Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


Per Jozef Prudon. Prudonning iqtisodiy nazariyasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

3.Per Jozef Prudon. Prudonning iqtisodiy nazariyasi. 
Per Jozef Prudon (1809-1855)- fratsuz publisisti, mayda ishlab 
chiqaruvchilar nazariyatchisi, kambagal kosib oilasida tugilgan. Moddiy 
jixatdan nochorligi sababli kollejdagi ukishni bitira olmagan.
Sherik hamkorining mablagi xisobiga kichik bir bosmaxonani ishlatgan. 
Zo‘r berib o‘z maxsulotini oshirish bilan shugullangan. Ilm - fanni o‘rganishni 
avvalo muxtojlikdan ko‘tilish usuli deb biladi. K.Marks bilan shaxsan tanish 
bo‘lgan. 
P. Prudon feodalizmga kaytib bo‘lmaslikni, kapitalizmni tan oladi. Ammo 
u mayda ishlab chiqarishni saklab qolishni taklif qiladi. P. Prudon qarashlari 
butun tuzum reformizmi, ishchilar sinfiga dushmanlik ruxi bilan sug‘orilgandir. 
P. Prudon proletariatning o‘z siyosiy va iqtisodiy manfaatlari uchun ko‘rashiga 
qarshi. U ishchilarning ish tashlashini g‘ayri qonuniy deb e’lon qiladi. 
P. Prudon avval kapitalizmning tankidchisi bo‘lib maydonga chikdi. 
"Mulkchilik nima"(1840) degan asari unga zo‘r shuxrat keltirdi. Bu asarda xali 
Prudonning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. "Iqtisodiy ziddiyatlar 
sistemasi yoki kashshoklik falsafasi" asarida P. Prudon kapitalizmni islox 
qilishning amaliy dasto‘rini ishlab chikishga, siyosiy ko‘rashning bexudaligi va 
davlat xoqimiyatiga extiyoj yo‘qligi to‘g‘risidagi anarxiyachilik qarashlarini 
asoslashga o‘rindi, Fransiya xukmdorlarini o‘zining siyosiy xayrixoxligiga 
ishontirishga o‘rindi.
P. Prudonning nazariy qarashlariga xos xususiyatlar kuyidagilar: 1) 
Sub’ektivizm; 2) Iqtisodiy qonunlar ob’ektivligini inkor etish; 3) "Eklektizm" 
(fikrlar korishmasi); 4) Mantikiylikning tarixiylikdan ajralib qolishi; 5) 
"Iqtisodiy kuchlar", mexnat taksimoti, raqobat, ayirboshlash, kredit, mulkchilik 
kabi muxim nazariyalarning mavjudligi; 6) Ayirboshlash nuktai nazaridan 
yondoshdi. P. Prudon siyosiy iqtisodni "akl-zakovotning abadiy qonunlari" 
to‘g‘risidagi fan deb bildi, iqtisodiy xodisalarga nemis faylasufi Gegelning 
dialektikasi nuktai nazaridan qaraydi.
Prudon Sismondi kabi mayda ishlab chiqarishni qo‘llaydi, ammo 
kapitalizmni (yirik ishlab chiqarishni) isloxotlar yo‘li bilan to‘g‘rilash mumkin, 
degan xulosaga keladi. 


30 
P. Prudon o‘zining mayda ishlab chiqaruvchilar konsepsiyasini maydonga 
tashlar ekan, juda ko‘p masalalar xususida fikrlarni bayon etadi. Mexnat 
taksimoti, tovarning xususiyati, ish xaqi, mulkchilik, kapital, foyda, foiz, 
qiymat va boshqa muammolarni o‘z iqtisodiy romantizm pozitsiyalarida turib 
aktiv tadqiq qiladi. 
"Belgilangan qiymat" nazariyasini P.Prudon o‘zining butun iqtisodiy 
negizi deb xisoblaydi. Bunda klassik maktabdan o‘zib ketish pinxona istagini 
emas, shu bilan birga, iqtisodiy o‘zgarishlarning yo‘llarini belgilab berish istagi 
namoyon bo‘ldi. Binobarin, tovar ishlab chiqarishning hamma qiyinchiliklarini 
bartaraf qilish uchun xar bir tovarga "belgilangan" qiymat kuyib kuyish yoki 
uni bozarda sotilishga kafolat berish, tovar bilan pul o‘rtasidagi ziddiyatni 
tugatish zarur. P. Prudon tilla bilan kumushni "belgilangan" qiymatga ega 
bo‘lgan dastlabki tovarlar deb ataydi. 
U pulga qarshi edi, ammo davlat banki tuzish, «ishchi puli» (talon) ni joriy 
qilishni taklaf etadi, axoli o‘z maxsulotini bankka topshirib, ishchi puli oladi va 
unga kerakli boshqa maxsulotlarni oladi, maksad iste’mol mollari ishlab 
chiqarishni qo‘llashdir. 
Aslida esa Prudon o‘z g‘oyasiga qarshi chiqmoqda.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin