Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


A.Smit va D.Rikardo ta’limoti va xozirgi zamon



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

4.A.Smit va D.Rikardo ta’limoti va xozirgi zamon. 
A.Smit va D.Rikardo angliya klassik iqtisodiyotining eng buyuk va eng 
sunggi namoyondalari edilar, ularning g‘oyalari Sey,Sismondi va qisman 
Maltus tomonidan davom ettirildi, ammo bu g‘oyalarga katta biror yangilik 
kiritilmadi. A.Smit va D.Rikardo asarlarida klassik iqtisodiy maktab eng 
yuksak ko‘tarildi va jaxon iqtisodiy tafakkuriga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Klassik iqtisodiy maktab uchun shu narsa xarakterliki, unda mantikiy 
abstraksiya uslubi yordamida iqtisodiy vokealar imkoni boricha katta 


23 
ob’ektivlik va xolislik bilan taxlil etildi va mavjud tizimni ataylab ongli 
maktash bilan shugullanilmadi. 
Klassik iqtisodiyotning poydevori qiymatning mexnat nazariyasi asosida 
kurilgan. Bu ta’limot daromatlarni taksimlash nazariyasiga ham asos deb 
qaralgan. Bu maktab birinchi marta usha davrdagi ilgor burjua jamiyatining 
sinfiy tuzilishini to‘g‘ri yoritib berdi, kapitalistlar, yer egalari va yollanma 
ishchilarning daromad manbalari ochib berildi (ish xaqi). Daromadlar o‘rtasida 
qarama-qarshilik yo‘q deb qaraldi.
A.Smit o‘z asarida iqtisodiyot fanini xar tomonlama to‘la taxlil etib, 
xozirgi davr tili bilan aytganda bozor iqtisodiyoti va uning amal qilish 
tamoyillarini to‘g‘ri ko‘rsatib berdi. Ular ta’limotining mohiyati kiskacha 
kuyidagilardan iborat: 1. Tanlov va tadbirkorlik erkinligi; 2. Baxolarning 
erkinligi (ya’ni baxoning bozorda talab va taklif asosida shakllanishi); 3. Erkin 
raqobat; 4. Mulk shakllarining turli - tumanligi va ularning qonun oldida 
baravarligi (ya’ni davlat, jamoa, xususiy va boshqa mulklarning xayotiyligi); 5. 
Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot masalalariga kam aralashuvi. 
Klassik (mumtoz) maktab vaqillari inson xoxishiga bog‘liq bo‘lmagan 
ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunda iqtisod 
tizimida tabiiy turgunlikni ta’minlashga, o‘z-o‘zini boshqarishga kodir ekanligi 
tan olinadi. Shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor 
etiladi va erkin savdo-sotik qullaniladi. "Ko‘rinmas qul" yordamida iqtisodiyot
avtomatik ravishda erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish kobiliyatiga 
egadir (ammo bu fikr J.M.Keyns tomonidan rad etiladi). 
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to‘g‘ri ko‘rib 
chiqilgan. 
Iqtisodiyotning muxim kategoriyalari bo‘lgan qiymat, pul, foyda, baxo, 
ish xaqi,renta, kapital va boshqalarga asosan to‘la va to‘g‘ri ta’rif berilgan. 
Yangi 
jamiyatning 
progressiv 
tomonlari 
bilan 
birga 
bozor 
iqtisodiyotining bekamu-ko‘st emasligi, uning jiddiy kamchiliklari borligi ham 
kayd etilgan. 
Xulosa 
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to‘la 
shakllandi, bu ingliz olimlari A.Smit va D.Rikardolar tomonidan amalga 
oshirildi. Bu tasodifiy vokea bo‘lmay, shu davrda angliyada ob’ektiv shart-
sharoitlar mavjud edi: burjua inqilobi, manufakturadan fabrikaga o‘tilishi, agrar 
isloxot, kapitalning dastlabki jamgarilishi, sinfiy va mulkiy differensiatsiya va 
boshqalar. 
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoyillari 
aniklab berildi. Mexnat taksimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to‘g‘ri 
ko‘rib chiqilgan. 


24 
Iqtisodiyotning muxim kategoriyalari bo‘lgan qiymat, pul, baxo, foyda, 
ish xaqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to‘la va to‘g‘ri ta’rif berilgan. 
Yangi 
jamiyatning 
progressiv 
tomonlari 
bilan 
birga 
bozor 
iqtisodiyotining bekamu-kust emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari 
borligi ham kayd etilgan. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin