14. Uzunchoq miyaning tuzilishi.
15. Uzunchoq miya miyaning qaysi qismlariga qo'shilgan?
16. Uzunchoq miyada kulrang modda bilan oq moddalar qanday tartibda jo y
lashgan?
17. Uzunchoq miyada joylashgan nerv yadrolari.
18. Ko'prikning tuzilishi, yuzalari.
19. Ko'prikda joylashgan nerv yadrolari.
20. Rombsimon chuqurcha hosil bo'lishida miyaning qaysi qismlari qatnashadi?
21. Rombsimon chuqurchada qaysi nervlarning yadrolari joylashgan?
22. Miyacha, joylashgan o'm i, uning tuzilishi.
23. Miyachada necha juft oyoqchalar bo'ladi? Ular orqali miyacha miyaning qaysi
qismlariga qo'shilgan?
24. Miyacha yadrolari.
25. Miyacha fiziologiyasi.
26. To'rtinchi qorinchaning tuzilishi va uning chegaralari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
27. Miya oyoqchalarining tuzilishi, tarkibida joylashgan yadrolar.
28. To'rt tepalikning tuzilishi, to'rt tepalik yelkalari funksiyasi.
29. Suv yo'lining tuzilishi.
30. Ko'rish tepaligi sohalari fiziologiyasi.
31. Ko'rish tepaligining tuzilishi, joylashgan o'rni va chegarasi.
32. Ko'rish nervining kesishmasi.
33. So'rg'ichsimon tanalar tuzilishi va funksiyasi.
34. Kulrang do'mboqcha.
35. Uchinchi qorincha miyaning qaysi qismida joylashgan?
36. Qorincha ichidagi qon tomir chigalining funksiyasi.
37. Yarimshar yuzalari.
38. Yarimshaming tashqi yuzasidagi egatlar, yoriq va pushtalar, ulaming vazifasi.
39. Yarimshar ichki yuzasining tuzilishi.
40. Yarimshar orolchasi.
41. Miya po'stlog'ining tuzilishi va funksiyasi.
42. Yarimshar oq moddasining tuzilishi, tarkibidagi yadrolar.
43. Qadoq tana tuzilishi.
44. Gumbaz.
45. Targ'il tananing tuzilishi.
46. Dumli o'zakning tuzilishi va vazifasi.
47. Yasmiqsimon yadro.
48. Bodomsimon tana.
49. Yon qorinchaning joylashgan o'rni, tuzilishi. Yon qorincha ichidagi qon tomir
chigalining tuzilishi va vazifasi.
50. Orqa va bosh miya suyuqligi vazifasi.
51. Bosh miya pardalari.
52. Refleks nima?
B o s h m i y a n e r v l a r i v a p e r i f e r i k n e r v s i s t e m a s i
53. Bosh miya nervlari nechta juft va ularning nomlari?
54. Hid bilish nervining tuzilishi, tarqalish joyi va vazifasi.
55. Ko'rish nervi.
56. Ko'zni harakatlantiruvchi nerv.
57. G'altak nervi.
58. Uch shoxli nerv.
59. Uch shoxli nerv qanday ildizlardan paydo bo'lgan?
60. Yuz nervining joylashgan o'rni. Tolalaming tarqalgan zonalari.
61. Ustki jag' nervi. Joylashgan o'm i, yo'nalishi va tolalaming tarqalgan zonalari.
62. Pastki jag' nervi. Joylashgan o'm i, yo'nalishi va tolalarining tarqalgan zonalari.
63. Uzoqlashtiruvchi nervning yo'nalishi va tarqalgan zonasi.
64. Yuz nervining tashkil bo'lishi. Uning tarmoqlari, yo'nalishi va tarqalgan zonalari.
65. Oraliqdagi nerv.
66. Dahliz-chig'anoq nervining tuzilishi, yo'nalishi va tarqalgan zonalari.
67. Adashgan nervning tuzilishi, yo'nalishi va tarqalgan zonalari.
68. Qo'shimcha nerv.
69. Til osti nervi.
O r q a m i y a n e r v l a r i
70. Orqa miya nervlarining tuzilishi va ular soni.
71. Orqa miya nervlarining orqa shoxlari yo'nalishi va ulaming tarmoqlanish sohasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
72. Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari qanday chigallarni hosil qiladi?
73. Bo'yin chigalining hosil bo'lishi va tarmoqlari.
74. Yelka chigalining hosil bo'lishi.
75. Yelka chigalining kalta nerv tolalari.
76. Yelka chigalining uzun nerv tolalari.
77. Ko'krak nervlarining joylashgan o'm i, yo'nalishi va tarqalgan joylari.
78. Bel chigalining hosil bo'lishi. Uning joylashgan o'rni va tarmoqlari.
79. Dumg'aza nervining hosil bo'lishi.
80. Dumg'aza chigalining kalta tarmoqlari.
81. Dumg'aza chigalining uzun tarmoqlari.
82. Quymich nervining joylashgan o'rni, tarmoqlari, yo'nalishi va tarqalgan zonasi.
83. Uyatli chigalning tuzilishi va tarmoqlari.
84. Periferik nervlar fiziologiyasi.
VEGETATIV (AVTONOM) NERV SISTEMASI
Vegetativ nerv sistemasi (200-rasm) nerv sistemasining bir qismi
hisoblanadi. Vegetativ nerv sistemasiga 1801-yilda Bish tomonidan
«avtonom» nerv sistemasi deb nom berilgan. Chunki vegetativ nerv tolalari
hamma ichki a’zolar silliq muskullariga tarqalib, ularning vazifasini odam
ixtiyorisiz (avtomatik, avtonom ravishda) bajarib turadi. Ammo periferik
(animal) nervlar ham, vegetativ
nervlar ham miya p o 's tlo g 'i
boshqaruvida ishlaydi. Vegetativ
nerv sistemasi joylanishi va va
zi fasi j i ha t i da n
p e rife rik
nervlardan birm uncha ajralib
turadi.
1. Periferik nervlar faqat skelet
muskullarini va sezgi a’zolarini
idora qiladi. Vegetativ nervlar esa
hamma hujayra, to'qimalar, sil
liq muskullami ta’minlaydi.
2. Periferik nervlar miya
poyasi va orqa miyadan bir te-
kisda chiqadi, vegetativ nervlar
esa ma’lum qismlardan (o'rta,
cho'zinchoq miyadan, orqa mi
yaning ko'krak va bel qismidan)
chiqadi.
3. P eriferik nervlar orqa
miyadan chiqqandan so'ng hech
qayerda uzilm asdan, to 'p p a -
to 'g 'ri ishchi a’zolarga boradi.
Vegetativ nervlar yuqorida ay-
200-rasm. Yurakka boruvchi vegetativ
nervlar sxemasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
tilgan miya sohalaridan chiqqandan so‘ng yo‘l-yo‘lakay vegetativ nerv
tugunlarida to'xtab, so‘ngra ishchi a’zolarga boradi.
4.
Vegetativ nervlar miyelinli pardalar bilan o'ralgan. Shuning uchun
ular ingichka bo'ladi. Periferik nervlar miyelinli bo'lib, ancha yo'g'on,
katta diametrlidir.
Shunday qilib, vegetativ nerv sistemasiga yagona nerv sistemasining
moddalar almashinuvi funksiyasi va ichki a’zolaming trofik vazifalarini
idora qiladigan qismlari kiradi.
Vegetativ nerv sistemasi ularning joylanish o'rni va vazifasiga qarab
ikkita (simpatik va parasimpatik) qismga ajratilgan. Simpatik qism
funksiyasi jihatidan parasimpatik qismga qarama-qarshi turadi. Jumladan,
simpatik nervlar biror ishni tezlashtirsa, parasimpatik nervlar sekinlashti-
radi yoki aksincha bo'ladi.
Endi simpatik va parasimpatik nervlarga alohida to'xtalamiz.
SIMPATIK QISM
Vegetativ nerv sistemasining simpatik qismi markazi orqa miyaning
birinchi ko'krak segmenti bilan uchinchi bel segmenti orasidagi kulrang
moddaning yonbosh shoxlarida joyJashgan. Yonbosh shoxlarida joylashgan
hujayralardan boshlangan nerv tolalari orqa miyaning oldingi nerv ildizi
bilan umurtqa teshiklaridan o'tadi. Bu yerda simpatik nerv tolalari oldingi
nerv ildizidan (oldingi nerv ildizining orqa nerv ildizi bilan qo'shilishi
oldida) ajralib, umurtqa pog'onasi yonboshida joylashgan simpatik tugunlar
zanjiriga oq qo'shuvchi tolalar nomi bilan qo'shiladi.
Kulrang qo'shuvchi tola umurtqa pog'onasi yonida joylashgan simpa
tik tugunlardan boshlanib, o'z yaqinidagi orqa miya nerviga qo'shilib,
ishchi a’zolar (tomir, bez va muskullar)ga tarqaladi.
Simpatik poya umurtqa pog'onasining ikki yonboshida (umurtqa
tanalari yonida) joylashgan alohida nerv tugunlarining o'zaro tolalari bilan
qo'shilib joylashgan tugunlar zanjiridan iborat. Simpatik poya joylashgan
o'rniga qarab bo'yin, ko'krak, bel va chanoq qismlariga bo'linadi.
Bo'yin qismi umurtqa pog'onasining ikki yonboshida joylashgan uchta
(ustki, o'rta va pastki) tugunlardan iborat bo'lib, ular tugunlararo tolalar
bilan qo'shilgan. Bo'yin tugunlaridan shu yerda joylashgan qon tomirlar
devori bo'ylab tarqaluvchi, bo'yinda joylashgan a’zolar va bezlarga, yurakka
boruvchi nerv tolalari chiqadi. Bu tolalar qon tomiri devorida a ’zolarga
borib, nerv chigalini hosil qilib tarqaladi.
Umurtqa pog'onasi ko'krak qismining ikki yonboshida 11— 12-juft
tugunlar turadi. Bundan tashqari, har bir tugun oq qo'shuvchi tolalar
orqali miya kulrang moddasi bilan qo'shilsa, kulrang qo'shuvchi tola
orqali esa har bir tugun nervlar bilan qo'shilib, ishchi a’zolarga boradi.
Shu bilan birga tugunchalardan chiqqan nerv tolalari yig'ilib, ichki a’zo-
www.ziyouz.com kutubxonasi
larga boruvchi katta va kichik qorin nervlarini hosil
qiladi. Bu nervlar
ko'krak qafasidan diafragma orqali qorin bo'shlig'iga o'tib, quyosh chigalini
hosil qilishda qatnashadi. Bu nervlardan juda ko'p mayda tolalar chiqadi.
Ular aorta, traxeya, bronx va o'pkalarga borib, nerv chigallarini tashkil
qiladi. Bu chigallarga joylashgan o'rniga qarab nom beriladi (aorta, o'pka
chigali va h.k.).
Yuqorida aytganimizdek, quyosh chigali ichki a’zolarga boruvchi katta
va kichik qorin nervlari (tugun oldi — preganglionar tolalar)dan tashqari,
o'ng va chap adashgan nervlar, uch shoxli arteriya poyasi atrofida
joylashgan ikkita yarim oy shaklli tugunlardan tashkil topgan. Tugunlardan
chiqqan (postganglionar) tolalar qorin aortasidan chiquvchi arteriya devori
atrofida chigallar hosil qilib (chigallar ana shu arteriyalar nomi bilan
ataladi), so'ngra a’zolarga tarqaladi. Har bir a’zoga borib, ularning devori
ichida joylashgan chigalni hosil qilib, keyin tarqaladi. Ular me’da, jigar
ichidagi (a’zolar devorining tarkibidagi) intramural nerv chigallari deb
ataladi va h.k. Postganglionar tolalar qon tomirlarni siqib, toraytirish,
me’da-ichaklar harakatini esa sekinlashtirish vazifasini o'taydi. Shuning
uchun ham bu chigal «qorin miyasi» deb ataladi.
Bel qismida 4— 5 ta tugun bo'lib, ular umurtqa pog'onasining ikki
yonboshida joylashib, nerv tolalari bilan o'zaro qo'shilishdan tashqari,
ko'ndalang tolalar orqali qarama-qarshi tomondagi bel tugunlari bilan
ham birlashadi.
Chanoq qismida bir-biriga yaqin joylashgan 4— 5 juft tugundan faqat
bir jufti dum qismiga to'g'ri keladi, qolgan 4 jufti dumg'aza sohasida.
Tugunlar o'zaro va qarama-qarshi joylashgan tugunlar bilan qo'shilgan.
Bel tugunlaridan chiqqan postganglionar tolalar qorin bo'shlig'ida
joylashgan qon tomir, ichki a’zolarni innervatsiya qilishda qalnashsa,
dumg'aza qismidan chiqqan nervlar chanoq bo'shlig'idagi qon tomir va
a’zolarga alohida chigallar hosil qilib tarqaladi.
PARASIMPATIK QISM
Parasimpatik nervlar bosh miyaning o'rta va uzunchoq miya bo'lagi-
dan va orqa miyaning dumg'aza qismidan chiqadi. Parasimpatik tugun
oldi (preganglionar) nervlar ko'zni harakatlantiruvchi nervlar (III juft),
yuz nervi (VII juft), til-yutqin nervlari (IX juft) tarkibida tarqaladi.
Jumladan, ko'zni harakatlantiruvchi nerv tolalari tarkibidagi parasimpatik
preganglionar tolalar ko'z soqqasining orqasida joylashgan kiprik tuguni-
ga borib tugaydi. Tugundan chiqqan postganglionar tolalar kiprik mus
kullari va ko'z qorachig'ini toraytiruvchi muskullarga borib, ko'z qora-
chig'ini toraytiradi va kiprik muskullari orqali ko'zni moslashtiradi
(akkomodatsiya). Yuz nervi tarkibida boruvchi preganglionar parasimpa
tik tolalar a’zolarga yaqin joylashgan tugunlarga boradi. Ulardan chiqqan
www.ziyouz.com kutubxonasi
postganglionar tolalar esa ko'z yoshi beziga, pastki jag' osti, til osti
bezlariga borib tarqaladi.
Til-yutqin nervi tarkibidagi preganglionar parasimpatik tolalar quloq
oldi tugunida tugaydi, u yerdan boshlangan postganglionar tolalar quloq
oldi beziga tarqaladi.
Parasimpatik nervlar bezlarning sekret chiqarishini tezlashtiradi.
Adashgan nerv tarkibidagi preganglionar parasimpatik tolalar juda
ko‘p a’zolarga (o‘pka, yurak, qizilo'ngach, me’da, ingichka ichaklar,
yo‘g ‘on ichakning ko'p qismi, jigar, buyraklar, me’da osti beziga) bora
turib, ulaming yaqinidagi tugunlarda tugaydi. Postganglionar tolalar mazkur
tugunlardan boshlanib, shu a’zolarga boradi.
Orqa miyadan chiquvchi preganglionar parasimpatik tolalar II, III va
IV dumg'aza segmentlaridan boshlanib, ulaming oldingi nerv ildizlari orqali
chanoq bo'shlig'iga chiqib, nerv chigalini hosil qiladi.
Postganglionar tolalar ana shu nerv chigalidan boshlanib, sigmasimon
va to'g'ri ichaklar, qovuq va jinsiy a’zolar devori ichidagi tugunlarga
borib tarqaladi.
Vegetativ nerv sistemasi organizmning trofik funksiyasiga va tomirlami
harakatlantirishga ta’sir etadi. Jumladan, yurak va boshqa a’zolardagi
moddalar almashinuvini idora etadi. Ammo simpatik va parasimpatik
nervlar vazifasi jihatidan ichki a’zolaming ishlariga qarama-qarshi ta’sir
ko'rsatadi. Jumladan, simpatik tolalar ko'z qorachig'ini kengaytiradi, so'lak
bezlari faoliyatini pasaytiradi. Yurak qisqarishini (urishini) tezlashtirib,
qisqarish kuchini oshiradi, me’da va ichaklar harakatini (peristaltikasini)
kamaytiradi va me’daning shira chiqarish qobiliyatini pasaytiradi, o'pka-
bronxlarni esa kengaytiradi.
Parasimpatik nervlar, aksincha, ko'z qorachig'ini toraytiradi, so'lak
bezlari ishini kuchaytiradi, yurakning qisqarish kuchini pasaytiradi, qisqarish
sonini kamaytiradi. Me’da shirasining ajralishini tezlatadi, me’da va ichak -
larning qisqarish (peristaltika) faoliyatini oshiradi va o'pka bronxlarini
toraytiradi.
Olimlarning ma’lumotlariga qaraganda, ko'pgina qon tomirlar, teri
muskullari va ter bezlari, skelet muskullari va buyrak usti bezlari faqat
simpatik tolalar bilan ta’minlangan.
VEGETATIV NERV SISTEMASINING MARKAZIY YADROLARI
Simpatik va parasimpatik nervlarning yuqorida ko'rsatilgan (orqa,
uzunchoq va o'rta miya) markaziy yadrolardan tashqari gipotalamusda
(ko'rish tepaligi sohasida) joylashgan yadrolari ham bo'ladi. Jumladan,
ko'rish tepaligi sohasining oldingi yadrolari ko'proq parasimpatik nervlarga
ta’sir qilsa, uning orqa tomonida joylashgan yadrolar simpatik nervlar
bilan bog'langan. Bulardan tashqari, gipofiz (miya osti ortig'i) ham simpatik
www.ziyouz.com kutubxonasi
va parasimpatik nervlarga o'zining gormonlari (qon orqali) bilan ta’sir
qiladi. Ko'rish tepaligida esa miyacha, targ'il tana yadrosi va bosh miyaning
boshqa po'stloq osti yadrolari bilan o'tkazuvchi yo'llar orqali qo'shilgan.
Shuning uchun gipotalamus organizmdagi turli va murakkab faoliyatlarga
(somatik vazifalarga) ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Jumladan, miyacha
organizmdagi murakkab harakatlarni, odam muvozanatini avtomatik ra
vishda tartibga soladi. Bundan tashqari, miyacha gipotalamus va boshqa
yadrolar orqali ichki a’zolarning funksiyalarini ham tartibga solishda
(regulatsiya qilishda) faol qatnashadi. Ammo organizmdagi barcha ve
getativ va somatik vazifalar yuqorida aytilganidek, faqat po'stloq osti
yadrolari orqali bajarilmaydi. Chunki ular ham o'z navbatida bosh miya
po'stlog'iga bevosita itoat qiladi. Binobarin, bosh miya po'stlog'i, so'zsiz,
organizmdagi barcha hayotiy vazifalarni idora etadi va tashqi muhit bilan
bog'laydi.
Nazorat uchun savollar
1. Vegetativ nerv sistemasining tuzilishi.
2. Vegetativ nerv sistemasining simpatik va parasimpatik nerv sistemasi qismlariga
bo'linishi. Ularni bir-biridan farqlaydigan fiziologik va anatomik belgilar.
3. Vegetativ nervlarning somatik nervlardan farqi.
4. Tugun oldi va tugundan keyingi vegetativ tolalar.
5. Vegetativ nerv tugunlarining tuzilishi va ulaming vazifalari.
6. Simpatik nerv tugunlarining tuzilishi va ulaming vazifalari.
7. Parasimpatik nerv sistemasi, uning tuzilishi, joylashgan o'm i va funksiyasi.
8. Simpatik nerv sistemasi markazining joylashgan o'rni.
9. Parasimpatik nerv sistemasining markaziy qismi.
10. Ko'zni harakatlantiruvchi nerv tarkibidagi parasimpatik nerv qaysi a’zoga boradi?
11. Yuz nervi tarkibidagi parasimpatik tolalaming tarqalgan joyi.
12. Adashgan nerv tarkibidagi parasimpatik nervlarning tarqalgan joyi.
13. Vegetativ chigallarning paydo bo'lishi, joylashgan o'rni.
SEZGI A’ZOLARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOT
Odam tashqi ta’sirotlar (issiq-sovuq, tovush, rang, hid va h.k.)ni sezgi
a’zolari orqali qabul qiladi. Sezgi a’zolari I. P. Pavlov iborasiga ko'ra,
analizatorlar deb ataladi. Analizatorlarning periferik uchlari (retseptorlar)
turli shakldagi nerv oxirlari bo'lib, ular orqali tashqi muhit ta’sirotlari
qabul qilinib, analizatorlarning markaziy qismiga uzatiladi.
Sezgi a’zolar uch turli bo'ladi:
1. Tashqaridan keladigan ta’sirotlarni qabul qiluvchi analizatorlar (teri,
quloq, ko'z, ta’m va hid bilish retseptorlari) — ekstraretseptorlar.
2. Ichki a ’zolarda, qon tom irlarda joylashgan retseptorlar —
intraretseptorlar. Bular ichki a’zolarda bo'ladigan turli ta’sirotlarni qabul
qiladi. Ammo ichki a’zolardan keluvchi ta’sirotlar ba’zida unchalik aniq
bo'lmay, hatto bosh miyaning po'stloq qismigacha aniq yetib bormasligi
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham mumkin. Shuning uchun ichki a’zolardan keluvchi ta’sirotlar yig'in
disi organizmga «o'zini qanday his qilish» kabi umumiy ta’sir etadi.
Ichki a’zolar vegetativ nerv sistemasi orqali idora qilinadi.
3.
Muskullardan, bo'g'im lardan, suyaklardan ta’sirotlarni ularda
joylashgan retseptorlar - proprioretseptorlar qabul qiladi. Bular I. P.
Pavlovning iborasiga ko'ra, harakat analizatorlarining periferik uchlari
hisoblanadi. Muskullarda, bo'g'imlarda joylashgan proprioretseptorlar ana
shu muskullar qisqarganda, bo'g'imlar harakat qilganda ta’sirlanib, ularning
holati haqida markaziy nerv sistemasiga xabar berib turadi.
TERI ANALIZATORI
Teri odam haroratini, atmosfera bosimini, og'riqni, biror narsa tegib
turganini sezibgina qolmasdan, organizmni tashqi ta’sirotlardan ham saqlab
turadi. Odamda teri sathi o'rtacha 1,5—2,0 kv m ga teng.
Odam terisi ikki qavatdan tuzilgan (201-rasm).
1 . T e r i u s t k i q a v a t i ko'p qavatli epileptiydan tuzilgan bo'lib,
uning tashqariga qaragan qismi shoxsimon qavatga aylanib, asta-sekin
ko'chib yangilanib turadi.
2. C h u q u r q a v a t (asl xususiy teri) — elastik va silliq muskul
tolalari aralashgan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan. Shuning uchun odam
201-rasm. Terining gistologik tuzilishi.
/, 2 - teri ustki qavati;
3
- asli teri qavati;
4
- so'rg'ichsimon qavat; 5 - teri osti
qavati;
6 -
teri bezi; 7 - soch so'rg'ichi:
H -
soch piyozchasi;
9 -
soch ildizi;
10-
soch qopchasi;
II
- teri bezi naychasi;
12
- y o g ' bezi;
13 -
teri bezi naychasining
teshigi;
14
- soch.
www.ziyouz.com kutubxonasi
terisi (ayniqsa, yoshlarda) elastiklik xususiyatiga ega. Asl teri qavatining
yuza tomonidan epidermis ichiga qon va limfa kapillarlari hamda nerv
oxirlari (retseptor)ga boy so'rg'ichlar kirib turadi. Teri ostida yog' qavati
bo'lib, tanani sovuqdan saqlaydi va zaxira oziq hisoblanadi. Teri osti
yog' qavati gavdaning hamma joyida ham bir xil bo'lmaydi. Terining
chuqur qavatida teriga rang berib turuvchi melanin pigmenti mavjud.
Pigment oz-ko'pligiga qarab teri turli rangda bo'ladi.
Terining ba’zi qismlari soch (tuk) bilan qoplangan. Sochlarning
teri osti qavati ildizi yoki piyozi deb ataladi. Ular xaltachasimon tuzilgan
bo'lib, ichiga moy bezlarining chiqarish yo'llari ochiladi. Xaltachasiga
tegib turgan silliq muskullar qisqarganda teri g'adir-budur (burishgan)
bo'lib, g'oz terisiga o'xshab qoladi. Sochning rangi soch xaltachasidagi
pigment va havo miqdoriga bog'liq. Havo va pigment kamaygach, soch
asta-sekin oqara boshlaydi. Terida sochdan tashqari, timoqlar ham bo'ladi.
Odam terisi bag'rida uch xil (yog‘, sut va ter) bez mavjud.
Y o g ' b e z l a r i oyoq va qo'l panjalarining kaftlaridan tashqari ham
ma yerda bor. Ular alveolar shaklda bo'lib, soch xaltachalariga ochiladi
va sochlar bilan tashqariga chiqib terini yog'laydi. Shu bilan terini qurib
qolishidan, yorilishidan saqlaydi. Yog' bezlari terining soch o'smaydigan
joyida alohida yo'llar orqali teri yuzasiga ochiladi.
T e r b e z l a r i naysimon shaklda bo'lib, asl teri qavatida joylash
gan. Ter bezlari ter ishlab chiqaradi. Odam organizmida ter bezlarining
ahamiyati katta; ular tarkibida har xil zararli chiqindi moddalar, tuzlar
chiqib ketadi, terlash organizm haroratini pasaytiradi. Ter bezlarining
normal ishlashi buyraklar faoliyatiga yordam beradi.
Terida sezuvchi nerv oxirlari yaxshi rivojlangan. Ularda sovuqni se
zuvchi retseptorlar yuzaroq, issiqni sezuvchi retseptorlar chuqurroq
joylashadi. Teri hamma yerda ham bir xil qalinlikda emas, eng qalin joyi
2,5— 3 mm, eng yupqa yeri 0,3—0,5 mm.
Dostları ilə paylaş: |