Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


J.B.Sey Va T.R.Maltusning iqtisodiy g‘oyalari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

5.J.B.Sey Va T.R.Maltusning iqtisodiy g‘oyalari. 
XVIII asr oxiri - XIX asrda ro‘y bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zgarishlar oqibatida iqtisodiy bilimlarda ham klassik iqtisodiy maktabni 
qayta ko‘rib chikish, zamonga moslash istaklari bilan o‘ziga xos muqobil 
(Alternativ) g‘oyalar yuzaga kela boshladi. 
Fransiyalik Jan Batist Sey (1767-1832) g‘oyalarida yangi yo‘nalishni 
ko‘rish mumkin. Uning «Siyosiy iqtisod risolasi»(1803), «Siyosiy iqtisod 
katexizi»(1817), «Siyosiy iqtisod kursi» (1828-30) asarlarida A.Smit g‘oyalari 
qo‘llab-quvvatlanadi, ammo qiymat va daromadlar masalasida «Foydalilik 
nazariyasi» ga asos solinadi. U qiymatni iste’mol qiymati bilan aynan 
tushunadi (A. Smitda almashuv qiymati ham bor). U xar qanday 
ekspluatatsiyani inkor etadi, garmoniya (uygunlik) ni «isbotlaydi».
Seyning eng muxim kashfiyotlaridan biri «Sey qonuni», «Bozorlar 
qonuni» yoki «Sotish nazariyasi» xisoblanadi. Uning fikricha, «Taklif shunga 
mos talabni yaratadi», oqibatda ortiqcha ishlab chiqarish inkirozlari «Prinsipda 
bo‘lmasligi» go‘yo isbotlanadi, ya’ni taklif avtomatik ravishda talabni vujudga 
keltiradi, maxsulot darxol realizatsiya qilinadi. 
Ammo Sey o‘z xayoti davomida bu fikrning unchalik to‘g‘ri emasligini 
ko‘radi, 1825 yili angliyada tarixda birinchi marta kuchli iqtisodiy inkiroz ro‘y 
beradi va takrorlanib turadi. Ishlab chiqarish va xarid qilish vaqt va makon 
jixatdan ajralib turadi, shu tufayli inkirozlarga abstrakt imkoniyat tugiladi 
(J.M.Keyns ta’limotiga qarang). 
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834) ming asosiy asarlari 
«Axoli nufusi qonuni to‘g‘risida tajriba» (1798), «Er rentasining tabiati va 
o‘sishi to‘g‘risidagi tajriba» (1815), «Siyosiy iqtisodning boshlanishi» (1820) 
asarlarida «Axoli nufusi» nazariyasi va «Tuprok unumdorligini pasayib borish 
qonunlari» ni «Kashf» etdi. 


33 
Uningcha tirikchilik vositalariga nisbatan axolining doimo tezroq 
ko‘payishga intilishi «Axolining nufus qonuni» dir, bu qonun jamiyat paydo 
bo‘lganidan buyon mavjud bo‘lib, doim va kudratli xarakatdadir. Axolining 
ortiqcha qismi zarurat tufayli ochlik, yalong‘ochlik va kirilishga maxkum 
etilgan. Maltusning fikricha, kashshoklikning asosiy va doimiy sababi, 
boshqarish tarzi yoki mulkning notekis taksimlanishiga xech ham bog‘liq 
emas, bu jarayon «Tabiiy qonunlar va insoniy xirs», tabiatning nochorligi va 
insoniyatning favqulotda tez ko‘payishi bilan bog‘liqdir. Shu sababli xalq azob 
ukubatlari uchun o‘zini - o‘zi ayblashi kerak. Uni to‘g‘rilashga xech qanday 
inqilob va sotsial isloxotlar yordam bera olmaydi. Bunda faqat bitta to‘g‘ri yo‘l 
bor - bu axoli sonini kiskartirish. Uningcha ko‘payishning oldini olish vositasi, 
chorasi sifatida «Axlokiy chidam» (kambagallar nikoxdan o‘zlarini tiyishlari, 
kech turmush ko‘rishlari), og‘ir mexnat yoki turli baxtsizliklar (ochlik, 
kashshoklik, kasallik, epidemiya, urush va boshqalar) qo‘llab-quvvatlanadi. 
Maltusning fikricha tabiiy biologik instinktga ko‘ra, insoniyat ko‘payish 
imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va usimliklar 
qarama -qarshi ravishda bu jarayonni cheklash imkoniga ham ega bo‘lib, 
xayvonot dunyosidan ajralib turadi. Shunday qilib, maltus ta’limoti bo‘yicha
kapitalizm illatlari insoniyatning beixtiyor qismatidir. Nazariy jixatdan bu 
fikrlarda xech qanday ilmiylik yo‘q. Bu «qonun»dagi asosiy g‘oyalar ungacha 
bo‘lgan olimlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ugirlangan, chunki o‘z davrida styuart, 
uolles, taunsend va boshqalar bu masalani yoritgan edilar. Maltusning bu 
nixoyatda reaksion xulosalari qattiq tankidga uchradi. Tugulishni kamaytirish 
uchun u nikox yoshini oshirishni, davlat tomonidan bolalarga beriladigan 
nafakalarni butunlay bekor qilishni taklif etdi. Maltus bu tankidlardan xulosa 
chiqarib, 1820 yilda o‘z asarini qayta ishlab chikdi va unda o‘z fikrlarini ancha 
yumshatishga intildi; ayniqsa ystiga dam -badam yogilib turadigan va axolini 
ulimga maxkum etadigan balo-ofatlarni zaruriy deb xisoblashdan voz kechdi 
va kechirim suradi, uni noto‘g‘ri tushunganliklarini aytib utdi, ammo u 
o‘zining bosh fikridan kaytmadi. Maltus «doktrinasi» avvalo metodologik 
jixatdan noto‘g‘ri edi, chunki xech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat 
xayotida qullaniladi, vaxolangki insonlar usimlik va xayvonot dunyosidan 
farqli ularok, faqat iste’mol qilmaydilar, balki o‘zlari ishlab chikadilar va 
tirikchilik vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Maltus 
progressiyalari statistik va amaliy (faktik) materiallarni ochikdan-ochik 
soxtalashtirishdir (falsifikatsiya). Unda berilgan ma’lumotlar AQShning XVI-
XVIII asrlardagi axoli o‘sishiga nisbati sifatida keltiriladi, bu mamlakat 
axolisining asosan Yevropa axolisining emmigratsiyasi xisobiga ko‘payganligi 
xaqidagi «arzimas» fakt esa xisobga olinmagan (tabiiy o‘sishi bor, 
emmigratsiya bor). 


34 
Maltus iqtisodiyotining bir qancha boshqa masalalari bo‘yicha ham o‘z 
fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, foyda va realizatsiya bo‘yicha g‘oyalari 
dikkatga sazovardir. Maltus o‘z masalalarini xal etishda d. Rikardoning 
g‘oyalariga qarshi chikdi va bunda A.Smitdan foydalanadi. Uningcha tovarning 
qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan mexnat bilan aniklanadi. Maltus 
g‘oyasining «Yangiligi» shu «kimmat ulchovi»ni izoxlashdir. Smitning 
fikricha, tovarni sotib olish uchun sarflangan mexnat uni ishlab chiqarishga 
ketgan mexnatga tengdir. Maltusning fikricha, tovarlardagi mexnat miqdori 
uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlardan iborat bo‘lib, bu ko‘rsatkich tirik va 
jonsiz mexnat plyus avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi bunda 
qiymatning xosil bo‘lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga 
kuchiriladi, iste’mol qiymati esa almashuv qiymati bilan korishtirilib 
yuboriladi. Maltus tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridangina 
iborat deb ko‘rsatadi va xaridor tovar sotuvchiga ish xaqidan tashqari foydani 
ham to‘lashi kerak, deb uylaydi, foyda tovarning qiymatiga nominal 
qo‘shimcha deb xisoblanadi. Foyda mexnatdan ajratib kuyiladi, ya’ni 
kapitalistning foydasi qo‘shimcha emas, balki tovarni o‘z qiymatidan ortiqka 
sotish tufayli payda bo‘ladi, noekvivalent ayriboshlashning mavjudligi 
isbotlanadi. Shunday qilib, aslida merkantilizm g‘oyalariga kaytish ro‘y beradi, 
qiymatning xosil bo‘lishida mexnatning roli ikkinchi darajali qilib ko‘rsatiladi. 
Maltus g‘oyalaridagi bu ilmiy chalkashliklarga qaramasdan, unda bir 
qancha ijobiy fikrlar mavjud. Xozirgi davrda rivojlanayotgan mamlakatlardagi 
og‘ir axvolni tushuntirishda bu olimning qarashlariga asoslanish mumkin. 
Ayniqsa janubiy koreya davlatining rivoji xarakterlidir. Agar bu yerda 1950-60 
yillarda axoli o‘sishi yiliga 3% ni tashqil etgan paytda, iqtisodiy rivojlanish 
past bo‘lgan bo‘lsa, 90- yillarda axolining o‘sishi 1%ga tushgan paytga kelib, 
iqtisodiy o‘sish keskin oshdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham axolining 
o‘sishi katta bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish muammolarini xal etishda bu olimning 
ba’zi g‘oyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Xulosa 
Mayda ishlab chiqaruvchi nazariyotchilar kapitalizmni, to‘g‘rirogi yirik 
ishlab chiqarish tomonidan xar tomonlama keng o‘rganilishi iqtisodiy bilimlar 
tarixida bu maktabning munosib urnini belgilab berdi. S.Sismondi va uning 
g‘oyalari sanoat inqilobi, kapitalizmning nixoyatda tez sur’atlarda rivojlanish 
davrida birinchilardan bo‘lib, shu jamiyat iqtisodiy negizini va ijtimoy 
tuzumini taxlil qilishda o‘z aksini topdi. Kapitalizmning ijobiy tomonlari bilan 
birga salbiy jixatlari ham ochib berildi 
P.J. Prudonning mayda ishlab chiqarish g‘oyalari Fransiyada va G‘arbiy 
Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng yoyildi. Prudon qarashlarida ham 
ikkiyoklamalilik va fikrlar korishmaligini uchratishimiz mumkin. Shunday 


35 
bo‘lsa ham Prudonizm g‘oyalaridan kapitalizmni islox qilish to‘g‘risidagi 
fikrlardan xozir ham sotsial isloxotchilik ayrim ko‘rinishlari keng 
foydalanmoqdalar. 
XU111 asr oxiri -X1X asr o‘rtalarida klassik iqtisodiy maktabga muqobil 
iqtisodiy g‘oyalar paydo bo‘la boshladi va xozirgacha davom etmoqda. Bunday 
bo‘lishning birinchi sababi dialetik rivojlanish bo‘lsa, ikkinchidan klassik 
maktab g‘oyalari ham, ya’ni bozor iqtisodiyoti tamoyillarining bekamu-kust 
emasligida, shart-sharoitga qarab u yoki bu tamoyilning amaliy ta’siri xar xil 
bo‘lishidadir.
Ayrim olimlar bo‘layotgan qiyinchiliklarga axolining o‘zi aybdor, chunki 
uning ko‘payishi tez, tirikchilik vositalari esa sekin o‘sishi tabiiy bir xol, 
deydilar (maltusning "Nufus nazariyasi"). Bu fikr boshqa g‘oya - "Tuprok 
unumdorligining pasayib borishi" nazariyasiga olib keldi. O‘z g‘oyalariga 
teskari "Uchinchi shaxslar" nazariyasi vujudga keldi , ishlab chiqarmaydigan 
sinflar ravnaq asosi qilib ko‘rsatiladi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin