Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

Tayanch ibora va tushunchalar 
Ilk Merkantilizm; Monetarizm; rivojlangan Merkantilizm; savdo 
kapitalining asosiy tamoyili; kolbertizm; aktiv savdo balansi; V.Pettining ish 
xaqi nazariyasi; renta nazariyasi; yer baxosiga oid fikrlar; F.Kenening 
"Iqtisodiy jadvali" va "Tabiiy tartib" konsepsiyasi; A. Tyurgo qiymat tarkibi 
to‘g‘risida. 
1.Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining asosiy mohiyati. 
XV asr oxiri -XV11 asrlar davomida yangi iqtisodiy bilimlar merkantilizm 
va u bilan bog‘liq siyosat paydo bo‘ldi. Bu ta’limot bo‘yicha milliy - xalq 
boyligi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq 
qiladi). Bu ta’limotda ikki davrni ajratish mumkin: 1. Ilk Merkantilizm yoki 
Monetarizm (ya’ni pul degani) XV-XVI asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud 
bo‘ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaxo javoxirlardan 
iborat bo‘ladi, degan g‘oya ilgari suriladi. Shunga oid siyosat ham olib 
borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko‘proq -ko‘proq nodir metallar 
keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targib qilingan. 2. Rivojlangan 
Merkantilizm ta’limotida boylik savdo-sotiq sohasidagi savdo balansi asosida 
yuzaga keladi, imkoni boricha ko‘proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq 
import qilish g‘oyalari ilgari surilgan. Merkantilizm ayrim mamalakatlardagi 
ko‘rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, 
Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma’lum. Bu ta’limot yangi 
tugilayotgan jamiyat-kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakterga ega 
bo‘ldi. Kapitalning dastlabki jamgarilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik 
tizimini qo‘llab-quvvatladi, tovar muomalasi rivojiga olib keldi, moliya 
tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizmda davlat 
iqtisodiyotga faol ishtirok etish shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga 
keldi. 


13 
Menkantalizm tarixan cheklangan bo‘lsa ham (u XVIII asrda to‘g‘ri va 
qattiq tanqidga uchradi). Iqtisodiy bilimlar tarixida munosib o‘rinni egallaydi. 
Lekin bu ta’limot va unga asoslangan siyosatni to‘la amalga oshirish qanday 
oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon lo tajribasidan ma’lum. Menkantalizm 
moliya tizimi va savdo rivojiga muxim xissa qo‘shdi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin