O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti agrokimyo-Ekologiya kafedrasi


Sug‘orish sonini hosildorlikka ta’siri



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix17.11.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#69567
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
meva daraxtlarini xosildorligiga sugorish usullarini tasiri

Sug‘orish sonini hosildorlikka ta’siri. 
Daraxtlarni
necha marta 
sug‘orilishi 
Har daraxtdan olinga hosil miqdoriga 
Kilogram hisobida 
Sug‘orilmagan daraxtga 
nisbatan % 

182 
227 

230 
287 

180 
225 
Sug‘orilmagan 
80 
100 
Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki mevali bog‘larni sug‘orish eng muhim juda zarur 
agrotexnik tadbirlardan biridir. Chunki tajriba ma’lumotiga qaraganda sug‘orilmagan olma 


25 
daraxtlariga nisbatan qancha marta sug‘orilganligiga qarab hosildorlik ko’tarilgan. Eng yaxshi 
ma’lumotni uch marta sug‘organda olingan shunda meva hosildorligi sug‘orilmagan olma 
daraxtiga nisbat hosil 230 kg gektariga ko’tarilgan bu esa o‘z navbatida ushbu sug‘orishda 287 
s/ga tashkil qiladi. Jadvalga qaraganda daraxtlarni ya’ni hosilga kirgan daraxtlarni to’liq 
normada sug‘orish orqali yuqoridagi hosildorlikka erishgan shuni nazarda tutgan holda bog‘ 
shunday qondirib sug‘organda uch marta sug‘orish hosilga kirgan bog’lar uchun yetarli deb 
hisoblayman. Sug‘orishlar hosil miqdoriga emas o’sishiga ham ta’sir qiladi. Bog‘lar qanchalik 
texnologiyaga rioya qilinib, 3-4 marta sug‘orilsa shoxlarni o‘sishi shuncha ertaroq va barglari 
tezroq o’sa boshlaydi. Sug‘orishlar mevalarning sifatiga ham qattiq ta’sir etadi. Masalan: 
bog‘larni ayniqsa daraxtlar mo‘l hosil berganida ko‘p sug‘orish mevalarni to’kilib ketishiga ta’sir 
qiladi. O‘tkazilgan tajribalar shuni tasdiqlaydikiy bog‘ olmalri terib olishdan 7 kun oldin 
sug‘orilganda hosilni 10-15 % tukilib tushgan eng muhim olma va nok daraxti pishgandan keyin 
3-4 kun ichida va 3-4 kun olidin sug‘orilsa bog‘larda terib olingan hosilni saqlanishi 20-30 
kunga qisqaradi. Yana bir muhim tomoni shundakiy meva daratxlarni pishishi oldidan 3-4 kun 
oldin sug‘orilganda mevali daraxtlarni tarkibidagi qand moddasi ham kamaygan. O‘zbekistonda 
hosilga kirgan mevali daraxtlarni sug‘orishda eng qulay usullardan biri bu bog‘larni juyak olib 
sug‘orish hisoblanadi. Shuning uchun bunda meva va daraxtlarni butun ildiz jarayonu suv bilan 
to‘liq namlanadi. Bunda juyaklarni uzunligiga ham e’tibot berish kerak dalalarda uzun egatlar 
olib sug‘orish yaramaydi. Egat uzunligi 200 mdan oshmasligi kerak, sug‘orishda shunga e’tibor 
berish kerakiy juyaklardan utadigan suvlar 24 soat dovimida jildiratib egatlarga quyilishu kerak 
shunda daraxt ildizlari 2-2,5 m chuqurlikgacha nam etib boradi bunda mevalarning hosildorligi 
ortishi juyaklarni qotor oarsiga ham bog‘liq bo‘ladi sug‘oriladigan juyaklar 60-90 sm oralig‘ida 
bo‘lgani maqul eng yuqori samaradorlik bu 90 sm juyak olinib suv meva daraxtlari tagida 36 
soatgacha juldiratib ushlab turganda eng yaxshi natija bergan.
Mevali daraxtlarni hosildorligi tasirida sug‘orish uchastkalarini qanday sharoitda 
shoylashuviga ham bog‘liq bog‘lar asosan ekilishda to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklari aniq 
chiqarilgan bog‘lar tashkil qilinib ekilgan shularni e’tiborga olib har bir bo‘g dalasini kichik 
sug‘orish uchastkalari orqali sug‘orish zarur. Hosil beradigan mevali bo‘glarda sug‘orilgandan 
so‘ng tuproq yitilishi bilan daraxt kultivatsiya qilinib kultivatsiya bilan birga boronalanib nam 
ketmaydigan shaklga olib keladi. Kultivatsiya ishlari bir ikki kun ichida to‘liq amalga oshirilishi 
kerak aks holda yer qotib yirik kessaklar vujudga kelib qoladi, chunki bog‘da yani hosil 
beradigan butun maydoni daraxt ildiz sestimasi egallaydi buning natijasida ildiz suvni surishi 
tuproq tez qurub qolishi mumkin shuning uchun bog‘lar sug‘orilgandan keyin albatta kultivatsiya 
vaqtida o‘tkazilishini talab qiladi.


26 
Shundan so‘ng alohida e’tibor qo‘l chopiqqa qaratiladi chunki hosilga kirgan meva 
daraxtlari ichida kul’tivator yurolmay qolsa albatta qo‘l chopig‘i bilan yerni nami qochmaslik 
choralari ko‘riladi. 
Ekin maydonlarini sug‘orishni asosan tuproqda suv utkazuvchanligiga qarab sug‘orish 
yaxshi natija beradi. Sug‘orish natijasi egat uzunligiga ham bog‘liq degan nazariyani yuqorida 
aytgandik amalga oshirsak yaxshi natija berishini jadval orqali ifoda qilaman. 
Sug‘orish egatlarining uzunligi. 
3.1.2-jadval 
Yer Nishon 
tumani 
Tuproqni suv utkazuvchanligi. 
kuchsiz 
O‘rtacha 
Kuchli 
0,010 
125-150 
100-130 
50-80 
0,007 
250-300 
200-250 
100-150 
0,005 
300-400 
250-300 
120-180 
0,002 
350-500 
300-400 
140-200 
0,0005 
200-250 
150-200 
60-100 
 
Jadvaldan kurinib turibdiki olma bog‘larini juyak olib sug‘orishda tuproqni suv 
utkazuvchanligini ham inobatga olish kerak ekan men tajriba o‘tkazgan Nishon tumani och tusli 
bo‘z tuproqlari suv o‘rtacha miqtorda o‘tkazadi shuning uchun juyakni uzunligi olma bog‘i 
ichida 200 metr atrofida bo‘lganda yaxshi natija beradi. 
Sug‘orishni har qanday usulini agrotexnik va iqtisodiy qiymati suvni foydali maydonini
mehnat va mablag‘ni juda kam sarflagan holda daraxtlarning rivojlanishi uchun optimal sharoit 
berish bilan aniqlanadi.
Egatlardan jilratib infitiratsiya sug‘orish usuli hosilga kirgan meva daraxtlar uchun juda 
qulay usul hisoblanadi. Strukturasiz tuproqlarni mevali daraxtlari hosildorligi ta’sir seziluvchan 
bo‘ladi. Sug‘orish suvi egatning o‘rta va etak qisimlariga qaraganda tuprog‘i o‘zoqroq 
namlandigan bosh qismida ildiz taralgan zonadan chuqurroq singib ketishi natijasida bir qismi 
yuqoladi. Dalaning etak qismidagi tuproqlarni namiqib turishi uchun odatda suv egatni ohiriga 
etgandan keyin ham suv oquvaga oqizib quyilishi kerak. Suv oqivaga chiqqandan keyin meva 
beradigan bog‘larda suv 24 soat oqib turganda tuproq yaxshi namlanadi. Meva beradigan 
bog‘larda egat orqali infiltiratsion sug‘orish tekis dalalarda juda yaxshi natija beradi. Agar dala 
notekis bo‘lsa infiltiratsion sug‘orish iqdisodiy samaradorligini pasaytiradi. Chunkiy tekismas 
dalada juyak oralarida suvni tuxtab qolishi olma daraxtlarini qurishiga olib keladi. 


27 
Meva daraxtlari tuliq hosilga kirgandan keyin uning shox shabbalarini meva og‘irligidan 
pastga tashlanganda traktorni yurishiga imkon bermaydi bunday hollarda daraxt tanasiga yaqin 
bo‘lgan joylarni juyak olishi qo‘lda bajariladi. Umuman meva daraxtlari to‘liq hosilga kirgandan 
keyin 50-60 % ishlar qo‘lda bajarilishiga to‘g‘ri keladi. Har qanday bog‘da ham kul’tivator utsa 
qolganlari qo‘lda bajariladi. Hosilga kirgan meva daraxtlariga o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlar 
ichida muhimi sug‘orish bo‘lganidik unga juda katta e’tibor berilib bu tadbirni o‘z vaqtida 
o‘tkazgan juda ijobiy natija beradi. 
Meva daraxtlarini hosildorligini oshirishda egatlar orqali sug‘orish tuproq tagida shag‘alli 
qatlami bor joylarda yaxshi natija bermaydi chunkiy egatni namlash uchun quyilgan suvni 50-
60% filtiratsiya bo‘lib ketadi. Bunday joylarda meva daraxtlari tagidan juyak olinib 
sug‘orilganda yaxshi natija beradi. Tagida shag‘alli qatlami bor tuproqlarda juyak olib 
infiltratsion yo‘l bilan sug‘orilganda grunt suvvini tarkibi ko‘payib ketib yerni sho‘rlanishiga 
olib kelishi mumkin, natijada ko‘p yillar davomida etishtirilgan bog‘ qurib qolishi mumkin. 
Nishopi katta bo‘lgan joylarda olma bog‘ tashkil qilinganda albatta kam suvdan foydalanishni 
tavsiya qilimiz va juda qisqa ariqlar orqali juyak olib sug‘orishni tashkil qilish kerak. Hozirgi 
texnika rivojlangan sharoitda yangi ekilgan bog‘larni sug‘orish texnologiyasiga to‘liq javob 
beradi. Hozirda sug‘orish suvlari beton ariqchalarda dalaning boshiga keltirilib sofon trubalar 
orqali egatlarga tushiriladi bunda har bir egatga sofon truba kelib turadi, undan tashqari yangi 
texnologiya asosida qurilmagan eski mevali bog‘larda ham imkon darajasida tekislanib juyaklar 
orqali meva daraxtlari qondirib sug‘orilmoqda.
Ekinlardan yuqori hosil olishdan muhim shart sharoitlardan biri tuproqning ildiz orqali 
taraladigan qatlamini hammasida suv oziq moddalarini o‘simlik tomonidan o‘zlashtira bilishdir. 
Shuning tuproqning suv, havo va tuz rejimlari ularni daraxtlarni turli rivojlanish davrida talab 
qiladigan darajada bo‘lib turishi sug‘orish texnologiyasining kelajakdagi eng muhim 
ko‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi.
Sug‘orishda ish unumdorligi hosil birligi hisobiga sarflanadigan suv va moddiy harajatlar 
miqdori katta ahamiyatga ega. Shuning uchun sug‘orishda yuqori samaraga erishish 
sug‘oriladigan daraxlar hisobiga qilingan moddiy harajatlarga bog‘liq. Sug‘orish texnikasi 
istiqboliga umumiy ravishda baho berganda birinchi joy sharoiti ikkinchi relifi e’tiborga olinadi. 
Sug‘orish texnikalarini sifati va qiymati daraxt ildizlarini qancha metr pastga namni etkazishi 
inobatga olinadi. Hozirda bunday yangi texnologiya mevachlik ilmiy tekshirish institutga 
qraydigan yoki shu institutlar bilan hamkorlikda ish yuritadigan fermer xujalliklarida 
qo‘lanilmoqda.


28 
Mevali daraxtlarda sug‘orish soni va normasi muddatlari hammasi grunt suvini joylashish 
chuqurligiga bog‘liq, grunt suvi qanchalik chuqur bo‘lsa meva daraxtlari chuchuk suvga qonib 
ichadi natijada yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Hosilga kirgan olma daraxtalri zararli tuzlar 
tarkibiga o‘ta chidamsiz bo‘ladi, shuning uchun bunday bog‘larni har ikki yilda bir marta 50-60 
sm balandlikda 5-10 sotix atrofida polo lib sug‘orish tavsiya qilinadi.
Infiltratsion juyak olib sug‘orish 24 soat davomida suv ushlanib turgandan keyin 
kapilyarlar orqali suv balandga parchalanishi natijasida tuz ham balandga ko‘tariladi. Shuning 
uchun mevali daraxtlarni tagini yaxob suvi bilan yoki vegetatsiya davrida sug‘orishda yil oralatib 
shur yuvish ishlarini olib borish kerak. Sug‘orish sifatini yaxshilash va bunda mehnat 
unumdorligini oshirishga oid umumiy talablardan tashqari ya’na muhimi bu bog‘larni shirin 
chuchuk ariq suvlari bilan sug‘orishdir. Imkoni boricha yer osti suvlari bilan bog‘ maydonlarini 
sug‘ormaslik va zovur suvlaridan umuman fodalanmaslik kerak. Bog‘larni sug‘orishga e’tibot 
bersak ulardan albatta yuqori hosil olish imkoni bo‘ladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin