4. Arab va G‘arbiy Yevropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy g‘oyalar. Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq
davom etdi. Arab mamlakatlarining iqtisodiyotiga islom akidalari ijobiy ta’sir
etdi. Kur’oni Karim va xadislarda keltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun -
qoidalar "Xidoya" va shu kabi boshqa fikr keng o‘rganildi, amalga oshirdi,
natijada muxim iqtisodiy g‘oyalar ilgari surildi. Mexnat, ayniqsa qishloq
xo‘jaligi xunarmandchilik va savdo qo‘llab - quvvatlandi. Isrovgarchilik,
mexnatsiz daromat, ayniqsa sudxo‘rlik xarom deb e’lon qilindi.
Bu davr uchun Ibn Xoldunning iqtisodiy g‘oyalari nixoyatda muximdir, u
o‘z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mexnat unumdorligi, oddiy va
murakkab mexnat, zaruriy va qo‘shimcha maxsulot, tovarning iste’mol qiymati
va umuman qiymatning farqini ta’riflab beradi, ayirboshlash tamoyirini
(sarflangan mexnatning yarimi) to‘g‘ri talqin etdi, sarflangan mexnat bilan
birga shu tovarning odamlarsha zarurligi ham muximligini ta’kidladi. Uning
asarlarida mexnat taksimoti, tovar pul munosabatlari, soliq tizimining xalq
farovonligi ta’siri asosan to‘g‘ri taxlil etib berilgan. G‘arbiy Yevropadagi
feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan bo‘lsa ham, uning rivoji
tezroq bo‘ldi. Dexqonchilik umuman qishloq xo‘jaligi ustun bo‘lishiga
qaramay, xunarmandchilikda sex tizimi, keyinroq manufaktura vujudga keldi,
mexnat taksimoti tamoyillari tarkib topdi. Bu davrda garbda natural xo‘jalik
(iste’mol qiymati ishlab chiqarish) qullangan, oltin va kumush, zeb-ziynat
sun’iy boylik deb qaralgan. "Adolatli baxo" masalasi ko‘tarilgan. Bu yerda
ham din va din ahli tomonidan iqtisodiyotda muxim fikrlar ilgari surilgan.
Masalan, f. Akvinskiy "Adolatli baxo" masalasini naf va manfaatlar tengligini
asosida hal etdi. Protsent (foizni) oqlaydi, uni qo‘llaydi va tavakkalchilik
to‘lovi deydi. U shuningdek rentani ham qo‘llaydi, uning ekpluatatorlik
mohiyatini inkor etadi.
Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda ham dexqon mexnati -
boylikning asosi ekanligi ko‘rsatiladi.
Natural renta miqdori 2 foiz belgilanadi, tovar pul munosabatlariga
ayniqsa savdoga qarshi g‘oyalar ko‘p edi.