Bosh miya fiziologiyasi
Bosh miya, ayniqsa uning po'stloq qavatida joylashgan hujayralar
organizmning barcha vazifalarini boshqaradi va ulaming o'zaro hamda
tashqi muhit bilan organizmning uzviy munosabatini boshqarib tartibga
soladi. Miya xotira, ong va aqliy faoliyat a’zosidir.
Miya po'stlog'i fiziologiyasini o'rganishda I. P. Pavlov po'stloqni
qisman kesib olish, elektr va kimyoviy moddalar ta’sir ettirish, miya
biotoklarini yozib olish va shartli reflekslarini qo'llash kabi usullar orqali
juda ko'p ma’lumotlami aniqladi va isbotlab berdi. Olimning fikricha,
odamning fe’l-atvorini o'rganishda shartli refleks muhim rol o'ynaydi.
Miya yarimsharlari kasallansa yoki jarohatlansa, odam hayotda orttirgan
barcha individual harakatlari, shu jumladan shartli reflekslar ham yo'qoladi.
Miya yarimsharlari p o 'stlo g 'id a joylashgan turli sezgi zonalari
assosiatsion tolalar yordamida o'zaro bog'lanib (o'qish, yozish, gapirish,
fikrlash, xotirlash), impulsni analiz qiladi va kerakli javobni yuzaga chiqarib,
ishchi a’zolarga yetkazadi. Agar assosiatsion birlashmalar buzilsa, unda
odam narsalarni tanib olish, o'rgangan harakatlarni bajarish kabi faoliyat-
larni yo'qotadi. Xatni o'qiy olmaydi, eshitgan so'zlarning ma’nosini tu-
shunmaydi. Chap tomondan pastki peshona pushtasining orqa qismi shi-
kastlanganda esa odam gapning ma’nosini tushunsa ham gapira olmaydi.
Po'stloqning ustki chakkasi pushtasi kasallanganda odam gapning ma’nosini
anglamaydi.
Miya po'stlog'ining bioelektrik holatini ossillograf asbobi yordamida
yozib o'rganiladi. Bunga elektroensefalogramma (EEG) deb ataladi.
Elektroensefalogramma odam holatiga qarab turlicha bo'ladi.
Tashqi yoki ichki muhitdan qabul qilingan har qanday ta’sirotga mar
kaziy nerv sistemasi ishtirokidagi reaksiya refleksi va uni yuzaga keltirishda
qatnashgan nervlar yig'indisi refleks yoyi deb ataladi.
Ta’sirot berilgan paytdan boshlab o'sha ta’sirotga javob kelguncha
sarf bo'lgan vaqt refleks vaqti deb ataladi. Organizmdagi mavjud
www.ziyouz.com kutubxonasi
reflekslaming o ‘ziga xos anatomik maydonlari bo'lib, ana shu soha ta’-
sirlangandagina refleks paydo bo'ladi (191-rasm).
Masalan, tizza refleksi tizza qopqog'ining pastrog'idagi payga urilganda
paydo bo'ladi. Ko'z to'r pardasiga yorug' tushganda ko'z qorachig'ining
qisilish refleksi vujudga keladi. Organizmda qo'zg'alish va tormozlanish
jarayonlari ham bo'ladi. Jumladan, qo'zg'alishda nervning ta’siri bilan
a ’zo fao liy atin i yuzaga
chiqarish yoki bor faoliyatni
k u c ha yt i r i s h mu mk i n .
To r mo z l a n i s h d a
esa
nervning ta’siri orqali a’zo-
dagi mavj ud faol i yat ni
susaytirish yoki uning kelib
chiqishiga to'sqinlik qilish
paydo bo'ladi. I. P. Pavlov
ifodasi bo'yicha organizm
reflekslar vositasida atrof-
muhitga moslashib boradi.
Reflekslar shartsiz va shartli
bo'ladi. Shartsiz reflekslar
cha qa l oq t u g ' i l g a n d a n
boshlab (so 'rish , yutish,
y o 'talish , ko' zni ochib-
yumish kabi) paydo bo'la
di. Shartsiz reflekslar na
sldan naslga o'tadi va atrof-
muhit ta’siriga javoban qonuniy tarzda kelib chiqadi. Biroq atrof-muhit-
ning organizmga ta’siri o'/garuvchan va murakkab bo'lganidan mavjud
shartsiz reflekslar odamning muhitga moslashishi uchun kamlik qiladi.
Binobarin, organizmning mavjud sharoitga moslashishi uchun shartli ref
lekslar ham kerak bo'ladi. Yangi tug'ilgan bolalarda bosh miya unchalik
rivojlanmagani uchun ularda shartli reflekslar bo'lmaydi. Chunki shartli
reflekslar markaziy nerv sistemasining bevosita ishtirokida paydo bo'ladi,
vaqtincha aloqalami tutashtirib, shartli reflekslami hosil qiladi. Bosh miya
jarohatlanganda paydo bo'lgan shartli reflekslar yo'qoladi. Shartli reflekslar
vaqtinchalik bo'lib, uni takrorlab mustahkamlanmasa, yo'qolib ketadi.
Shartli reflekslar hosil bo'lishi uchun shartli (indifferent) ta’sirot bilan
shartsiz ta’sirot bo'lishi kerak. Jumladan, oldin qo'ng'iroq chalib yoki
yorug'lik berib, so'ngra ovqat berishni bir necha marta takrorlagandan
so'ng ovqatsiz qo'ng'iroq chalish yoki yorug'lik berishning o'zi ham itda
so'lak ajralishiga sabab bo'ladi. Oldin ovqat berib, keyin chiroq yoqilsa
(indifferent), so'lak ajralmaydi, ya’ni shartli refleks paydo bo'lmaydi.
Shartli reflekslar yot ta’sirotlardan ajratilgan, alohida xonalardagina paydo
191-rasm. Reflekslami yuzaga keltirish uslubi va
refleks yoyi sxemasi.
A
- tizza refleksi;
В -
Axill payi refleksi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'ladi. Bunda miya po'stlog'ida joylashgan tovushni qabul qilish markazi
bilan, ovqatni ko'rgandan keyingi it miyasidagi ta’sirot markazi o'zaro
qo'shilib, shartli refleksni vujudga keltiradi. Odatda, shartli ta’sirot organizmga
oldinroq ta’sir qilsa, unga yaqinlashish yoki qutilish yo'lini ko'radi. Masalan,
qo'rqinchli tovushni eshitish, it yoki ilonni ko'rish, ulardan qochish shartli
refleksini yuzaga chiqaradi. Binobarin, shartli reflekslar organizmning
yashashi va atrof-muhitga moslashishi uchun zarur hisoblanadi.
Shartsiz reflekslar organizmga ta’sirot ta’sir qilgandan keyin (oyoqqa
tikan kirsa, qo'lga zirapcha qadalsa, odam yiqilsa va h.k.) vujudga keladi.
Bu vaqtda xalos bo'lish ehtimoli juda kam bo'ladi.
Markaziy nerv sistemasi faoliyatida bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan
ikki jarayon (qo'zg'alish va tormozlanish-to'xtalish) o'zaro mahkam bog'
langan. Qo'zg'alish shartli refleksning paydo bo'lishida muhim rol o'ynaydi.
Tormozlanish esa shartli reflekslar organizmning mavjud atrof-muhitga
m oslanishida qatnashadi. Torm ozlanish ikki (shartsiz va shartli
tormozlanish) turda bo'ladi. Shartsiz tormozlanishni yuzaga chiqarilgan
shartli reflekslarning yangi (notanish) muhitda to'xtab qolishi bilan
tushuntirish mumkin. Masalan: 1) itda qo'ng'iroqqa so'lak oqishi shartli
refleksini uy sharoitida paydo qilib, so'ngra itni notanish joyga o'tkazilganda
refleks paydo bo'lmaydi — shartsiz tormozlanadi. Bu holat bir necha
marta qaytarilgandan so'ng refleks vujudga keladi. 2) Ovqatni qo'ng'iroq
chalingandan so'ng beriladigan shartli refleks, keyinchalik ovqatni
qo'ng'iroqsiz berilsa, shartli tormozlanish bo'lib, asta-sekin shartli refleks
yo'qoladi. Bu vaqtda shartli refleksning paydo bo'lishiga aloqador mar-
kazda tormozlanish (to'xtash) vujudga keladi, atrofda joylashgan
markazlarda esa qo'zg'aluvchanlik kuchayib, qarama-qarshi ishorali hodi
salar paydo bo'ladi. Qo'zg'aluvchanlik va tormozlanish jarayonlari tashqi
muhit ta’sirida doimiy o'zgarib turadi, ya’ni organizm sharoitga moslashadi.
Odamlarning miya faoliyati va xarakterlari turlicha bo'ladi, ularni
fe’l-atvori (xarakteri)ga qarab to'rt turga ajratiladi:
I — xolerik tipdagi odamlar — oson qo'zg'aluvchan, vajohatli,
hujumkor;
II — sangvinik tipdagi odamlar — harakatchan, quvnoq, odamshavanda;
III — flegmatik tipdagi odamlar — kam harakat, vazmin, kamgap va og'ir;
IV — melanxolik tipdagi odamlar — xafaqon, tajang.
Odatda, xolerik va melanxolik tipdagi odamlarda ko'proq va haddan
tashqari qo'zg'alish hamda tormozlanish, ya’ni nevroz bo'ladi. Odamda
haddan tashqari qo'zg'alishning ro'y berishiga ko'pincha tashqi ta’sirot
lar sabab bo'ladi. Odatda, kuchsiz ta’sirotga kuchli qo'zg'alish yoki kuchli
ta’sirotlarga, aksincha, kuchsiz reaksiya vujudga keladi.
Uyqu. Uyg'oqlik bilan uyquning o'zaro almashib turishi hayotning
eng muhim sharti bo'lib, odamga uyqusizlik juda yomon ta’sir qiladi. U
lanj bo'lib, muskullari bo'shashshadi, ishtahasi bo'lmay, unda ruhiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'zgarishlar ro'y beradi. Katta yoshdagi odamlar bir kecha-kunduzda 7—
8 soat uxlasa, chaqaloqlar har 3—4 soatda uyqu bilan uyg'oqlikni al-
mashtiradi. O'tkazilgan tajribadan ma’lum bo'lishicha, itni uyqudan mahrum
etilganda 10— 12 kungina yashagan.
Uyquda energiya almashinuvi va yurak urishining soni pasayadi, nafas
olish siyraklashib, muskullar bo'shashadi. Uyquda odamning es-hushi,
ongi yo'qoladi. Tushda esa odamning uyg'oqlik vaqtiga o'xshab, yurak
urishida, qon bosimida o'zgarish bo'ladi. Tushga, odatda, tashqi muhit
o'zgarishlari (sovuq, issiq, turli hidlar va shovqinlar) sababchi bo'ladi.
Masalan, odam uxlaganda tovoniga issiq ta’sir ettirilganda, tushida o 't
ketganini ko'rgan. Oyoq kaftiga sovuq ta’sir ettirilsa, tushida suvda suzadi
yoki shudgorda oyoqyalang у uradi.
I.
P. Pavlovning iborasicha, uyqu po'stloq va po'stloq osti yadrolari
tormozlanishining mahsulotidir. Binobarin, uyqu muhim biologik hodisa
bo'lib, organizmni charchab, holdan toyishdan saqlovchi tormozlanish-
dir. Uyqu markazi gipotalamusning oldingi yadrolarida, uyg'oqlik markazi
esa gipotalamusning orqa yadrolarida joylashgan. Uyqu bilan uyqusizlik
miya p o 's tlo g 'i orqali tartibga solinadi. Itda miya stvolini miya
yarimsharlaridan ajratib qo'yilsa, juda chuqur uyqu vujudga keladi. Odamda
gipotalamus yoki o'rta miya kasallansa, uzoq uyqu (15—20 yillab ham),
ya’ni letargik (surunkali) uyqu bo'ladi.
Gipnoz miya po'stlog'ining ayrim qismlari tormozlanishidan paydo
bo'ladi. Gipnoz ham uyquga o'xshash har turli ta’sirlar ostida ro'y beradi.
Odatdagidan ko'proq (chuqurroq) tormozlanish vujudga kelishi uchun qulay
bo'lgan sharoitda kuchli, ta’sirchan gipnoz yuzaga keladi. I. P. Pavlovning
fikricha, bu himoyalovchi tormozlanishdir. Jumladan yirtqich hayvonlami
ko'rgan zaif hayvon o'lganga o'xshab yotib oladi, shu bilan saqlanib qoladi,
chunki yirtqich hayvonlar ko'pincha o'lik hayvonlarga tegmaydi.
PERIFERIK NERV SISTEMASI
Periferik nervlar bosh miyadan (12 juft) va orqa miyadan chiqadi.
BOSH MIYA NERVLARI
Bosh miya nervlari doimiy
tartib raqamiga ega bo'lgan 12 juft
nervlardan iborat (179-rasmga qarang).
I juft — hid bilish nervi.
II juft — ko'rish nervi.
III juft — ko'zni harakatlantiruvchi nerv.
IV juft — g'altak nervi.
V juft — uch shoxli nerv.
VI juft — uzoqlashtiruvchi nerv.
VII juft — yuz nervi.
VIII juft — dahliz-chig'anoq nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
IX juft — til-yutqin nervi.
X juft — adashgan nerv.
XI juft — qo'shimcha nerv.
XII juft — til osti nervi.
Bu nervlar vazifalariga qarab uch guruhga bo'linadi, ulardan I, II va
VIII juft nervlar sezuvchi a’zolarning nervlari, III, IV, VI, XI va XII
juftlari harakatlantiruvchi nervlar, V, VII, IX va X juftlari esa aralash
nervlardir. Hid bilish nervi bilan ko'rish nervi boshqa juft nervlardan bosh
miya pufakchalaridan rivojlanganligi bilan farq qiladi. Shuning uchun bu
nervlarda nerv tugunlari bo'lmaydi. Aralash nervlar esa orqa miya nervla-
riga o'xshash tuzilgan bo'lib, ulaming sezuvchi tolalarida nerv tugunlari
bo'ladi. Harakatlantiruvchi tolalar esa bosh miya po'stlog'idan orqa miya
nervlariga o'xshab, kulrang moddaning oldingi shoxidan boshlanadi.
Ill, VII, IX va X juft nervlar bag'rida boshqa nerv tolalaridan tashqari
parasimpatik tolalar ham mavjud.
I. H id b i l i s h n e r v i . Bosh miya yarimsharlari asosida (tagida)
gi hid bilish piyozchasidan 16— 20 ta ingichka tolalar chiqib, g'alvirsi
mon suyakning ilma-teshik plastinkasidan o'tib, burun bo'shlig'ining shilliq
qavatiga tarqaladi.
II. K o ' r i s h n e r v i . Miya oyoqchalarining tashqi chetida joylash
gan ko'rish yo'llaridan boshlanadi. Ko'rish yo'llari oyoqchalari o'rtasi
dagi chuqurcha tepasida bir qism tolalar o'zaro kesishib, nerv kesishma-
sini hosil qiladi va o'ng tomondagi kesishgan tolalar chap tomonga o'tib
ko'rish nervini hosil qiladi. Nerv shu nomli kanal orqali ko'z kosasiga
kirib, ko'z kosasining to'r pardasiga borib taqaladi (Ko'rish a’zolari va
uning o'tkazish yo'liga qaralsin).
III. K o ' z n i h a r a k a t l a n t i r u v c h i n e r v (192-rasm). Miya
oyoqchalarining ichki yuzalaridan boshlanib, ko'z kosasining ustki yorig'i
192-rasm. Ko'zni
harakatlantiruvchi uch shoxli va
til osti nervlari.
^
1, 2, 3
- ko'z nervining peshonaga ^
tarqaluvchi tolalari;
4 -
ko'zni hara-
katlantiruvchi nerv; 5 - ko'z kosasi ^
pastidagi nerv; 6 - qanot-tanglay
14
tuguni; 7 - ustki katakchalar nervi;
8 -
tepa jag' tishlari nerv tolalari;
9 - til nervi;
10
- j a g ' - t i l osti
muskuliga boruvchi nerv;
11 -
pastki katakchalar nervi;
12 -
en
gak tolasi;
13 -
til osti nervi;
1 4 -
pastki jag' nervi;
15 -
ustki jag'
nervi;
16 -
uch shoxli nerv poyasi;
17 -
ko'z nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
orqali ko'z kosasiga kirib tepa va pastki shoxchalarga bo'linadi. Nervning
harakatlantiruvchi tolalari ustki qovoqni ko'taruvchi muskuliga, ko'z
soqqasining ustki, pastki, ichki to'g'ri muskullari va pastki qiyshiq mus
kullarga borib tarqaladi. Nerv tarkibidagi parasimpatik tolalaming bir
qismi ko'z qorachig'ini qisuvchi (sfmkter va kiprik) muskullariga borsa,
ikkinchi qismi ko'z kosasining orqa qismida joylashgan kiprik nerv tugu-
niga borib tugaydi.
IV. G ' a l t a k n e r v i . Uzunchoq miya chodirining orqa tomonidan
chiqib, miya oyoqchalarining tashqi tomonidan ko'z kosasining ustki yorig'i
orqali ko'z kosasiga kirib, ko'z soqqasining ustki qiyshiq muskuliga boradi.
V. U c h s h o x l i n e r v . Aralash nerv bo'lib, uning harakatlanti
ruvchi tolalari miya ko'prigidan alohida chiqib, chakka suyagining pira-
midasi sohasida I va II shoxlar bilan qo'shilib, uch shoxli nervni hosil
qiladi.
Nervning sezuvchi tolalari miya ko'prigidan (harakatlantiruvchi tolalari
orqarog'idan) va uzunchoq miyaning yon tomonidan boshlanib, chakka
suyagining piramidasidagi chuqurchada harakatlantiruvchi tolalar bilan
qo'shilib, yarim oysimon tugunni hosil qiladi. Tugundan uch shoxli
nervning quyidagi tolalari chiqadi.
1. Ko'z nervi sezuvchi nerv bo'lib, yarim oy tugundan ajralib, miya
qattiq pardasiga tolalar beradi. Ko'z kosasining ustki yorig'idan ko'z
kosasiga kirib, peshona, ko'z yoshi va burun, kiprik nervlariga bo'linadi.
Ular tepa, qovoq, peshona terilariga, ko'z soqqasiga, konyunktiva
(qovoqlarning ichkariga qaragan shilliq qavatlari)ni, peshona, g'alvirsi
mon va ponasimon suyak kovaklarining shilliq qavatlariga borib tarqala
di. Nervning ko'z yoshi bezi tarmog'i ko'z yoshi beziga boradi.
2. Ustki jag ' nervi uch shoxli nervning ikkinchi (sezuvchi) shoxi
bo'lib, kalla suyagi bo'shlig'idan ponasimon suyakning yumaloq teshigi
orqali qanot-tanglay chuquriga chiqib to'rtta shoxchaga bo'linadi: I. Ko'z
kosasi pastidagi nerv qanot-tanglay chuqurchasidan ko'z kosasining pastki
yorig'i orqali ko'z kosasiga, undan shu nomli kanal orqali yuzga chiqib,
pastki qovoq, ustki lab va burun yon tomonidagi terilarga tarqaladi. II.
Qanot-tanglay tolalari shu nomli nerv tuguniga qo'shiladi. III. Ustki
kataklarga, ularda joylashgan tishlarga va milkka tarqaladi. IV. Yonoq
nervi lunj va chakka terilarini innervatsiya qiladi.
3. Pastki jag ' nervi. Tarkibida harakatlantiruvchi va sezuvchi tolalar
bo'lib, kalla suyagi bo'shlig'idan ponasimon suyakning oval teshigi orqali
chiqadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari chaynov muskullariga tarqalsa,
sezuvchi tolalari lunj shilliq pardasini, tilning shilliq qavatini innervatsiya
qiladi. Nerv tarkibidagi sezuvchi tolalar quloq oldi, til va jag' osti so'lak
bezlariga boradi. Pastki kataklar shoxi esa pastki jag' tishlariga, milkka
tarqaladi. Bu nervning tolalari dahan sohasidagi terilami innervatsiya qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
VI. U z o q l a s h t i r u v c h i n e r v miya ko'prigining orqa chegara
sohasidan chiqib, ko'z kosasining ustki yorig'idan ko'z kosasiga kirib,
ko'z soqqasining tashqi to'g'ri muskulini innervatsiya qiladi.
VII. Y u z n e r v i harakatchan nerv bo'lib, miya ko'prigi bilan
uzunchoq miya orasidan chiqib, ichki eshitish teshigi orqali yuz nervi
kanaliga kirib qayriladi. Nog'ora bo'shlig'ining ichki devori bo'ylab oldin
orqaga, so'ngra pastga yo'nalib, chakka suyagining so'rg'ichsimon - bi
gizsimon o'siqlari o'rtasida joylashgan shu nomli teshikdan tashqariga
chiqadi. Kanal ichida yuz nervidan katta toshsimon nerv bilan eshitish
tori nervi ajraladi. Katta toshsimon nerv (tarkibida parasimpatik tolalar
bor) chiqib, quloq oldi beziga boradi. Eshitish tori nervi esa yuz nervidan
ajralgach, o'rta quloq bo'shlig'idan tashqariga chiqib, uch shoxli nervning
til nervi shoxi bilan qo'shiladi va tilning so'rg'ichlariga (ta’m bilish) va
til osti hamda pastki jag' osti bezlariga tolalar beradi (193-rasm).
Yuz nervi so'rg'ichsimon-bigizsimon teshikdan tashqariga chiqqach,
quloq oldi bezining ichiga kirib, bir qancha tarmoqlarga ajraladi. Nervning
harakatlantiruvchi tolalari yuzdagi mimika muskullarini va bo'yindagi
teri osti muskuli bilan ikki qorinchali muskulning orqa qorinchasini
innervatsiya qiladi.
VIII. D a h 1 i z - c h i g ‘ a n o q n e r v i (sezish nervi) miya ko'prigi-
ning orqasidan yuz nervi bilan yonma-yon chiqib, ichki eshitish teshigi
orqali piramida (chakka suyagida) ichiga kiradi. Bu nerv ikkita nervdan
tashkil topgan, biri ichki
quloqning dahlizi bilan yarim
to'garak kanallarga boruvchi
dahliz nervi bo'lsa, ikkinchisi
eshitish nervidan iborat.
Dahliz nervi muvozanatni
saqlash vazifasini bajaradi,
uni ng p e rife rik to la la ri
ta’sirotni ichki quloq (labi
rint) dahlizida joylashgan
yadroning labirint dahlizi va
yarim to'garak kanallariga
tarqalgan tolalardan oladi.
Chig'anoq nervi esa ta’sirot
ni labirint chig'anog'i ichida
joylashgan nerv tugunidan
oladi. Tugunning periferik
nervlari Korti a ’zosidan
i mpul s ni qabul qi l adi
(quloqning tuzilishi va eshi
tish yo'liga qaralsin).
193-rasm. Yuz nervi.
1
- chakka tarmoqlari; 2 - yorg'oq tarmoqlari;
3
-
lunj tarmoqlari;
4 -
pastki jag' tarmoqlari; 5 - bo'yin
tarmoqlari; 6 -qu loq oldi chigali; 7 -y u z nervi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
IX. T
1 1 -у u t q i n n e r v i sezuvchi, harakatlantiruvchi va ta m bi
lish (parasimpatik) nerv tolalaridan iborat (aralash nerv) bo'lib, uzunchoq
miyadagi pastki oliva orqasidan chiqadi va bo'yinturuq teshik orqali
kalla bo'shlig'idan tashqariga yo'naladi. Teshik pastida nerv stvoli yo'g'on-
lashib ostki va ustki tugunlar hosil qilib, shoxchalarga bo'linadi. Uning
sezuvchi tolalardan tuzilgan shoxi tilning orqa qismiga, halqumga, o'rta
quloq shilliq pardasiga tarqaladi. Ta’m bilish tolalari til so'rg'ichlariga
borsa, uning parasimpatik tolalari quloq oldi beziga borib tarqaladi.
X . A d a s h g a n n e r v murakkab tuzilgan nerv bo'lib, uning tar
kibida somatik harakatlantiruvchi, sezuvchi va parasimpatik nerv tolalari
bor. Nerv uzunchoq miyaning orqa egatidan IX juft nervidan keyin chiqadi,
kalla ichidan bo'yinturuq teshik orqali (IX va XI juft nervlar bilan birga)
194-rasm. Bo'yin nervlarining oldindan
ko'rinishi.
/ - bigizsim on o 'siq —til muskuli; 2 -
simpatik nerv poyasi;
3
- adashgan nerv;
4, 5
- yurakka boruvchi tepa nerv tolalari;
6
- hiqildoqning qaytuvchi nervi; 7 -
yurakka boruvchi pastki nervlar;
8
- oldingi
narvonsimon muskul; 9 - til osti nervi;
10
-
bo'yinning tepa nerv tuguni (simpatik
tugun); / 7 -adashgan nerv.
chiqadi. Nervdan kalla bo'shlig'iga,
miyaning qattiq pardasiga va tashqi
eshitish yo'lining terisiga tolalar
boradi (194-rasm).
Adashgan nervning somatik hara
katlantiruvchi tolalari yutqin muskul
lariga, yumshoq tanglay muskullariga
(yumshoq tanglayning taranglatuvchi
muskulidan tashqari) va hiqildoq
muskullariga tarqaladi.
Adashgan nervning bo'yinturuq
teshigi ostida ostin-ustun joylashgan
ikkita sezuvchi nerv tolalari tuguni
b o 'la d i. Nerv b o ' y i n so h asid a
bo'yinturuq vena bilan ichki uyqu
a rte riy a s i o ra s id a , p a s tro q d a
bo'yinturuq vena bilan umumiy uyqu
arteriyalari o ralig 'id an yo 'nalib ,
ko'krak bo'shlig'iga boradi. Ko'krak
bo'shlig'ida chap adashgan nerv qizi
lo'ngach devorining oldidan, o'ng
adashgan nerv esa orqa devoridan
pastga tushib, diafragmaning qizil
o'ngach teshigi orqali qorin bo'shli
g 'ig a tushadi. Qorin b o 'sh lig 'id a
adashgan nervning o'ng tomondagi
si me’daning orqa yuzasida, chap to
mondagisi esa me’daning oldingi
yuzasida chigal hosil qiladi. Shunday
qilib, adashgan nerv joylashgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
joyiga qarab bosh, bo'yin, ko'krak va qorin bo'shlig'i qismlari tafovut
etiladi. Adashgan nervning bo'yin qismi yutqin va yumshoq tanglay mus
kullariga tolalar beradi. Orqaga qaytuvchi hiqildoq nervi esa hiqildoqning
shilliq qavatini innervatsiya qiladi. Nervdan chiqqan yurakka boruvchi ustki
tolalar yurak urishini pasaytirish (depressor)da qatnashadi.
Adashgan nervning ko'krak qafasi sohasidan yurakka boruvchi pastki
tolalar, traxeya, bronxlar va o'pkaga boruvchi tolalar, qizilo'ngach devorida
tarqaladigan tolalar chiqadi. Adashgan nervning qorin bo'shlig'i qismidan
tarqalgan nerv tolalari me’da devorining orqasida chigal hosil qiladi.
Chigallardan chiqqan nerv tolalari arteriya tomirlarining devorlari bo'ylab
jigar, me’da osti bezi, buyraklar, taloq, ingichka va yo'g'on ichaklarga
borib, ulami innervatsiya qiladi.
XI. Q o ' s h i m c h a n e r v harakatlantiruvchi nerv bo'lib, uzunchoq
miyaning pastki qismi bilan orqa miyaning birinchi segmentlaridan tash
kil topgan. Kalla ichidan bo'yinturuq teshik orqali chiqib, ikkita tarmoqqa
bo'linadi. Uning bitta shoxi adashgan nervga qo'shilsa, ikkinchi shoxi
to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon muskul bilan trapetsiyasimon muskullarga
tolalar berib, bo'yin nerv chigallariga borib qo'shiladi.
XII. T i l o s t i n e r v i harakatlantiruvchi tolalardan iborat bo'lib,
uzunchoq miyaning oliva sohasidan boshlanib, kalladan ensa suyagining
shu nomli kanali orqali chiqqach,
bo'yinturuq vena bilan ichki uyqu
arteriyasi bo'ylab pastga tushadi. Nerv tolalari til va til osti muskullariga
tarqaladi. Uning pastga tushuvchi uzun tolasi I—II bo'yin nervlari bilan
qo'shilib, nerv qovuzlog'i (petlya)ni hosil qiladi va til osti suyagidan
pastda joylashgan bo'yin muskullariga tolalar berib tarqaladi.
Dostları ilə paylaş: |