Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

Nazorat va muloxaza savollari 
1.Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari nimalardan 
iborat? 
2.K.Marks va F.Engels iqtisodiy bilimlarning asosini nimalar tashqil 
etadi? 
3.ishchilar sinfining absolyut va nisbiy kashshoqlanishi deganda nima 
tushuniladi? 
4.V.Leninning kapitalistik iqtisodiyot to‘g‘risida g‘oyalari qanday? 
 Adabiyot 
Asosiy adabiyot 
1.Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T. , O‘zbekiston, 1998. 
2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000. 
3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001. 
Qo‘shimcha adabiyot 
1.Blaug M. Ekonomicheskie misli v retrospektive. M.delo ltd.1994.


42 
6-mavzu. XIX asr oxiri - XX asr boshidagi jaxon
iqtisodiy g‘oyalari mohiyati

Reja 
I. Muqobil iqtisodiy maktablarning vujudga kelishi. 
2.Garmaniyadagi yangi tarixiy maktab. V.Zombartning g‘oyaviy 
evolyusiyasi. 
3.Marjinalizmning vujudga kelishi. Avstriya maktabi. 
4.Kembridj maktabi. A.Marshalli va uning narx, ish xaqi va foyda 
xaqidagi nazariyalari. 
5.Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi. 
6.Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qullanilishi 
7. Xulosa. 
Tayanch ibora va tushunchalar. 
Marjinalizm, brentanoning "Sinfiy inoklik" nazariyasi, zombartning 
«Sotsial plyuralizm» konsepsiyasi; Byom-Baverk; "ROBINZONAD" 
usuli; kadriyat, taksimlash va eng yukori foydalilik nazariyalari; Klarkning 
«Eng yukori mexnat unumdorligi» nazariyasi. L.Valras; «Noyoblik», eng 
yukori foydalik». 
I.Muqobil iqtisodiy maktablarning vujudga kelishi. 
XIX asrning ikkinchi yarmi -XX asr boshlarida iqtisodiyotning tarixiy 
rivojlanishi (evolyusiyasi) kapitalizm iqtisodiyoti asoslaridaro‘y berayotgan tub 
siljishlarni aks ettirar edi. Bu o‘zgarishlar asosan to monopolistik 
(monopoliyalar vujudga kelishdan avvalgi) kapitalizmning usib imperializmga 
aylanishibilan bog‘liq. Bu jaryon kapitalizm ziddiyatlarining, ayniqsa mexnat 
bilan kapital o‘rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashuvi bilan ayni bir vaqtda 
ro‘y berdi. Shuningdek bu davr faqat angliya ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarining intensiv rivojlanishi bilangina emas, balki bu rivojlanish 
yevropaning boshqa mamlakatlarida va AQShda ham bo‘lganligi bilan 
xarakterlanadi. Monopolizatsiya jarayonlari iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlariga 
sabab bo‘ldi. 
Bir tomonda markscha (yukorida barilgan) iqtisodiy qarashlar yagona 
yanada rivojlangan bo‘lsa, bo‘lsa, ikkinchi tomondan unga alternativ (muqobil) 
g‘oyalar yuzaga keldi. 
Aynan mana shu davrlarda XIX asrning 70-yillaridan boshlab klassik 
(mumtoz) qiymatning mexnat nazariyasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar 
yuz bergan edi. 


43 
Bu yangi ilmiy taxlilni maydonga tashlagan va rivojlantirgan shaxslar 
Uilyam Stenli Djevons (1835-1882), Alfred Marshall (1842-1924), Karl 
Menger (1840-1921), Fridrix Fon Vizer (1851-1926), Yevgeniy Fon Bem 
Baverk (1851-1914) edilar. 
Qiymat nazariyasini ilmiy taxlil qilishda yaratilgan eng yukori foydalilik, 
ya’ni marjinalizm ta’limotining keng tarkalishi ham mana shu olimlar nomi 
bilan bog‘liqdir. 
Bu boradagi o‘zining ilk fikrlarini (deyarli bir vaqtda, turli davlatlarda)u 
djevons 1863 yilda nashr etilgan «Siyosiy iqtisod nazariyalari» nomli asarida 
bayon etgan edi, ya’ni «kapital» asarining birinchi tomi nashr qilinishidan 4 yil 
avval, A.Marshall, K.Menger, J.B.Klark, L.Valraslar o‘z qarashlari 
shakllanayotgan ilk davrda K.Marks qarashlari bilan xali tanish emas edilar. 
Siyosiy iqtisoddagi yangi yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat 
ediki, ular moddiy ne’matlar qiymatini unga zarur bo‘lgan ijtimoiy mexnat 
chikimlari va mexnat miqdori bilan belgilamasdan, balki tovarning foydaliligi 
(nafligi) va noyobliligi bilan boglanadi. «eng yukori foydalik» tushunchasi 
keltiriladi.
Monopoliyalar davriga o‘tilganligi, kapitalistik mamlakatlarning ijtimoiy 
turmushida shu bilan aloqador yangi xodisalar ro‘y berganligi burjua 
mavko‘rasiga katta ta’sir utkazadi. Iqtisodchilar siyosiy iqtisodni «sof» fanga 
aylantirishga intildilar. «Ekonomika», «Siyosiy iqtisod» iborasi urniga 
«Ekonomiks» degan yangi ibora vujudga keldi, bu narsa undan ijtimoiy, sinfiy 
muammolarni istisno etishni ta’kidlar edi. 
Shu asosda kapitalizmni ilmiy taxlil qilishning yangi shakllarini zo‘r 
berib ishlab chikishga kirishildi, bu yangi shakllar avvalo monopoliyani 
ximoya qilish va oqlashi zarur edi. Bu taxlillar yangi marksizm iqtisodiy 
ta’limotiga ham qarshi qaratilgan edi. Siyosiy, iqtisodiy, metodologik va 
nazariy vositalarning yangilanishi XIX asrning 70-yillarida barpo etilgan bir 
qancha maktablar doirasida amalga oshirildi. 
Germaniyada tarixiy, yangi tarixiy maktab, Avstriya, Angliya-Amerika 
maktabi va boshqa maktablar shular jumlasiga kiradi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin