2.4 Agrofizik ko‘zatuvlar:
Tuproq donadorligi tuproqda o‘suvchi va yashovchi jonvorlarning usib rivojlanishida
muhim ahamiyatga ega tuproqning mehanik tarkibidagi zarachalar turli omillar va sabablar
ta’sirida bir-biriga yopishib, qovushqoq donador holatga utadi va dona –dona tuproq zarachalar
paydo bo‘ladi. Bu zarachalarning shakli va yirikligiga qarab ular yig‘indisidan tuproq dondorligi
tashkil topadi. Manashu holatdagi donador tuproqni ilmiy tilda strukturali tuproq deb ataydi.
Agar tuproq donador bo‘lmasa u strukturasiz tuproq hisoblanadi. Donador tuproq doim sochilib
16
g‘ovak bo‘lib turadi. Tuproqning dondor agregatlari katta kichikligiga qarab ikki guruhga
bo‘linadi. Agar tuproq agregatlari 0,25 mml dan katta bo‘lsa makrodonador, 0,25 mml kichik
bo‘lsa mikrodonador deb ataladi. Tuproq agregatlari tashqi muhit ta’siriga chidamliligi bilan
ham ikki hil bo‘ladi. Birinchi mehanik chidamliligidir, tuproq agregatlarining mehanik
chidamliligi yoki yopishqoqligi shu agregatning mustahkamligini ya’ni ular ezilganda
buzilmasdan bardosh berishi. Yopishqoqlik, qovushqoqlik kuchiga hamda tuproq namligiga
bog‘liq.
Ikkinchi tuproq agragatlarining suv ta’siriga chidamliligidir, agar agregatlar namlanganda
yoki suvga chuktirilganda unga chidash berib mustahkasm turib parchalanmasa suvda yuvishga
bardoshli hisoblanadi. Tuproqning agrofizikaviy sifat ko‘rsatgichlari uning tarkibidagi organik
moddalarga bog‘liqdir, agronomik nuqtaiy nazardan suvga chidamli tuproq agregatlari katta
ahamiyatga egadir. Tuproqning strukturali bolishida shu yerda o‘stiriladigan ekinlar muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan sifat ko‘rsatgichlaridan biri tuproq zichligi dehqonchilikda,
paxtachilikda tuproqning muhim ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan sifat ko‘rsatgichlaridan biri
uning zichligidir. Tuproq zichligi hajim og‘irligi bilan belgilanadi tuproqning hajm og‘irligi deb
tabiiy holatdagi ma’lum bir miqdordagi vazninng shunday hajmdagi suv og‘irligi bo‘lgan
nisbatiga aytiladi va g\sm ko‘p bilan belgilanadi. Tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha tuproqning
hajm og‘irligigi juda o‘zgaruvchan bo‘lib tuproqniong zichlanish holatiga bog‘liqdir odatda
tuproqning ustki haydalma qatlami chirindi miqdoriga donachalar sifatiga qarb har hil hajim,
vazniga ega bo‘lishi mumkin va odatda 1,0 dan 1,6 g\sm ko‘pgacha o‘zgarib turadi, haydalma
qatlamining ostki qismida tuproq hajm vazni og‘iroq bo‘ladi.
|