4
Kirish
"Iqtisodiy bilimlar tarixi" kursi iqtisodiy fanlar tizimida muxim o‘rin
egallaydi.
Insoniyat o‘zining ming yillik tarixi davomida
katta iqtisodiy va ijtimoy
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Xar bir davrda u yoki bu mamlakatlarda ayrim
shaxslar (olim yoki xokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik
fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalari ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir
xolda shular tufayli davlat va xalqaro ravnaq topgan, ba’zida
tushkunlikka
uchragan. Ana shu iqtisodiy g‘oyalar har tomonlama chuqur o‘rganish, taxlil
etish, ular orasidan umumbashariy
ahamiyatlarini ajratib olib, xozirgi davrda,
ya’ni xayotga tadbiq etish nixoyatda ham nazariy ham foydalidir.
Chunki
ulardan ko‘p yillik tajriba mujassamlashgan bo‘ladi.
"Iqtisodiy bilimlar tarixi" kursi iqtisodiyot mutaxassislari tayorlashda
muxim fan sifatida o‘rganiladi. Iqtisodchi bakalavr yo‘nalishida bu fan uchun
o‘quv rejalarida 54 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, uning 36 soati ma’ruzalardir.
Kafedra tomonidan tayorlangan va qabul qilingan namunaviy dastur bo‘yicha
o‘nta mavzu berilgan. Ushbu dastur asosida ma’ruza
matnlari tayorlandi,
kafedra a’zolaridan kat.o‘q.Saipova M.P. ass.Usmanova K.A. kafedra mudiri
dots.Xasanov R.S. lar ishtirok etishdi.
Yordamchi materiallarni tayorlashda prof. Kadirov M.A. ham qatnashdi.
Ma’ruzalar
matnida qadimdan, to xozirgi davrgacha paydo bo‘lgan
iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash va bilimlarning mazmuni,
mohiyati, ularning
evolyusiyasi (rivojlanishi) va bugungi kundagi ahamiyati
mantiqiy va tarixiy
ketama-ketlik va namunaviy dastur asosida ifoda etiladi. Mustaqil
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi yoritilgan.
Keltirilgan
materiallarda mavzu, unga oid reja,
rejadagi savollarga
qisqacha javob, muxim tushuncha va matnlar ro‘yxati shaklida tuzildi.
Adabiyotlar ro‘yxati oxirida (asosiy va qo‘shimcha) to‘laroq shaklda berildi.