21
kun davom etadi. Erta gullash 23—25 martdan, eng kech gullash esa 25—27 apreldan
boshlanadi.
Tog‘li rayonlarda mevali daraxt-lar tekislikdagiga nisbatan 7—15 kun kech gullaydi.
Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan hamma olma navlari serhosil hisoblanadi.
Olma daraxtlari Toshkent oblas-tining tekislikda joylashgan rayonlarida qishki
sovuqlardan ko‘proq zarar ko‘radi. Olma daraxtlarning sovuqdan zararlanishi Farg‘ona
vodiysida kamroq, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm ob-lastlarida esa undan ham
kam.
Ayniqsa, kuz iliq kelib,cho‘zilgan yillari o‘suv davri oktyabr-noyabr oylarigacha davom
etadi, daraxtlar qishga yaxshi tayyorgarlik ko‘ra ol-maydi, natijada qishki sovuqlar-dan ko‘proq
zararlanadi.
Keyingi 52 yil ichida Toshkent ob-lastida olma daraxtlari sovuqdan 8 marta zararlandi.
Kuzatish nati-jalari Boyken, Renet Landsbergs-kiy, Renet Simirenko, Renet Orle-anskiy, Kalvil
Qorolevskiy, Zo-lotoe Grayma, Renet Shampanskiy, Parmen zimniy zolotoy navlari-ning
sovuqqa chidamsiz ekanligini ko‘rsatdi. Beliy naliv, Persikovoe letnee, Rozmarin, Qandil sinap,
Mantuaner, Olmaota Aporti, Toshkent borovinkasi, Toshkent reneti, Mehmoni navlari esa
sovuqdan kam zararlanadi.
Dostları ilə paylaş: