Tasdiqlayman Tosh kti o‘quv ishlari bo‘yicha Rektor muovini dots. Ismailova L. A. 2007 «iqtisodiy bilimlar tarixi»


Sovet davri iqtisodiy bilimlarining o‘rganishdagi dastlabki



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/49
tarix24.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#70375
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
«sanoat marketingi» kafedrasi

 
2.Sovet davri iqtisodiy bilimlarining o‘rganishdagi dastlabki 
kadamlar va ularning xususiyatlari.


56 
Mamlakatda yangi jamiyat kurilishi jarayonida iqtisodiy nazariyalarni 
rivojlantirish, boyitish borasida sovet olimlari ilmiy izlanishlarni davom 
ettirdilar. Sovet davri iqtisodiy bilimlarini o‘rganishga bagishlangan dastlabki 
ilmiy maqola va asarlar 1960 yillar o‘rtalaridan chika boshladi. Panomaryov 
1964 yilda, Bogomazov, Kanevich 1966 yilda, Yevseev, Pankov - 1967 yildan 
boshlab sovet davri iqtisodiy bilimlari tarixi bilan shugullana boshladilar. 
50 - yillardan boshlab ayrim iqtisodiy masalar, avvalo, tovar xo‘jaligi, 
sotsialistik mexnat xarakteri, ayirboshlash, taksimot munosabatlari va boshqa 
iqtisodiy kategoriyalarning rivojlanishi tarkibiga oid ilmiy izlanishlar vujudga 
keldi. Bu esa o‘z navbatida, 60 - yillardar boshlab iqtisodiy bilimlar tarixini 
o‘rganish bo‘yicha maxsus ilmiy ishlarning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu 
esa o‘z navbatida ijtimoy fanlarni o‘rganishda bir yoklamalikka, ob’ektiv 
xayotiy faktlardan ko‘z yumib o‘tib ketishlarga sabab bo‘ldi.
Markscha 
nazariyalarning 
tub 
ma’nosiga 
yetarlicha 
ahamiyat 
bermaslik,unga ijodiy yondoshmaslik va bu bilimlardan, sovet davlatini ko‘rish 
jarayonidan o‘zoqlashuv, ikkinchi tomondan, markscha-lenincha nazariyalarga 
yagona dogma sifatida qarash, bu nazariyalarni bir tomonlama o‘rganish, 
iqtisodiy muammolarni yechishni osongina markscha-lenincha bilimlar 
panasida qoldirish kabi negativ xolatlar vujudga keldi. Natijada, markscha 
bilimlar xayotdan, yangi jamiyat ko‘rish amaliyotidan o‘zilib qoldi. Bo‘larning 
barchasi, nafaqat butun bir davlat ijtimoy-iqtisodiy xarakat praktikasiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatdi, balki boshqa ko‘plab mamlakatlarning iqtisodiy siyosatini 
izdan chikib ketishiga sabab bo‘ldi. 
Sotsializm iqtisodiy qonunlari va ishlab chiqarish munosabatlari 
to‘g‘risidagi ta’limot qanday shart-sharoitlar va sabablarga ko‘ra vujudga keldi, 
rivojlandi. Bu jarayon sotsialistik kurilish va xo‘jalik yuritish amaliyotida 
qanday ahamiyatga ega bo‘ldi. Masalaning shu tarzda kuyilishi ma’lum 
konkret tarixiy davr ichida vujudga kelgan iqtisodiy bilimlar, ularning 
rivojlanishi tarixini o‘rganishni takozo etadi. Bu esa o‘z navbatida fanni 
o‘rganishga, metodologiyasining chegaralarini yanada kengaytirishga, 
birmuncha bo‘lsada, "G‘oyalar" ko‘rashidan "CHalgitishga" yordam beradi. 
Chunki iqtisodiy bilimlar, chunonchi, sovet iqtisodiy bilimlari tarixiga oktyabr 
tuntarilishidan ancha avval markschilar tomonidan nazariy poydevor kuyilgan 
edi. 
Bundan ko‘z yumish - iqtisodiy bilimlar tarixini inkor etish bilan teng 
bo‘lur edi.yangi iqtisodiyotda bozor munosabatlariga qarama-qarshi ishlar olib 
borildi. Bo‘lar kat’iy baxolar, davlat mulki asosiy, ya’ni xususiy mulk 
inkor etildi, raqobat musobaka bilan almashtirildi,kat’iy rejalashtirish joriy 
etildi va boshqalar. Oqibatda boqimandalik kayfiyati ustun keldi va iqtisodiyot 
inkirozga uchradi. 


57 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sotsializm deb ataladigan davr siyosiy 
iqtisod tarixini boskichlarga bo‘lib o‘rganish masalasida bir fikrga 
kelinmaganligi hamda turlicha iqtisodiy konsepsiyalarning mavjudligi bu 
masala xal etilmagan deb aytishimizga asos bo‘la oladi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik va yakka partiyaviylik asosidagi iqtisodiyot xayot 
sinovlaridan uta olmadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin