Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

3. Fiziokratlarning umumiy ta’rifi; 
A) F. Kenening iqtisodiy ta’limoti. Uning "Iqtisodiy jadval" asaridagi 
g‘oyalari. 
B) Tyurgoning iqtisodiy qarashlari. 
XVIII asrning o‘rtalarida Fransiyada iqtisodiy bilimlar tarixida 
fiziokratizm yo‘nalishi yuzaga keldi. Bu ta’limot klassik iqtisodiy maktabning 
tarkibiy, butun zanjirning ajralmas qismi sifatida muxim ahamiyatga egadir. 
Bu oqimning asosiy vaqillari F.Kene, A. Tyurgo mamlakatdagi usha davr 
iqtisodiy xolatini xar tomonlama taxlil etib iqtisodiyotning muxim 
kategoriyalari bo‘yicha kimmatli fikrlarni berdilar. Ular fermerlarni ximoya 
qilgan xolda avvalo Merkantilizmdan vos kechib, boylikning asosiy manbai 
mexnat va yer ekanligini ko‘rsatdilar. "Tabiiy tartib" konsepsiyasi asosida 
"Unumli mexnat" "Sof maxsulot", kapital to‘g‘risidagi bilimlar ilgari surildi.
Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baxolar, erkin raqobat 
davlatning iqtisodga kam aralashuvi "Tabiiy xol" deb tan olindi. Ularning 
fikricha, qiymat iste’mol qiymati bo‘lib, xatto tabiat, yer in’omi sifatida talqin 
etiladi. Shundan dexqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari 
unumsiz soha deb qaraladi. Bunday noto‘g‘ri fikrning paydo bo‘lishi 
Fransiyaning usha davrdagi axvoli (agrar mamlakat) bilan bog‘liqdir. 
Kapital tushunchaning kiritilishi va uning boshlangish va yillik bunak kabi 
ikki qismga bo‘linishi iqtisodiyot tarixida muxim kadamdir. Shundan doimiy 
va aylanma kapital g‘oyalari ham kelib chikadi. 
F.Kenening asosiy "Iqtisodiy jadval" asarida jamiyatdagi sinflar masalasi 
ko‘tariladi, ammo bunda ba’zi kamchiliklar bor, uni A. Tyurgo rivojlantirib, 
usha davr uchun to‘g‘ri xulosalar chiqardi. Takror (uzliksiz) ishlab chiqarish 


15 
jarayoni va yalpi ijtimoiy maxsulot muomalasi birinchi bor kun tartibiga 
kuyildi. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi beriladi va tayor maxsulotning 
aylanish tamoyillari ko‘rsatiladi, bu usha davr uchun katta kashfiet edi. 
Tarmoqlar, ya’ni sektorlararo taksimotning anik proporsiyalari bo‘lishi 
zarurligi kayd etiladi, ma’lumki bu tamoyil xozirgi davrda ham muxim. 
Olim va davlat arbobi A. Tyurgoning iqtisodiy g‘oyalari ancha mukammal 
bo‘lib usha davrdagi jamiyat va iqtisodiyatdagi jarayonlarni ancha izchil taxlil 
etadi va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligi hamda beshta 
sinf borligi e’tirof etiladi. Bu xulosa to‘g‘ri xulosadir. A. Tyurgo sanoat va 
xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U kapital va qo‘shimcha maxsulot 
(qiymat) masalalarini ancha mukammal xal etadi, sanoat, ssuda va kapital 
xaqida fikr yuritadi. Lekin oxir oqibatda fizokratizm kobigidan chika olmaydi, 
qo‘shimcha maxsulotning asosiy maxsulotining asosiy shakli yana yerga, yer 
rentasiga qaytadi. A. Tyurgo davlat chinovnigi, anikrogi moliya vazirligi 
sifatida ham bir qancha iqtisodiy isloxotlarni utqazishga erishdi. Ammo 
mamlakatdagi ijtimoy tuzum bu isloxatlarga tusik edi. Xozirgi davr tili bilan 
aytganda, fiziqatorlar sof bozor munosabatlarini qo‘lladilar, ammo ularning 
g‘oyasi asosan qishloq xo‘jaligi bilan cheklab kuyildi, barcha fikrlarda 
mukammallik yetishmas edi. Bu vazifalar esa keyingi olimlar tomonidan xal 
etildi. 
Xulosa 
XU asr oxiri XU11 asrlar davomida yangi iqtisodiy ta’limot merkantilizm 
va u bilan bog‘liq siyosat paydo bo‘ldi. Bu ta’limot bo‘yicha millat (xalq) 
boyligining asosi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan 
prinsipial farq qiladi). Bu ta’limotda ikki davrni ajratish mumkin. 
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya’ni pul degani) XU-XU1 asrlarda 
(qisman XU11 asrda) mavjud bo‘ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa 
kimmatbaxo javoxirlardan iborat bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari surdi, shunga 
oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko‘proq nodir 
metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targib qilingan.
2. Rivojlangan merkantilizm ta’limotida boylik savdo - sotik sohasida 
savdo balansi asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko‘proq eksport qilish va 
mumkin kadar kamroq import qilish g‘oyasi ilgari surilgan. 
XU11-XU111 asrlarda qulay ijtimoy-iqtisodiy sharoitlarda dastlab 
angliyada klassik iqtisodiy maktab ko‘rtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi 
iqtisodiy g‘oyalar V.Petti nomi bilan bog‘liq (burjua inklobi, manufaktura va 
savdoning rivojlanganligi, agrar isloxot, dexqonlarning chegaralinishi, 
mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqtisodiy 
sharoitlar).


16 
V. Petti "Tabiiy baxo" (qiymat), "Siyosiy baxo" tushunchalarini kiritdi
tovar qiymatining unga sarflangan mexnat miqdori bilan ulchanishi g‘oyasiga, 
ya’ni qiymatning mexnat nazariyasiga asos soldi. "Mexnat boylikning otasi, 
yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi, qiymatni aynan almashuv qiymati 
(pul) shaklida tushuuntirdi.  

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin