1.Xozirgi davr iqtisodiy bilimlarining asosiy xususiyatlari.
Bozor munosabatlarining amalda namoyon bo‘lishi, turli mamlakatlar,
sohalar va tarmoqlarda bir-biridan farq qilganligi tarixdan ma’lum.
Shuningdek, bozor munosabatlari to‘g‘risidagi g‘oya va qarashlar o‘z
xususiyatlariga ega bo‘lgan. Birok X1X asr oxiri va XX asr boshiga kelib,
iqtisodiy munosabatlar rivojidagi xususiyatlar yangicha yondashuv, taxlil va
talqinlarni takozo eta boshlagan. Bu esa, tadqiqotlarning yo‘nalishlarida
namayon bo‘ldi. Nazariy tadqiqotlar amaliy faoliyatni chuqurrok o‘z ichiga
kamrab olishi bilan bir qatorda, amaliyotda ham nazariy koidalarni qullash
uchun intilish kuchaydi,ya’ni nazariya va amaliyot birligi muximdir.
X1X asr oxiri va XX asr boshlarida bunday sharoit, xozirgi davr iqtisodiy
g‘oyalarining shakllanishi va rivojlanishi uchun boshlangich nukta bo‘ldi.
Iqtisodiy bilimlar tarixida mazkur g‘oyalarning vujudga kelishi va
rivojlanishi asosan uch xil yo‘nalishga ajratib o‘rganilmoqda:
Bo‘lar: 1. Ijtimoiy-institutsional; 2. Keynschilik va yangi keynschilik; 3.
Neoklassik.
2. Institutsionalizm iqtisodiy yo‘nalishining shakllanishi va
rivojlanishi.
Ijtimoiy-institutsional yo‘nalishning boshlanishi X1X asrning oxirlariga
to‘g‘ri keladi va XX asr 20-30 yillarida AQSh da keng tarkalgan.
Yo‘nalishning nomi lotincha "InstItut" - so‘zidan olingan.
61
Yo‘nalish vaqillarining fikricha institutlar jamiyat rivojlanishining
xarakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi.
Ob’ektiv iqtisodiy qonunlar tan olinmaydi. Xususiy mulk, soliq, pul,
kredit, foyda va savdo kabi iqtisodiy kategoriyalar jamiyat ruxining paydo
bo‘lishi shakli xisoblanadi.
Bu yo‘nalishdagilar ma’lum guruxlarning odat, an’analari, yurish-turishi,
uylash usullari, xuquqiy-axlokiy va boshqa ko‘rinishlar evolyusiyasini tadqiq
qiladilar.
Institutsionalizm evolyusiyasi uch davrga bo‘linadi. 1. Eski negativ
maktab (20-30 yillar) - T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons (1862-1945),
U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamilton g‘oyalarida
namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon qilinadi.
Masalan,
Veblen iqtisodiy jarayonlarni
ruxshunoslik, biologiya va
antropologiya bilan boglaydi. Kommons - ruxshunoslik xuquqini , Mitchell -
antropologiya va matematika xisob-kitoblarini ustun kuyadi.
2. Kechki institutsionalizm (1 jaxon urushidan keyin) J.M.Klarkning
"iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi" asarlarida, G.A.Berlining
"Mulksiz xoqimiyat" va "XX asr kapitalistik inqilobi" asarlarida, G.Minzning
aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni
xaqidagi maqolalarida kayd etilgan.
3. Neoinstitutsionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institutsional yo‘nalish.
Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvetsiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan
ishlab chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan.
Iqtisodiy jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o‘sishi bilan
bog‘liq qaraladi. Ijtimoy xayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi
tushuntiriladi.
Birinchi davrdagi iqtisodiy g‘oyalar uch oqimga bo‘linadi.
1.ijtimoiy-psixologik (T.Veblen).
2.ijtimoiy-xuquqiy (Jon R.Kommons).
3.emperik yoki kon’yuktura-statistik (U.Mitchell).
Institutsional g‘oyalar evolyusiyasining birinchi davridagi ijtimoiy-
iqtisodiy qarashlarini uchta asosiy oqimlarga ajratish mumkin.
1-yo‘nalish Torsten-Veblen (Asarlari:2 "Bekorchi sinflar nazariyasi
"(1899), "Fanning xozirgi sivilizatsiyadagi urni va boshqa ocherklar" (1919),
"Zamonaviy o‘zgaruvchi tizimlar to‘g‘risidagi ocherklar" (1934)) kitoblarida
keltiriladi.bo‘larda davrning tabiiy tanlanish ta’limoti insoniyat jamiyatida
"Yashash uchun ko‘rash" tamoyili asosida tadbiq qilishga asoslanadi.
Markscha sinfiy ko‘rash va umuman sinflar mavjudligi inkor etiladi. Industrial
-texnokratik konsepsiyalar ishlab chiqiladi. "Industriya" (barcha ishlab
chiqaruvchilarni) va "Biznes" (moliyachilar, tashqilotchilar, tadbirkorlar)
62
nazariyasida ishlab chiqarishning moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
boglanmagan.bu yo‘nalish jamiyatni islox qilishda intelligensiyaning rolini
birinchi o‘ringa kuyadi(menedjerlar).
2-yo‘nalish Jon R.Kommons (asarlari: «Kapitalizmning xuquqiy
asoslari»(1924), «Institutsional iqtisodiyot. Uning siyosiy iqtisoddagi
urni»(1934), “Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi» (1950)asarlarida bayon
qilinadi).
U iqtisodiyotda nazariya va yuridik konsepsiyalar to‘g‘risidagi
koidalarning o‘zaro korishmalarini taklif etadi. Kapitalizm bozor munosabatlari
"Odil bo‘lmagan ragbat" illatiga olib kelayotganligi sababli, almashuv
munosabatlari odil bo‘lishini ta’minlash, raqobat xavfini yo‘qotishni davlatning
yuridik - qonun organlari vositasida xal etish mumkinligi g‘oyasini ilgari
suradi. "Sotsial nizo" ta’limotida nizolarning antogonistik (kelishtirib bo‘lmas)
emasligini, ularning jamiyat evolyusiyasining xarakatga keltiruvchi omil
ekanligini aytadi. Ishchi va kapitalizm o‘rtasidagi munosabat- kelishuv bo‘lib,
bu kelishuv: nizo, o‘zaro ta’sir va yechimdan iborat bo‘ladi.
U jamiyatda ijtimoiy - qarshiliklar kuchayishi,ya’ni konfliktlarni yuridik
kelishuvidan boshqa narsa emas deb xisoblaydi. Jamoatchilik fikri nazoratidagi
iqtisodiyotni demonopolizatsiya qiladigan xukumat tuzumi zarurligiga
ishonadi. Mulkni o‘z shakliga (moddiy, nomoddiy), karz va karz majburiyatlari
) va ko‘rinmas (kimmatli kogozlarga) ajratadi. Birinchi o‘ringa ishlab chiqarish
emas muomala sohasi kuyilgan.
3-yo‘nalish Uesli Kler Mitchell (asari: «Iqtisodiy nazariya tiplari
to‘g‘risida leksiyalar»(1935) nomi bilan bog‘liq.U Veblenning shog‘irdi bo‘lib,
ishlab chiqarish va biznes qarama-qarshiligi to‘g‘risidagi fikrni meros qilib
olgan.
Odamlarning jamiyatdagi xulkini tadqiqot predmeti deb xisoblaydi.
Ijtimoiy psixologiya, an’ana va urf-odatlar iqtisodiy xodisalarni belgilovchi
omillar sifatida qaraladi. Mitchell bo‘yicha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, son va
rakamlar o‘zgarishidagi qonuniyatlar xal qiluvchi o‘rinni egallaydi.
U siklik xodisalar tadqiqotchisidir. Moliya-pul muomalasi va kredit
kategoriyalari bilan siklik tebranishlarni o‘zgartirish, oldini olish va
iqtisodiyotga ta’sir etish mumkin, deb xisoblagan. U katta yillar davomiyligini
xisoblagan. Kapitalizmning inkirozsiz rivojlanish modeli loyixasini yaratgan.
Sikllarni kapitalizm iqtisodiyotiga xos doimiy xususiyat deb qaraydi. Yuzaga
keladigan turli qarama-qarshiliklarni yechishda davlat roli orqali tartibga
solish eng qulay vosita deb xisoblanadi. Uning tadqiqiotlari empirik va
institutsional usullar korishmasidan iborat.
Kechki va neoinstitutsionalizm davri J. K. Gelbreyt, Pitirim Sorokin
(AQSh) Raymond Atoi (Fransiya), Yan Tinbergen (Niderlandiya)va boshqa
63
olimlar nomi bilan bog‘liq, ular fikricha, jamiyatni qayta ko‘rish,
transformatsiya
masalalarini
xal
etishda
texnik-iqtisodiy
omillar
mutloqlashtiriladi;
jamiyatning
industrial
jamiyatdan
postindustrial,
superindustrial yoki neoindustrial informatsion jamiyat sari qarama-
qarshiliklarsiz evolyusiyasi, sotsialistik va kapitalistik tizimni yagona tizimga
keltiruvchi nazariyasi ilgari suriladi (konvergensiya nazariyalari).
J.K.Gelbreyt asarlari sotsialistik va kapitalistik tizimda ro‘y berayotgan
umumiy o‘zgarishlar, masalan, rejalashtirishdan foydalanish, davlat va
korporatsiya o‘rtasidagi farqlarning yo‘qolib borishi, tashki muxitni o‘rganish,
fan va ta’limda mexnat taksimoti o‘sishda asosiy omil ekanligini va boshqalar
tan olinadi. "Kapitalizm transformatsiyasi" ro‘y berishi bashorat qilingan
(asarlari: "Mo‘l-ko‘lchilik jamiyati" (1958), "Yangi industrial jamiyat" (1927).
"Yangi sivilizatsiya" asari vujudga kelishi to‘g‘risida Toflerning
"Uchinchi tulkin" kitobi bayon etilgan.
Neoinstitutsionalizm nazariyalarida texnik omillarni mutloqlashtirishdan
chekinilib, asosiy e’tibor insonga va sotsial muammolarga qaratilgan. "Mulk
xuquqi" (Ronald Klouz-AQSh) va jamiyat tanlovi (Jeyms Byukenen - AQSh)
shular jumlasidandir. Bu yo‘nalish bo‘yicha XX1 asr "Inson asri" deb e’lon
qilingan.
Inson postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi, deb
qaraladi. Yangi jamiyat shaxsni xar tomonlama rivojlantirish uchun yangicha
siyosat yurgizishni takozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |