2.Xalqaro kapital xarakati va investitsiyalarga oid nazariyalar. Neoklassik yo‘nalish vaqillari (B.Olin-Shvetsiya), K.Iverson (Daniya),
R.Nurkse (AQSh)) asarlarida kapitalning xalqaro xarakatda bo‘lishi
(migratsiya) u yoki bu mamlakatda kapitalning mul-qulligi turlicha ekanligi
bilan izoxlanadi. Bunday izox marjinalizm kotsepsiyasidan kelib chikqan.
Ularning ta’kidlashicha, kapital xarakati toki kapital unumi bir xil
bo‘lguncha davom etadi, ishlab chiqarish omillari samaradorligi va milliy
daromad o‘sishi iqtisodiy rivojlanishning tekislashuviga olib keladi.
Neokeynschilik vaqillari (F.Maxlup, Ye.Domar Va R.Xarrod)
fikricha esa, kapital xarakatlanishi savdo va to‘lov balansining o‘zgarishi, aktiv
balansli mamlakatlarda kapital ortiqchaligi, passiv balansli mamlakatlarda,
kapital yetishmasligi tufayli ro‘y beradi. Kapital eksporti va importi masalasi
iqtisodiy dinamik nazariyasida (Xarrod) yalpi milliy maxsulotning o‘sishi
hamda investitsion daromad va to‘lovlar bilan bokgangan. Kapital eksport
qiladigan mamlakatlarda to‘lov balansi saldosi musbat bo‘ladi, ya’ni
investitsion daromad investitsion to‘lovlardan ortiqcha bo‘ladi. Kapital import
qiladigan mamlakatlarda buning aksi bo‘ladi. Bevosita investitsiyalar
nazariyasida kapital chiqarish yirik korporatsiyalar tomonidan amalga
oshirilishi kayd etilgan. Bunda mazkur korxonalarning iqtisodiy
nazariyalarida (maxsus bozor bo‘limlari, kerakli texnologiya, malakali
mutaxassislar) bo‘yicha raqobatbardoshligi xisobga olingan. Amerikalik
e.chemberlinning monopolistik raqobat nazariyasida raqobatbardoshlik ishlab
chiqarish va kapital konsentratsiyasi emas, balki firmaning bozorga,
iste’molchilarning shaxsiy talablariga muvafakkiyatli moslashish natijasi deb
qaralgan.
Xalqaro monopoliyalar (trasmilliy va transkorporativ konsernlar)
faoliyatini aks ettiruvchi bilimlarda, mazkur monopoliyalarga ilmiy texnika
taraqqiyotini targib qiluvchi , xar bir mamlakat manfaatlarini ximoya
qilmaydigan, rivojlanayotgan mamlakatlar taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etuvchi
xalqaro tashqilot deb qaraladi. Birok ayrim nazariyalarda (R.Barket-AQSh,
E.Penrouz, Angliya) xalqaro konsernlarining o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan
mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot va siyosatga tazyik utqazish imkoniyati
milliy davlat (soliq, kredit, investitsiya, valyuta) siyosatini samarasiz
bo‘lishiga olib kelishi mumkin deb bayon etilgan.