46
maktabini sub’ektiv-psixologik maktab ham deb ataydilar, uning
mafkurachilari qullagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom
berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi karl menger (1840-1921)
bu g‘oyani
rivojlantirib, uni sub’ektiv-psixologik maktabning asosiy
nazariyasiga aylantirdi. Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix Fon
Vizer (1852-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chikdilar. Avstriya
maktabining konsepsiyalari mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871),
Vizerning «Xo‘jalik boyligining kelib chikishi va asosiy qonunlari to‘g‘risida»
(1884), Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-1889), «Xo‘jalik
ne’matlari nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning
tankidi»(1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan,
avstriya maktabining
ta’limoti Angliya, Germaniya, AQSh, Rossiyada va boshqa mamlakatlardaham
yoyildi. Bu ta’limot garb siyosiy iqtisodining shundan keyingi rivojiga katta
ta’sir utkazdi. Ularning konsepsiyasiga ko‘ra siyosiy iqtisod xo‘jalik sub’ekti
tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idork etishni o‘rganishi lozim edi.
Byom-Baverkning fikricha, siyosiy iqtisod sub’ekt xislarida iqtisodiy
xodisalarni izoxlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo‘jalik tadqiqot
ob’ekti qilib olindi va shu xo‘jalik jamiyatning eng
oddiy tipik elementi deb
talqin qilinardi. Jamiyatdan mutlako ajralgan shaxs-robinzon xo‘jaligi mana
shunday xo‘jalikning oliy maksadi deb ataladi. Avstriya maktabi kapitalistik
xo‘jalikni mana shunday eng oddiy elementlarning mexanik yigindisi deb
talqin etiladi. Umuman iqtisodiy qonunlarini o‘rganish uchun alohida olingan
bir xo‘jalik misolida shu qonunlarni ko‘rib chikish yetarli deb xisoblanadi,
ya’ni jamiyat alohida olingan robinzonlar xo‘jaligi yigindisidir,
degen xulosa
chiqariladi.
Tadqiqotning bu usuli ROBINZONAD usuli deb nom oldi. Shu usul
yordamida siyosiy iqtisoddan ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabatlari chiqarib
tashlanadi, iqtisodiy kategoriyalarning ijtimoiy-sinfiy mazmuni kuchaytiriladi,
ijtimoiy ishlab chiqarishning roli soxtalashtiriladi.
Biz yukorida merkantilizm (boylik asosi muomala sohasida), Fiziokratizm
(er), iqtisodiy bilimlarini kurdik.
Avtriya maktabining nazariyotchilari esa yukoridagilardan farqli
Kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina boglangan yakka
xo‘jaliklarning mexanik yigidisi deb tasvirlab,
mexnatning qiymatni
belgilashdagi rolini inkor etdilar.
Kadriyat nazariyasi avstriya maktabining konsepsiyalarida markaziy
o‘rinni oldi, bu nazariya «eng yukori foydalilik» nomini oldi.
Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari
ijtimoiy mazmundan maxrum bo‘lgan «ne’mat» va «kadriyat» kategoriyalari
47
(foydalilik) naf tushunchalari bilan almashtirildi. Bunda tovarning kadr
kimmati shu maxsulotning foydaliliga va noyobligi bilan ulchanadi.
K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat-ijtimoiy zarur
mexnatning ifodasi, mexnat esa uning birdan-bir manba ekanligi to‘g‘risidagi
koidani noto‘g‘ri deb e’lon qildilar.
Ular qiymat kategoriyasini sub’ektiv mazmun (kimmat) bilan tuldirdilar.
Uning ustun omili sifatida iste’mol qiymat yoki moddiy ne’matlarning
foydaliligi (nafi) qabul etildi.
Bem-Baverkning fikricha, avstriya maktabi
iste’mol qiymatiga murojaat etish orqali kadriyatni «lozim bo‘lgan daraxtdan,
ildizning o‘zidan» taxlil eta boshladi.
Shunday qilib Avstriya maktabining iqtisodchilari avalgi davrdagi ilmiy
nazariyaning qiymat-tovarlarning ob’ektiv xususiyati bo‘lib, mana shu
xususiyat bu tovarlarning ichki mazmunini belgilaydi,
degan tub koidani rad
etish orqali qiymat xosil bo‘lishi jarayonini qayta ko‘rib chiqiladi. Yangi
yo‘nalish xozirgi zamon iqtisodiy bilimlari asosidir.
Ular buni baxo beruvchilik muloxazalariga va individlarning psixogiyasiga
bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv kategoriyaga aylantirib kuydilar. Bu esa navbatdagi
yangi nazariya bo‘lib, bu nazariya qiymatni u xosil bo‘ladigan sharoit va
manbadan ishlab chiqarish va mexnat sohasidan butunlay ajratib kuyadi.
Byom-baverkning hamma muloxazalari jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu
kategoriyada ifodalanadigan ishlab chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan
fikrlar asosiga qurilgan. «eng yukori foydalilik», «noyoblik»
nazariyalari
avstriya maktabi va boshqa yangi konsepsiyalar uchun asos bo‘ldi, byom-
baverkning ta’biricha, kadriyat to‘g‘risidagi ta’limot daromadni taksimlash,
shu jumladan, yer rentasi, ish xaqi, kapitaldan olinadigan foyda to‘g‘risidagi
butun o‘z doktrinasining markaziy bandidir.
Dostları ilə paylaş: