o n o'siq ;
14 -
bo'yinturuq teshik;
1 5 -
orasida noto'g'ri shakl-
b o 'g 'im yuzasi;
16 -
so 'rg'ich sim on o'siq;
1 7 - e
nsa suya- j j
« y irtiq » te sh ik
gi;
18 -
chakka suyagi;
19 -
tepa suyagi;
20 -
ponasim on
,
*
.
.
suyak;
21 -
tanglay suyagi;
22
- yonoq suyagi;
23 -
tepa ja g '.
c*lakka suyagi pirami-
dasining pastki yuza-
sidagi uyqu arteriya kanalining tashqi teshigi, ovalsimon va orqa teshikcha
lar ko'rinib turadi. Kalla tubining tashqarisi ensa suyagidagi katta ensa
teshigi— umurtqa kanaliga ochiladi. Uning ikki yonboshida birinchi bo'yin
umurtqasi bilan bo'g'im hosil qilib birlashadigan bo'g'im do'mboqchalari
va ularning orqalarida orqa chuqurchalari, til osti nervi kanali joylashgan.
Ensa suyagi bilan chakka suyak piramidasidagi chuqurchalar qo'shilib,
bo'yinturuq teshigini hosil qiladi. Ana shu teshikda lateral tomondan yuz
nervi teshigi, quloqning tashqi teshigi va turli yoriqchalar joylashgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kalla tubining ichini (70-rasm) kallani gorizontal yoki sagittal qilib
kesilgandagina ko'rish mumkin. Bu tub ichi oldingi, o'rta va orqa chu-
qurchalarga ajralgan. Tubning oldingi va o'rta chuqurchalarida bosh miya
yarimsharlari joylashsa, orqa chuqurchasida esa miyacha turadi.
Kallaning ol
dingi chuqurcha-
si peshona suya
gining ko'z ko
sasi qismi, g'al
vir suyagining
plastinkasi, po
nasimon suyak
ning
kichik
qanotlari va ta
nasining bir qis
midan tashkil
topgan. Oldingi
c h u q u r c h a d a
m iya
yarim -
s h a r l a r i n i n g
peshona qismi
j o y l a s h a d i .
G 'alvir suyak
ning plastinka
qismi chuqurroq
bo'lib, unda hid
bilish nervi tar-
moqlarining bu
run bo'shlig'iga
o'tadigan teshik-
ch alari
bor.
Kallaning o'rta chuqurchasi oldingi chuqurchadan bir oz chuqur bo'lib,
o'rta qismi ponasimon suyakdagi turk egari bilan ikkita bo'lakka ajral
gan. Unda miya yarimsharlarining chakka qismlari joylashadi. O 'rta
chuqurcha ponasimon suyakning tanasi va katta qanotlaridan, piramida
ning oldingi yuzasidan va chakka suyagining palla qismidan tuzilgan.
Turk egarining old tomonida joylashgan ariqcha ikkala tomondan ko'rish
kanallariga boradi. Kallaning o'rta chuqurchasida ko'z kosasining yuqori
yoriqchasi, dumaloq, ovalsimon yirtiqsimon va orqa teshiklar joylashgan.
O 'rta chuqurchaning orqa chegarasi piramidaning yuqori chekkasi bilan
turk egarining suyanchig'idan hosil bo'lgan.
Kallaning orqa chuqurchasi yuqorida qayd qilingan ikkala chuqurcha-
ga nisbatan chuqur va kengroq bo'lib, ensa suyagi, chakka suyagi pirami-
70-rasm . Kalla tubining ichi.
/ - xo'roz tojisim on qirra; 2 - peshona suyagi; 3 - k o ‘ruv kanali;
4 -
turk egari; 5 - dum aloq teshik; 6 - ovalsim on teshik; 7 - orqadagi
teshik;
8
- «yirtiq» teshik; 9 - quloq yo'Iining ichkarigi teshigi;
10 -
bo'yinturuq teshik;
11
- til osti nerv kanali;
12 -
chakka su yagin ing
piramida qism i;
13
- ensa suyagi;
14
- ko'ndalang egat;
15
- sigm a-
sim on egat.
www.ziyouz.com kutubxonasi
dasining orqa yuzasi, ponasimon suyak tanasining orqa bo'lagi va tepa
suyakning orqadagi pastki burchagidan tashkil topgan. Orqa chuqurchada
katta teshik, til osti nervi kanali, buyinturuq teshigi va piramidaning orqa
yuzasida joylashgan quloqning ichki teshiklari ko'rinadi.
K A L L A S U Y A K L A R I O N T O G E N E Z I
Odam kallasi embrion taraqqiyotining boshlanish davrida orqa torining
yuqori uchidan rivojlanadi. Bu paytda bosh miya mezenxima pardasi
bilan o'ralib, parda kalla yoki biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan kallani
paydo qiladi.
Ona qomidagi hayotning ikkinchi oyida mezenxima pardasi (hujayra
lari) tog'ay to'qimaga aylana boshlaydi. Tog'ay to'qimaning plastinkalari
xordaning oldingi uchiga yaqin joyida va uning ikkala tomonidan hosil
bo'ladi. Bular asta-sekin qo'shilib, xordani o'z ichiga oladi va kallaning
tog'ay negizini vujudga keltiradi. Tog'ay plastinkalarida bosh miya ne-
rvlarining chiqib ketishi uchun teshiklar bo'ladi. Tog'ay kallaning tubida
takomillashadi, kalla qopqog'i esa faqat biriktiruvchi to'qima pardasi
bilan qoplangan.
Taraqqiyotning uchinchi oyi birinchi yarmida tog'ay kalla yaxshi rivoj
lanadi; bu vaqtda hid bilish a’zosining kapsulasi, ko'rish a’zolari turadigan
chuqurchalar, eshitish a’zolari kapsulalari va ensa sohalari aniq tafovut
qilinadi. Bular hammasi o'zaro birlashib, yaxlit kallani hosil qiladi. Kalla
ning yuz qismi esa jabra yoki 5 juft visseral ravoqlardan rivojlanadi. Ulardan
birinchi jufti pastki jag' ravog'i bo'lsa, ikkinchisi — til osti ravoq'idir.
Qolgan uchinchi, to'rtinchi va beshinchi juftlari jabra ravoqlari nomi bilan
ataladi.
Pastki jag' ravog'idan keyinchalik yuqori va pastki jag', o'rta quloq
suyakchalari (bolg'acha, sandon, uzangi) rivojlanadi. Til osti suyagi
tanasining bir qismi (kichik shoxchalar bilan) uchinchi visseral ravoqdan,
tanasining qolgan qismi va katta shoxchalar, to'rtinchi hamda beshinchi
jabra ravoqlaridan hiqildoq tog'aylari (kallaga aloqasi yo'q) rivojlanadi.
C H A Q A L O Q K A L L A S I
Chaqaloq kallasining miya bo'limi yuz bo'limiga qaraganda kattaroq
bo'ladi. Kalla tubi kalla qopqog'iga nisbatan kechroq rivojlanadi, ko'z
kosalari kattaroq bo'ladi.
Chaqaloqlarda dastlab suyaklanish nuqtalari bir-biridan keng birikti
ruvchi to'qima plastinkalari bilan ajralgan bo'lib, uzoq saqlanadi. Suyak-
langan kalla qopqog'ining ushbu sohalari parda bilan qoplangan va su-
yaklanmagan bo'lib, ko'pincha choklar o'zaro kesishgan qismlardagina
kuzatiladi. Kalla qopqog'ining ana shunday yumshoq (suyaklanmagan)
www.ziyouz.com kutubxonasi
joylarini liqildoq deb ataladi. Chaqaloq kallasida (71-rasm) quyidagi li-
qildoqlar bo'ladi.
1. Romb shaklidagi peshona liqildog'i (uzunligi 3,5 sm gacha, ko'nda
lang o'lchami taxminan 2,5 sm) bola ikki yoshga to'lganda suyaklanib
yopiladi.
2. Uchburchak shaklidagi ensa
liqildog'i bolaning ikki oyligida
bekilib ketadi.
3. Yon liqildoqlar to'rtta bo'lib,
kallaning har bir yonida bir juftdan
uchraydi va bolaning 2— 3 oyligida
suyaklanib bitadi.
Chaqaloq kallasida hali choklar
bo'lmaydi. Kalla tubi suyaklarida
esa tog'ay plastinkalar bo'ladi.
Chaynov funksiyasi chaqaloqlarda
yaxshi rivojlanmaganidan jag' su
yaklari unchalik takomillashmagan,
pastki jag' esa ikki bo'lakdan iborat
bo'lib, orasida tog'ay plastinkasi
u c h ra y d i. J a g ' s uya kl a r i ni ng
alveolar o'siqlari bo'lmaydi.
Bola kallasining tug'ilgandan
keyingi rivoji 3 davrga bo'linadi:
bi r i nchi o 's is h d a v ri — bola
tug'ilgandan keyin yetti yoshgacha
bo'lib, bu davrda kallaning ensa
qismi o'sib ketadi. Ikkinchi o'sish
davri — yetti yoshdan to balog'atga yetguncha (14— 16 yoshgacha) davom
etadi va kalla bir qadar sekin o'sadi. Uchinchi o'sish davri — balog'atga
yetgan vaqtdan gavdaning umumiy suyaklanish davri tamom bo'lishiga-
cha (20—25 yoshgacha) bo'lib, bu davrda kallaning old qismi juda tez
o'sadi.
Kalla skeleti organizmda muhim vazifani bajaradigan markaziy nerv
sistemasiga, sezgi a’zolariga, ovqat hazm qilish va nafas sistemasiga
bog'liq holda joylashgan. Har bir individiumning kalla suyagi sinchiklab
tekshirilsa, ularning tuzilishida o'ziga xos turli xususiyatlar borligini ko'ra
miz.
Antropologiya fani kalla skeleti qopqog'ining shakli va hajmiga qarab
uch xil kallani ajratgan.
1)
kalta kalla — braxisefal; 2) o'rtacha kalla — mezosefal; 3) uzun
kalla — dolixosefal.
7 1 -rasm. Chaqaloq kallasi skeleti.
/ - t e p a suyak; 2 - en sa liq ild o g 'i; J -
suyaklararo parda;
4
- en sa su yagi; 5 -
s o ‘rg‘ich sim on liqildoq; 6 - tangasim on
chok; 7 - quloq parda halqasi;
8
- p on asi
mon liqildoq; 9 -p o n a s im o n suyak katta
qanoti; / 0 - peshona suyagi; / / - o l d i n g i
liqildoq;
12
- sagittal chok.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kalla yuqorida aytilganidek, turli shakldaligini, ya’ni hajmlari bir xil
bo'lmasligini hisobga olib chet el olimlari (kallaning hajmiga qarab) «oliy»
va «past» turdagi kallani tafovut qiladilar. Bu «nazariya»ga qaraganda
kalta kallalik odamlar «past irqqa mansub», uzun kallalik odamlar esa
«oliy» tabaqadagi odamlar hisoblanadi.
Kalla turlari to'g'risidagi «nazariya»ni ikkinchi jahon urushi boshlanishi
oldidan nemis fashistlari ham keng qo'llaganlar. Ularning soxta «ilmiy»
tushunchalariga ko'ra dolixosefal kallalilar, ya’ni nemislar biologik bel
gilari bilan boshqa hamma millatlardan yuqori turishi va dunyoda hukmron
bo'lmog'i lozim emish. Lekin odamlar o'rtasidagi irqiy belgilarni to'g'ri
talqin etish uchun: avvalo «irq» bilan «millat» to'g'risidagi tushunchaning
farqini aniqlab olish lozim. Irq ma’lum bir hududda yashaydigan bir
turkum odamlardagi morfologik belgilarning nasldan naslga o'tishi
natijasida kelib chiqqan tabiiy-tarixiy kategoriya, tabaqa hisoblanadi. Hozirgi
zamon odamlari o'rtasidagi irqlaming turli davrda kelib chiqishiga qara-
masdan hamma xalqlar biologik, morfologik va fiziologik bir xil bab-
baravar o'smoqda. Irqlaming turli davrda kelib chiqishi ularning yashab
turgan sharoitiga, taraqqiyotiga bog'liq ekanligini e’tiborga olish lozim,
ammo kun sayin xalqlarning o'zaro aloqalari kengayib borishi turli irq-
larning bir-biri bilan o'zaro nikohlashuvi va aralashib yashashi irqiy
farqlaming asta-sekin yo'qolib borishiga olib keldi. Shunday qilib, fan
irqni «oliy» va «past» tabaqalarga ajratadigan hech qanday ilmiy material
yo'qligini isbotlab berdi. Millat — ijtimoiy kategoriya (turkum) urf-
odatlar birligi majmuidir. Shuning uchun biologik alomatlarga (irqqa)
qarab siyosiy huquqni, ya’ni ijtimoiy ustunlikni isbotlashga urinish haqiqatga
to'g'ri kelmaydi. Buni anatomiya dalillari bilan osongina isbotlash qiyin
emas. Jumladan, sobiq ittifoq va chet el olimlarining tekshirishlariga
qaraganda, uzun kallali odamlarni hozirgi hamma irqlarda uchratish
mumkin. Barcha millatlar orasida turli xil (kalta, uzun) kallaning bo'lishi
ularning o'zaro yaqin ekanligi, hajmlarining kelib chiqishi bir xil, ya’ni
kromanyon avlodidan ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, hamma
millat orasida ham 53—61 sm diametrli kallasi bo'lgan odamlar borligini
ko'rsatib o'tish lozim. Masalan, dunyoga tanilgan atoqli odamlar (Leybnits,
Kant)ning kallasi ham kichkina (55 sm), Dante kallasining uzunligi esa
atigi 54 sm bo'lgan.
Kallaning miya bo'shlig'i hajmi odamning evolutsion o'sishi davrida
pitekantropdagi 900 sm3 dan hozir 1500— 1600 sm3 gacha o'sganligi
ma’lum.
Hozirgi davr xalqlari o'rtasida ijtimoiy va madaniy rivojlanishning
turlicha bo'lishi biologik (irqiy) belgilarga emas, balki ularning ijtimoiy
tuzumiga taalluqlidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
1. B osh skeleti qaysi qismlarga bo'linadi?
2. M iya bo'lim i qaysi suyaklardan iborat?
3. B osh ning yuz qism iga qaysi suyaklar kiradi?
4. Kalla suyagida qaysi a’zolar joylashgan?
5. Ensa suyagining tuzilishi.
6. T epa suyakning tuzilishi.
7. Peshona suyagi qism larining anatomik belgilari.
8. Chakka suyagi qaysi qismlardan tashkil topgan va ularning tuzilishi.
9. Chakka suyagida qaysi a’zo joylashgan?
10. Ponasim on suyak qismlari.
11. G 'alvirsim on suyakning tuzilishi.
12. T epa ja g ' suyagining tuzilishi.
13. Tepa ja g ' suyagining havo saqlanadigan b o 'sh lig 'i qaysi bo'shliqqa ochiladi va
uning ahamiyati?
14. Pastki jag' su yagin ing tuzilishi.
15. B osh suyaklarining qaysilarida havo saqlanadi va ularning ahamiyati.
16. B osh suyaklari o'zaro qanday birlashadi?
17. Burun b o 'sh lig 'in in g tuzilishi.
18. K o 'z kosasi tuzilishida qaysi suyaklar qatnashadi?
19. K o 'z kosasida qaysi sezg i a’zosi joylashadi?
20. O g 'iz b o 'sh lig 'in in g tuzilishi.
21. Qattiq tanglay qaysi suyaklardan tuzilgan?
22. B osh skeleti tubining sirti qanday tuzilgan?
23. Kalla tubi ichki qism ining tuzilishi.
24. Chakka va chakka osti chuqurchalari qanday tuzilgan?
25. Qanot tanglay chuqurchasining tuzilishi.
26. Chaqaloq suyaklarining tuzilishi.
27. Liqildoq b o'lishining sababini bilasizm i va ular qaysi yoshgacha saqlanadi?
MUSKULLAR HAQIDA TA’LIMOT
U M U M IY M A ’L U M O T L A R
Odam organizmida uch xil muskul mavjud: 1) skelet yoki ixtiyoriy
qisqaruvchan muskullar nurlami turlicha qabul qilganidan ularning tolalari
mikroskop ostida ko'ndalang-targ'il bo'lib ko'rinadi. Shuning uchun skelet
muskullari ko'ndalang-targ'il muskullar deb ataladi; 2) yurak muskullari
— garchand ko'ndalang-targ'il muskullardan tuzilgan bo'lsa-da, ixtiyorsiz
qisqaradi; 3) silliq yoki ixtiyorsiz qisqaruvchi muskullar bo'lib, ichki
a’zolar va tomirlar devorida joylashgan.
Skelet m uskullari harakat a ’zolari sistem asi orasida o 'zin in g
qisqaruvchan xususiyati bilan muhim vazifani bajaradi. Muskullar nerv
tolalari orqali markaziy nerv sistemasidan keladigan impulslar ta’sirida
qisqarganda gavdada turli harakatlar vujudga keladi. Odatda, skelet mus
kullari odam ixtiyori bilan qisqaradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Skelet muskullari o'rta yoshdagi odamda gavda og'irligining 40%ini,
yosh organizmda esa 20—25 % ini tashkil etadi. Sport bilan shug'ulla-
nuvchilarda esa muskullaming umumiy og'irligi gavdaga nisbatan 50%gacha
yetadi. Yosh ulg'aygan sari muskullar hajmi va og'irligi asta-sekin kamaya
boradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin skelet muskullari bor.
Muskullaming rivojlanishi. Gavda muskullari embrionning orqa
sohasida joylashgan mezodermaning segmentar qismi — somitlardan
rivojlanadi. Somitlar esa sklerotom va miotomga bo'linadi. Sklerotomdan
umurtqa pog'onasi va boshqa suyaklar, miotomdan esa muskullar
rivojlanadi.
Orqa miyada segmentar joylashgan miotomga nerv tolasi o'sib kiradi.
Shuning uchun har bir miotomdan rivojlangan muskul tananing qaysi
qismida joylashishidan qat’i nazar, o'zining xususiy nerviga ega bo'ladi.
Agar bir nechta miotomdan bitta muskul vujudga kelsa, u holda mazkur
muskulning tashkil bo'lishida qatnashgan miotom soniga qarab xuddi
shuncha nerv tolasi bo'ladi.
Muskullar rivojlanish davrida o'zining takomil etgan joyida qolsa,
bunday muskullar m a h a l l i y m u s k u l l a r deb ataladi, aksincha,
muskullar rivojlanish davrida bir joydan ikkinchi joyga (qo'l-oyoqqa)
o'tib ketsa, ularni t a n a d a n q o c h u v c h i m u s k u l l a r deyiladi.
Nihoyat, uchinchi guruh muskullar qo'l-oyoqda rivojlansa-da, taraqqiyot
davrida tanaga o'tib ketadi, bunday muskullar t a n a g a i n t i l u v c h i
(trunkopetal)
m u s k u l l a r deyiladi. Muskullar rivojlangan sohani
ularga
kelgan
nervlardan
bilish
qiyin emas. Jumladan, diafragma
(qorin-ko'krak to'sig'i) bo'yin qismida takomil etib, keyin pastga qarab
yo'nalgan. Shuning uchun diafragma nervlari bo'yin nerv chigalidandir.
Orqaning keng muskuli qo'lning yelka qismida rivojlanib, tananing orqa
qismiga ko'chgan. Shuning uchun bu muskul yelka nerv chigali hisobidan
innervatsiya qilinadi.
Muskullaming tuzilishi. Skelet muskullari ko'ndalang-targ'il tolalar-
dan tuzilgan bo'lib, qisqarish xususiyatiga ega. Har bir muskulning
qisqaruvchi qismi — tanasi va ikki uchi, ya’ni boshlanish va biriktiruvchi
(pay) qismlari bor. Bundan tashqari, uzun muskullarda boshi va dum
qismi ajratiladi. Yassi muskullar (qorin muskullari)ning yassi payi (apo-
nevrozi) bo'ladi.
Muskul tolalari o'zaro yumshoq biriktiruvchi to'qima bilan tutashgan
bo'lib, ustidan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan parda (fassiya) o'rab,
ularning alohida qisqarishiga yordam beradi. Fassiyalar bir muskulni
ikkinchi muskuldan ajratib turadi. Fassiyalaming boshqa turi ma’lum bir
guruh muskullami o'rab, so'ngra ichkariga yo'naladi va suyakka borib,
fassiya to'sig'ini hosil qiladi. Fassiyalar odatda qavatma-qavat muskullami
o'rab turadi. Shu boisdan ulami joylashgan o'rniga qarab chuqur, o'rta
va yuza yoki teri osti fassiyalariga ajratiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Fassiyalar amaliyotda juda katta ahamiyatga ega. Ular oralig'ida qon
tomirlar va nerv tolalari joylashgan bo'lib, yallig'lanish jarayonida vujudga
kelgan yiring ham fassiyalar orasidan tarqaladi. Muskulning pay qismi
yaltiroq oq yoki sarg'ish rangi bilan ajralib turadi. Muskul odatda suyak-
larga pay yoki aponevrozlar yordamida yopishadi. Muskul uzun, qisqa,
yassi bo'lishi mumkin. Uzun muskullar aksari qo'l va oyoqda, yassi
muskullar esa tananing old va orqa tomonida joylashgan. Kalta muskullar
gavdaning chuqur qismida, serbar muskullar esa yuzada joylashadi.
Organizmda ikki boshli, uch boshli, to'rt boshli, duksimon, bir va ikki
patli, ikki qorinli va boshqa turdagi muskullar uchraydi (72-rasm). Muskul
tolalari yo'nalishiga qarab to'g'ri, qiyshiq, ko'ndalang va aylana bo'ladi.
Har bir muskulning o'z qon
tomiri va nervlari bor. Muskul
tarkibida sezuvchi nerv tolalari
sezg ilarn i m arkaziy nerv
sistemasiga yo'naltirsa, aksin
cha, markazdan kelayotgan
harakat tolalarining ta’sirida
muskullar qisqaradi. Simpatik
tolalar yordamida esa muskul
lar trofikasi (moddalar alma
shinuvi) amalga oshadi.
Muskullar fiziologiyasi.
Muskullar ishi ularning qisqa-
rishidir. Muskullar qisqarganda
bir uchi ikkinchi uchiga yaqin-
lashadi, natijada gavdaning ana
shu qismi harakatga keladi,
ya’ni muskullar mexanik ish ba
jaradi, shuningdek, ular statik
ish ham bajaradi, ya’ni muskullar qisqarib, gavdaning ma’lum vaziyatini
saqlab turadi. Bunda gavda vaziyati o'zgarmaydi.
Muskullaming ish bajarish quvvati uning ko'ndalang kesimi o'lchovi-
ga bog'liq. Jumladan, 1 sm2 ko'ndalang kesimga ega bo'lgan muskul
o'rta hisobda 10 kg yuk ko'tara oladi. Muskullaming ish bajarishida
suyak richaglari katta ahamiyatga ega.
Odam organizmida ikki yoki bir yelkali richaglar mavjud. Ikki yelkali
yoki muvozanat richagining tayanch nuqtasi bo'lib, ikki tomondagi yelkalar
baravar uzunlikda. Masalan, I umurtqa bilan bosh suyagi orasidagi hamda
chanoq bilan umurtqa orasidagi bo'g'imlar.
Ikkinchi xil richag yoki bir yelkali richag — kuch richagi qarshi
tayanch nuqta bilan kuch qo'yilgan nuqta
orasida bo'ladi. Masalan,
72-rasm . M uskullar shakli.
A - duksim on muskul;
В
- bir patli m uskul;
D -
ikki patli muskul; £ — ikki qorinli muskul.
www.ziyouz.com kutubxonasi
oyoq-kaft-boldir suyaklari bo'g'im i. Bunda odam oyoq-kaft suyaklari
ning boshchalariga tayanib, boldiming orqa tomonida joylashgan va tovon
do'mbog'iga yopishgan muskullar yordamida gavda og'irligini ko'taradi.
Tirsak bo'g'im i ikkinchi misol bo'lib, bunda kuch sarflash nuqtasi (bi-
lakni bukuvchi muskullaming yopishgan joyi) tayanch nuqtasidan uzunroq
bo'ladi. Qarshilik qiladigan (og'irlik) nuqta esa ancha uzun (kaftda). Shu
bois ozgina yukni ko'tar ish uchun ko'p kuch sarf qilinadi, lekin masofa
dan yutiladi. Muskullaming boshlanish nuqtasi bilan birikish nuqtasi ora
sida joylashgan bo'g'im soniga qarab, bir bo'g'imli, ikki bo'g'im li va
ko'p bo'g'im li muskullar deb ataladi.
Bir xil muskullar qisqarib, ikkinchi tomonda joylashgan muskul-
larga qarama-qarshi ish bajarsa, bunday muskullar zid (antagonist)
muskullar deb ataladi. Masalan, bilakni bukuvchi muskullar yozuvchi
muskullarga nisbatan antagonistdir. Aksincha, muskul qisqarib ikkinchi
muskul ishiga yordam bersa, bunday muskullami hamkor (sinergist)
muskullar deyiladi.
Muskullaming ish bajarishida g'altaklar, sinovial xaltachalar, pay qinlari
va sesamasimon suyaklar muhim ahamiyatga ega.
G'altak suyaklarida tog'aylardan tuzilgan do'nglar bo'lib, ulardan
muskullar payi aylanib o'tadi. Shu tariqa muskullaming qisqarish kuchi
oshadi.
Ichida suyuqlik saqlovchi (sinovial) xaltachalar turlicha bo'lib, ular
muskul paylarining suyaklarga ishqalanadigan joylarida uchraydi va
paylarni suyaklarga ishqalanishdan saqlab, muskullaming ish qobiliya-
tini oshiradi.
Qo'l-oyoq panjalarida muskul paylarini o'rab turadigan silindr shakli
dagi fibroz qin bo'lib, ular devori ikki qavatdan tuzilgan. Ichki va tashqi
qavatlar orasida suyuqlik bo'lganidan muskul paylari qinning ichki devo
ri bilan osongina suriladi. Natijada muskul paylari siqilmasdan bemalol
ish bajara oladi.
Sesamasimon suyaklar muskul payining tagida joylashadi va hara
kat effektini oshiradi. Eng katta sesamasimon suyak tizza qopqog'i
suyagidir.
Dostları ilə paylaş: |