Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


 Antik dunyo davlatlaridagi dastlabki iqtisodiy g‘oyalar



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

3. Antik dunyo davlatlaridagi dastlabki iqtisodiy g‘oyalar. 
Platon (Aflotun) "Davlat" va "Qonunlar" asarlarida ideal davlat qanday 
bo‘lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‘ldi. U axolini uch toifaga ajratgan:
1.Faylasuvlar-davlatni boshqaruvchilar.
2. Xarbiylar - davlatning boshqarish apparatining bir qismi bo‘lib ular 
biror mulk egasi xuquqiga ega emas, iste’mol qilish esa ijtimoiy xarakterga ega 
bo‘lishi kerak .
3. "Qora" toifa - dexqon, xunarmand va savdogarlardan bo‘lib, ular mulk 
egasi bo‘lishi kerak. 
Bu olimning mexnat taksimoti tovar, pul va savdogarlarning ajralib 
chikishi, o‘rtasidagi aloqadorlik to‘g‘risidagi fikrni usha davr uchun buyuk 
kashfiyot - deb baxolash mumkin. Ammo aflotun qulchilikka asoslangan 
natural xo‘jalikni ximoya qildi, pul funksiyasini maomala doirasidagina deb 
bilishga xarakat qildi. Pulni jamiyatdagi dushmanchilikning bosh sababchisi 
deb bildi. 
Agar osiyoda quldorlik ko‘proq patriarxal shaklda bo‘lsa, antik dunyoda u 
klassik ravishda ro‘y bergan, natural xunarmandchilik-dexqonchilik xo‘jaligi 
qullangan, ammo bu davr oxirida sudxurlik ham qo‘llab-quvvatlangan. Pulning 
asosan almashuv (Ksenofond jamgarmasi) funksiyasi tan olingan. U sudxurlik 
operatsiyalarini inkor etdi va baxolarni me’yorida saklash yo‘li bilan 
savdogarlarning foydasini chegaralashni talab qildi. Aflotun qullarni fukarolar 
deb tan olmadi va ular biror toifaga kiritmadi. Shunday qilib, aflotun o‘zinig 
ideal, ya’ni bakamu-ko‘st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiy saklash 
tarafdori edi. Platonga nisbatan Aristotel pulning mohiyatini kengrok va 
chuqurrok anglab yetdi. Ammo u tovar ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi 
va qiymatni to‘la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli bir biri bilan 
solishtirilishi mumkin degan xato xulosaga keldi.
Rim (xozirgi Italiya) da quldorlik munosabatlari yuksaldi, lekin tanazzulga 
ham uchray boshladi.osiyoda feodalizm munosabat o‘zgardi. Erkin soxibkorlik 
ustunligi oydin bo‘lib qoldi, dexqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo 
sudxurlik jamiyati qullangan (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‘tish 
jarayoni, isloxotlar (grakxlar) yo‘li boshlandi. 
Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda 
qiymatdan ortiq maxsulot deb bilgan. Undan tashqari Rimning iqtisodiy 



g‘oyalari Varron, Qolummela, Sitseron va boshqalarning asarida ham 
ko‘rsatilgan. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin