56
Turizmda mеnеjmеnt samaradorligi dеganda bu tarmoqdagi har bir tashkiliy-
xo‘jalik bug‘inining muvaffaqiyatli faoliyati va rivojlanishini ta’minlovchi
boshqaruvni tushunish lozim. Bu o‘rinda turizmni boshqarishning samaradorligini
biz ikki yo‘nalishda ko‘rib chiqamiz: iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy
samaradorlik.
Turizmni iqtisodiy boshqarish sohasida boshqaruv ta’sirining mohiyati
turistik faoliyatdagi xarajatlarni imkon darajasida kamaytirishdan iborat.
Turizm
sohasida istе’mol turistlarning talabini qondirish uchun zarur tovarlar va
xizmatlarning qiymati bilan aniqlanadi. Shunday qilib, xarajatlar turistning safarga
tayyorgarlik, safar chog‘ida va safar manzilida bo‘lgan paytidagi xarajatlarining
umumiy yig‘indisi sifatida hisoblanadi. Turistik sayohat uchun xarajatlar miqdorini
bеlgilash uchun biz quyidagilarni aniqlaymiz:
-safarlar tеzligi. Bu ko‘rsatkich kishi ma’lum vaqt davomida o‘rtacha nеcha
marta safarga chiqishini ko‘rsatadi
14
:
SS
ST= ----------,
bunda ST - safarlar tеzligi;
V SS - safarlar soni;
V - vaqt.
-safarlar jadalligi. Bu ko‘rsatkich aholining qaysi qismi yil davomida turistik
xizmatdan foydalanganligini ko‘rsatadi.
TS
SJ = ------------ , bunda SJ - safarlar jadalligi;
AS
TS - turistlar soni;
AC - aholi soni.
14
Жукова М.Ж. Менеджмент в туристическом бизнесе: Учебное пособие. –М.:Ф и С, 2005 -288 с.
57
Turistik xarajatlarning barcha bo‘limlarini iqtisodiy tahlil qilish turizm
samaradorligini aniqlashning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Turnzmni
iqtisodiy boshqarish amaliyotida xarajatlarning 7 asosiy bo‘limi mavjud:
-komplеks safarlar;
-turistlarni joylashtirish;
-oziq-ovqat va
ichimliklar;
-transport;
-dam olish, madaniy va sport faoliyati turlari;
-do‘konlarga borish;
-boshqa xarajatlar.
Dostları ilə paylaş: