2.6 Fenologik ko‘zatuvlar: Asosan har hil sug‘orishda olmaning tanasining yug‘onligi bir yillik novdalarni o‘sishi va
rivojlanishi o‘rtacha bitta olmaning og‘irligi buyicha olib boriladi. Tajriba tizimida asosan olma
hosildorligini sug‘orish usullari har hil bo‘lgan variantlar buyicha olib boriladi. Bunda birinchi
variant daraxt tubidan juyaklar o‘tkazib sug‘orish, ikkinchi variant daraxt tubida hovuzcha qilib
juyaklar orqali sug‘orish, uchunchi variant 5,7,10 sotix atrofida iploma sug‘orish, to‘rtinchi
variantda egatlar ochib infiltiratsion sug‘orish buyicha to‘rt variant va to‘rt qaytariqda
o‘tkaziladi. Tajriba tizimini chizma holda bitiruv malakaviy ishimni asosiy qismida to‘liq ifoda
qilaman.
Men bu urug‘dan ekilgan ko‘chatzordagi ko‘chatlarni payvanttag sifatida 2-dala
ko‘chatzorlarida ekilganda yuqorida aytilgan oy va kunlarni 1-chislosida ko‘chatlarni bo‘yini,
bo‘g‘in oralarini va barg sonini oyma-oy bilish maqsadida fenalogik kuzatuvlar olib bordim. Bu
fenalogik kuzatuvlar natijasida olingan ma’lumotlarni bitiruv malakaviy ishimning asosiy
qismining II-bobida to‘liq ma’lumot beraman. Kuzatuvda fenalogik kuzatuvdan tashqari
o‘simlik va turpoq analizlari instruktsiyaga rioya qilgan holda olinib, labaratoriya metodlari
asosida o‘rganiladi.
Fenalogik kuzatuvlarda o‘simlikning bo‘yi, bargi, bo‘g‘im oralig‘ida kuzatib boriladi. Men
olib borgan tajriba variantlari QDU tabiatshunoslik va geografiya fakultetining agrokimyo-
ekologiya kafedrasining professor o‘qituvchilari tomonida tasdiqlangan bo‘lib mevali
kochatlarga organik o‘g‘itlarni qanday miqdorda aniqlashdan iborat.
Tajriba tizimi haqida ma’lumotlarni keltiraman. Qishloq xo‘jaliklari bo‘yicha olib
boradigan tajribalarimni hammasi dala sharoitida o‘rganiladi.
Dala tajribalari o‘simlkni o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha, agrotexnik ishlar bo‘iycha
masalan o‘g‘itlash, shudgorlash, kultivatsiya qilish kabi bir qancha ishlar dala tajribalari
natijasida o‘rganiladi. Mening ham bitiruv malakaviy ishim ko‘chatzorlarga qancha organik
o‘g‘it zarurligini tajribalar orqali isbotlab ko‘chat yetishtiruvchilarga uslubiy qo‘llanma sifatida
tavsiyanoma ishlab chiqish imkoniyatini beradi.