O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti agrokimyo-Ekologiya kafedrasi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/25
tarix17.11.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#69567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
meva daraxtlarini xosildorligiga sugorish usullarini tasiri

 
Kirish: 
Kishilar sug‘orib dehqonchilik qilish bilan juda qadimdan shug‘ullanishgan eramizdan to‘rt 
ming yil ilgari ham dehqonchilikda sug‘orishdan foydalanib yaxshi hosil olingan. 
Qadimdan insoniyatni diqqat e’tibori sug‘orish tarmoqlarini rivojlanishiga ilmiy asosda 
yondashib donakli va o‘rug‘li mevalardan yuqori hosil olib qishloq hujalik mahsulotlarini 
ko‘paytirishga munosib hissa qushganlar. Meva daraxtlarini hosildorligi sug‘orish usullariga 
ham bog‘liqligi 1600 yilda chiqarilgan “Ziroatnoma” asarida ham berilgan.
O‘simlikning hamma protsesslari, ya’ni fotosentz o‘sish nuqtalaridagi hujayralarning 
bo‘linishi va boshqalar o‘simlik hujayralari uchun suv etarli bo‘lgandagina normal kechadi 
buning uchun o‘simlikka ildizlaridan suv kelishi va uning barglaridan bug‘lanishi bir-biriga 
uyg‘unlashib ketishi kerak. Suvning o‘simlikka o’tishi va undan sarflanib turishi o‘simlikning 
suv rejimini tashkil qiladi, bu xodisa fanda suv almashinishi yoki suv balanisi deyiladi. 
Suv sarfi asosan iqlim sharoitlariga shuningdek o‘simliklarning tabiati va yoshiga 
bog‘liqdir. O‘zbekistonda o‘simliklarning o‘sish davrida yog‘inlar unchalik ko‘p bulmaydi
yog‘inlar asosan kuz, qish va erta kuklamda yog‘adi. Yog‘inlardan hosil bo‘lgan nam, 
o‘simliklarning butun o‘sish davrida ta’minlash uchun etishmaydi, shu sababli sug‘orishlar 
o‘rtasidagi vaqt tuproqni etarli darajada namli qilib tutish, ya’ni vaqtdan kechiktirmay sug‘orib 
turish zarur. Serak sug‘orilganda o‘simliklarning ildizlari quruq tuproqda qoladi. Shuni e’tiborga 
olib daraxtlarni oz normalar bilan tez-tez sug‘orib turish kerak. Suv ortiqcha norma bilan 
quyilganda tuproq zichlashib botqoqlanib qoladi, bunday yerda daraxt ildizlari o‘smaydi. 
Suvning ortiqcha qismi tuproqning pastki qatlamlariga o‘tib ulardagi tuzlarning haydalma 
qatlamiga kutarilishiga sabab bo‘ladi, bu holda tuproq sho‘rlanib o‘simliklar qurib qolishi 
mumkin.
Sug‘orish muddatlari hamda normalari tuproqning mehanik sostaviga, qishki yog‘inlardan 
to‘plangan suv zapaslariga havo temperaturasiga qo‘llanilayotgan agrotexnika va shu yerdagi 
o‘simliklarning suvga bo‘lgan talablariga qarab belgilanadi.
2008-yilda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning samaradorligini yanada oshirish uchun
muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, fermer xo‘jaliklariga ajratilgan. Yer 
maydonlarini optimallashtirish borasida zarur ishlar amalga oshirildi. Fermer xo‘jaliklarni 
qulaylashtirish juda oylab qilingan ish bo‘lib, bunda asosiy xo‘jaliklar ekinlari bilan birga aholini 
vitaminlarga boy sabzavot va poliz bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirish ham ko‘zda tutiladi. 
Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil 



etishning eng samarali shakli ekanini hayotni o‘zi tasdiqlab bermoqda. Har yili fermer 
xo‘jaliklarni qo‘llab quvvatlash uchun katta miqdorda moddiy resrus va mablag‘lar ajratilmoqda.
Prezdentimiz I.A.Karimov 2011 yil 22- aprel kunlari Surxondaryoda bo‘lgan tashrifida 
At-Termiziy fermer xo‘jaligi raisi bilan bo‘lgan suhbatida shunday deydi: (2011-yilda yil 
qurg‘oqchilik kelgani uchun suv yetishmasligi sezilmoqda, iyul, avgust oylarida paxta va qishloq 
xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaslikka va suvdan oqilona 
foydalanish haqida maslahatlar berdi. Surxon, Sherobod, Qarshi, Buxoro, Jizzax cho‘llarida suv 
tanqisligi seziladi) – deb ekinlarni bostirib sug‘ormaslikni maslahat berdilar. Suvdan tejab 
foydalanish hisobiga asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari paxta va g‘alla bilan birgalikda 
bog‘dorchilik va sabzavot mahsulotlari ham maydonlarni oshirishga ko‘zda tutilgan 
mahsulotlarni yetkazib berishdan iborat. Respublikamizda bog‘dorchilikni rivojlantirish sifatli 
mahsulotlar yetishtirish keng samara bermoqda.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin