17
3-mavzu. Adam Smit va david Rikardoning iqtisodiy bilimlari
Reja
1.A.Smit va D.Rikardo g‘oyalari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari.
Klassik iqtisodiy maktabning to‘la shakllanishi.
2.A.Smitning iqtisodiy g‘oyalari. Uning «Xalqlar boyligi» asaridagi
iqtisodiy qarashlari.
3. D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti.
4.Smit va Rikardo ta’limoti va xozirgi zamon.
5. Xulosa.
Tayanch ibora va tushunchalar
A.Smit; «Ko‘rinmas qul»; qiymatning mexnat nazariyasi;
mexnat
taksimoti; pul va daromadlar to‘g‘risidagi bilimlar; unumli va unumsiz mexnat;
Smit dogmasi;
D.Rikardo; qiymat qonuni; ish xaqi; foyda renta masalari; nisbiy ustunlik
prinsipi.
I.A.Smit va D.Rikardo g‘oyalari shakllanishining tarixiy shart
sharoitlari. Klassik iqtisodiy maktabning to‘la shakllanishi.
XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi choragida Buyuk
Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy g‘oyalarning rivojlanishi
uchun nixoyatda
qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g‘oyalar A.Smit va
D.Rikardo bilimlarida o‘z aksini topdi. Ular tomonidan yaratilgan ta’limot
ingliz klassik iqtisodiyotining asosi bo‘ldi va jaxon iqtisodiyoti fikriga katta
ta’sir ko‘rsatdi. Bu olimlar o‘zlaridan oldingi merkantilizm, ilk klassik maktab
va fiziokratizm g‘oyalarini mukammal o‘rganib, shular asosida yangi iqtisodiy
maktabning shakllanishini nixoyasiga yetkazdilar. Klassik maktabning
shakllanishida ayniqsa sanoat inqilobi katta rol uynadi.
R.Xeylbroner va L.Turoularning fikriga ko‘ra, shu davrda bozor jamiyati
vujudga keldi. Bu tizimda kapital bozori paydo bo‘ldi va ishlab chiqarishda
doimo boylik oqimi, ya’ni banklar va boshqa moliya kompaniyalari tomonidan
tashqil etiladigan jamgarma va investitsiyalar
oqimi vujudga keladi, karz
oluvchilar bu boyliklardan foydalanganliklari uchun foiz to‘laydilar.
Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan mexnat sarflari,
yer va kapitallar ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Kapitalizmgacha ishlab
chiqarish omillari umuman bo‘lmagan, degan xulosa chiqariladi. Albatta inson
mexnati, tabiiy
resurslar, shuningdek yer va ishlovchilar san’ati doim bo‘lgan,
ammo mexnat, yer va kapital tovar emas edi. Qanday qilib, xak to‘lanmaydigan
mexnat, renta puli keltirilmaydigan yer va shaxsiy xazina ishlab chiqarish
omiliga aylanib qoldi? Bu kapitalistik tuzumni keltirib chiqargan inqilob bilan
bog‘liq. O‘z yerlaridan maxrum bo‘lgan ijarachilar shaxarlarga ketishga va u
18
yerda o‘z ishchi kuchini ishlab chiqarish faktori sifatida sotishga majbur edilar.
Bozor jamiyati uchun xayotiy zarur bo‘lgan ishlab chiqarish omillari tarixiy
o‘zgarishlar tufayli yuzaga keldi. Oqibatda
mexnat tovarga aylandi, yer
kuchmas mulk bo‘lib qoldi. Ammo kapitalizmning iqtisodiy erkinligi ba’zilar
uchun yutuk, ko‘pchilik uchun esa qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Bozor
tizimi bir tomondan ishonchsizlik, azob-ukubat sababi bo‘lsa, shu vaqtning
o‘zida taraqqiyot, imkoni va yutuklari manbai hamdir.
XVIII asrning ikkinchi yarmida «Texnik yo‘nalishda»
gi ishbilarmonlar
guruxi iqtisodiyot tarixida butunlay yangi insonlarni vujudga keltirdi.
Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoat, xususan, tukimachilik sohasida
boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nixoyalandi, J.Key
tukimachilik moqkisini, 1733 yilda J.Xargrivs o‘z kizining nomi bilan atalgan
«Jenni» mexanik to‘quv
dastgoxini kashf etdi, sanoat inqilobi iqtisodiyot va
ijtimoiy xayotga keskin o‘zgarishlarga olib keldi.1701-1802 yillar oraligida
tukimachilik rivoji tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga
usdi.
1788-1838 yillarda cho‘yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming
tonnagacha oshdi.
Dostları ilə paylaş: