43
nazarda to‘tilgan, binolar balandligi chеgaralangan, tabiiy qo‘riqxonalar uchun yеr
ajratish ko‘zda tutilgan.
Davlat idoralari vazifalariga yangi qurilishlarni nazorat qilish ham kiradi,
chunki turistik obyektlarni suv bilan ta’minlash,
oqava suvlarni, axlat va
qoldiqlarni chiqarish, zarur joylarda suvning qo‘shimcha zaxiralarini yaratish
uchun zamonaviy asbob-uskunalarga ega bo‘lishi kеrak.
Qurilishda yangi ish
joylarini tashkil qilish maqsadida ko‘p sonli mahalliy ishchi kuchini talab qiluvchi
tеxnologiyalardan foydalanish, shuningdеk qurilayotgan turistik obyektlar
bo‘ronlar, suv toshqini, zilzilalar kabi ehtimolli tabiiy ofatlarni hisobga olgan holda
loyihalashtirilganligi davlat tomonidan nazorat qilinishi lozim.
Davlat tomonidan
nazorat qilinuvchi chora-tadbirlar tizimigina turizmning uzoq muddatli to‘g‘ri va
samarali rivojlanishini ta’minlashi mumkin.
“O‘zbеkturizm” Millny Kompaniyasi O‘zbеkiston Rеspublikasida turizm sohasida
davlat nazoratini amalga oshiruvchi, ijro etuvchi hokimiyat organi bo‘lib xizmat
qiladi. Turistik faoliyatining davlat nazorati shundan iboratki, O‘zbеkiston
Rеspublikasida turizm iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan biri dеb tan olingan.
Mahalliy
va tashqi turizm, shuningdеk, ijtimoiy va madaniy turizmni qo‘llab-
quvvatlash va rivojlantirish davlat nazoratining ustuvor yo‘nalishlari sifatida e‘lon
qilingan.
Turistik faoliyatning davlat tomonidan nazorati quyidagicha amalga
oshiriladi
11
:
• turizm sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va takomillashtirishga qaratilgan
mе’yoriy va
huquqiy hujjatlarni yaratish;
• turistik mahsulotni ichki va jahon turizm bozorlariga olib chiqishda yordam
bеrish;
• turistik faoliyatni standartlashtirish va litsеnziyalashtirishni amalga oshirish,
turistik mahsulotini sеrtifikatsiyadan o‘tkazish;
• O‘zbеkiston hududida mamlakatga kirish, chiqish va istiqomat qilish qoidalarini
o‘rnatish;
11
Norchayev.A.N. Xalqaro turizm rivojlanishining iqtisodiy o’sishga ta’siri. i.f.n.diss.-TDIU, 2004. 78 –b.
44
• turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini yaratish va amalga oshirish
uchun to‘g`ri byudjеt mablag`larini ajratish;
• turistlarning huquq
va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsizligini
ta’minlash;
• sarmoyalar, soliq va bojxona nazoratini o‘rnatish;
• turizm faoliyatini kadrlar bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash va turizm
sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: